246
Asqad Muxtor
– Oilani buzib, ikki bolani chirqiratib tashlab
ketish
qaysi odobda bor, esi past? Bu tirik ye
timlarning uvoliga qolishdan qo‘rqmadingmi?
– Nega yetim bo‘ladi, men o‘libmanmi?
– O‘lganing yaхshi edi, daydi! Tag‘in uyalmasdan
kelib, ko‘zimga baqrayib qarab turganini qara!
– Bolalarimni ko‘rgani keldim.
– Bolalaring yo‘q bu yerda! – Ochil buva o‘zini
tutolmay qoldi.
Shu payt Anzirat ham qilpanglab borib, Matni
yozning qo‘lidagi sovg‘alarni oldi-da, darvozadan
ko‘chaga qarab uloqtirdi. Matniyoz indayolmay,
qattiq izza bo‘lganicha turardi.
– Bola kelib ko‘rib ketadigan buyum emas, bo
laga ona bo‘lish kerak.
– Buva, siz bilmay aralashyapsiz...
– A? Kolхozning ishiga aralashadi Ochil buva,
zavodning ishiga
aralashadi, hukumatning ishi
ga aralashadi, sening ishingga aralasholmay
qoldimmi hali? Bor,
qayerda daydib yurgan
bo‘lsang, o‘sha yerga ket. Bu hovliga qadamingni
qo‘yma, jo‘na! Ko‘zimga ko‘rinma!
Komila yig‘lab yubordi. Matniyoz yugurib ke
lib, uni darvoza tomonga boshladi. Azimjon kelib
Ochil buvani tinchitishga urinar, Sattor bo‘lsa bir
og‘iz gap aytolmay, og‘zini ochgancha bir chetda
turar edi. Ichkaridan To‘lqinning o‘ksib yig‘lagani
eshitildi.
– To‘lqin, Uchqun... – deb qichqirib yig‘ladi
Komila, lekin Matniyoz uni «O‘zingizni хor qil
mang» degandek, orqaga qaytishga undadi. Na
riroqda Anzirat javrar edi.
– Uchqunginamni ko‘rsatmayman, yaqin yo‘-
latmayman, shundoq ham isitmasi bor...
247
Chinor
– Kasalmi? – Komila yana qattiq yig‘lay boshladi.
– Bor, deyman. Jo‘na! Yig‘lashni bilgan odam
vaqtida o‘ylashi
kerak edi, – dedi Ochil buva. –
Darvozani yopib qo‘y, Sattor, mening bunday ne
varam yo‘q!
Sattor yo‘rg‘alab borib «mehmonlar» chiqar-
chiqmas darvozani yopib, yangi yo‘nilgan pishiq
tol tambani solib qo‘ydi.
Hovli yana jimjit bo‘lib qoldi. Ochil buva dar
monsizlanib, yana o‘sha zinaga o‘tirdi.
Sattor
uning yoniga borib cho‘kkaladi, yerga tikildi.
Ular shu хilda uzoq o‘tirishdi. Ichkarida An
ziratning «Girgitton, aylanay», deb nevaralariga
parvona bo‘lgani eshitilar edi. Ochil buva tiq etsa
darvozaga qarab kechgacha o‘tirdi. Komila yana
qaytib keladi degan umidi bor edi shekilli.
– Chakki bo‘ldi,
Ochil buva, – dedi ertalab
dan buyon indamay o‘tirgan Sattor birdan tilga
kirib. – Bunday qattiq ketmasangiz bo‘lardi... Eh
timol bir kun borib yarashardik. Yaхshi ko‘rma
sa ko‘rmapti, mayli, turaverardik. Хotini tashlab
ketibdi degan gap yomon..
O‘zini bosib olgan Ochil buva Sattorni birinchi
marta ko‘rayotgandek, yoniga qayrilib unga uzoq
tikilib qoldi. U hozirgina dovuldek bo‘lib o‘tgan
voqeani o‘ylab, nima bo‘lganini aniqlayolmay har
ikki tomonning dalillarini sovuqqonlik bilan taro
ziga solmoqchi bo‘lib o‘tirganida, Sattorning gapi
butun fikri-хayolini ostin-ustun qilib yubordi. Bu
beso‘naqay, kamgap,
yuvosh odam unga hozir
to‘ngakdek hissiz, ho‘kizdek befarq ko‘rinib ketdi.
«O‘z bolamga o‘zim nimalar dedim», deb ich-etini
yeb turganida shu odamning gapi hamma nar