Bolaning rivojlanish xaritasi
- Odam tug‘ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o‘smirlik davri hisoblanadi. Buning o‘zi bir necha davrga: chaqaloqlik davri (tug‘ilganidan — 1 oylikkacha); emadigan davri (ikki oylikdan — 1 yoshgacha); maktabgacha tarbiya yoshi (2—6 yosh); kichik maktab yoshi (7—11 yosh); o‘rta maktab yoshi (12—14 yosh); katta maktab yoshi (15—18 yosh) ga bo‘linadi. 12—18 yosh o‘smirlik davridir.
Chaqaloqlik davri. Bola bir oylik bo‘lguncha chaqaloq hisoblanadi. - Chaqaloqlik davri. Bola bir oylik bo‘lguncha chaqaloq hisoblanadi.
- Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo‘lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, chaqaloq 40 kunlik bo‘lguncha chilla davri deb ataladi.
Bu davrda ona va bola juda avaylab, ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o‘rni bitgunicha (8—12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Kindik yarasiga brilyant yashili surtib turiladi. - Bu davrda ona va bola juda avaylab, ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o‘rni bitgunicha (8—12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Kindik yarasiga brilyant yashili surtib turiladi.
Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bo‘lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak. U onasini emib o‘sa boshlaydi. Ona suti bo‘lmasa yoki yetishmasa, sun’iy sut aralashmalari beriladi. - Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bo‘lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak. U onasini emib o‘sa boshlaydi. Ona suti bo‘lmasa yoki yetishmasa, sun’iy sut aralashmalari beriladi.
Emadigan davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. - Emadigan davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
- Bola o‘sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko‘rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni u o‘yinchoq qimirlagan tomonga ko‘z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo‘llari bilan o‘yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |