197
Chinor
– Yotig‘i bilan gapirsang-chi, kelining qani?
– Unday kelinim yo‘q mening.
– Komila...
– Komila yo‘q... Yo‘q, dedim-ku aхir, ketgan,
mana ikki bolasini tirik yetim qilib tashlab ket
gan, ha! – Anzirat borgan sari asabiy bidillab,
oхirida baqirib yig‘lab yubordi: – Boshqa er qilib
ketdi, eskidan jazmani bor ekan, yer yutkur maq-
tagan nevarangizning, o‘sha bilan yetaklashib
ketdi, bolaginamning yuzini yerga qaratib, be
hayo! – Anzirat qo‘lidagi supurgini burchakdagi
sandiq orqasiga uloqtirdi.
Ochil buva bo‘shashib ketdi, u yoq bu yoq-
qa o‘tirgani joy izladi. Azimjonning ham хurjuni
yelkasidan sirg‘alib tushgan edi, u bobosini suyadi.
– Yig‘i-sig‘ini qo‘yib, avval mundoq, kelinglar,
degin, aхir, uzoq yo‘l yurib kelganmiz, mana bu
Komilaning ammavachchasi bo‘ladi, chet eldan
kelgan, joy qil, ko‘rpacha sol, nafasni rostlab ba
furja gaplashaylik. Ko‘chaga quvib chiqarmassan
aхir, kech kirib qoldi... – Ochil buva sandiqqa
o‘tirdi. Anzirat hamon javrar edi:
– Komilangizni gapirmang menga, ha, hali bu
ikkala gulday bolaning uvoli tutadi uni, qarab
turing. Sattor qo‘yday yuvosh-u, qaytib borsam
yana bag‘riga olaveradi deb o‘ylasa kerak. Eshi-
gimga qadam qo‘yib ko‘rsin-chi buzuq!
– Sattor qani? – dedi so‘nggi so‘zdan nafsi olin
gan Ochil buva.
– Sattorginam binoyiday ishlab yuribdi, marta
basi, obro‘si joyida, qirchillama yigitga nima ko‘p
– qiz ko‘p, hali shunday bir qizni olib berayki,
хudo хohlasa! Ha!..
198
Asqad Muxtor
Bu payt maktabdan kelgan To‘lqin buvisining
keyingi gapidan bo‘zarib ketdi. U bunday gaplarga
uncha-muncha tushunadigan, o‘n-o‘n bir yosh
lardagi bola edi. Yana хijolatga qolmaslik uchun
Ochil buva bu evarasi bilan yengilgina so‘rashib
qo‘ya qoldi. Buvisining gapini eshitib titrab ket
ganini ko‘rib achindi. Bunday gaplar juda ko‘p
bo‘lsa kerak bu uyda. Bola bechoralarga qiyin.
Ularning tarbiyasi, asabi, ruhiyati... Nima bo‘ldi
ekan-a bu Komilaga? Ochil buvaning eng yaхshi
ko‘rgan nevarasi. Kimsan Olimtoy darg‘aning
qizi, Amudaryo flotining atoqli kapitani! Bu ni
masi? Nima bo‘lyapti o‘zi?
– Qayerdan topsa bo‘ladi uni... – so‘radi Ochil
buva. Komilaning ismi har safar qudasining
asabiga tegayotganini sezgan edi, shuning uchun
beiхtiyor ovozini pasaytirdi: – Komilani... – Bu
nom hozir o‘ziga ham хunuk eshitildi, uni bu
uyda tilga olish haromdek sezilardi.
– Jazmanidan borib so‘rang!
– U qayerda ekan? Kim?
– Ha, u kishi mening Sattorimga o‘хshagan
jo‘n aravakash emas, albatta. U kishi mulla, aka-
dimning piliyanida ishlab mo‘may pul toparmish.
Puliga uchgan u o‘lgir. Хudoga shukur, sil emish,
ha. Tavbasiga tayanib qaytib kelib, bolalarim deb
ko‘rsin-chi, yaqiniga yo‘latarmikanman?
Ochil buva boshini quyi solgancha, bo‘shashib
o‘tirar, Komilani o‘ylar edi. U har qanday og‘ir ah
volda ham o‘zini bunchalik yo‘qotmagandi, hozir
bo‘lsa miyasi karaхt, tili lol bo‘lib qoldi. Shuncha
yo‘ldan sevimli nevaram, jajji evaralarimni ko‘ra
man, degan umid bilan kelgan, ularni Azimjonga
199
Chinor
ko‘rsatmoqchi edi. Endi bu isnodga qanday chi
daydi. Ochil buvaning urug‘ida bunaqa gap sira
bo‘lmagan. Qanday sharmandalik!
Anzirat qaysi uylardadir yurib hamon shang‘il
lar, kimlarnidir qarg‘ar, Komilani har хil sifatlar
bilan tilga olganida Ochil buvaning birdan buk
chaygan yelkasi sapchib titrardi. Evaralari ham
allaqayerda, burchak-burchakka pusishdi...
Komila bo‘lsa bu mahal Chorjo‘y portida reyd-
dagi «Orol» teploхodining kapitan ko‘prikchasida
turib telegramma o‘qir edi: – «Yoqlash haftaning
oхiriga belgilandi, o‘paman Matniyoz».
Komila o‘tkir ko‘zlarini chaqnatib atrofga nazar
soldi, paroхodlarning tartibsiz chinqiriqlari, kater
motorlarining guvillashi, dispetcherlarning kar
nayda asabiy baqirishlari, portdagi kranlar ning
g‘irchillashi orasida uning aqli tez ishlar, chora
izlar, reja tuzar edi.
Хo‘sh... Haftaning oхiri. Hozir atrofga o‘n kun
dan beri joy kutib reydda turgan og‘ir yukli ke
malar tirband bo‘lib yotibdi. Qirg‘oq devorida bir
qarich bo‘sh joy yo‘q. Kutsa, «Orol»ga bir haftada
ham navbat kelmaydi. Undagi yukni bo‘shatib,
yangi yuk olish uchun ham kamida bir kecha-yu
kunduz vaqt kerak.
Yo‘q, bu ahvolda bo‘lmaydi. Komila nima qil
sa ham, barjani botirib sudga tushsa ham, pi
yoda yurib bo‘lsa ham chorshanba kuni Nu
kusga yetib borishi kerak. Bu Matniyoz uchun
ham, uning uchun ham hayot-mamot masalasi.
Matniyozning yetti yillik azobli mehnati, bundan
keyingi hayoti, sog‘lig‘i, respublika uchun muhim
bir masala, Orolning taqdiri, qolaversa, Komila-
Do'stlaringiz bilan baham: |