Mavzu: Alisherning yoshligi.
Maqsad:
Talimiy:
Alisherning yoshligi qanday o`tganligi bilan tanishtirish, uning ilm olishga muhabbatini o`quvchilar qalbiga ko`cherish.
Tarbiyaviy:
Ularda ajdodlarimiz bilan faxrlanish xissini tarbiyalash,
Rivojlantiruvchi:
O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Darsning metodi.
Izohli o'qish, ifodali o'qish,suhbat,savol-javob.
Jihozlar:
Savolli kartochkalar,mavzuga mos rasmlar.
Tayanch kompetentsiyalar:
TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;
Fanga oid kompetensiyalar: FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani so`rash.
Qayta hikoya qilib beradilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
O`quvchilarga yozuvchi Oybek haqida ma`lumot beraman.Matn ustida ishlaymiz. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda tugilganlar ,bugun Alisherning yoshligi haqida gaplashamiz.
Alisher bu katta bog` hovlining har bir burchagini tomosha qilib uzoq yurdi. osilgan rangdor qafaslardagi to'ti, bulbul, maynalami maroq ila tomosha qildi. Ularning qafas ichra tinimsiz sakrashlarini, sayrashlarini uzoq kuzatdi. Qushlarga qa-rab yuradigan maxsus xizmatkorga ergashib, unga bitmas-tuganmas savollar berdi.
Bir payt qarshisida yetti yoshlardagi shahzoda Husayn paydo bo'ldi. Uning boshida kichkina ipak salla, ustida yangi baxmal to'n, oyoqlarida zarhal etik, kamariga oltin sopli kichik xanjar suqilgan. Husayn osmonga sapchishga tayyor, olovday shijoatli bola edi.
- Qullar, kanizlar oyog'iga o'ralib ne qilib yurursen? - deb so'radi qah-qahlab Husayn.
- Qushlarni sayr eturmen, bir-biridan ko'rkam... – deb javob berdi Alisher...
Shahzoda Husayn va Alisher ko'chaga otildilar. Katta maydonda yigitlar o'q uzish mashqi ila mashg'ul edilar. Beklar, mirshablar ko'p edi. Bolalar qiziqib tomosha qildilar. Bir tomonda ikki fil lopillab, qaydandir katta-katta xarilami tashib kelardi.
Fillar ustida o'ltirgan bo'z yaktakli ikki oriq chol o'zaro tinmay gaplashib, ba'zan kulib qo'yar edi. Sovut kiygan, ot mingan yigitlar bir qo'llarida yoy, bir qo'llari bilan o'q uzardilar. Ular bir marraga yetganda darhol qilich-qalqon tutib qilichbozlikka kirishar, shovqin-suron ko'tarar, chuvvos-hayqiriq bilan maydon o'rtasida yig'ilib qolar edilar. Maydon chetida bir to'da beklar «Yaxshi-yaxshi!», «Balli!», «Durust!», «Ofarin!» deb ularni rag'batlantirib turardilar.
IV.Mustahkamlash.
O'quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boriladi.
V.Baholash.
O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:
O`qib, qayta hikoyalab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |