Metallarning fizik va kimyoviy xossalari
Metall bog‘lanishning boshqa kimyoviy bog‘lanish turlari bilan
o‘xshash va farqli tomonlari haqida nimalarni bilasiz?
Fizik xossalari. Metallar (fransiy va simobdan tashqari)
odatdagi sharoitda qattiq agregat holatdagi moddalardir. Kristall holatidagi metallar nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun
yaltiroqlikka ega. Indiy va kumush nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi.
13- rasm. Rux (a) va
mis (b) metallari hamda
ularning bir-biridagi
qotishmalari (dvae).78 IV bob. Metallar
Alyuminiy va magniydan boshqa barcha metallar maydalangan
(kukunsimon) holda qoramtir yoki to‘q kulrang bo‘ladi. Oltin va
misdan boshqa metallar oq yoki kulrangning turli tuslarida tovlanadi. Barcha metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Kumush va mis bu sohada dastlabki o‘rinlarni egallaydi.
Metallar bolg‘alanuvchanlik va plastiklik xossasiga ega.
Bolg‘alanuvchanlik – jismlarning tashqi ta’sirlar natijasida osongina shaklini o‘zgartirish qobiliyati. Eng bolg‘alanuvchan metall
oltin bo‘lib, undan yupqa folga va nozik ið tayyorlash mumkin.
Metall bog‘. Metallarning bu kabi tavsifli xossalari ular
ichki tuzilishining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Metallarning
kristall panjarasi tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo‘lib turadi. Shu
erkin elektronlar bo‘lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi
o‘tkazishini ta’minlaydi. Elektronlar butun kristall bo‘yicha
umumiy hisoblanadi.
• Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida
vujudga kelgan kimyoviy bog‘ metall bog‘ deb yuritiladi.
Metall bog‘ qattiq va suyuq agregat holatida bo‘lishidan
qat’iy nazar, faqat metallar uchungina xosdir.
Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall
atomlarining xususiy xossalari bo‘lgan yadro zaryadi, massa,
metall bog‘ning mustahkamligiga bog‘liq.
Umumiy zichlik bo‘yicha metallar yengil, ya’ni zichligi
5000 kg/m3 dan kichik (litiy, natriy, magniy, alyuminiy va
b.) hamda zichligi bundan katta og‘ir metallarga (rux, temir,
mis, simob, oltin, platina, osmiy va b.) bo‘linadi. Eng quyi
suyuqlanish harorati simobga tegishli (–38,87 °C) bo‘lsa, eng
yuqorisi volframga tegishli (3410 °C). Eng qattiq metallar xrom
va volfram bo‘lsa, eng yumshoqlari natriy, kaliy va indiydir.
Kimyoviy xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari
ular atomlarining valent elektronlarini oson berib, tegishli
ionlarga aylanish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. KimyoviyIV bob. Metallar 79
reaksiyalarda metallarning atomlari qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan,
kislorodda yonish jarayonida metall valent
elektronlarini berib, musbat zaryadli ionga
aylanadi – oksidlanadi, kislorod esa elektronlarni qabul qilib, manfiy zaryadli ionga aylanadi – qaytariladi:
Natriy xlor bilan birikkanda elektronlarini
xlorga beradi, rux sulfat kislota bilan ta’sirlashganda, uning bergan elektronlarini vodorod
qabul qiladi (reaksiya tenglamalarini yozing).
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish
qatori. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi
turlicha namoyon bo‘ladi. Rux qo‘rg‘oshin
(II)-nitratidan qo‘rg‘oshinni siqib chiqaradi:
Lekin qo‘rg‘oshin xuddi shu sharoitda rux
nitratidan ruxni siqib chiqara olmaydi. Demak,
rux qo‘rg‘oshinga nisbatan kuchli qaytaruvchi.
Qo‘rg‘oshin esa o‘z navbatida misni uning tuzlaridan siqib chiqaradi, demak, undan ko‘ra
kuchliroq qaytaruvchidir.
Bir metallni boshqa metallar ularning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini rus
olimi N.N.Beketov batafsil o‘rgangan. U metallarni «siqib chiqarish qatori»ga joylashtirdi
va ularning orasida vodorodning o‘rnini ko‘rsatib berdi. hozirgi vaqtda bu qator metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori yoki
metallarning standart elektrod potensiallari
qatori deb ataladi.
har bir metall o‘zidan keyingi metallni
uning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi. Vodorodgacha chap
tomonda joylashgan metallar uni kislotalar eritmalaridan siqib
chiqaradi (litiy va magniy oralig‘idagi metallar vodorodni
suvdan odatdagi haroratda siqib chiqaradi). Vodoroddan
keyin o‘ng tarafda turgan metallar uni kislotalarning suvli
eritmalaridan siqib chiqara olmaydi. Metall atomi o‘zining
valent elektronlarini qanchalik oson bersa, u shunchalik kuchli
qaytaruvchi hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
?
1. Metallar davriy sistemada qanday joylashgan?
2. Metallar tabiatda qanday shakllarda uchraydi?
3. Metallarni olish usullarini bilasizmi? Misollar keltiring.
4. Metallarning issiqlikni va elektr tokini yaxshi o‘tkazishi
nimaga bog‘liq?
5. Og‘ir va yengil metallardan qaysilarini bilasiz?
6. Eng qattiq va plastik metallarni bilasizmi?
7. Metallarning kimyoviy xossalari nima bilan izohlanadi?
8. Simob misni uning tuzli eritmasidan siqib chiqara oladimi?
9. Metallarda qanday bog‘ mavjud va uning mohiyatini tushuntiring.
10. Metallar elektrokimyoviy qatorining mohiyati nimadan
iborat?
11. Kumush nitratning eritmasiga mis ta’sir ettirilganda 4,3 g
kumush ajralib chiqqan. Reaksiya uchun olingan eritmada
qancha kumush nitrat bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |