6-Mavzu. Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalari
(4 soat)
Reja :
1.
Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari
2.
Idrok xususiyatlari. Appertseptsiya.
3.
Xotira turlari. Xotira jarayonlari.
4.
Kasbni egallashda tafakkur o’rni. Kasb turlarida tafakkurni namoyon
bo’lishi.
Tayanch iboralar:
Diqqat, sezgi, idrok, tasavvur, xotira,
appertseptsiya,
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi
Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o’quv faoliyati
samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari
kechishining eng
muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo’naltirilgan- ligidan iboratdir.
Tevarak-
atrofdagi ko’plab ta‘sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir
faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o’ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi
xususiyat bilan o’zaro bog’liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy
faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir.
Biz quyida bilish
jarayonlariga va uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o’rniga to’xtalamiz.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltiri- lganligi va bir narsaga
qaratilganligidir.
E‘tiborni ma‘lum obektga qaratish uchun irodaviy kuch-g’ayrat
sarflash
zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo’lganida, bilishga oid
qiziqish susayganida va shuningdek, to’siqlar mavjud bo’lgan
kezlarda diqqat
aniq-ravshan namoyon bo’ladi.
Hosil bo’lish xususiyati va amal qilish usullariga ko’ra diqqatning uchta
asosiy turi mavjud:
Ixtiyorsiz diqqat;
ixtiyoriy diqqat;
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
Ixtiyorsiz diqqat
kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil
bo’ladi va qo’llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishi jismoniy,
psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos
keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar
ixtiyorsiz
diqqatni qo’zg’aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning
uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat
shaxsning umumiy yo’nalganligiga ham bog’liqdir.
Ixtiyoriy diqqat
ongli
ravishda boshqariladigan va
tartibga
solinadigan
diqqat-e‘tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo’ladi. Ixtiyoriy
diqqat, agar kishi o’z oldiga ma‘lum bir vazifa qo’ygan va harakat dasturini ongli
tarzda ishlab chiqqan bo’lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs
uchun
diqqatning ixtiyoriy to’planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining
qiziqarli hamda ahamiyatli bo’lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida
namoyon bo’ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy
diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan
keyingi diqqat sharoitiga o’tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish
jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda,
uning yordamidan
foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish
uyg’otish qonuniyatlari hisoblanadi
2
.