G`ofur gulom



Download 38,5 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi38,5 Kb.
#416809
Bog'liq
Gofur gulom



G`OFUR GULOM.
(1903-1966)

Taniqli o`zbek adibi G`ofur G`ulomning tarjimaiyi holi, 1903-yilda Toshkent shaxrida tavallud topgan. Uning ayni o`ynab kuladigan, baxtli va betashvish kunlarni kechirishi lozim bo`lgan bolalik onlari Birinchi jaxon urushi davri (1914-1918 yillar) ga to`g`ri keldi. Ota – onasidan yosh yetim qolgan Gofurjonning boshiga juda ko`p ko`rguliklar tushdi. Garchi urush bizning yurtimizdan juda uzoqda – olis Yevropada kechayotgan bo`lsa – da, uning sovuq nafasi butun o`lkamizni qamrab olgan edi. Shaxar va qishloqlar och-naxor odamlarga tilanchi va devonalarga to`lib ketgandi. Urush tufayli turmush tobara og`irlashar, qimmatchilik va qahatchilik (oziq-ovqat va boshqa maxsulotlarining etushmasligi) xalqning tinkasini quritar darajaga yetgandi. Bunga qo`shimcha, yurtimizni bosib olgan chor Rusiyasi mustamlakichilari urish ortidagi og`ir qora ishlarni bajartirish uchun bizning o`lkamizdan ham erkaklarni-qo`lidan ish keladigan kishilarni majburanmardikorlikka olib ketardi. Boquvchisidan ajragan xonadonlar, ayollar va bolalar nixoyatda ayanchli ahvolda qolgan shu sharoitda, og`ir mexnat bilan yetishtirilgan aksariyat noz – nematlarni chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan yurtdan tashlab ketardi. Ko`chalarda daydib yurgan to`p-to`p tilanchilar va gadoylar safiga urush bo`layotgan joylardan jon saqlash uchun qochib kelgan yuz minglab och odamlar ham qo`shilgandi.


SHUM BOLA


(qissadan parcha)

… Bu qishloqda Sariboy bo`lis degan katta yer egasi bor ekan. Uning ming tanoblar xisoblangan olmazorga epchil qo`lli xizmatkor doim zarur bo`lib turar ekan. Ayniqsa, hozir olmalar pishgan vaqti bo`lgani uchun menga o`xshash osh tomog`iga yuradigan arzon qo`l kishilarni eshigidan quvilmas ekan. Bu kecha uning xizmatkorlari yotadigan qo`shxonada yotishga qaror berdim. Uzumchi menga yo`lboshlovchi bo`lib ko`rsatib qo`ydi. Boyning qari-qartang – qartang aralash yigirma chiroq xizmatkorlari kechki juvari go`ja ustida edilar.


- Assalomu alaykum, - deb kirib bordim. Juda mexribonlik bilan o`z o`rtalariga qabul qildilar. Arz-dodimni ularga aytdim. Ulardan bitta keksarog`i:
- Asil umrining Sarboyda bekorga o`tib ketadi, uka yosh ekansan. Bironta boshqa kasbning payida bo`lganingda yaxshi bo`lar edi. Ha mayli, sal o`zingni tutib olguningcha o`n-o`n besh kun ishlab tur. Keyin yo`lingni topib olasan… - degan dudmal maslaxat berdi. Bitta bo`sh spool tovoqqa bir cho`mich g`oja quyib berdilar. Ikki burda jaydari non bilan shu oshni maza qilib ichib oldim.
Yotishda ham shular o`rtasida qoldim yaxshi olmalarni joylab, uzoq shaxarlarga yuboradigan yashiklardan ikkitasini yonma-yon karovot qildim. Boshimga olma o’raydigan yog’och qirindisidan yostiq
qilib rohat –rohat uyquga ketdim .
Bu uyqu eshon xonqosiga qaraganda juda shohona edi. Hech bo’lmasa, bu yerda, tong azonda arvodchi so’filarning qichqirib g’o’ldiraydigan har xil duolari kishini uyqudan bezovta qilmas edi Erta bilan bo’lisning oldiga bordim. Bir qancha silkillashishlardan keyin boy menga xizmat haqi uchun oyiga xom –pishiq aralash, ona sutidan halol ikki pud o’n yeti qadoqdan olma beradigan bo’ldi. SHu paytda boyning avzoyini ko’rib, mening ham haromzoda tomirim urib qoldi. ”Mendan nima ketdi, bir shart qo’yib qo’yay, bir kun boshimga biror ish tushib qolsa, shu bahona qutulib ketarman’’, degan xayol bilan: “Boy buva,-dedim,-endi-ku, savdoyimiz pishdi. SHariyat yuzasidan mol sotganda hamma aybini aytib sotsa halol bo’lar ekan. Mening ham bir aybim bor, shuni boshdan aytib qo’yganim yaxshi.’’
-Xo’sh, nima aybin bor? Siyg’oqmisan, tutqanoqmisan?
-Yo’q, aybim bu emas, aybim shuki, yoshligimdan odat bo`lib qolgan har zamon-har zamonda bexitiyor yolg`on gapirib qo`yaman, shunda koyimasangiz bas. Xizmat xaqqi mayli siz aytgancha bo`lsin.
- Obbo bachchag`ar-ey, quv ko`rinasan-a ha mayli-mayli. Lekin ko`p yolg`on yolg`onlanmagin.
Qiladigan ishlarim uncha ham qiyin emas. Olmalarga tirg`ovich qo`yaman, to`kilgan olmalarni terib, qoqi qilaman. Bog` qo`riqlayman. Bazida xo`jayinga pul zarur bo`lib qolsa, xom-xatala olmalarni aravaga ortib, Darvoza, Sariog`och atrofidagi bug`doykor qishloqlariga olib borib sotib kelaman.
Uning oldiga bir ish bilan borsangiz, bo`lar bo`lmas yerda “innay-keyin” deb so`raydigan odati bor edi. Ana shu “innaykeyinga” javob topib bera olmasngiz onangizni Uchqo`rg`onda ko`rasiz. Qamchi bilan yelkaga tushirib qolguvchi edi. Chunonchi, borsangizda qandil olma pishibdi deb aytsangiz, u u sizga innaykeyin deb savol beradi. Siz albatta: “Shu pishgan olmani terish kerak” deysiz. Yana xudo qarg`agan innaykeyin deydi. Xayr, Sotish kerak deysiz. Yana innaykeyin deb so`rab qoladi. Vaxolanki, shu erda gapning o`zi tamom. Innaykeyin degan savolga hech xojat yo`q. Ana shunaqa o`rnida javob topib bera olmasaysiz-da boydan kaltak yeysiz.
Sariboy chuvalichidagi Yusuf kontir bilan qimor o`ynab, uning mevazorlari, ichki tashqi qo`rg`onchasi, butun dov dastgohining hammasini yutib oldi. Yusuf kontirning bog`i, ayniqsa uning baxovo shiyponi bizning xo`jayniga maqul tushib qolib, darrov o`sha yerdan bitta do`ndiqqina qirg`iz xotinni olib bir borgancha o`n-o`n besh kunlab Kalasga qaytamaydigan bo`lib qoldi. Olmalar pishib to`kilib ketayotibdi xo`jayindan ruxsatsiz terishga hech kim botina olmaydi. Otlarga yem –xashak yo`q. xizmatkorlar och, lekin boyning oldiga borishga hech kimning yuragi dov bermaydi. Har gapdan keyin beradigan”innaykeyin” savolidan xam qo`rqadi.




Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish