Tomchilar yumalab tushar bemalol. Yuvib ketmoqchi dil zimistonini



Download 30,78 Kb.
bet1/5
Sana04.06.2022
Hajmi30,78 Kb.
#635531
  1   2   3   4   5
Bog'liq
esdalik.uz


Tomchilar yumalab tushar bemalol.


Yuvib ketmoqchi dil zimistonini.
Sharros yomg'irlarga to'yingan hayol.
Ushlagisi kelmas soyabonini.

Tog'ni qulatgudek qichqirar burgut.


Bajarilmagandek uning talabi.
Suppayib turibdi yolg'izgina tut.
Xuddi axdlashgani kelmagan kabi.

Bir tuyoq siqqulik yotar yo'laklar.


G'orlar vahimali qarayveradi.
Tunning hukmdori ko'rshapalaklar.
Hanuz uxlaydilar, uxlayveradi.

Tog'ning yelkasiga osilgan falak.


Ulkan xarsangtoshlar yotar qalashib.
Bulutga qo'lini silkitirar chechak.
Va,
Yomg'irning g'ayrati ketadi toshib.

Shimoldan bir sovuq nafas ufurib.


Boshlanar yomg'ir va qorlarning jangi.
Yomg'ir boshlab kelgan sellarni ko'rib.
Oqarib ketganday terakning rangi...

Muallif: Azmiddin SHARIF


Сенинг кўзинг...кузларинг маъюс

Сенинг кўзинг...кўзларинг маъюс,
Нигоҳингда михланган хотир.
Ниманидир айтмоқчи ..мунис,
Лабларгина бироздек ботир.

Сенинг кўзинг...кўзларинг маъюс,


Қароғингда ухлаб ётар мунг.
Сочларингда паришон..даъюс,
Гўё, аврат яширолмас тун.

Сенинг кўзинг...кўзларинг маъюс,


Қошлар ҳаққин адо қилолмас...
Соя бўлган киприклар қақнус..,
Киби қанот, парвоз қилолмас.

Сенинг кўзинг...кўзларинг маъюс,


Қайғу билан шодлик қоришиқ.
Қадамларинг эдику-товус..
Бирам эди вадга ярашиқ..

Сенинг кўзинг...кўзларинг маъюс...

Муаллиф: Мадина Шамс

Uyg'onadi dunyo har bahor,


Har ko'klamning bordir o'z guli.
Meni ma'zur tutsin gar bahor
Ko'zlarimga yoqsa kuz guli.

Umrim darddan tizilgan shoda,


Jim tingladim ko'ksim nolishin.
Erta o'lar-ketar dunyoda
Bilmagandim sevib qolishim.

Goh shamolday uchqur, beega,


Goh tun kabi sokin va jimsan.
Xayolimdan ketmaysan nega,
Aytgin axir men uchun kimsan.

Menga atab she'r yoz deganding,


She'rda yolg'on bosa olmayman.
Sevdim deyish o'lim bilan teng,
Sevmayman deb yoza olmayman.

Umrim o'tdi bu quv dunyoda


Goh mansab, goh nomus talashib.
Qara, bugun yoningda hatto
Turolmayman senga yarashib.

Mayxonaga chorlar meni may,


Bilmam uning ne zori bo'lsam.
Senga atab qanday she'r yozay,
Shoirmas, g'irt bezori bo'lsam.

Bir kuni tong boshqacha otar


Va qo'lingdan tutadi kimdir.
Mening esa bor bo'yim xatar,
Balki bu eng so'ngi she'rimdir.
Menga atab she'r yoz deganding...

Muallif: Iftixor Xonxo'jayev


Юрагингга ишонма мени,


Шафқатлидир юрагинг мудом.
Ташлаб кетмоқ истасам сени
Мени қўйиб юборар осон.

Нафратингга ишонма мени,


Макрдандир маним бунёдим.
Уни ишққа айлантирмоққа
Кифоядир битта фарёдим.

Ҳаётингга ишонма мени,


Мени унга ишонма сира.
Тўзғиб кетар қуриган гулдай
Мендан қолган ҳамма хотира.

Кўзларингга ишонгин фақат,


Нигоҳингга дуч келсам бирдан,
Кишанига кўниккан қулдай
Оёқларим узилмас ердан…

Кўзларингга ишонгин мени…



Муаллиф: Гулноз Муминова



Download 30,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish