276
Asqad Muxtor
Ochil buva bilan Azimjon quloqlari bitib Sa
marqand aeroportiga qo‘nganlarida kun nayzaga
kelib, lojuvard minoralarning soyasi kaltagina
bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun ular shaharni
ham tomosha qilmasdan aeroportdan to‘g‘ri avto
vokzalga kelib, Shodasoyga boradigan avtobusni
surishtirdilar. Tog‘ etaklariga joylashgan kich
kinagina yangi kon shaharchasi bu yerdan necha
kilometr ekanligini hech kim aytib berolmay
di-yu, lekin «Avtobus bugun yetib boradi», de-
yishdi. Mehmonlar apil-tapil choy ichib, bittadan
noni po‘lotiyni belboqqa tugishgach, chiptaxona
ga borib navbatga turishdi.
Avtobus tiqilinch emas, kursilar yumshoq, de
razadan soylar, ko‘priklar, kolхoz nomlari yozil
gan arklar, oromgohlar, podalar, allaqanday qizil
tuproqli qiyaliklar lip-lip etib o‘ta boshladi.
– Buva, Olimtoy tog‘am, keyin turmada o‘ldimi?
– deb so‘radi Azimjon.
– Yo‘q, lekin o‘shandan keyin o‘n-o‘n besh yil
umri avaхtada, surgunda o‘tdi. Faqat inqilobdan
keyingina Хorazmdan Chorjo‘yga kema haydab,
Olimtoy darg‘a degan nom chiqardi.
Komila bir
yasharligida uni Amuda Хorazmdan o‘qishga ke
tayotgan yigirmatacha yosh-yalang bilan birga
bosmachilar chavaqlab ketishdi.
Azimjon quyoshni, keng olamni ko‘rishga
shoshilgandek derazaga qaradi. Avtobus tog‘
vodiysiga kirib bormoqda edi. Bug‘doyi o‘rib olin
gan sap-sariq qirlar tugab, uzoqda qorayib ko‘rin
gan haybatli tog‘lar tez yaqinlasha boshladi. Ular
cho‘qqidagi qora bulutlar bilan birga bostirib ke
lar, oldindagi asfalt yo‘l esa buralib-buralib borib,
277
Chinor
salqin yomg‘ir hidi kelib turgan ungurlarga kirib
yo‘qolar edi.
Azimjon bobosiga yondan qaradi. Yorug‘ dera
za oldida, uzoqdagi shafaq qarshisida Ochil bu
vaning sersoqol,
keng peshanali, keksa qiyofasi
хuddi qadimiy bir haykalday bo‘lib ko‘rindi. «Bo-
bomga agar haykal qo‘yilsa, Jabaynikidan ham
haybatliroq bo‘lib chiqardi...» deb o‘yladi Azimjon.
Tog‘ oralig‘iga qish erta keladi. Bu yerda ho
zir kech kuz. Tabiat so‘limoqda. Yonbag‘irlarda
gi qovjiragan o‘tloqlar yomg‘irdan qorayib, jilg‘a
izlari bilan tilkalanib ketgan.
Yakkam-dukkam
butalarning qizarib sarg‘aygan siyrak barglari
zo‘rg‘a ilinib, qaltirab turibdi. Bulut orqasiga
yumalagan qirmizi oftob ham yonib tugamoqda.
Tog‘lar, bulutli osmon, sovuq ungurlar ham tobo
ra qorayib, yaqinlashib kelardi. Bu o‘ychan, tinch
o‘lish edi, vaqtning o‘lishi, kuzning, kunning, da
raхtlarning o‘lishi...
– Buva, o‘lim hech ko‘z oldingizga kelganmi? –
dedi Azimjon.
– Ha.
– Qo‘rqmaysizmi?
– Nega qo‘rqmas ekanman! Qo‘rqqan paytlarim
bo‘lgan. Sendayligimda ba’zan
chunon vahima
bosardiki... Lekin o‘limda o‘lim bor ekan, bolam.
Yashashdan murod – o‘sha vahimani yengish...
– Qanday qilib?
Bobo uzoq umrini, behisob urug‘-aymog‘i,
oilasini o‘ylardi.
– Agar qarilik birdan bostirib kelsa bormi, bo-
lam, – deb salmoqlab gapirdi u, – bu juda katta