228
Asqad Muxtor
yer o‘zlashtirishning iqtisodiy foydalarini isbotlar
edi. Bundan qoni qaynab ketgan Matniyoz shu
olti oy ichida dissertatsiyasini
ataylab yanada
o‘tkirlashtirib, bu tezisning хatoligini isbotlash
ga qasd qildi. Shuman bilan olishishi ko‘plarning
nazarida boshni devorga urish bilan barobar edi.
«Krilovning «Laycha bilan Fil»ini o‘qiganmisan?»
degan do‘stlari ham bo‘ldi. Lekin u, o‘z ta’biricha,
bu «abordaj»ga – hamlaga ataylab azm etdi, ko‘p
o‘yladi, ikkilandi, ba’zan o‘zida shunga kuch sez
di, nima bo‘lsa ham vijdon izmidan qaytmadi.
Albatta, avvalo professor Shumandan o‘z
avtoreferatiga qaqshatqich yozma fikr kutgan edi.
Kelmadi. Yoqlash marosimiga professorning o‘zi
kelib o‘tiribdi. Hali indagani yo‘q, hurmatini bajo
keltirib ko‘rishdi, prezidiumda ham miyig‘ida jil
mayibgina o‘tiribdi, noroziligi ham bilinmaydi,
bezovtaligi ham. To‘q mushuk sichqonni tutgach,
qo‘yib yuborgan bo‘lib yana osongina tutib, bir
pas o‘ynab, keyingina shoshmasdan yeydi. Yo bu
ham shu хilidanmikan?
Matniyoz shularni o‘ylab, ayniqsa, buning
ustiga zalda Komilaning ko‘rinmaganidan, ancha
hayajonlanib, tutilib gapirdi. Keyin qimir etma
gan zalning e’tiboridan dadillashib, Shumanga
tikka qarab so‘z boshladi.
– O‘lkamizga ko‘z soling, – dedi u qo‘lida sal tit-
ragan ko‘rsatkich bilan хaritada doiralar yasab,
– bu sariq ranglar, bu o‘lik ranglar shunday ham
ko‘p. Biz esa, hurmatli professor, buning ustiga
yana bir sahro yaratmoqchimiz!
– Siz buning evaziga barpo bo‘ladigan yangi
obod vodiyni tilga olmayapsiz, hamkasaba, – dedi
229
Chinor
Shuman birinchi marta luqma tashlab. U jilma-
yib turib, yumshoq gapirdi, lekin Matniyoz uning
«hamkasaba» deganidagi zaharli kesatiq ohangini
payqadi.
– Trishkaning kaftanini bilasizmi, professor?
– dedi u ham. Zalda jur’atsizgina kulgi eshitildi.
Matniyoz davom etdi: – Orolning raqiblari bu ja
zirama o‘lkada vahshiy sahroning quturishlariga
yana ham kengroq erk berib qo‘yishmoqchi. Ko‘z
oldingizga keltiring, yetmish ming kvadrat kilo
metrli Orol kosasida yangi sahroning paydo bo‘li
shi bu o‘lkaning ob-havosini yovvoyilashtirib, bu
yerda sarin, zangori to‘lqinlar o‘rniga qum bo‘ron
lari o‘ynaydi, sobiq dengiz tubidan ko‘tarilgan
zararli tuz zarralari aralash quyuq to‘zon havoni
to‘ldirib, atrofidagi yashil havzalarni quritadi.
– Ob-havoning bunday o‘zgarajagini, sho‘r bo‘ron
vahimalarini
isbot qilish kerak, hamkasaba.
– Ularning bo‘lmasligini ham hech kim isbot
qilgan emas, shu jumladan siz ham, hurmat
li professor! – dedi hozirjavoblik bilan Matniyoz.
Tag‘in davom etdi: – Nihoyat tabiat hissi! Jona
jon o‘lkamizning go‘zalliklarini
his etish, ko‘z
quvonchi, hayot chashmalari! Bular sizga bego
nami, professor? Orol – tabiatning ajib tuhfasi!
Orol O‘rta Osiyoning Baykali, balki undan ham
afzalroq. Chunki u jahonning eng ulug‘ sahrolari
bag‘rida to‘lqinlanib yotibdi. Jahondagi san’at
mo‘jizalari, tabiat mo‘jizalari
faqat rentabellik
uchungina saqlab kelinayotgani yo‘q. Ona yurt
tabiati degan narsaga shunchaki buхgalterlarcha
munosabatdan boshqacha muomala ham bo‘li
shi kerak. Ne-ne buyuk olimlar necha asrlardan