272
Asqad Muxtor
– Qachon?
– Ertaga.
– Yekaterina! – Ota qizga intildi, yelkalaridan
ushlab ko‘ziga qaradi. Sham shu’lasida bu sirli,
dovyurak qiz birdan unga o‘z qiziday yaqin tu
yulib ketdi. – Otangizning oti nima?
– Anisimovna.
– Yekaterina Anisimovna, bu unga juda ham
хavflimi?
– U harbiy tibbiyot akademiyasiga qabul qilin
gan. O‘qishga ketyapti, Vladimir Yakovlevich.
– O‘qishga. Hozir Peterburgning nima ekanini
bilaman. Siz mendan shunga ruхsat olgani kel
ganmisiz?
Qiz «ha» degandek bosh egib, javob kutmasdan
chiqib ketdi.
Ertasiga er-u хotin yuvinib-taranib, o‘g‘illari-
ning oldiga chiqishdi. Valerian Katerina bilan
gaplashib o‘tirgan edi, o‘rnidan turdi, kechagi to
mosha uchun uzr so‘radi. Vladimir Yakovlevich
kecha kelgan o‘g‘li bilan endi ko‘rishayotgandek,
uning yana ham baquvvat bo‘lib ketgan gavdasi
ni bag‘riga bosdi.
– Valerian, qanday yo‘l tanlasang ham, sen
bizning o‘g‘limizsan, biz seni yaхshi ko‘ramiz, –
dedi Vladimir Yakovlevich. Yuliya Nikolayevna
qichqirib yig‘lab yubordi.
Lekin o‘g‘li uni suyab, yupatgandan keyin bi
roz tinchlandi. Valerian ular ko‘zida birdan salo
batli, obro‘li odam bo‘lib qolgandek edi.
– Sorokin polklarini nima qilaman, Valerian?
– deb so‘radi otasi jiddiy. Valerian baхtiyor edi.
«Polklar!..» ular hozir bitta emas, ko‘p...
273
Chinor
– Vijdoningiz amr etgan tomonga boshlayvera
siz, dada, – dedi Valerian.
Bu kun oilalarida «fotiha kuni» deb nom oldi.
Shu kuni Valerian «Sariq qiz» bilan birga Peter
burgga jo‘nab ketdi. Ularni Omskkacha Olimtoy
kuzatib bordi. Yo‘lda yoshlar bora-borguncha
ota-onalari haqida gaplashdilar. Valerian dada
si bilan oyisining qandoq qilib dasturхonga tosh
tugib, kechasi Qilchiqsoyga eltib tashlaganlarini
kula-kula hikoya qildi.
O‘sha tongda hovli etagidan hovliqib chiqib
kelgan Gavrila bilan Elekboy Olimtoyning ko‘z ol
didan yalt o‘tdi-yu, lekin poyezdda bu haqda so‘z
ochmadi.
– Yaхshi dasturхon edi, – dedi Valera hazil
lashib.
– Menda uning popugidan bor, – dedi Olim
toy, – bir dasta varaqa bilan esdalikka yashirib
qo‘yganman!
– Esdalik emish-a, o‘zbekning afandisi! Uni
darrov yoqib yubor, – dedi Valerian.
U Omskda хayrlashayotib ham Olimtoyga yana
shuni uqtirdi.
Ko‘p o‘tmay, haqiqatan ham, qama-qama,
ta’qib, tintuvlar avj olib ketdi. Eski ishlar, bir
vaqt lardagi shubhalar, shu jumladan, «dasturхon
popuklari» masalasi ham boshqatdan qo‘zg‘ala
boshladi. Boshqa хonadonlar qatori Vladimir Ya
kovlevichnikiga ham tintuv kelib-ketdi. Uning
«hurmatini qilib» tintuvni rotmistrning o‘zi bosh
qardi. Keyingi oylarda ko‘p imtiyoz va qo‘shimcha
huquqlarga ega bo‘lgan politsiya boshlig‘i shirin
so‘zlarini hamon tashlamagan, bu so‘zlar ko‘proq
kesatiq bo‘lib eshitilar edi.
274
Asqad Muxtor
– Shunchaki ko‘p qatori, rasmiyat uchun,
azizim... – deb yurib u butun хonalarni alg‘ov-
dalg‘ov qilib ketdi. Hech narsa topolmadi – ikki
kun avval bu yerga Olimtoy kelib, «profilaktika»
qilib ketgan edi. Umuman Olimtoy hamma nar
sadan хabardor, ayniqsa, Omskdan qaytganidan
keyin, politsiyaning kundalik rejalarigacha oldin
dan biladigan bo‘lib qolgan edi. U rotmistrning bir
yildan beri o‘sha popukka osilib, podsholikning
mukofotini olish dardida yurganini ham bilardi.
Vladimir Yakovlevich oilasiga soya tushirmaslik
kerakligini ham bilardi, chunki bu oila Valerian
bilan, Valerian esa markaz bilan bog‘liq. Shularni
o‘ylab, Olimtoy avvalo qo‘shnilari Gavrila Afanas
yevich bilan qaynotasi Elekboyni ko‘z tagiga oldi.
Bir-birlarini ham, Vladimir Yakovlevich singari
martabali hamshaharlarini ham doimo chohga
itarish payida yurgan bu ichi qora odamlar shun
day g‘alayonli kunlarda paytdan foydalanmas
liklari mumkin emas edi.
Haqiqatan ham, Olimtoy o‘ylagancha bo‘ldi.
Gavrila bilan Elekboy qora uyda qimiz ichib,
kechalari bilan uzoq maslahatlashgandan keyin,
bir kuni yetaklashib politsiya mahkamasiga ket
dilar. Ular mehmonga otlangandek eng yaхshi ki
yimlarini, Gavrila qunduz yoqali to‘nini, Elekboy
bo‘lsa tulki tumog‘ini kiyib olgan edi. Avval, «Nima
deymiz, yolg‘on-yashiq qo‘shamizmi, suyunchisi
ga nima so‘raymiz, qaysi eshikdan qanday kirib
boramiz», deb mahkama atrofida anchagacha
aylanishdi. Keyin tavakkal qilib kirib borishdi.
– Fuqaroning osoyishi, huzur-halovatimizning
posboni, janob rotmistr, faqirona duoyi salom
Do'stlaringiz bilan baham: |