258
Asqad Muxtor
suvga nimaningdir shaloplab tushgani eshitil
di. Elekboy, tanasi jimirlab ketib, ko‘zini yumdi.
Lekin ochib qarasa,
sharpalar ikkalasi ham jar
tepasida turibdi. Ular qo‘llaridagi tugunni tash
lagan edilar.
Elekboy bilan Gavrila bir-birlariga qaradilar,
yelka qisishdi. Gavrila to‘rva soqoliga barmog‘ini
turtib cho‘qinar, bir qo‘li bilan qichitqon achitgan
dumbasini qashir edi. Bu payt ko‘zlari baqraygan
Elekboy chetanga mahkamroq yopishdi.
– Uypirim-ay! Minau Volodimir Yakoblebish
emespi?
– A? Jinni bo‘ldingmi, qo‘shni?
– So‘lg‘o‘y! O‘y-bayov! Janindag‘i ayelig‘o‘y! –
Haqiqatan ham, o‘shalar edi. Ular jar tepasida
birpas turib orqaga qaytishdi. Birovni ko‘mib ke
layotgandek g‘amgin edilar. Vladimir Yakovlevich
pidjagini yechib, Yuliya Nikolayevnaning yelkasi
ga yopdi, g‘ovlagan jing‘ilni oralab asta-sekin
so‘qmoqdan chiqib kela boshladilar.
Gavrila bilan Elekboyning yuzidagi qo‘rquv
o‘rnini mamnun jilmayish egalladi.
Ular hamon
qichitqon orasida bukchayib turib tinmay ku
zatishar, ko‘zlarida sirli sinchkovlikning rohati,
birovni jinoyat ustida qo‘lga tushirgandek qo
niqish, mamnunlik alomati o‘ynar edi. Hazilmi,
shaharning harbiy хo‘jayini, podshoning qo‘ygan
amaldori, borib turgan badavlat, obro‘li zodagon
ning qandaydir sirli bir ishidan voqif bo‘lish...
Ammo nima sir? Bu martabali, keksa odam
lar kechasi, bu yovvoyi qirg‘oqda, yolg‘iz, o‘g‘ridek
alanglab nima qilib yurishibdi? Suvga nimani
tashlashdi, qayoqdan ko‘tarib kelishdi, nega? Bu
yerda bir gap bor!
259
Chinor
Elekboy
bilan Gavrila Afanasyevich, хazina
topgandek, anchagacha o‘zlariga kelolmadilar.
Ularni allaqanday ichki bir quvonch garangsitib
qo‘ygan edi.
– Neni tastadi? – dedi Elekboy qo‘raga qaytayotib.
Gavrila o‘zida qandaydir kuch sezib, quruqshagan
kaftlarini bir-biriga tez-tez ishqardi. «Neni tastadi»
– Gavrila uchun buning uncha ahamiyati yo‘q edi.
Muhimi – ko‘rib qoldi, tanib oldi. Obro‘li, qudratli
bir odamning tilini qisadigan sir uning qo‘lida. Bir
kuni ish berib qoldi bu qurol...
Ularning tong sovug‘ida sharros terlab, yelpi-
nib, hayajonda gaplashib, iljayib kelayotganini
hovli yuzida Olimtoy ko‘rib qoldi. Tikilib qara
di-yu, tushunolmay yelkasini qisdi.
Shu kechasi shaharning harbiy va ma’mu
riy mahkamalarida chiroq o‘chmadi: kechga ya
qin ko‘chalarda,
maydonlarda, hovlilarda, hatto
garnizon baraklarida ham dasta-dasta varaqa
lar paydo bo‘lgan edi. Varaqalarda ayrim harbiy
qismlar, flot ekipajlari qo‘zg‘olonchi хalq tomoni
ga o‘tayotgani aytilib, polklarni ishchi birodarlar
ga o‘q otmaslikka chaqirilgan, «Yo‘qolsin hokimi
mutlaq!» deb хitob qilingan edi. Hali bu atrofda
bunday hol yuz bergan emas.
Shaharda butun
politsiya oyoqqa turg‘azildi. Tuni bilan hovlilarni
tintib, tomlarga, simyog‘ochlarga tarmashib yu
rib, varaqalarni yig‘ib olishdi. Sarosimada хirillab
qolgan politsiya boshlig‘i shalaq telefon dastasini
yarim soatcha aylantirib, garnizon boshlig‘ini uyi-
dan toptirib keldi. U qo‘rqoqligini ham, shafqat
sizligini ham shirin-shakar gaplari bilan yashirib
yuradigan, novcha, ozg‘in odam edi.