Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

251
Chinor
– «U-bu!..» Ko‘ngil bir-biridan suv ichmasa ham, 
oilalar qattiq turib himoya qilinsin, muhabbatli 
turmushni qadrlagan odam onalik huquqidan 
mahrum etilsin deyilganmi?
– Yo‘q, unday deyilmagan... – dedi sal o‘zini 
yo‘qotgan yigit stoldan nimanidir qidirib.
– Deyilmagan bo‘lsa, ishni qayta ko‘ringlar. 
Uchqunjon onasining bag‘rida bo‘lishi kerak. U 
hozir ichikib, isitmalab yotibdi. Onasini yoniga 
yo‘latishmayapti. Kecha ham... haqorat qilib uy­
dan quvib chiqarishdi... – Ochil buva eshik tagida 
o‘tirgan Azimjonga negadir yalinganday hazin qa­
rab qo‘ydi. – Mana, mehmonning oldida...
Azimjon tasdiqlab, tez-tez bosh irg‘ab qo‘ydi.
– Хo‘p, ko‘ramiz, buva.
– Sen yozib qo‘y, kalendar varag‘ingga yoz; 
kichkinasi Uchqun, onasi – Komila. Olimtoy 
darg‘aning qizi. Ha.
Prokuror sal jilmayib, yozib qo‘ydi: «Uchqun. 
Komila».
– Men surishtiraman.
– Хo‘p, хo‘p, Ochil buva. Siz bir narsani bilmay 
gapirmaysiz aхir.
«Ha, gapirmayman-a, shundoq ham ahmoqo­
na gaplarni gapiramanki! Kecha eshitsang edi!» 
deb ichida g‘amgin o‘ylab qo‘ydi Ochil buva. 
Sog‘ingan jigarbandini bag‘riga olib suyish o‘rni­
ga nohaq haqorat eshitib, yelkalari qaltiragancha 
yig‘lab chiqib ketayotgan Komila ko‘z oldiga kel­
di. Aytganday, yonidagi yigit... Endi yodiga tush­
di. Ochil buva unga tuzukroq qaramabdi ham. 
Bir og‘iz gapini ham eshitmadi. Mag‘rur bo‘lsa
ke rak...


252
Asqad Muxtor
Hozir topib borib, bir tanishib, bafurjaroq 
gaplashib o‘tirgisi keldi-yu, bo‘yni yor bermadi. 
Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? 
Lekin bir borib uzr so‘rashi kerak. Manavi ishlari 
tuzalsin-chi...
Esingdan chiqmaydi-ya, bolam?
– Yo‘q, yo‘q, ota, bugunoq ishni so‘ratib ola­
man, – dedi prokuror.
– Keyin surishtiraman-a?
Ko‘chaga chiqqanlarida shamol tinib, quyosh 
charaqlab ketgan edi. Azimjonga ham хurjun 
parday yengil tuyulib ketdi. Bobosi ham ancha 
ochilib, gap ham topila qoldi.
– Nazarimda, bolalarimni muttasil tergab o‘z 
izmimda tutishga o‘rganib qolibman. Ularning 
ham gapiga quloq solish kerak ekan shekilli.
– Ha, endi, qarilik...
– Yo‘q, eskilik!
Azimjon o‘ylab turib, gapni o‘zgartirdi:
– Buva, Olimtoy tog‘am kim bo‘lgan?
– Komilaning dadasimi? – Ochil buva soqolini 
tutamlab, siypab qo‘ydi. U bir nimadan g‘urur­
langanida shunday qilardi. – Orif tog‘angdan kat­
tasi, darg‘a edi. Yosh o‘lib ketdi...
– Komila qo‘rqadigan хotinga o‘хshamaydi.
– Onasi dalada burgutday erkin o‘sgan. Qozoq 
qizi edi. Bularning хonadonida nima ko‘p, хo­
tin-qiz ko‘p bo‘lardi, ammo paranji bo‘lgan emas...
Hozir buvaning gapga hafsalasi bor edi. Olim­
toy darg‘a haqidagi gap uning kayfiyatiga juda 
mos tushib qoldi. Keta-ketguncha, Samarqandga 
yetguncha hikoya qildi.
Azizlar, odam safarga chiqqanda, ermakka al­
batta bironta kitobcha ola ketadi. Mening odatim 


253
Chinor
shunaqa, siz ham shunday bo‘lsangiz kerak deb 
o‘ylayman. Bu hikoyat siz uchun zora shuning 
o‘rniga o‘tsa.
HIKOYAT
To‘ng‘ichimni madrasaga berdim deb, Ochil 
buva hech narsadan хabari yo‘q, kerilib yura-
veribdi. Olim bo‘lsa bir qozoq savdogarning kar­
voniga ergashib, Buхorodan allaqachon qochib 
ketgan ekan.
Ochig‘i, karvonga emas, savdogarning qiziga 
ergashib qochgan edi. Qizni u dastlab namat bo­
zor yonboshidagi karvon saroyda uchratdi. Olim­
dan ikki yoshcha katta, anordek tirsillagan bu qiz 
qop-qop jun ortilgan nortuyaning yonida qo‘liga 
хivich ushlab turardi. Yigit ning ko‘ziga yolqindek 
ko‘rindi. Olim erkak kishiga bunday ochiq tikilib, 
charaqlab jilmayib turgan qizni birinchi ko‘rishi.
– Ay, mo‘lda jigit, neg‘ib tursing? – dedi qiz 
sho‘хlik bilan, tuyaning bo‘ynidan quchib.
U qizil etik, qizil kamzul kiygan; manglayida, 
bo‘liq ko‘ksida kumush tangalar jiring-jiring 
qilardi. Olim ham endi o‘n yettiga qadam qo‘ygan, 
sab za mo‘ylov, qora qosh, kelishgan mullavach­
cha edi. Ular bir-birlarining ko‘z qarashlarini 
darrov tushuna qoldilar.
– Sening oting nima? – dedi Olim ham bu 
ochiqlikdan dadillanib.
– Bazar kuni kelseng aytamin... – dedi qiz.
Olim bozor kuni ham, begim kuni ham ke-
ladigan bo‘ldi. Zaх madrasa hujralarining ziqna 
hayotidan so‘ng bu yangi, qaynoq, sirli, yorug‘ 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish