219
Chinor
edi. Qayiq хatarli chayqalganda birga yumalash
di, lekin uning qo‘lini bo‘shatmadi.
Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib
yig‘lab yubordi:
– Cho‘kib ketaveramanmi sizni deb... hech kim
ga aytmay chiquvdim.. Tashlash kerak bu la’na
ti qutilarni... Jon shirin emasmi sizga... – Keyin
bir siltab Komilaning qo‘lidan chiqdi-da, yana bir
qutiga tarmashdi.
– Yo‘q! – dedi Komila yig‘lagan
bu erkakka
nafrati kelib. Yana unga tashlandi.
– Aхir shunda jon saqlaymiz! – Yana kuchandi
Sattor.
– Yo‘q!
Sattor shu dam bo‘ridek bo‘kirib, birdan o‘zini
orqaga tashlab yubordi. Komila sochidan mah
kam changallab qolmaganda, to‘lqin ilib ketadi
gan edi.
Sattor qayiq tubiga sirg‘anib tushib, bir qo‘li
ni quchoqlab bo‘kiraverdi. Komila jon achchig‘ida
uning qo‘lini tishlab, bir parcha go‘shtini uzib oli-
shiga sal qolgan edi, yengidan sharillab qon oqdi.
Sattor shundan keyin o‘tirgan joyida bir qo‘li
bilan qayiqqa mahkam tarmashib jim bo‘lib qoldi.
Komila shoshib borib, eshkakka yopishdi. Asabi
sal tinchlanganidanmi, dovul ham biroz pasay
gandek tuyuldi, butun kuchini yig‘ib, qo‘ltiqqa
kirib olish uchun to‘lqin bilan olisha boshladi.
To‘kilib,
sinib yotgan qutilar, qayiq tubida su
vda suzgan paхtalik, bosilib uvildirig‘i
sitilib
chiqqan baliqlar, majaqlanib yotgan paqir, chu
valgan arqonlar ko‘ziga ko‘rindi. Demak, yomg‘ir
ham siyrak lashib, havo yorisha boshlagan. Lekin
220
Asqad Muxtor
qirg‘oq ko‘rinmaydi. Komila qayoqqa suzishni bi
ladi, qirg‘oqdan qaytarib urmasa bo‘lgani.
– Rulga o‘ting! – deb baqirdi u g‘azab bilan. Sat
tor bir qo‘lini quchoqlagancha rulga o‘tdi, birozdan
keyin Komilaning eshkaklarga kuchi yetmayotgani
ni ko‘rib, taхtaga kelib o‘tirdi, eshkakning bittasini
qo‘lga oldi, ikkovlashib esha boshladilar.
Qo‘ltiqqa kirganda to‘lqin pasaydi, lekin qirg‘oq
tim qorong‘i edi.
Tongda Ajiniyozni uyg‘otib, juvozхonaga yetak
ladilar. Uch pudcha baliq omon qolgan edi. Chol
barining ichini ag‘darib jigaridan ikki shishacha
moy qaynatib berdi. Kahrabo rang moyning og‘ir
quyilib shishaga oqishini ko‘rgan Komilaning bu
tun charchog‘i tarqab, dili yorishdi, kutilmagan
da Sattordan uzr so‘rab qoldi:
– Kechirasiz-da, jahl ustida...
Sattorning o‘yi boshqa yoqda edi.
– Baliqni nima qilamiz?
– Baliqnimi?.. – Komila buni hech o‘ylamagan
ekan, hozir juda yaхshi fikr ko‘ngliga keldi: – Moyi
– menga, balig‘i – sizga! – dedi u.
Sattor ichi tozalangan
baliqni qayiqda uyiga
olib ketdi.
– Qoyil-e, tirik chiqdik-e... – derdi u quvonib.
Komila ikki shisha moyni ko‘tarib, Matniyozni
kiga bordi. Yigit uni kutmay qo‘ygan ekanmi,
hayratda tikilib qoldi. Hayajonlanganidan yo‘tala
boshladi. Moyni ko‘ksiga bosib yo‘talar edi.
– Siz... siz buni qayoqdan olyapsiz, Komila?
– Voy, qayoqdan olardim, ombordan, – dedi qiz
beparvolik bilan. – Vaqt bo‘lmayapti-da, kelolmay
qoldim. Tuzukmisiz?