4—5 yoshli bolalarning og‘irligi har yili 1,5—2 kg ga ortadi, bo‘yining o‘sishi 4—6 sm ni tashkil etadi; 6—7 yoshda bo‘yining o‘sishi tezlashib, bir yilda 8—10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi. - 4—5 yoshli bolalarning og‘irligi har yili 1,5—2 kg ga ortadi, bo‘yining o‘sishi 4—6 sm ni tashkil etadi; 6—7 yoshda bo‘yining o‘sishi tezlashib, bir yilda 8—10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.
- Maktab yoshi davri. Ma’lumki, har bir odam umrining o‘n ikki yilini maktab, akademik litsey, kollejda o‘tkazadi. Bu davrda bola va o‘smir organizmi uzluksiz o‘sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga, u tashqi muhitning turli ta’sirlariga juda beriluvchan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o‘qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o‘sishi va rivojlanishiga, sog‘lig‘iga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarning o‘sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo‘lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talablariga rioya qilishlari zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi, o‘quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug‘lik yetarli bo‘lishi, stol-stullar bo‘yiga mos bo‘lishi, o‘quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani tog‘ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega. - O‘quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo‘lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talablariga rioya qilishlari zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi, o‘quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug‘lik yetarli bo‘lishi, stol-stullar bo‘yiga mos bo‘lishi, o‘quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani tog‘ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
- Akseleratsiya. So‘nggi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, bo‘yning o‘rtacha uzunligi so‘nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, o‘smirlarda 10—15 sm, o‘rta yoshdagi erkaklarda 6—8 sm ga ortgan; bolalarning psixik rivojlanishi va balog‘at yoshiga yetishi ham tezlashgan. Akseleratsiya deb ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshilanishi, yaxshi ovqatlanish, yorug‘ kunning uzayishi bilan bog‘liq.
Savol va topshiriqlar - Bolaning o‘sishi va rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi?
- Chaqaloq qanday anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan xarakterlanadi?
- Bola maktabgacha yoshdagi davrda qanday o‘sib rivojlanadi?
- Maktab yoshi davrida qanday gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?
- Akseleratsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |