Tana haroratini o'lchash



Download 16,89 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi16,89 Kb.
#528244
Bog'liq
tana harorati,puls, qon bosimi, nafas tek


Tana haroratini o'lchash.
Haroratning oshishi — bu kasallikning muhim belgisi bo‘lib, organizmning qayeridadir yallig‘lanish boshlanganidan darak beradi. Shuning uchun, haroratingiz qancha ekanligini bilish juda muhim.
Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi:
Rektal — yo‘g‘on ichakda.
Oral — og‘iz ichida.
Qo‘ltiq ostida.
Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi.
Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi.
Termometr xarid qilishda uning uchta turi − simobli, elektron va infraqizil kabilarni uchratish mumkin. Albatta, ular bir-biridan vazifaviyligiga ko‘ra farq qiladi.
Simobli termometr. Ko‘pgina mamlakatlarda simobli termometrlardan foydalanishga taqiq qo‘yilgan. Uning o‘rnini hozirda galliy, indiy va qalay moddalari egallagan. To‘g‘ri ularning narxi simoblilarga qaraganda ikki baravar qimmat. Ammo undan foydalanish inson uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.Simobli termometr ko‘pchilikka tanish bo‘lib, hamisha isitma kuzatilganda, qo‘ltiq ostida besh daqiqa ushlab turilib, shundan so‘ng harorat aniqlanadi. Ammo aslida haroratni simobli termometr yordamida o‘lchash unchalik oson emas.
Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bajarilishi kerak:
Simobli termometr maksimal haroratni ko‘rsatadi, shuning uchun uni 5 daqiqa emas, 10 daqiqa ushlab turish kerak.
To‘g‘ri natijani olish uchun qo‘ltiq osti quruq va toza bo‘lishi shart. Shuningdek, teri yuzasida krem yoki dezodarant vositalari surilmagan bo‘lishi lozim.
Termometrni ishlatishdan avval uni silkitilishi kerak. Shundan so‘ng uchi teriga mahkam bosiladi. Agar u qo‘ltiq sohasida erkin tursa va havo oqimi kirsa, termometrdagi ko‘rsatkich to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Bundan tashqari simobli termometrlar ko‘proq bolalar haroratini o‘lchashda foydalanilganligi uchun juda ham ehtiyot bo‘lish kerak.
Elektron termometr. Bolalar ushbu turdagi termometrni juda yaxshi ko‘radi, chunki harorat o‘lchanganidan so‘ng ovoz chiqaradi. Ushbu termometr xavfsiz bo‘lishiga qaramay, haroratni ko‘rsatishda xatolikka yo‘l qo‘yishi ham mumkin.Agar elektron termometr ovoz chiqarganidan so‘ng darhol olib qo‘yilsa, ko‘rsatkichda xatolik yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun signaldan keyin 2-3 daqiqa davomida ushlab turish tavsiya etiladi. Ushbu termometr orqali og‘izdagi haroratni o‘lchashdan avval issiq, sovuq narsa iste’mol qilish mumkin emas. Bunday vaqtda xona haroratidagi oziq-ovqatlarni tanovul qilish mumkin.
Infraqizil termometr. Infraqizil termometrda ham xatoliklar bo‘lishi tabiiy. Ayniqsa, undan foydalanishdan avval uzatgich artilmagan bo‘lsa. Ushbu qurilmada xatolik eketron va simobli termometrga qaraganda nur uzoq masofani bosib o‘tganligi sababli yuzaga keldi. Shunga qaramay, infraqizil termometrning bir qancha afzalliklari ham mavjud:
Bemor odam foydalanadi, ammo unga tegmaydi.
Termometr xotirasi harorat o‘zgarishi dinamikasining ko‘rish imkonini beradi.
Qurilma o‘zida 8-50 tagacha o‘lchovlarni saqlaydi.
Ayrim modellarda o‘lchov yakunlanganini xabar qiluvchi signallar mavjud.
Bu kabi termometrlar haroratga qarab rang bilan kodlanadi.
Haroratni o‘lchash vaqtida bemorni bezovta qilmaslik uchun signal va nurni o‘chirib qo‘yish mumkin.
Quvvatni tejash uchun qurilma avtomatik tarzda o‘chiriladi.
Qanday bo‘lmasin termometrlarda harorat o‘lchanganida, uni muntazam yozib borish tavsiya etiladi. Bevosita foydalaniladigan termometrlar esa imkon boricha shaxsiy bo‘lgani maqsadga muvofiq.
Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud.Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing.Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin.
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash.
Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:
Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting.
O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing.
Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim.
Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing.
Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak bo‘ladi.

