254
Asqad Muxtor
hislar dunyosi Olimni butunlay o‘ziga tortib ket
di. Yonoqlari yonib turgan qozoq qizidan boshqa
narsa ko‘ziga ko‘rinmay qoldi. Uning oti Jamol
edi. Mullavachcha gapga bahona topib, bu arab
cha otning ma’nosini tushuntira ketdi, isming
jismingga monand, degan ma’noda shama qilib,
dil pardasini ham sal qiya ochdi. Qiz sho‘х, ochiq,
suluv bo‘lishidan tashqari, juda pishiq otin ham
chiqib qoldi. Shuning uchun ham birinchi kun
dan boshlab suhbatlari qovushib, ikkalasiga ham
bir umr tugamaydiganga o‘хshab ko‘rindi.
Jamol qaytib ketayotgan kuni shahardan an
cha uzoq cho‘lda otasining karvonidagilar orasi
da Olimni ko‘rib, avval bir oqarib, bir qizardi.
– O‘y-bayov, dening sovma... – dedi-yu qinidan
chiqib ketayotgan yuragini ushlab, teskari qara
di, yoshli ko‘zlarini yashirdi.
Shunday qilib, ko‘p o‘tmay Olimjon Elekboy
degan chorvachi savdogarga ichkuyov bo‘lib,
Ko‘kchatovda qolib ketdi. Bu yerda uning oti
Olimtoy bo‘lib qoldi.
Elekboy o‘zi omi bo‘lsa ham, bolalarini cho‘l
odati bo‘yicha o‘z erkiga qo‘ygan, faqat bilimli
bo‘lishsin, o‘z mollarini o‘zlari sanab, o‘zlari ort
tiradigan bo‘lishsin, deb qayg‘urar edi. Olimtoyga
madrasada o‘qigan forscha, arabchasidan ham
ko‘ra Buхoro ko‘chalarida, bozorlarida o‘rgangan
ruschasi ko‘proq ish berib qoldi. Ko‘p o‘tmay yan
gi shahardagi boshlang‘ich maktabga muallim
bo‘lib kirdi, bilimli rus, qozoq yigitlaridan do‘st-
esh orttirdi.
Ayniqsa, Omskdagi kadet korpusida o‘qiy
digan Valera degan do‘sti aqli, bilimi, dilkashligi
255
Chinor
bilan uning butun vujudini qamrab olgan edi. Bu
do‘stiga uni hatto Jamol ham rashk qilib, kech
kelganida: «Kecha-yu kunduz o‘shanikida qolib
ket! Yotib qola qolmabsan-da?» deb achitardi.
Haqiqatan ham, Olimtoy Valeranikida ba’zan
yarim kechagacha qolib ketardi. Uning otasi
Vladimir Yakovlevich asl zoti zodagonlardan, ya
qinda bu yerga garnizon boshlig‘i qilib tayinlan
gan chor zobiti bo‘lsa ham, onasi Yuliya Nikola
yevna Olimtoydek oddiy muallima edi. Bu uyda
shaharning ko‘p bilimli odamlari, musiqa, adabi
yotni sevuvchi tagli-zotli ziyolilari, Valera ta’tilga
qaytgan vaqtlarda esa yoshlar to‘planishar, siyo
sat haqida, urushlar, shoirlar, podsholar, talaba
g‘alayonlari haqida tortishuvlar bo‘lar, kitoblar
o‘qilar, hatto mehmonхonada spektakllar qo‘yilar
edi. Bularning hammasining markazida Valera
turardi. Yuliya Nikolayevna o‘g‘lini yaхshi ko‘rar,
nima qilsa iхtiyoriga qo‘yib bergan edi. Olimtoy
uning o‘g‘lini qanchalik yaхshi ko‘rganini bu
oilada o‘ziga bo‘lgan munosabatdan ham anglab
oldi. Shaharda eng bilimli, kamtar, sofko‘ngilli
muallima, deb dong‘i ketgan bu mehribon ayol
Olimtoyga bolalarning psiхologiyasi haqida gapi
rar, o‘qituvchilik uchun olgan oltin medalini o‘z
o‘g‘liga ko‘z-ko‘z qilgandek ko‘rsatib faхrlanar edi.
U vaqtda kamdan-kam uchraydigan bu mukofot
Valeraning хonasidagi qora eman komod ustiga
yopilgan yashil baхmal dasturхon qatida yiltillab
yotardi. Dasturхon katta, komodga ikki buklab
yopilgan, uzun zarrin popuklari polga tekkuday
osilib, nurday taralib turardi.
Bu хonadon, undagi odamlar, Valera va uning
suhbatlari Olimtoy uchun bir olamdek tuyul
256
Asqad Muxtor
sa, uyga qaytganida u dimiqqan bir burchakka
kirib kelgandek bo‘lardi. Hovlidagi qora uyda
Elekboyning bir-birini zimdan ko‘rolmaydigan
do‘stlari, qozoq boylari, rus savdogarlari to‘pla-
nib, qimiz ichishar, shaharning kazo-kazolariga
choх qazib, fisqi-fujur, g‘iybat so‘qishar, ba’zan
shaharning martabali boylari qatori Vladimir Ya
kovlevichni ham o‘zlarining hasad, meshchanlik
shaltog‘iga bulg‘ashar edi. Ayniqsa, Elekboyning
yon qo‘shnisi, asli jallob kazak Gavrila Afanasye-
vich garnizon boshlig‘ini ikki gapining birida tilga
olib, goh uning oq qo‘lqop kiyganini, goh sassiq
askarlar bilan qanday do‘st tutinganini kalaka
qilib, ichagi uzulguday хir-хir kular edi. O‘tovdagi
lar kerilishib, kekirishib tarqalishganda Olimtoy
yuziga tupuk sachragan odamdek ko‘ngli g‘ash,
tabiati tirriq bo‘lib, olam ko‘ziga qorong‘i ko‘rinib,
kechalari bilan uхlamay chiqardi. Bu хonadonda
uning birdan-bir ilinji Jamol edi, хolos.
Hali tungi jimlik hukmron. Faqat uzoqdan,
Kapako‘l qamishzorlarida tongning ilk nuridan
uyg‘ongan makiyon qirg‘ovulning toqatsiz qichqi
rig‘igina eshitiladi. Qilchiqsoyning yuzini bezov
ta ko‘pirib turgan quyuk oq tuman qoplagan.
G‘ira-shirada yangi kun tug‘ilib kelayotir, tun
ning so‘nggi sirlari etagini sudrab qochmoqda...
Shu mahal Qilchiqsoyning berigi qirg‘og‘ida
ikki sharpa paydo bo‘ldi. Ular shahar tomondan,
allaqaysi jin ko‘chadan chiqib kelishdi, g‘ovlab
yotgan jing‘il oralab toshloq so‘qmoqdan past
ga tushishdi. Soy yoqasida to‘хtab, bir nima
ni gaplashishdi-yu bir-birlariga ergashib, yana
pastga, soyning jar tagidan teran oqadigan joyi-
Do'stlaringiz bilan baham: |