Adabiyot 6- 2
(1-qism)
1. Otadan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi To‘xtaboyev kimlarning tarbiyasida o‘sadi?
A) bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabibilarning B) bobosi Erkaboy va buvisi Nastarbibilarning
C) bobosi To‘xtaboy va buvisi Ra’nobibilarning D) bobosi To‘xtaboy va buvisi Robiyabibilarning
2. Xudoyberdi To‘xtaboyev jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi qancha felyeton yozadi? A) 200 ga yaqin B) 300 dan ortiq C) 500 ga yaqin D) 400 dan ortiq
3. Xudoyberdi To‘xtaboyev qalamiga mansub qissani toping. A) «Besh bolalik yigitcha»
B) «Mungli ko‘zlar” C) «Omonboy va Davronboy sarguzashti» D) «Qasoskorning oltin boshi»
5. Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Qiz talashgan o‘smirlar» asari qaysi janrda yozilgan?
A) drama B) qissa C) hikoya D) roman
6. Xudoyberdi To‘xtaboyevning hujjatli qissasini toping. A) «Qaylarda qolding, bolaligim»
B) «Yangi ohangda kuylayotgan viloyat» C) «Qiz talashgan o‘smirlar» D) «Jannati odamlar»
7. Xudoyberdi To‘xtaboyev qalamiga mansub romanlarni toping. 1) «Omonboy va Davronboy sarguzashti»; 2) «Sariq devni minib»; 3) «Sariq devning o‘limi»; 4) «Besh bolalik yigitcha»;
5) «Qasoskorning oltin boshi»; 6) «Yillar va yo‘llar»; 7) «Shirin qovunlar mamlakati»;
8) «Mungli ko‘zlar»; 9) «Jannati odamlar».
A) 1, 2, 3, 6, 7, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 4, 5, 6, 7, 8, 9 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
8. «Sariq devni minib» romani qahramoni Hoshimjon sehrli qalpoqchani qayerdan topib oladi?
A) tashlandiq madrasa xarobalaridan B) qishloq chekkasidagi qabristondan C) qishloq chekkasidagi masjid xarobalaridan D) tashlandiq bir uydan
9. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjon sehrli qalpoqchaning sehrini dastlab kimlar bilan sinab ko‘radi? A) onasi va singillari bilan B) folbin xola va uning o‘g‘li bilan C) sinfdoshlari va o‘qituvchilari bilan D) sinfdoshlari va folbin xola bilan
10. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjon qalpoqchaning sehrli kuchiga to‘la amin bo‘lgach, dastlab kimlarni fosh etishga kirishadi? A) Soraxon folbin va uning o‘g‘li, sinfdoshi Mirzaxo‘jani
B) Sevaraxon folbin va uning o‘g‘li, sinfdoshi Mirzaxo‘jani C) Sevaraxon folbin va uning o‘g‘li, sinfdoshi Mirobiddinxo‘jani D) Soraxon folbin va uning o‘g‘li, sinfdoshi Mirobiddinxo‘jani
11. «Sariq devni minib» asari kimning tahsiniga sazovor bo‘lgan?
A) Janni Rodari B) Antuan de Sent-Ekzyuperi C) Jonatan Svift D) Hans Kristian Andersen
12. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjonning buvisi qaysi qishloqda turar edi?
A) Qozoq B) Turbat C) Qashqir D) Toshloq
13. «Sariq devni minib» romanidagi Hoshimjonning singillarini toping.
A) Dono, Oysha B) Oqila, Oysha C) Dono, Odila D) Sarvi, Oqila
14. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjon kimni: «…kerilganini aytmaysizmi, bir o‘zining ikkita velosipedi bor», – deydi? A) Omonni B) Qosimni C) Mirobiddinxo‘jani D) Mirzaxo‘jani
15. «Sariq devni minib» romanida «bizning uydan Xudoning ovozi eshitilib turadi» deb maqtanadigan kim? A) Soraxon folbin B) Mirzaxo‘ja C) Mirobiddinxo‘ja D) Hoshimjon
16. «Sariq devni minib» romanidan olingan quyidagi parchadagi «xamak» so‘zining ma’nosi?
«Hovlisida yettita xotin, beshta chol, uchta bola o‘tirishibdi. Hammasi ham kasal bo‘lsa kerak, rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq». A) hali pishib yetilmagan, xom handalak B) pishib, yetilib ketgan bodring C) pishib, yetilib ketgan anjir D) hali pishib yetilmagan, xom qovun
17. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjonning maktabdagi eng yaqin do‘sti kim edi?
A) Mirobiddinxo‘ja B) Hayitvoy C) Hursanali D) Qosimjon
18. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjon sinf jurnaliga baholar qo‘yganini dastlab qaysi fan o‘qituvchilari payqab qolishadi? A) avval ona tili o‘qituvchisi, so‘ngra fizika o‘qituvchisi
B) avval fizika o‘qituvchisi, so‘ngra ona tili o‘qituvchisi C) avval biologiya o‘qituvchisi, so‘ngra algebra o‘qituvchisi D) avval algebra o‘qituvchisi, so‘ngra biologiya o‘qituvchisi
19. «Sariq devni minib» romanidagi Hoshimjon o‘qiydigan maktabning direktori kim edi?
A) Otajon Azizovich B) Xursanali Sharafiddinovich
C) Hayitvoy Azizovich D) Hasanali Sharafiddinovich
20. «Sariq devni minib»da Hoshimjon qayerda: « … ilonlar galasiga ham uchrab qoldim. Yegani ovqat topolmay bir-birining dumini so‘rib yotgan ekan, meni ko‘rishi bilan sevinib, shunaqangi quvlashga tushib ketishdiki, agar boshimga qalpoqchamni kiyib olmaganimda, kim biladi, holim ne kechar edi...», – deydi? A) «Krupskaya nomidagi maktab-internat fermasi»da
B) daraxtzorlar orasida C) folbinning podvalida D) cho‘lda
21. «Sariq devni minib»da Hoshimjon «Krupskaya nomidagi maktab-internat fermasi»da tanishgan «peshonasi do‘ng bola» kim va nechanchi sinf o‘quvchisi edi?
A) Shavkat, yettinchi sinf B) Hayitvoy, yettinchi sinf
C) Shavkat, sakkizinchi sinf D) Hayitvoy, sakkizinchi sinf
22. «Sariq devni minib» romanida «Krupskaya nomidagi maktabinternat fermasi» direktori kim?
A) Otajon Azizovich B) Xursanali Sharafiddinovich C) Akbar Nosirov D) Hasanali Sharafiddinovich
23. «Sariq devni minib» romanida «Krupskaya nomidagi maktabinternat fermasi»da kimga, oq xalat kiymay savdo qilayotgani uchun «vigovor» berilib, o‘n besh so‘m shtraf solingani aytiladi?
A) o‘ninchi «b» da o‘quvchi Sanobarga B) to‘qqizinchi «b» da o‘quvchi Guliga
C) o‘ninchi «a» da o‘quvchi Farog‘atga D) to‘qqizinchi «a» da o‘quvchi Azizaga
24. «Sariq devni minib» romanida Qobilov kim? A) ona tili fani o‘qituvchisi
B) algebra fani o‘qituvchisi C) Hoshimjonning sinf rahbari D) maktabdagi a’lochi o‘quvchi
25. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjon Polvontog‘aga o‘zini qayerdan deb tanishtiradi?
A) Andijondan B) Samarqanddan C) Farg‘onadan D) Namangandan
26. «Sariq devni minib» romanida: «Gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan chiqqandek guldirab, jaranglab eshitiladi. Kulganda tomni ko‘tarib yuborgudek qattiq kuladi, yurganda uyning
pollari lapanglab ketadi», – deya ta’riflangan qahramon kim?
A) Otajon Azizovich B) Polvontog‘a C) Akbar aka Nosirov D) Xursanali Sharafiddinovich
27. «Sariq devni minib» romanining 4-bobida keltirilgan bo‘lim boshlig‘i kim?
A) Rahimjon aka B) Akbar aka C) O‘rmon aka D) Polvontog‘a
28. «Sariq devni minib» romanida bo‘lim boshlig‘i bilan kompost to‘g‘risida bahslashayotgan brigadir kim edi? A) Rahimjon aka B) Akbar aka C) O‘rmon aka D) Polvontog‘a
29. Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topgan ijodkorning nomini toping .
A) J. Rodari B) Andersin Hans kristian C) Sharl perro D)Aka-uka grimlar.
30. J.Rodarrining asarlari berilgan qatorni toping . A)“Bulbul” B) “Robinzon kruzo “.
C) “Osmondagi tort” Uchtadan oxiri bor ertaklar . D) “Gulliverning sayoxatlari “.
31. “Hurishni eplolmagan kuchukcha “ ertagi J. Rodarning qanday asaridan olingan.
A) “Telifonda aytilgan ertaklar” da B) “Osmondagi tort“.dan C) “Shaxzoda plomber” dan.
D) “Uchtadan oxiri bor ertaklar” dan .
32. J.Rodari qanday mukofatga sazovor bo’lgan . A) “Hans Kristian Andersen “ mukofatiga .
B) “Nobel mukofatiga” C) “Italiya yozuvchsi” mukofatiga D) “Italiya xalq ijodkori” mukofatiga .
33. J.Rodari yoshligida qanday kasb egasi bo’lishni istardi . A) O’qituvchi .
B) Qo’g’irchoq yasovchi , usta yoki rassom C) Nonvoy D) Uchuvchi
34. bolaligi, adibning o‘zi ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi. Ushbu tarif qaysi ijodkor haqida.
A) J. Rodariy B) Muqimiy C) X. To`xtaboyev D) G`. G`ulom
35. J. Rodariningilk to‘plami qaysi javobda to`g`ri berilgan.
A) “Telifonda aytilgan ertaklar” B) “Osmondagi tort“ C) “Shaxzoda plomber” D) «Quvnoq she’rlar kitobi»
36. «Qutbdagi gunafsha» nomli ertagi qaysi turkumdan olingan
A) “Telifonda aytilgan ertaklar” B) “Osmondagi tort“ C) “Shaxzoda plomber” D) «Quvnoq she’rlar kitobi»
37. Men barcha hayvonlar tilini o‘rganib olaman-da, sirkda tomosha ko‘rsataman. Hamma meni olqishlab qarsak chaladi, men boyib ketaman va shoh qiziga uylanib olaman. Kuchukcha qaysi hayvon bilan suhbatda shu gapni aytadi.
A) xo`roz B) kakku C) sigir D) kuchuk
38. «Hurishni eplolmagan kuchukcha» ertagida kuchukcha itni nima deb o`ylaydi.
A) jirafa B) timsoh C) sigir D) ayiq
39. “Qutbdagi gunafsha” ertagida gunafshani ko`rishga birinchi bo`lib qaysi jonzodlar yetib kelishadi. A) bug‘ular B) Oq shimol tulkilari C) tyulen D) chaqimchi dengiz zag‘izg‘onlari
40.Qaysi hayvon bu kichkina xushbo‘y jonivorning gunafsha deb atalishini, boshqa joylarda – janubda ular millionlab topilishini gapirib beribdi?
A) chayka B) Oq shimol tulkilari C) tyulen D) ayiq
41. Quyidagi qaysi ertak zamirida ham chigal muammoni qanday hal etish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. A) “Telifonda aytilgan ertaklar” B) “Hurishni eplolmagan kuchukcha “
C) “Shaxzoda plomber” D) «Quvnoq she’rlar kitobi»
42. Janni Rodarining «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumiga kiritilgan ertaklarni ko`rsating
A) «Sehrli nog‘ora», «Ayyor Buratino», «Sahrodagi uy» B) «Milanda yog‘gan shlyapa yomg‘iri», «Rinaldoning sarguzashtlari» C) «Ayyor Buratino», «Sahrodagi uy», «Quvnoq she’rlar kitobi»
D) AvaB javoblar to`g`ri
43. Qaysi asarda “Inson uchun, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor ” g`oyasi ilgari suriladi
A) “Qutbdagi gunafsha” B) “Hurishni eplolmagan kuchukcha “
C) “Shaxzoda plomber” D) «Quvnoq she’rlar kitobi»
44. «Shahzoda Plombir» ertagi qaysi turkumdan olingan.
A) “Telifonda aytilgan ertaklar” da B) “Rim ertaklari“dan C) “Quvnoq she’rlar kitobi” dan.
D) “Uchtadan oxiri bor ertaklar” dan .
45. Quyidagi qaysi asarda an’anaviy ertaklardagi qahramonlarni og‘ir, murakkab vaziyatlardan qutqaruvchi sehrli tayoqcha yoxud sehrli qalpoqcha o‘rnini reklama egallaydi.
A) “Qutbdagi gunafsha” B) “Hurishni eplolmagan kuchukcha “
C) “Shaxzoda plomber” D) «Sariq devni minib»
46. J. Rodari qaysi asari orqali har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go‘zal fazilat bo‘lib qolaveradi degan fikrni ilgari suradi.
A) “Qutbdagi gunafsha” B) “Hurishni eplolmagan kuchukcha “
C) “Shaxzoda plomber” D) «Quvnoq she’rlar kitobi»
47. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor qaysi nom ostida bosib chiqariladi
A) «Devoni Muqimiy» B) «Muqimiy maa hajviyot» C) «Muqimiy bayozi» D) «Lirika i satira»
48. 30-yillarida boshlangan Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish ishlariga kim boshchilik qiladi.
A) Oybek B) Hamid Olimjon C) X. To`xtaboyev D) G`. G`ulom
49. Muqimiy haqida kitoblar yozgan, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan insonlar nomi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan.1. H. Yoqubov 2. A. Olimjonov 3. H. Zaripov 4. H. Razzoqov
5. G‘. Karimov A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1,2, 3, 4, 5
50. Muqimiyning lerik merosi nimalarni o`z ichiga oladi
A) g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard B) hajviyot (satira, yumor)
C) «Sayohatnoma»lar, maktublar D) Barcha javoblar to`g`ri
Do'stlaringiz bilan baham: |