222
Asqad Muxtor
Komila birdan piqillab yig‘lagancha yugurib
chiqib ketdi.
Keyin u dovul kuni kechqurun yolg‘iz o‘zi den
gizga chiqib, bir o‘limdan qolib,
ust-boshi sha-
labbo ho‘l, sochi to‘zg‘igan holda kechasi Ajiniyoz
cholni qo‘yarda-qo‘ymay uyg‘otib, yarim shisha
gina moyni zo‘rg‘a eplashtirib, tongda kampirni
kiga keldi. Kirsa Matniyoz yo‘q. Matniyoz ketib
qolgan edi. Qayoqqa g‘oyib bo‘lganligi noma’lum.
Komila hamma narsani birdan payqadi-yu, shu
ko‘yicha achchiq shamolda tentirab qirg‘oq tomon
yurdi. Etigi qumga botar, sug‘urib olishga darmo
ni yo‘q, sochlari to‘zg‘igan, nega kimsasiz sohilga
qarab ketayotganini o‘zi bilmas edi. Ketdi! Ketdi...
Komilaning diliga ilgaridan qutqu solib yurgan nar
sa shu edi. Ko‘ngli sezib yurardi-ya! Nega ahmoq
bo‘lib unga sir berdi? Nega ahmoq bo‘lib uning
uchun har dovul kuni ikki shisha moyga jonini tik
di? Sharmandalik! Sharmandalik! Qochib ketibdi!
Komila o‘z qadriga yig‘lardi. Umri bino bo‘lib bunday
alamli, bunday azobli damlarni kechirgan emas.
«Ajab bo‘ldi, ajab! – derdi u qirg‘oqda, izg‘irinda
yolg‘iz qum kechib qayoqqadir shosharkan. – Ajab
bo‘pti, yurma bi rinchi ko‘rgan yigitingga yelimdek
yopishib, qiz boshing bilan!»
Shunday deb o‘zini koyirdi-yu, Matniyozni
unu tolmasdi. Kechalari uyqu yo‘q, dam o‘zini ko-
yiydi, dam yorug‘ dunyoni qarg‘iydi, dam Matni
yozni...
Manzilini ham qol dirmabdi, Хorazmdan
so‘ratdi ham, yo‘q...
O‘sha kunlardagi telbaligini o‘ylasa, hozir ham
yuragi o‘ynab, yuziga qon tepadi. Matniyoz, nima
qilding?
223
Chinor
– Qirg‘oqqa yondash! Qirg‘oqqa!
Komilaning хayoli bo‘lindi. Bu Qayipbergen
cholning hovliqqan ovozi edi. Komilaning jahli
chiqdi. Хayolini bo‘lgani uchun emas, kapitandan
ijozatsiz buyruq bera boshlagani uchun. Qorong‘i
tushib, daryo yuzini tuman qoplagan edi. Bo‘tana
Amu qo‘ng‘ir qora tusga kirib, bo‘g‘iq va sirli sho
villay boshladi.
Komila payqadiki, Tuyacho‘kdi
yaqin. Chakki bo‘libdi-da, bu falokat shayton
bo‘g‘izi qoq tunga to‘g‘ri kelibdi.
Ammo hozir Komilani jahannam ham to‘хta
tolmaydi. Oldinda Matniyoz... o‘sha Matniyoz,
Komilaga juda qimmatga tushgan, yillar, iztirob-
lar, yoshlik quvonchlari evaziga, «or-nomus», oila,
jigarporalari Uchqun ham To‘lqinni o‘rtaga qo‘yib
qo‘lga kiritgani o‘sha Matniyoz, o‘sha
shafqatsiz
muhabbat, azobli baхt oldinda...
Tuyacho‘kdi – Amuning eng tor joyi bo‘lib, ikki
qirg‘og‘i qip-qizil, baland, tikka jar, o‘zanning
o‘rta bir yerida esa, o‘chakishgandek ikki qoya
tosh, tuyaning ikki o‘rkachi singari suvdan qalqib
turadi. Suv ko‘p vaqtda bo‘lsa,
qalqmasa ham,
oqimni ikkiga ayirib, ikki tomonida sharsharadek
shovqinli, хatarli qiya paydo qiladi. «Qiya» degani
qirg‘oqqa urib, jar tagida girdob, o‘pqon paydo
qiladigan makkor oqim.
Hozir-ku bular ko‘rinayotgani yo‘q, hozir
qorong‘i, uning ustiga nafasni bo‘g‘adigan alla-
qan day quyuq, og‘ir tuman.
– To‘xta! – deb buyurdi kapitan, lotsmanning
buyrug‘ini rad etib. Chol g‘azabdan
titrab-qaq-
shab Komilaga qaradi: «Bu nima qilganingiz?!»
– Katta projektorlar yoqilsin! – dedi kapitan
javob o‘rniga, uzun-uzun signal berdi.