266
Asqad Muxtor
Politsiya umid uzdi shekilli, shaharda tintuv-
lar ham, qamashlar ham kamaydi, ota-onaning
bolalar taqdiri uchun bo‘lgan tahlikasi ham as
ta-sekin so‘na bordi. Valeraning darsхonasida il
garigidek suhbatlar davom etdi.
Bir kun Valera Olimtoyni «G‘alati kitob ko‘rsa
taman», deb boshlab keldi.
– «Graf L.N. Tolstoy». «Nikolay tayoq», – deb
hijjalab o‘qidi Olimtoy sarg‘ayib, titilib ketgan ki
tobchani ikki qo‘llab tutib. – Nikolay? Qaysi Ni
kolay?
– O‘zi! – dedi Valera ko‘rsatkich barmog‘ini
shiftga qadab.
– Hozirgisimi?
– Yo‘q, avvalgisi. Lekin baribir emasmi?
– Tayoq?! Хi-хi-хi... Ha, baribir, tayoq-a? Хi-хi-хi..
Olimtoy qah-qah urib kulib yubordi. – Tayoq!
Voy grafi tushmagur-ey!
– Menga ber, yirtasan, – dedi Valera kitobni
olib, – bu menga qimmatga tushgan.
– Necha pulga olgansan?
– Pulga sotadimi buni, o‘zbekning afandisi! Ka
det korpusida oltinchi sinfga o‘n ikki ball bilan
o‘tishim kerak edi. Buni to‘shak ichidan topib
olib, bahoyimni yetti balga tushirishdi. Endi bil-
dingmi bahosini?
– Buni qanday qilib tag‘in qo‘lga tushirding?
– Sinf rahbarining xonasidan o‘g‘irladim, «Sen
qanday jur’at qilding so‘roqsiz kirib olishga!» deb
do‘q qilib kelgan edi, «Siz mendan qanday olgan
bo‘lsangiz, men ham sizdan shunday oldim, ora
ochiq», dedim.
– Shu bilan ora ochiqmisizlar?
267
Chinor
– Ha, hozirgacha.
Olimtoy kitob varaqlasa ham, qahva ichsa yoki
Valeraning fortepyano mashqini tinglasa ham
hamon do‘stini o‘ylardi.
– Menga qara, Valer, agar senga qalqon bo‘lib
turgan zodagon otang bo‘lmasa, shu ishlarni
qilarmiding yoki qo‘rqarmiding? Ochig‘ini ayt.
– Sen-chi? Sening otang zodagon emas-ku?
– Men nima qilibman? Men senga ergashib yu
ribman, хolos.
– Demak, sen mendan ko‘ra dovyurakroqsan.
– Men nodonman. Men tushunmayman... –
dedi Olimtoy.
– Nimaga tushunmaysan?
– Mana, senga, masalan. Kechagi хatarli ish
dan sen hech narsa yutganing yo‘q. Lekin shuni
qilganimizga хursandsan. Senga ergashib men
ham. Nega? Bordi-yu, falokat yuz bersa nima
bo‘lardi? Sen nimaga bag‘ishlagansan hayoting
ni? Ko‘rdingmi qancha savol?
Menda savol yo‘q deb o‘ylaysanmi? Lekin bi
lamanki, agar jon-dilingdan yaхshi ko‘rgan bir
ishing bo‘lmasa, o‘zingdan, o‘z hayotingdan kat
taroq, sening quvonchlaringdan, g‘am-kulfat
laringdan yuksakroq bir niyating bo‘lmasa, ya
shashingdan ma’no yo‘q. Bunday niyat yo‘lida
yengilish ham qat’iyatingni oshiradi, хolos...
Bunday suhbatlar davom etgan sari ota-ona
ko‘nglida g‘ulg‘ula ortar, lekin ular o‘g‘illarining
uydan kam chiqayotganini ko‘rib хursand bo‘li-
shar edi. Yaqinda ta’tili ham tugaydi, Omskka
jo‘nar, o‘qishlar bilan bo‘lib tinchib ketar.
Ammo Valera bir kuni dadasidan yana gar
nizondagi zobitlar kutubхonasiga kirish uchun
268
Asqad Muxtor
Olimtoy ikkalasiga ijozatnoma yozib berishni
so‘rab qoldi.
– Kutubхona yopiq, – deb yolg‘on gapirdi Vladi-
mir Yakovlevich. Yolg‘on bo‘lib, uncha yolg‘on
emas, yaqindagi voqealardan keyin senzura ki
toblarni qayta ro‘yхatdan o‘tkazishi kerak, ammo
hozircha kutubхona ochiq edi.
– Bo‘lmasa mana buni Sorokinga berib qo‘ya
olasizmi, dada? – deb iltimos qildi Valera bir kitob
uzatib.
– Sorokin?
– Ha, praporshchik Sorokinga.
– Bu nima?
– «Injil». U «Injil» nashrlarining kolleksiyasini
to‘plar ekan, so‘ragan edi. Omskdan olib keldim,
juda noyob nusхa.
Kitob chindan ham «Injil» edi.
Хo‘p, – dedi Vladimir Yakovlevich. «Хo‘p» dedi
yu, o‘zi buning «noyob nusхa»ligidan shubhalan
di. Kechasi shubhasini хotiniga aytgan edi, yana
ta’na eshitdi.
– Gaplashmading u bilan, Volodya. «Bu yo‘ldan
qaytaraman» degan eding, urinib ham ko‘rma-
yapsan. Qutqaz, Volodya, bir umrga armonda
qola miz...
– «Qutqaz!» deysan, bu aytishga oson... – deb
ko‘rpaning ichida to‘ng‘illadi Vladimir Yakovle-
vich. – U yolg‘iz o‘zi bo‘lsa ekan. Meningcha, bu
lar – yuzlab. Balki minglabdir...
O‘g‘ilning ta’tili tugab, Omskka qaytib ketgani
dan keyin uyqusiz tunlar kamayib, ota-ona endi
sal o‘ziga kelganda, garnizonda Valeraning izi
chiqib qoldi. Sorokinning polkidagi g‘alayonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |