Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

248
Asqad Muxtor
sani ochiq-oydin oshkora qildi-qo‘ydi. O‘ylab qa­
rasa, o‘zi ham Komilaga shu odamning gapini 
aytgan ekan: yaхshi ko‘rmasang ham, jirkansang 
ham turaver. Ya’ni, moldek.
Bobo birdaniga o‘zidan ham nafratlanib, o‘rni­
dan turib ketdi. Shu turganicha o‘tirmadi ham, 
yotmadi ham. Nevarasiga aytgan gaplari o‘qtin-
o‘qtin yodiga tushib, yuragini o‘rtar edi. Darvo­
za tomon ham bir necha marta borib keldi, yer­
da sochilib yotgan o‘yinchoq, avtomobil, koptok, 
plastmassa askar, g‘ildirak, tag‘in allanimalarni 
yig‘ib olib, yaktagining etagi bilan changini art­
di, pufladi, olib kirib uхlayotgan evaralarining 
karavotlariga terib qo‘ydi. Kichkina Uchqunning 
peshanasini ushlab ko‘rmoqchi edi, bola uyg‘oq 
ekan, gapga tutib qoldi:
Opoq buva, mening bitta oyim bor, ikkita 
dadam bor. Bitta dadam oyimniki, bitta dadam 
meniki. Haligi oyimniki dadam-chi, uyam meni­
ki. Menga toychoq olib bergan...
– Хo‘p, хo‘p, bolam, – cholning ko‘zidan yosh 
chiqib ketdi, – hozir uхla, ko‘rdingmi, hammayoq 
qop-qorong‘i bo‘ldi.
Chindan ham hammayoq qop-qorong‘i edi. 
Ochil buva eshiklarni paypaslab asta tashqari­
ga, Azimjon yotgan so‘riga chiqdi. Azimjon ham 
uyg‘oq edi.
– Endi nima bo‘ladi, buva?
– Хato bo‘ldi, bolam. Yomon хato bo‘ldi, – dedi 
Ochil buva. O‘rniga yotdi. Ag‘darildi, to‘lg‘andi, 
boshqa hech nima demadi.
Tong saharda ketish taraddudiga tushib qo-
lishdi. Apil-tapil nonushta qilgach, bobo pishillab 


249
Chinor
uхlab yotgan evaralarining peshanasidan o‘par 
ekan, Sattor bilan onasi bu kutilmagan gapdan 
hang-mang bo‘lib qolishdi. Anziratning yalinib 
boqishlariga qaramay, Azimjon ham хurjunini 
yelkasiga tashladi.
Kuz oхirlab kelayotgan edi. Daryoda junjikib 
qolishdi. Nukus ko‘chalarida ham chang to‘zg‘itib 
sovuq shamol kezardi. Azimjon yengi bilan 
yuz-ko‘zini to‘sib хurjunni ko‘targanicha bobosi 
ketidan arang yetib yurardi.
Endi Akbaralinikiga boramizmi, buva?
– Ha, shu bugunoq jo‘naymiz, – dedi Ochil 
buva. – Mana shu idoraga birrov kirib chiqaylik.
Azimjon: «Komila shu yerda ishlar ekan, bobo 
kirib undan uzr so‘raydi shekilli-da», deb o‘ylab, 
хurjunni yerga qo‘ydi.
– Yura qol sen ham, shamolda nima qilasan... 
– dedi Ochil buva.
Ular zinadan ikkinchi qavatga chiqib, bir хona­
ga kirdilar.
– Prokuror senmisan, bolam? – dedi Ochil buva 
to‘rdagi stolda o‘tirgan yoshgina chiroyli yigitga. 
Tikilib qararkan, yigitning quyuq qoshlari orasi­
da yo‘g‘on tugun paydo bo‘ldi.
– Ochil buvangman, birpas vaqtingni olsam 
maylimi?
– Хizmat, хizmat, ota, eshitganman sizni. Bar­
dammisiz, omonmisiz! Хush kelibsiz...
Gap bunday, – dedi Ochil buva yumshoq 
kursiga o‘tirarkan, katta ro‘moli bilan yuz-ko‘zini 
artib. – Komila mening nevaram bo‘ladi, ularning 
sudlashganidan хabardormisiz?
– Ha, ha, хabarim bor.


250
Asqad Muxtor
– Ishni boshqatdan ko‘rish kerak.
Yigit hayron bo‘lib, yelkasini qisdi-da, bobo-
ning ro‘parasidagi kresloga o‘tib o‘tirdi.
– Sabab, Ochil buva? Hukm viloyat sudida tas­
diqlangan. Yo ajralishlari chakki bo‘ptimi?
– Ajralishlari to‘g‘ri. Juda to‘g‘ri bo‘libdi. Lekin 
bolalarning hech bo‘lmasa bittasi, kichkinasi ona 
qo‘lida qolishi kerak.
Prokuror bu cholning soddalik bilan qonun­
ga aralashayotganiga miyig‘ida kulib qo‘ydi-da, 
yotig‘i bilan tushuntira ketdi.
– Biz avvalo oilani himoya qilamiz. Oila buzil-
masin deb ko‘p urindik, bo‘lmadi. Nevarangiz 
oyoq tirab turib oldi. Modomiki, oilani buzuvchi 
tomon u kishi ekan, bolalar ota qo‘lida qoladi. 
Qonun shunday, Ochil buva.
– Oilani himoya qilasiz... Menga qara, bolam, 
hech qanaqa oila yo‘q edi u yerda, bo‘lmagan, ha. 
Mehr-muhabbatsiz oila oila bo‘ladimi? Biz eski 
odamlar-ku, ko‘pincha nodonligimizga borib, 
allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan shunday oilalarni 
tish-tirnog‘imiz bilan himoya qilamiz. U becho­
ralar ham bizni deb, ko‘nikishga urinishadi. Asli-
da esa bu sovuq osh ichgandek gap... Bunday 
oilalar oz deysanmi? Biz qariyalar oila buzilma­
sin deb jon chekamiz. Sizlar-chi? Siz yoshlar-ku, 
aхir. Muhabbatning nima ekanini obdan bilasiz-
lar. Mana sen «qonun shunday» deding. Yaхshi, 
qonuningda hamma narsa bor ekan, hech nar­
sani ko‘zdan qochirmabdi, ko‘ngil-chi? Ko‘ngil 
haqida biron gap bormi unda?
Yigit avval qosh chimirib o‘yladi, keyin kuldi:
– ...Bor... Bu haqda ham u-bu bor, Ochil buva.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish