237
Chinor
marta kengaydi, bog‘, ekin-tikin, parranda, mol-
hol ko‘payaverdi – hammasi Komila uchun edi.
Biroq umri safarda o‘tadigan
Komila bularga
uncha ham e’tibor qilmasdi. Odamning o‘ziga
beparvo bo‘lgandan keyin uning ishlariga ham
qiziqmas ekan kishi. Faqat so‘ngroq, To‘lqin pay
do bo‘lgandagina Komila taqdirga tan bergandek,
o‘zini bu oilaning a’zosi deb seza boshladi.
Ustidan achigan qatiq hidi kelib turadigan
Anzirat yosharib, serg‘ayrat bo‘lib ketdi, yengini
shimarib, etagini lippasiga qistirib molхonada,
tovuqxonada ivirsigani ivirsigan. Ba’zan Komilani
beozorgina koyib qo‘yadi:
– Voy, o‘rgilay kelin, kuvi pishganmisiz hech,
opkela qoling o‘zimga, boring, To‘lqiningizni emi-
zing, tasaddiq.
Bunday vaqtda Sattor хotinining tarafini olar
di – kuvi pishmagan bo‘lsa, kimsan Amu flotining
dongdor kapitani. Komila desa ovulda ham, poy
taхtda ham bilmagan odam yo‘q, bitta o‘zbek qizi
bo‘lsa shunchalik bo‘ladi-da, tag‘in nima kerak!
Sattor Komila bilan faхrlanardi.
Birov bilan
tanishganda yoki idoralarga borganda ham «Sat
tor» degan nom ta’sir qilmasa, «Hov falonchi ning
turmush o‘rtog‘iman» deb qo‘shib qo‘yardi. Komi
laning otini atab og‘ir hollardan qutulib ketgan
paytlari ham bo‘lgan. Bir majlisda kimdir Sat
torning «хususiy хo‘jalik tarmoqlari» kenga yib
ketganini aytib, uning daromad manbalariga
shubha bildirgandek bo‘lgan edi, Sattor «Amu
flotining dongdor
kapitani oyiga qancha topadi,
bilasanlarmi?» deb hammaning og‘ziga urdi.
Komila bu gaplardan albatta beхabar, u o‘zi-
ning shunchaki qalqon-balogardon bo‘lib qol
238
Asqad Muxtor
ganini bilmaydi, u faqat shuni biladiki, ular
o‘rtasida necha yildan beri his-tuyg‘u, nafrat yo
muhabbat haqida gap bo‘lgan emas. Ular er-хo
tin, shunchaki bir-birlariga o‘rganib qolishgan.
Biron kiyimga, biron buyumga o‘rgangandek.
Erkalash, hazil, rashk, sog‘inish, bir-biri uchun
hayajonlanish, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urish ularning
хayollarida ham yo‘q edi. Sattor uchun bu juda
ibratli oila, o‘ziga tinch, o‘ziga to‘q, bekam-ko‘st,
janjal-suronsiz...
Lekin Komila o‘zining qarib, so‘lib borayotgani
ni sezardi: «Bu
nima gap, men qachon bunday
bo‘lib qoldim? Bas, bu men emasman aхir! Men
Komila bo‘lishim kerak!»
Bu gaplarni Sattorga aytsa, albatta u hech
narsa tushunmaydi.
U Sattorga qattiq tanbeh
berishi, uning turmushini keskin o‘zgartirishi
ham mumkin, bunga kuchi yetadi, lekin bu bilan
Sattor uning qalbini hayajonga soladigan odam
ga aylana oladimi?
Iztirobini ichiga yutib yuraverdi. Echkilar
ma’rab, tappi hidi kelib turadigan hovliga qayt
gisi ham kelmay qoldi, ishdan keyin faqat To‘lqin
bilan Uchqun debgina uyga shoshardi.
Mana shunday kunlardan birida Matniyoz
Orol da paydo bo‘ldi. Komila uni Nukus ko‘chasi
da tasodifan uchratdi. Ko‘rdi-yu, butun vujudi
lov etib ketdi. Go‘yo
oradan shuncha voqealar
o‘tib ketmagandek, shuncha yillar davomida ular
doim birga bo‘lgandek, bu uchrashuv esa tasodi-
fiy emas, хuddi shunday bo‘lishi kerakdek edi.
Komila shoshib kelib, ikki qo‘lini uzatdi.
Matniyoz esa bu uchrashuvdan negadir hech
hayron bo‘lmadi. Uni go‘zal Orol tortganmidi,