Haroratni og‘izda o‘lchash


Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi.
Termometrni yuving.
Datchik yoki simobli moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak.

Haroratni quloqda o‘lchash


Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin.
Quloqni bir tomonga biroz torting va termometr datchigini quloq ichiga qo‘ying. O‘lchash uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi
Tana xaroratini o'lchash texnikasi. Xarorat turlari, krizis, lizis. Normal, subfebril, yuqori xarorat tushinchasi
Tana xaroratini o'lchash. Sog'lom odamning gavda harorati doim bir me’yorda bo'ladi. Tashqi muhit haroratining o'zgarishiga qaramay tana haroratining bir me’yorda bo'lishiga sabab organizmda hosil bo'lgan issiqlik miqdori tashqi muhitga chiqarilgan issiqlik miqdoriga tengligidir. Sog'lom odamning tana harorati kun davomida bir gradus atrofida o'zgaradi. Bunda ertalab soat 3-6 da minimum, kech soat 5-7 da maksimum darajaga yetadi. O'rtacha harorat 36.6-37 gradus. Normada yosh bolalarning tana harorati kattalarnikiga qaraganda biroz yuqori, aksincha kattalarda biroz past bo'ladi. Ayollarda esa hayz ko'rish oldidan tana harorati biroz past bo'ladi. Ayollarda esa hayz ko'rish oldidan tana harorati biroz ko'tarilishi mumkin. Tananing har bir a’zosida harorat bir xil bo'lmaydi. Og'iz bo'shlig'ida, to'g'ri ichakda harorat 0.2-0.5 gradus yuqori bo'ladi.
Termometr. Tana haroratini o'lchash uchun tibbiy termometri ishlatiladi. Harorat o'lchangandan keyin termometrdagi simob pastga tushmaydi. Shuning uchun termometrni silkitishni yoddan chiqarmaslik kerak. Haroratni o'lchash natijasida olingan ma’lumotlar shubhali bo'lsa qayta o'lchash lozim. Tana haroratini o'lchash uchun ishlatiladigan termometrlar davolash muassasalarida ichiga bir necha qavat paxta solingan shisha stakanlarda saqlanadi. Stakanning xloramin eritmasi yoki 3%li lizol 70%li spirt eritmasi bilan to'ldirilgan bo'ladi. Termometr silkitilganda sirg'anib tushmasligi uchun uning yuqori uchiga rezina kiygiziladi. Tana harorati o'lchanganda termometr 8-10 minutga qo'yiladi. Bu vaqtda bemor tinch yotishi lozim. Har gal termometrni silkitishdan oldin dezinfektsiya qilish va bir necha marta silkitish lozim. Bemorning harorati kuniga 2 marta o'lchanadi, ertalab soat 6-8 da va kechkurun soat 16-20. Ba’zan kasallikni aniqlash maqsadida 3-4 marta yoki har ikki soatda o'lchash mumkin. Olingan ma’lumot harorat varaqasiga yoziladi.
Kasallikka tashxis qo'yishda va uni davolashda bemorlar tana haroratini o'lchash katta ahamiyatga ega. Organizmda issiqlikning to'planishi tufayli harorat ko'tarilishi mumkin. Bu gipertermiya yoki isitmalashning asosiy belgisi hisoblanadi. Yuqumli kasalliklarda organizmda toksik moddalar to'planganda yoki odamning biror joyi qattiq og'rishi tufayli isitmalashi mumkin. Harorat ko'tarilish darajasiga qarab quyidagicha bo'ladi:
Subnormal (35-36°C), normal (36-37°C) va subfebril (37-38°C). Agar harorat 38°Cdan oshsa isitma deyiladi. Isitma natijasi quyidagicha:
O'rtacha isitma (harorat 39°C ga ko'tariladi).
Yuqori darajadagi isitma (harorat 39-41°Cga ko'tariladi).
Eng yuqori darajadagi isitma (harorat 41°Cga yetadi va oshadi).
Isitmaning o'zi ham bir necha turga bo'linadi:
Doimiy isitma. Bu xildagi isitma ich terlama, tepki va o'pka yallig'lanishiga xosdir. Harorat 40-41°C ga ko'tarilganda, uning sutka davomida o'zgarishi 1°C dan oshmaydi.
Bo'shashtiradigan o'zgaruvchan isitma. Ko'pincha o'pka yiringli yallig'lanishida yoki o'pkaning o'choqli yallig'lanishida uchraydi. Harorat yuqori bo'lib sutka davomidagi o'zgarishi 1oS dan oshiq bo'ladi.
Gektik yoki holdan ketkazidan isitma. Isitmaning bu xili sepsis, sil kasalligining og'ir shakli uchun xosdir. Haroratning bunday ko'tarilib turishi bemorni terlab holdan toyishiga olib keladi.
Takrorlanadigan isitma. Bu xildagi isitma bezgak kasalligi uchun xosdir. Bunda bemorning harorati vaqti-vaqti bilan ko'tarilib, pasayib, normal darajaga tushib turadi.
Qaytalanuvchi isitma. Bunday isitma qaytalanuvchi terlama uchun xos bo'lib, harorat bir necha kun ko'tarilib, so'ngra normallashadi. Bunday o'zgarish qaytalanishi mumkin.
Noto'g'ri isitma. Bunday isitma revmatizm, gripp va dizenteriya kasalliklarida uchraydi.
Isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish. Isitmaning uch davri bo'lib, har bir davrning o'z belgilari bo'lgani uchun bemorlarni shunga qarab parvarish qilish kerak.
1. Isitmaning ko'tarilishi davri. Bu davrda muskullar tez-tez qisqarib turishi natijasida bemorning eti uvishib, titrab qaqshaydi. Teri qon tomirlari torayishi natijasida tanadan issiqlik ajralishi kamayadi. Tanada, oyoq-qo'l uchida ko'karish hosil bo'ladi. Bemor sovqotib, terisi g'oz terisiga o'xshab qoladi, bunday vaqtda bemorni o'rab, grelka qo'yib, issiq choy, kofe ichiriladi. Bu davr bir necha soat, kun yoki xafta cho'zilishi mumkin.
2. Isitmaning cho'qqisi. Issiqlik chiqarish kuchayganligi sababli bemorning badani qiziydi. Bunday vaqtda bemorning yurak-qon tomirlariga, nafas, ovqat hazm qilish, siydik ajartish va boshqa organlarining ish faoliyatiga alohida e’tibor berish lozim.
Ko'pincha puls va nafas tezlashadi. Terida ko'karish ro'y beradi, sovuq ter chiqishi natijasida yurak faoliyati buziladi. Bunda bemorlarni alohida parvarish qilish kerak. Shu bilan birga yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida kislorod berishga to'g'ri keladi.
Bemorlar isitmalashi terlashi natijasida ko'p suyuqlik yo'qotadi. Shu boisdan ko'p suyuqlik berish zarur. Ahvoli og'ir bemorlarda xushining xiralanishi yoki butunlay behush bo'lganlariga alohida e’tibor berish kerak. Bemorlar ichining normal kelishini, siydik ushlanib qolmasligini e’tibor berishi kerak. Bundan tashqari, teri, og'iz bo'shlig'i, quloq, burun va boshqa organlarini toza tutish, yotoq yaralar bo'lmasligi uchun hamma choralarni ko'rish zarur.
3. Issiq tushishi davri. Avval issiqlik chiqarish kuchayadi, keyin esa issiqlik hosil bo'lishi kamayadi va organizmdan ko'p ter ajraladi. Haroratni pasayishi ikki xil bo'ladi. Ba’zan harorat asta sekin pasayib normaga tushadi. Haroratning bunday pasayishi lizis deyiladi. Ba’zida harorat yuqori darajada bo'lib birdaniga pasayib ketishi yoki normaga tushishi mumkin. Bunga krizis deyiladi.
Keyin o'qituvchi haroratni o'lchash tartibini ko'rsatib beradi. So'ng talabalardan bir-birlarida mashq qilishlarini so'raydi va ularning harakatlarini nazorat qiladi.

