Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlogʻida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tugʻildi



Download 21,25 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2022
Hajmi21,25 Kb.
#160267
  1   2   3
Bog'liq
Abu Ali Ibn Sino 5


Abu Ali Ibn Sino
Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlogʻida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tugʻildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga koʻchib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlangʻich maʼlumot olishga, ilm-fanni oʻrganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chogʻlari somoniylar hukmronligining soʻnggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976–997) ga toʻgʻri keladi.
Ibn Sino isteʼdodli, xotirasi kuchli, zehni oʻtkir boʻlganligidan oʻz davrida maʼlum boʻlgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Kuʼoni Karimni boshdan-oyoq yod oʻqir edi. 13 yoshlaridan boshlangʻich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shugʻullana boshlaydi. Ibn Sino yosh boʻlishiga qaramay, Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama oʻrganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shugʻullanadi. U oʻzidan avval oʻtgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur oʻrganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan oʻrgandi. 16–17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim boʻlib tanidsi. 999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000 yilda ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Maʼmun saroyidagi olimlarni birlashtirgan oʻz zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud Gʻaznaviyning taʼqibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida sarson-sargardonliqda yurishga majbur boʻldi. Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, boʻlajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi.

Download 21,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish