Bog'liq 14-MAVZU XVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar
14-MAVZUXVI-XVII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar Reja: 1 XVI asrda Ispaniya va Angliya diplomatiyasi
2 XVI asrda Fransiya diplomatiyasi
3 XV asr oxiri XVI asr boshlarida Rus davlati diplomatiyasi
Tayanch so‘z va iboralar: Diplmatiya, “Davlat manfaati”, “Kurashning ikki yo‘li mavjud”, elchi, “Umumiy ezgulik”, gumanist, nunqiya, apartament, audensiya, “tabiiy huquq”, elchi shaxsi,, daxlsizlik, akkredaqiya, xalqaro huquq, o‘ttiz yillik urush, yetti yillik urush, Shimoliy urush, ispan merosi, Livoniya urushi, “Rech Pospolita”, “Abadiy tinchlik.
Asosiy matn:
XV asr oxirida Yevropa davlatlari yangi xalqaro aloqalar pallasiga kiradi. Bu davrda yirik Yevropa davlatlari orasiga Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Polsha kabi davlatlar bilan birga, Muqaddas Rim imperiyasi, nemis millati bo‘lgan Avstriya imperiyasi, Skandinaviyaning birmuncha yirik davlatlari Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, mayda nemis knyazliklari, italyan shahar-respublikalari Yevropa siyosiy xaritasini to‘ldirganlar. XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropa siyosiy haritasiga yirik Rossiya davlati qo‘shiladi. Bu davrdan rus davlati o‘zining siyosiy tarqoqlik davrini tugatib, dastlab markazlashgan, keyinchalik esa absolyutistik monarxiyaga aylanadi. Shunday qilib, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Skandinaviya mamlakatlari markazlashgan davlatlarga aylandilar. Germaniya va Italiya esa tarqoq davlat sifatida qolaveradi. Yevropaning bunday siyosiy vaziyati XIX asrning ikkinchi yarmigacha saqlanib qoladi. “Davlat manfaati” siyosiy tamoyil sifatida. XV asr oxiridan davlatning birligi uchun kurash va davlat manfaati siyosiy ahvolda birinchi darajali vazifaga aylanadi. Bu davrda din siyosiy hayotda muhim ro‘l o‘ynardi.
Bu davrda davlatning siyosiy vaziyati turli olimlar qarashlarida, jumladan, Makiavelli qarashlarida ham aks etgan.
Makiavelli (1469-1527) XVI asrdagi mashhur siyosiy arboblardan biri bo‘lib, uning asarlarida monarx va har qanday monarxlarning realistik siyosati “Ruxsat etilgan” va “Ruxsat etilmagan” vositalar bilan davlat hokimiyatini mustahkamlash xaqidagi fikrlar aks etgan. Uning “Hukmdor” (“Gosudar”) nomli asari bir maqsadga, ya’ni cheklanmagan hukmdor hokimiyatini kengaytirishni ko‘rsatgan. Bunda u o‘z hukmdorini har qanday axloqiy tanglikdan ozod qilgan. Makiavelli Italiyani birlashtirishi manfaati yo‘lida har qanday shuhratparastlikni oqlagan va diplomatiya san’atiga Davlat manfaati” nuqtai nazardan qaragan.
Unga ko‘ra: “Kurashning ikki yo‘li mavjud”, biri qonun orqali, ikkinchisi kuch. Birinchisi insonga xos bo‘lsa, ikkinchisi vahshiylikdir, ammo birinchi yo‘l ko‘pincha yetarli bo‘lmay, ikkinchisiga murojaat qilinadi. Shuning uchun boshqaruvda hukmdor ham insoniy ham vahshiylikni qo‘llashi kerak. Agar hukmdor vahshiylik yo‘lini tanlaydigan bo‘lsa, u holda yovvoyi hayvonlardan tulki va sher usulini tanlash kerak, sher ilondan himoyalanishni bilmaydi, tulki esa bo‘ridan himoyalana olmaydi. Ba’zan tulki bo‘lish kerakki, ilonning niyatini fahmlash kerak, ba’zan esa sher bo‘lish kerakki bo‘ri bilan masalani hal qilishi uchun”.
“Hukmdor ruhiy qayishqoqlikka ega bo‘lishi kerakki, taqdirlarni o‘zgartirish uchun kerak bo‘lsa yomon ishlarni ham qo‘llashi mumkin”.
XVII asrda Angliyada yashagan diplomat ser Genri Uotton elchi funksiyasi uchun quyidagilarni qo‘shimcha qiladi: “Elchi begona yurtga jo‘natilgan yaxshi niyatli erkak, u yerda u o‘z davlati foydasiga yolg‘on ishlatishi mumkin”.
XVII asrning siyosatchisi va diplomati, 1624-1642-yillari Fransiyani boshqargan kardinal Rishel’e Makiavellining tamoyillarini uyatsizlik deb hisoblamagan. Rishel’e hisobicha, bu narsalar asl haqiqatni yo‘qota olmaydi. Uning hisobicha “Davlat manfaati” va “Davlat” barcha narsadan ustun. U o‘zining “Siyosiy vasiyat”ida “Davlat”ning qimmati barcha yaxshi vositalarda deb tushuntirilgan. U “Qirolga“ xalq bilan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish kerak, shunda xalq qonun va davlat tartiblariga iltifotsizlarcha munosabatda bo‘ladi, bu omil “Umumiy yaxshilik” nomidan ish yuritishga asos bo‘ladi” deb maslahat bergan edi. Xristianlar o‘zlariga nisbatan shaxsiy haqoratlarni unutishi kerak, ammo hukmdorlar umumiy ezgulikka zarar keltiradigan barcha kirishimlarni unutmasligi kerak. Aslida bunday ish qilganlarni jazosiz qoldirish kerakki, ular bu ishlarini yana amalga oshirmasinlar. Qamchi odil sudning simvoli bo‘lishi kerakki, ular hech qachon harakatsiz qolmasin.
Agar “Umumiy ezgulik” va “davlat manfaati” ichki siyosatda qanchalik rol o‘ynasa, tashqi siyosatda ham shunchalik ahamiyatga ega. Rishel’e uni har bir qarashida isbotlashga harakat qilgan. Rim cherkovining katoligi va kardinali hisoblangan Rishel’e katolik Ispaniya va Avstriyaga qarshi Germaniya knyazliklari bilan ittifoqda; Fransiya absolyutizimining ashaddiy tarafdori sifatida imperatorga qarshi nemis knyazliklarini isyonlarini himoyachisi bo‘lgan. Bu uning Fransiya jamiyatidagi “Umumiy ezgulik” va “davlat manfaati”ni himoya qilish bo‘lgan.
Dvoryanlar va burjuaziya o‘rtasida manyevr qilish orqali qirollik hokimiyati o‘zining mustaqilligini ta’minlagan. Bu uning tashqi siyosati va diplomatiyasida ham ko‘ringan. Bu davrda siyosatning markazi qirol saroyi edi. Absolyut monarxiya sharoitida nafaqat sulolaviy va qirolning shaxsiy manfaati, balki uning yaqinlari va sevgilisining manfaatlari, shu bilan birga saroy intrigalari orqali qirolning nazarini torta olganlarning manfaati ichki va tashqi siyosatni belgilar edi.
XVI asr yangi davlat tashqi siyosatida markaziy va mahalliy tizimning shakllanishi asri bo‘ldi. XVII asrdan yirik Germaniya knyazliklari ham chet davlatlarga o‘zlarining doimiy vakillarini yubora boshladilar.
Gumanistlarning ta’sirida har bir diplomat bilishi zarur bo‘lgan shoshilinch xabar va xabarlar jo‘natish usullari paydo bo‘la boshladi. XV-XVI asrlarda italyan davlatlari gumanistlardan tashqi siyosatda o‘zlarining kotibi sifatida foydalanganlar. Bu diplomatik muzokara va yozuvda o‘ziga xos stilning paydo bo‘lishiga olib keldi. Birinchi diplomat notiq florensiyalik kansler, mashhur jurnalist Kolyuchcho Solyutati edi. Uning xatlari XVI asr diplomatlari uchun namuna bo‘lgan. Venetsiyalik elchining xatlari va xabarlari ham diplomatik tizimning rivojlanishida ahamiyatga ega bo‘ldi. Venetsiyalik agentlarning alohida shaxslar haqidagi chet eldan jo‘natgan hisobotlari XVI asrdayoq keng ommaga ma’lum bo‘lgan edi.
Turli davlatlarni boshqarayotgan Gabsburglar va Ispaniya davlatlari o‘rtasida doimiy muloqotni amalga oshirish zarurati tug‘ilgan. Ayniqsa, bunday munosabatlar 1555-yilda Karl V ning taxtdan voz kechishidan keyin kuchayadi. Shu yili Gabsburglar sulolasi hududlarini ikkiga, katta (Ispan) va kichik (Avstriya) sulolalarga bo‘linib, xonadonlar o‘rtasida liniyalar tortiladi.
Diplomatik faoliyat rivojlanishida papa Lev X (1515-1521-yy.) muhim o‘rin tutgan. Kelib chiqishi Medichilardan bo‘lgan papa o‘z vatani Florensiya va Venetsiyadagi doimiy elchilik haqida tanish edi. 1513-yil avgustdagi kardinallar yig‘ilishida u Germaniya, Fransiya va Angliyaga o‘zining vakillarini (nuntsiyalar) tayinladi. Shunday qilib papaning doimiy nuntsiyalari Vatikan diplomatiyasida huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
O‘sha davrdagi vaziyat yangi tashkil topayotgan institutning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Chunki boshqa davlatda diplomatik vakilning bo‘lishi katta mablag‘ni talab qilgan, shu bilan birga tajribali diplomatlarning yetishmasligi ham bunga sabab bo‘lgan. Shunga qaramasdan XV asr oxiriga kelganda diplomatik vakillar doimiy xarakterga ega bo‘la boshladi, diplomatik Ierarxiya shakllana boshladi. Bunda davlatning boshqa davlatlarga jo‘natilgan agentlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Fransiya, Ispaniya, va Angliya qirollari o‘zlarining elchilariga qandaydir Milan gersogi yoki xarob bo‘lgan nemis knyazliklaridan ko‘proq hurmat ko‘rsatishlarini talab qila boshlaganlar.