Qon bosimini o'lchash


Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi).
Qanday qurilmadan foydalangan ma'qul?
Qon bosimini mustaqil o‘lchash uchun avtomat tonometr (qon bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan jihoz) xarid qilgan ma'qul, chunki stetoskopdan yolg‘iz foydalanish biroz noqulay, natijalar noto‘g‘ri chiqish ehtimoli yuqori. Shuningdek, ba'zi avtomat tonometrlar ham noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatishi mumkin.Yodingizda bo‘lsin, noto‘g‘ri tanlangan manjyeta o‘lchami qon bosimini o‘lchashdagi natijalarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun xarid oldidan tonometr o‘raladigan qo‘l qismini o‘lchab oling. Qurilma ko‘rsatmada yanglishmasligi uchun tonometrlarni dorixonalardan yoki maxsus do‘konlardan xarid qiling va bu borada haddan tashqari tejamkorlikka yo‘l qo‘ymang. Foydalanishdan avval albatta qo‘llanmasini o‘qib chiqing va batareyalarni o‘z vaqtida almashtirishni unutmang.
Qon bosimini qanday o‘lchash kerak?
Shoshmang. 5 daqiqacha tinch sharoitda o‘tiring, biror ish qilganingizdan keyin darhol tonometrga yopishmang. Qon bosimini o‘lchashdan yarim soat oldin chekmang va qahva ichmang. Stulga qaddingizni tik qilib o‘tiring. Oyoqlaringizni chalishtirmang. Oyoqlar polda shunday turishi kerakki, tizzalar baland ko‘tarilmasligi lozim. Yengingizni shimaring, yaxshisi - yengi uzun kiyimda bo‘lsangiz, uni yechib qo‘ying, shunda manjyetni o‘rashda muammo yuzaga kelmaydi. Qo‘lingizni shunday joylashtiringki, tonometr manjyetasi taxminan yurakning to‘g‘risida bo‘lsin. Ba'zan buning uchun qo‘l ostiga yostiqcha qo‘ygan ma'qul. Manjetani to‘g‘ri o‘rang. Uning pastki tomoni tirsakdan 2-2,5 sm yuqorida bo‘lishi kerak. Manjetani shunday o‘rangki, u bilan qo‘lingiz orasiga 1-2 barmoq sig‘adigan bo‘lsin. Tonometr pulsni qayd etishi uchun rezina naychalar tirsakning ichki tomoniga qarashi kerak. Tonometrning barcha naychalari tekis bo‘lsin, chigallashib yoki tugun bo‘lib qolmasin.Tonometr manjyetani havoga to‘ldirishi uchun dasturni ishga tushiring yoki uni mustaqil harakatga keltiring (bu qanday modelni xarid qilganingizga bog‘liq). Qurilma havoni qo‘yib yuborishini kuting yoki klapanni ochib, havoni o‘zingiz qo‘yib yuboring. Tonometr ko‘rsatkichlarini yozib olib, ikki daqiqadan keyin boshqa qo‘lingizda ham qon bosimingizni o‘lchab ko‘ring.
Qanday qilib qon bosimini stetoskopda o‘lchash mumkin?
Insonning yurak urishini eshitish uslubi biroz tajriba va ko‘nikma talab qiladi. Birinchi marta yurak urishini eshitish va bir vaqtning o‘zida tonometr nishoni ishorasini qayd etish qiyin, albatta. Insonning o‘z qon bosimini o‘lchash esa undan-da qiyin. Shu bois agar stetofonendoskopdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval mashq qilib oling.

Pulsni o'lchash


Puls — bu yurakning bir daqiqada qancha urishini ko‘rsatuvchi belgi.Agar jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilmasa, yurakning o‘zini bevosita ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun pulsni o‘lchaganda arteriyalar devorlarining qisqarishidan foydalanamiz: yurak ularga qon "haydaganda" ular ham ikkilanadi.
Puls chastotasini tekshirish uchun barmoqlar uchini arteriya o‘tadigan joyga qo‘ying va zarbalarni his qilish uchun shu joyni bosing. Bir daqiqa mobaynida uruvchi zarbalar sonini hisoblang - ana shu puls bo‘ladi. "Layfxaker" shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.Arteriya teriga yaqin o‘tadigan joylar:Pulsni aniqlash uchun eng qulay joylar - bilak va bo‘yin sohasida: bu sohalarda nafaqat shifokorlar, balki deyarli hamma pulsni sezadi. Bolalarda son arteriyasida pulsni o‘lchash osonroq kechadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning pulsini esa boshidan kuzatish mumkin.
Bo‘yin bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Agar bo‘yindagi arteriyani qattiqroq bosib yuborilsa, bosh aylanib ketishi mumkin, shuning uchun bo‘yindan puls o‘lchaganda o‘tirgan yoki yotgan holatda o‘lchash tavsiya etiladi.
Normal puls qanday bo‘lishi kerak?Puls doimo bir xil bo‘lavermaydi, shu bois me'yoriy zarbalar sonini aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi. Faqat diapazonnigina ko‘rsatish mumkin. Quyidagi jadvalda minimal pulsdan maksimalgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar berilgan.
Puls me'yordan baland bo‘lsa, nimani bildiradi?
Organizmning umumiy holati bilan birga atrof-muhit ham pulsga ta'sir o‘tkazadi. Jaziramada, jismoniy mashqlardan keyin, stressda yoki tik oyoqda turganingizda yurak tezroq uradi. Insondagi kasalliklar va ba'zi dorilar ham pulsga ta'sir ko‘rsatadi: ular pulsni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Agar yuragingiz vaqti-vaqti bilan tezroq yoki sekinroq urayotganini sezsangiz, boshingiz aylanib, o‘zingizni lanj his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling. Ehtimol, bu biror kasallik belgilaridir.

Nafas olishni tekshirish texnikasi


Tashqi nafas tizimini taxlil etish jarayonida, uning bir necha yo’nalishini ko’rib chiqish foydadan holi boMmaydi. Bularga nafas harakatlarini, o’pkalarda havo almashinishini va uning samaradorligini ta’minlovchi apparatning faoliyati kiradi.Muntazam faoliyati ta’sirida nafas harakatlarini amalga oshiruvchi mushaklarning diafragma va qovurg’alararo mushaklar kuchining zo’rayishi oqibatida, mashg’ulotlari uchun zarur bo’lgan nafas harakatlari va bu jarayon tufayli o’pkalarning shamollatilishi oshadi.
Nafas mushaklarining kuchi pnevmotonometr, pnevmotaxometr va boshqa bilvosita usullar yordamida o’lchanadi.
Pnevmotonometr — o’pkalarda, kuchanganda yoki zo’rma-zo’raki nafas olingan paytda vujudga keladigan bosimni o’lchaydi. Nafas chiqarish «kuchi» (80-200 mm simob ustuni) nafas olish «kuchiga» nisbatan (50-70 mm simob ustuni), ya’ni 1,6-2,86 marta ortiqligi bilan ko’zgatashlanadi.
Pnevmotaxometr - litr/daqiqalarda ifodalanib, tezlashtirilgan nafas olish va nafas chiqarish chog’larida nafas yo’llarida vujudga keladigan havo oqimining hajmiy tezligini aniqlaydi.
Pnevmotaxometriya - nafas tezligini yozib olishni anglatadigan usul.
Pnevmotaxometr ma’lumotlari asosida nafas olish va nafas chiqarishning quvvati haqida fikryuritiladi.
Chiniqmagan sog’Iom odamlarda nafas olish quvvatining nafas chiqarish quvvatiga nisbatan 1,0 ga yaqin bo’ladi. Bemorlarda bu nisbat doimo 1 dan kichik ekanligi namoyon bo’ladi. chilarda esaaksincha, nafas olish quvvati, nafas chiqarish quvvatiga nisbatan (ba’zan jiddiy ravishda) ortiq bo’ladi:
Nafas olish quvvati
Y= 1,2 - 1,4 karra quwatli.
Nafas chiqarish quvvati
O’pkalarning hayotiy hajmi (UXX) - bu o’pkalarning umumiy hajmining bir qismi bo’lib, uning haqida hulosa maksimal nafas olingandan keyin chiqarilgan havoning niaksimal hajmi bo’yicha chiqarriadi.
O’pkalarning hayotiy hajmi 3 qismga ajratiladi:
-nafas chiqarishning zaxiraviy hajmi;
-nafas olish hajmi;
-nafas olishning zaxiraviy hajmi.

O’pkalarning hayotiy hajmi suvli yoki quruq spirometrlar, yordamida o’lchanadi.


Spirometr - nafas olish paytida o’pkalarga kiradigan va ulardan chiqariladigan havo miqdorini o’lchaydigan asbob.
O’pkalarning hayotiy hajmini o’lchash jarayonida tekshiriluv-chining holatini hisobga olish zarur. Tana tik turgan holatda bo’Iganda, ushbu ko’rsatkichning kattaligi eng yuqori darajada bo’ladi. O’pkalarning hayotiy hajmi murabbiylar uchun ma’lum ahanii-yatga ega bo’lishi mumkin, chunki odatda chegaraviy jismoniy yuklamalarda vujudga keladigan maksimai ravishdagf nafas hajmi o’pkalarning hayotiy hajmining taxminan 50 foiziga teng bo’Jadi (suzuvchilar va eshkakchilarda V.V.Mixaylov ma’lumotiga ko’ra, 60-80 foizgacha bo’lishi mumkin).
Shunday qilib, o’pkalarning hayotiy hajmini bilgach, nafas hajmi­ning maksimai kattaligini bashorat qilish mumkin va shunga asoslangan holda, jismoniy yuklamaning maksimai tartibida o’pkalarning shamol-latilishiningsamaradorligi to’g’risida fikryuritsa bo’Iadi.
To’g’ridan-to’g’ri ma’lumki, nafas hajmi qanchalik katta bo’lsa, tanani kislorodni ishlatishi shunchalik tejamkorlik bilan amalga oshadi Aksincha, nafas hajmi qanchalik kichik bo’lsa, nafas olish soni, shunchalik ko’p bo’ladi (boshqa sharoitlar mavjudligida) va shunga bitioan tana qabul qilgan kislorodning ko’p qismi, nafas mushaklari o’zining faoliyatini ta’minlashga sarf etiladi.
O’pkalarning hayotiy hajmini aniqlash paytida, havo tezligining muhim ahamiyatga ega ekanligiga birinchi bo’Eib, B.E.Votchal e’tibor bergan.Agar nafas chiqarishni katta tezlikda amalga oshirilsa, u holda bunday jadallashtirilgan o’pkalarning hayotiy hajmi, oddiy usulda aniqiangan o’pkalarning hayotiy hajmidan kam bo’ladi. Keyinchalik, Tiffno spirometrik texnikani qo’llab, o’pkalarning jadallashtirilgan hayotiy hajmini 1 soniya vaqt ichida maksimal ravishda chiqarilgan havo bo’yicha hisoblay boshiadi.
Spirograf-nafas harakatlarini yozib oluvchi asbob.
O’pkalarning jadallashtirilgan hayotiy hajmini aniqlash, amaliyoti uchun o’ta darajada katta ahamiyatga ega. Bunday holat, mushaklar faoliyati paytida, nafas davrining uzunligini qisqarishiga qaramay, nafas hajmi, tinch holatdagi ma’lumotlarga nisbatan 4-6 karra ko’payishi kerak. O’pkalarning shamollatish tashqi nafasning faol holatining muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu ko’rsatkich, 1 daqiqa ichida o-’pkafardan chiqadigan havo hajmini ifodaiaydi. Ma’Ium bo’Iishicha, nafas olish paytidagi hamma havo o’pkalarga yetib bormaydi. Uning bir qismi nafas yo’llarida (traxeya-kekirdak bronxlarda) qolib, qon bilan uchrashmaydi. Shuning uchun ham bu havo o’pkalarda hava ainiashinuvida bcvosita ishtirok etmaydi. Mazkur havo anatomik o’lik bo’shliqniki bo’lib, uning hajmi 140-180 sm’ ni tashkil qiladi. Bundan tashqaii, alveolalarga yetib borgan havoning hammasi ham alveola-larning ayrimlarini, hafto sog’lom odamlarda qon bilan ta’minlash yomon bo’lishi yoki mutlaqo bo’lmasiigi mumkin. Ushbu havo, uning kattaligi tinch holatda ko’p bo’lmay, alveolalar o’lik bo’shlig’ining hajmini aniqlaydi - belgilaydi. Anatomik va al’veolyar o’lik bo’shliqlarning yig’indisi nafas yoki boshqacha qilib aytganda, fiziologik o’lik maydonni tashkil etadi.
Shunday qilib, olinayotgan havoning ma’lum qismi (tinch holatda taxminan 30 foiz) gaz almashinuv jarayonida ishtirok etmaydi va faqat lining 70 foizi alveolalarga yetib boradi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari tashqi nafas apparatining faoi sinamalarga quyidagilar kiradi:
Tekshirish uslubi: nafas olish soni o’tirgan holatda 30 soniya mobaynida sanaladi. Olingan natijani 1 daqiqa ichidagi jarayonga aylantirish uchun 2 ga ko’paytiriladi.
Chiniqmaganlarning 1 daqiqa ichida amalga oshirilgan nafas olish soni me’yorda 16-18 ni, chilarda esa, chuqur nafas olish hisobiga nafas olish soni 2,7-2,25 marta kamayadi, ya’ni 6-8 tani tashkil etadi.
Gench sinamasi -- nafas chiqarishni ushlab turish sog’lom chiniqmaganlarda 20-30 soniyani, chilarda esa, 30, 60 va hatto 90 soniyagacha boradi. Rozental sinamasi - o’pkalarning tiriklik - hayotiy hajmning har 15 soniyadan so’ng, 5 marta aniqlanadi.
Download 16,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish