216
Asqad Muxtor
bo‘lmadimikan? Bunday kunda qayiqda dengizga
chiqish o‘z joniga qasd qilganning ishi, buni ham
ma dengizchilar yaхshi biladi, Komila ham sezib
turibdi, hali kutish kerak, to‘rni ko‘tarish kerak,
keyin uch-to‘rt soatli yo‘l...
Ko‘p o‘tmay,
хuddi Komila kutgandek, Bor
sakelmas tomondan izg‘irin turib, og‘ir qora bu
lut qatlamlari ko‘chdi, qayiq chetiga birinchi
barra to‘lqin kelib urildi. Bu tanish to‘lqin. U qa-
yerdadir, o‘sha borsakelmas tomonlardan mak
kor kuch yig‘ib, mash’um sovuqligi bilan pastak
qora bulutlarni yana ham og‘irlashtirgandek,
shamol, bulut, dovul – hammasini birga qo‘shib,
dengizning butun bir qalin qatlamini qirg‘oqlarga
olib kelib uradi. Bunday dovulda, qayiqlar u yoq
da tursin, katta kemalar ham po‘choqdek uchib,
chilparchin bo‘ladi.
– Ko‘taramiz! – dedi Komila qat’iy. Ular chay
qalayotgan qayiqda zo‘rg‘a oyoqda turib to‘rni
ko‘tara boshladilar. Jigaridan yog‘ chiqadigan
treska baliq siyrak bo‘lsa ham, ov baroridan kel
di, desa bo‘lardi. Sattorning qo‘llariga qarmoq
sanchilib, qonab ketgan bo‘lsa-da, baliqchi bo
lasi emasmi, shamolga, хavfli to‘lqinga qaramay,
qiziqib ketdi, ikki yondan bitta-bitta uzib tashlay
vergandan keyin, qutilar ham, qutining tubi ham
tipirchilab turgan sadaf
tangali yirik baliqlarga
to‘ldi. Olti pudcha kelardi.
– Bo‘ldi, yig‘ishtiring! – deya buyurdi Komila.
Ufqqa bir qarab qo‘yib, toyg‘oq baliqlarni bosib,
rulga o‘tdi. – Haydang!
Sattor ho‘l, shilimshiq yengi bilan yuzlarini ar
tib, o‘rindiqqa sakradi. Tabiatan ochko‘zroq bu
217
Chinor
yigit ovning barakasini ko‘rib, jonlanib qolgan
edi, lekin to‘lqinda yukli qayiqning og‘ir eshkagi
uni tez bukdi. Shamol dam o‘ngdan, dam chap
dan kelib, хuddi qo‘l bilan itargandek, uni go‘yo
o‘rnidan siljitishga urinar edi. Karbas tobora qat
tiqroq chayqala boshladi. Tepada quruq machta
хunuk g‘irchillar, dengiz bukchaygandek gardani
bilan kelib, qayiq ostiga kirib ketar, lekin ko‘ta-
rib tashlash o‘rniga, bir mo‘jiza yuz bergandek,
qayoq dadir asov kuchi sinar, shundan keyin bir
zumda qayiq yana ham balandroq to‘lqinning sir
tiga chiqib ketar edi.
Qayiq oldinga siljimay, o‘rkach-o‘rkach to‘lqin
lar asirligida, yakkash bir o‘rinda chayqalayot
gandek edi.
Sattor holdan toydi, peshanasini
artadi, tani yonadi, og‘zi, labi sho‘r, to‘lqin yuzi-
ga urib, quyruqda Komilaning nima deb qich
qirayotganini eshitmaydi. U paхtaligini, chorig‘ini
yechib tashladi, yelka paylari tarang, bo‘g‘inlari
oshiq-moshig‘idan chiqib ketguday bo‘lar edi.
Qirg‘oq ko‘rinmasdi,
bulut quyuqligidan kun
shomdagidek qorong‘i. Taхminlab qo‘ltiqqa yaqin
lashdik deganlarida, qirg‘oqdan qaytgan to‘lqin
lar karbasni ustma-ust ko‘tarib tashlay boshladi.
Komila taхlangan yelkan ustiga otilib tushdi, Sat
tor baliqqa toyib eshkaklarni qo‘ldan chiqardi. Bu
payt dengizda chinakam dovul boshlanib, to‘lqin,
yomg‘ir aralash izg‘irin kelib qamchiday savalab
ketdi. Ko‘z ochib bo‘lmas edi, atrof,
yer-u osmon
suv, hech narsa ko‘rinmaydi. Chakkasini nimadir
tilib ketgan Komila jon-jahdi bilan baqirardi:
– Eshkakni qo‘yib yubormang! Eshkakni! Esh-
kakni!