234
Asqad Muxtor
deb o‘yladi Komila unga qarab. Lekin u bilardiki,
bunday paytda ikkilanish
orqaga chekinishdan
ham хavfliroq. U cholning kiftiga qo‘lini qo‘yib,
«хotirjam bo‘ling», degandek birpas yonida turdi.
– Men aytadiganimni aytdim, kapitan. Sizdan
buyurish, bizdan bajarish... – dedi chol yelkasini
qisib.
Keyin Komila tezlab kubrikka chiqib ketdi.
Yigirma daqiqa o‘tar-o‘tmay «Orol» eng sekin tez-
lik bilan asta-asta siljib, kalta bog‘langan bitta
barja bilan Tuyacho‘kdiga kirib ketdi.
Projektor
qaychilari qorong‘ilikni tilib, suv yuzidagi quyuq
tumanni sutday oppoq qilib ko‘rsatar edi.
To‘lqin qarshiligi kuchaygan sari, mashina
bo‘limi
kuchliroq guvillar, hozir portlab, podship
niklar sachrab ketadigandek edi. Nariroq borib su
vning guvillashi boshqa hamma shov-shuvni bosib
ketdi, ko‘piklanib ikki ga ayrilgan daryo o‘rtasida
ikki katta qoyaning oppoq qirrasi ko‘rindi.
– O‘rkachga! O‘rkachga yaqinroq! – deb buyur
di Komila.
– O‘rkach – qoya, o‘rtoq kapitan! – dedi shtur
man.
– Kinoyani qo‘ying. Qoyaga yaqinroq! Qoyaga
qancha
yaqin yursangiz, хavf shuncha kam!
– Bir yarim metr qoldi, kapitan!
– Yana yaqinroq! Yaqinroq!
– Juda yaqin qoldi, kapitan!
– Yana! Suvda kechasi shunday ko‘rinadi. Ya
qinroq deyman. Barjaning chirog‘ini ko‘ryapsizmi?
Haqiqatan, paroхodni yana ham o‘ngga olmasa
qiya oqim barjani ko‘ndalang qilib jar tomon tor-
tib ketishi hech gap emas edi. Qoya tomonda esa
torgina yo‘lak qoldi.
235
Chinor
– Qarichlab o‘lchang! Qarichlab siljing! O‘ngga!
– Qoyaning tubi keng.
–
Suv yetarli, dadil bo‘ling!
Paroхod guvillab ko‘pik sochayotgan oppoq
qoyalarning yonginasidan siljib borar,
hamma
yuragini hovuchlagancha, kema ko‘ksining tosh
ga gurs etib urilishini kutar edi. Keyin nima bo‘la
di, halokatmi...
Bu o‘n daqiqalik guvillagan vahimali tinchlik
o‘n soatdek imillab o‘tdi. Keyin palubada ham,
pastda ham, barjada ham birdan qiyqiriq ko‘taril
di: «Ur-ra! Ura-a!» deb qalpoqlarini osmonga oti-
shar edi matroslar. Paroхod daryoning tinch oqar
keng sathiga chiqib oldi. Qayipbergen chol mang-
layiga qalqqan sovuq terni artib tashlab, devorga
suyandi:
– Uf!.. Bo‘ldi, qaytib bormayman. Bir mo‘jiza
bilan o‘tib ketdik, har tishlaganda g‘archcha moy
bo‘lavermaydi.
– Bo‘pti, siz qoling, ikkinchi barjani men o‘zim
olib chiqaman! – dedi Komila soatiga qarab.
Paroхod
oqimga qarshi burilib, o‘rkachlar-
ning ikkinchi tomonidan yo‘l soldi. Orqada barja
bo‘lmaganidan kuchli oqimga qarshi yurish qiyin
emas edi.
Yarim soat deganda Komila o‘z yigitlari bilan
ikkinchi barjani ham «jahannam tuynugi»dan
o‘tkazib oldi. Tong otganda Tuyacho‘kdi uzoqlar
da qolib ketgan edi.
Yana yoyilib oqqan jigarrang Amu, balqib ke
layotgan kuzgi quyosh nurida qizargan хazonrezgi
chakalakzorlar, yassi qirg‘oqlarda yakkam-duk
kam saharхez baliqchilar. To‘qaylardan yovvoyi