KLASTER TIZIMIDAGI KORHONLARDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH ISHLARI
Annotatsiya
Maqolaning mazmuni, hozirgi kunda paxta tozalash korhonalarining ishlab chiqarish sexlarida mehnat muhofazasi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, korhonalarda ishchilarning maxsus shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi va ularning ish foaliyatiga ta’siri natijasida ishchilarda birmuncha noqulayliklar tug’dirilishi keltirilgan. Naqulay ish sharoitida ishlagan ishchida ortiqcha energiya ajralishi terlash bilan kechishining nazariy tadqiqoti o’rganilgan.
Аннoтация
Содержание статьи -текущая работа по охране труда в производственных цехах хлопкоочистительных заводов, обеспечение рабочих специальными средствами индивидуальной защиты и их влияние на работу рабочих, вызывая у рабочих определенные неудобства. Теоретические исследования показали, что чрезмерное выделение энергии у рабочего, работающего в тяжелых условиях труда, сопровождается потоотделением.
Annatation
The content of the article is the current work on labor protection in the production shops of cotton ginning factories, the provision of workers with special personal protective equipment and their impact on the work of workers, causing certain inconveniences among workers. Theoretical studies have shown that excessive energy release in a worker working in difficult working conditions is accompanied by perspiration.
Kalit so’zlar: Issiqlik balansi, havo harorati, tananing harorati, ishchilarning noqulay sharoit, presslash sexi, tashqi muhit, kkal enargiya, zo’riqish kuchlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq Fermer xo‘jaliklari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish doirasida 2018-yil holatiga ko’ra respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etildi. 2019 yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Respublikamiz Paxta tozalash korhonalarini “Klaster tizimi”ga o’tkazishning keng qamrovli yo’llari amalga oshirib kelinmoqda. Shu orqali Paxta tozalash korhonalarida mehnat muhofazasi vakillik organlarining ish faoliyatiga ma’sulyatliroq qarashni ham nazarda tutgan. Hususan shu vaqtga qadar korhonada ishlovchi ishchilarning sog’ligiga, ish sharoitiga, xavfsizligiga e’tibor kam bo’lgan. Ishchilarning ishlash sharoiti uchun avvalo ularga komfort sharoit yaratilishi lozim.
Ma’lumki, ish jarayonida kishi organizmiga tashqi muhit salbiy ta’sir qilishi, ayni paytda ayrim a’zolar charchashi ham mumkin. Organizmning charchashi ikki xil bo’ladi:
- tez charchash, bu ishga ko’nikma hosil qilinmaganda yoki og’ir jismoniy ish bajarishdan kelib chiqadi. Bunday charchash ish tugagandan so’ng tezda o’tib ketadi.
- sekin-asta rivojlanib boruvchi charchash, mehnat qobiliyatining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Bu xil charchash uzoq vaqt va hamisha bir xil (monoton) ishlarni bajarish natijasida yuzaga kelib, kishi organizmini puturdan ketkazadi.[1]
Inson ishlayotganda o’zidan ma’lum bir energiya ajratadi, bu energiya undan chiqayotgan haroratga bog’liq. Kishi organizmining me’yoriy harorati 36,50C bo’ladi. Organizm o’zi uchun zarur bo’lgan haroratni ta’minlab turish qobiliyatiga ega. Organizmning bu hususiyati “haroratni rostlash” deyiladi. Masalan, biz sovqotsak qaltiraymiz, bu muskullarning ish bajarishi natijasida energiya chiqarishidir. Qizib ketsak, terlaymiz, bu ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga berish va shu orqali organizm haroratini ma’lum miqdorda saqlab turishdir.[2]
Ma’lum og’irlikdagi jismoniy mehnat bilan band bo’lgan kishi o’zini yaxshi his qilishi, ya’ni u qizib ketmasligi, yoki sovqotmasligi uchun mikroiqlim sharoitlari ma’lum darajada bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lishi kerak. Bu sharoitlarni yaratish San Pin № 0065-93. “Atmosfera havosini muhofaza qilish” bilan belgilanadi.
Berilgan ish turi uchun komfort (eng maqbul) sharoit issiqlik balansi ta’min etilgandagina bo’lishi mumkin.[3] Issiqlik balansi quyidagi formula bilan ifodalanadi.
bu yerda
Qo’– kiyimning issiqlik o’tkazuvchanligi,
Qk – badan atrofidagi konveksiya,
Qn – atrof yuzalarga nurlanish,
Qb – badandan chiqayotgan namlikning bug’lanishi,
Qh – nafas olinayotgan havoni isitish.
Sex havosining harorati yuqori bo’lganda qon tomirlar kengayib, teriga qon me’yoridan ko’p kela boshlaydi va atrof muhitga issiqlik uzatish birmuncha ko’payadi. Bu sex havosining harorati 30-350C dan yuqori bo’lganda to’xtaydi. Kishi terlaydi, buning natijasida organizm uchun zarur bo’lgan tuzlar ham ter bilan chiqib ketadi. Shuning uchun issiq sexlarda sal sho’rlangan gaz suvlar beriladi.
Sexdagi havo harorati pasayganda, qon tomirlar torayib, teriga qonning kelishi susayadi va tananing tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi. Shunday qilib, kishi o’zini ish sharoitida yaxshi his qilishi uchun harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining ma’lum uyg’unligi zarur ekan.
Tananing haroratini rostlashda sex havosining namligi katta ta’sir ko’rsatadi. Yuqori nisbiy namlik (φ>80%) nafas yo’llari shilliq pardasining qurib qolishiga olib keladi. Namlikning eng maqbul qiymati 40-60% deb qabul qilingan, lekin to’qimachilik korxonalarida texnologik jarayon talablari nisbiy namlikning o’zgarishiga olib keladi. Ayni paytda har qanday sharoitda ham birinchi navbatda inson salomatligi, uning mehnatini muhofaza qilish muammosi qo’yilishi kerak. Ish joylarida havoning harakati ish sharoitini yaxshilashning muhim omillaridan hisoblanadi. Issiqlik yuqori bo’lgan sexlarda havoning harakati organizmdan chiqadigan issiqlikni atrof muhitga berilishini yaxshilaydi va aksincha sovuq sexlarda organizmga salbiy ta’sir qiladi.[4]
Davlat sanitariya nazoratining tavsiyasiga ko’ra ish joylarida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan, havo harakatining tezligi ish joyining haroratiga quyidagicha bog’lanadi.
Haroratga qarab havo harakati teziligining o’zgarishi
Ish joyidagi harorat, 0C
|
Ish joyida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan havoning harakat tezligi, m/s
|
16-20
22-23
24-25
26-27
28-30
|
0,25 gacha
0,25-0,3
0,4-0,6
0,7-1,0
1,1-1,3
|
Sexlarda toifasi turlicha bo’lgan ishlarda mikroiqlim sharoitining komfort qiymatlari har xil bo’ladi.
Masalan, yengil va og’ir toifali ish bajarish paytida komfort sharoit qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ish turiga qarab mikroiqlim sharoitlarining o’zgarishi
Mikroiqlim sharoitlar
|
Kishi tinch turgan holda
|
Kishi og’ir ish bajarayotgan holda
|
Havo harakati tezligi, m/s
|
0
|
2
|
Havoning harorati, 0 C
|
18
|
14
|
Havoning nisbiy namligi, φ,%
|
50
|
40
|
Ishchilarning ish vaqtida tana a’zolarida harorat turlicha bo’ladi. Biz tadqiqotlarni Paxta tozalash korhonalarining bosh binosida joylashgan presslash sexida ishlaydigan ishchilarda olib bordik.
Aslida Odamning tana harorati doimo bir darajada turadi. Tana harorati qo’l tagidan yoki to‘g‘ri ichakdan oichanadi. Qo’l tagidagi o‘rtacha harorat 36,5-36,9°C atrofida bo’ladi. [5]. Tadqiqot natijalariga ko’ra tana yuzasining turli qismlarida harorat har xil bo’ladi. Yuz va tananing ayrim qismlaridagi harorat farq qiladi. Qo’l-oyoq harorati tana haroratidan pastroq bo’lib, tanadan uzoqlashgan sayin pasaya boradi. Unga ko’ra, boldir mushakning ustidagi teri harorati 32,5°C, boldir-panja bo‘g‘imidagi harorat 30,3°C,- barmoqlardagi harorat esa 24,9°C ni tashkil qildi. Nazariy va o’rganilgan ma’lumotlarga qaraganda odamning tana harorati kechayu kunduzi bir darajada turmaydi. Kechasi soat 3-4 da tana harorati ayniqsa pastroq bo’ladi; keyin harorat sekin-asta ko‘tarilib, soat 16 da eng yuqori darajaga yetadi, keyin yana pasaya boshlaydi. Tana harorati o‘rtacha miqdordan 0,5°C chamasi farq qiladi. Presslash sexidagi ishchilarning ishlashi jarayonida tana harorati ko‘tarilib, 38-39°C va hatto 40°C ga yetishi mumkin. Zo’riqish kuchlanishi tamomlanishi bilan harorat tez pasayib, normal darajaga keladi. Bu jarayonda ishchilarda ma’lum bir zo’riqish hosil bo’ladi va natijada ishchida ko’p miqdorda terlash maxsus kiyimlarning havo o’tkazuvchanligi past ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari energiyaning ko’p sarflanishiga yana bir sabab, maxsus kiymlarning noqulaylik tug’dirishi ham hisoblanadi. Tadqiqotlar presslash sexida ishlovchilar uchun alohida havo o’tkazuvchi ishqlanishga uzoq muddat bardosh bera oladigan, qulay maxsus shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqishni talab qilmoqda.[6]
Ishchilarning noqulay sharoitda ishlash jarayoni ter ajralish bilan kechadi. Nazariy izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, teri harorati bilan havo harorati o‘rtasidagi farq qancha kam bo’lsa, tevarak-atrofdagi muhitga issiqlik shuncha kam chiqadi. Bu holda terlash issiqlikni chiqarishda katta rol o‘ynaydi. 1 g ter bug’langanda 0,58 kkal enargiya sarf boiadi. O’rtacha haroratda odam kuniga 780-810 ml chamasi ter chiqaradi. Shuncha terning yo‘qolishiga 450-500 kkal enargiya sarf bo’ladi. Havo harorati oshib ketganda ter chiqishi kuchayib, ba’zan bir necha litrga yetadi. Jismoniy mashqlar va jismoniy mehnatda kishi ayniqsa ko‘p terlaydi. Juda og‘ir jismoniy mehnatda odamning kuniga 91 gacha ter chiqarishi va shu tariqa, terni bug‘lantirish yo‘li bilan 5000kkal gacha enargiya yo‘qotishi hisoblab topilgan. Jismoniy mehnat vaqtida issiqlikning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ortadi. Tana haroratining 1°C ga oshishi mushaklar va umuman organizm faoliyatini yaxshilaydi. Haroratning oshishi markaziy asab tizimida joylashgan termoregulyasiya markazlarini qo‘zg‘atadi, Tashqi muhit harorati va namligi qanchalik yuqori bo‘lsa, hamda bajariladigan jismoniy mashqlarning muddati qanchalik cho‘ziladigan bo‘lsa, tana harorati o‘shancha oshadi. Lekin organizmning bu reaksiyasi cheklangan bo‘lib, normol termik diopazonida qoladi.
Presslash sexida ishchining asosiy ish jarayoni press yashigini aylantirish, presslanib chiqqan maxsulotni o’rash, belbog’larini bog’lash, tarozida tortish va uni sudrab transportyorga ortishdan iborat.[7] Ishchi asosan qo’l mehnatida o’g’ir sharoitda faoliyat olib boradi va energiya yo’qotilish jarayoni ham boshqa sexlarga nisbatan birmuncha balandroq hisoblanadi. Ushbu jarayonda kerak bo’ladigan shaxsiy himoya vositalaridan yana biri bu qo’lqoplar. Ko’p ishqalanish va zo’riqish natijasida qo’lqoplar tez yaroqsiz holatga kelib qoladi va harakat miqdori ham oshib boradi natijada energiya sarfi ham oshib ketadi.
1-rasm. Presslash sexida mehnat muhofazasi
Do'stlaringiz bilan baham: |