Asta-sekinlik bilan elchilik marosimlarida ma’lum bir tartiblar shakllana boshladi. XVI asrdayoq elchi va oddiy agent yoki rezidentlar o‘rtasida farqliliklar yuzaga kela boshladi. Elchini tayinlash vakolati barcha davlatlarda ham bo‘lmagan. Masalan, Muqaddas Rim imperatori o‘z saroyida faqatgina papa va o‘z akasi, Fransiya qiroli Ferdinand (Muqaddas Rim imperatori ayni paytda, Germaniyaning ham vakili edi) va Venetsiyaninggina elchilari bor edi xolos. Muqaddas Rim imperiyasiga qaram bo‘lgan yoki boshqa yirik monarxlar ham faqatgina agent tayinlash huquqi berilar edi xolos.
Davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar doim ham yetarli bo‘lmagan. Shuning ushun dastlabki davlatda o‘zaro munosabatlar favqulotda elchilar orqali ta’minlangan. Natijada bir qancha qiyinchiliklar tug‘ilgan. Favqulotda elchilar o‘zlariga oddiy elchilarga ko‘rsatilgan hurmatdan ortig‘ini talab qilganlar. Natijada yirik davlatlar o‘zlarining elchilarini “favqulotda elchi” sifatida ko‘rishni talab qila boshlaganlar.
XVI-XVIII asrlar yangicha marosimlarni shakllanishi davri bo‘ldi. Imperator Karl V ning saroyida elchilarni kutib olish va kuzatish qat’iy tartibi o‘rnatilgan. Marosimda Ispaniyaga kelgan elchilar mansub bo‘lgan davlatlarning mavqeiga etibor berilgan. XVI asr Fransiyada ham elchilarni qabul qilish marosimi shakllangan. XVI asrda hali Angliyada yetarli darajada diplomatik tizim shakllanmagan edi. Masalan, Angliyaga kelgan Fransuz elchilari diplomatiyaning nozik tomonlarini bilganlari uchun inglizlar ustidan kulgandilar. Lekin keyinchalik Fransuz tartiblari tarafdori bo‘lgan Karl I Styuart ma’lum bir diplomatik marosimlarni shakllantira boshladi.
Bu marosim tadbirlar tizimi xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynagan. Elchining safardagi va birinchi audensiyadagi axloqi, elchini qabul qilayotgan davlat rahbari va vazirlarning axloqi xalqaro hayotga albatta ta’sir qiladi. O‘rnatilgan tartiblarning biroz bo‘lsada buzilishi, erishilgan yutuqlardan chekinish yoki boshqa davlatlarning elchilariga alohida hurmat sifatida qaralar edi. Diplomatiyaning etiketlaridan ozgina chekinish ham boshqa elchilar tomonidan o‘zlariga ham bunday hurmat ko‘rsatilishini talab qilishiga olib kelgan.
XVI-XVII asrlarda papa saroyida quyidagicha tartib o‘rnatilgan. Tantanali audensiya papa tomonidan kardinallar ishtirokida, konsistoriya (ma’muriy va sud organi) sharoitida bo‘lardi. Elchi papani tik turgan va boshyalang holda eshitishi kerak. Imperatorlar, yirik davlatlar va Venetsiya respublikasi elchilari qirollik zali deb atalgan katta zalda, oddiy davlatlarning elchilari esa gersoglar zali deb atalgan kichik zalda qabul qilingan. Shunday holatlar ham bo‘lar ediki, papa ba’zi elchilarni dam olayotgan paytda qabul qilar edi. Bu qabul marosimida elchilar konsistoriya deb o‘ylamasligi uchun ba’zi bir kardinallar ishtirok etardilar. Savoya gersogi o‘z elchilarini katta zalda qabul qilinishini talab qilgan. Unga rad javobi berilgach xafa bo‘ladi va bir muncha vaqt papaga elchi jo‘natmaydi. Genuya respublikasi gersogi o‘z elchisini katta zalda qabul qilinishi uchun bir necha million oltin va’da qiladi. Papa uni Venetsiya respublikasi bosimi ostida rad qiladi. Chunki Venetsiya Genuyani o‘zi bilan teng ko‘rilishini hohlamagan. 1672-yil 13-sentyabrda Rimga Moskva podshosining delegatsiyasi keladi. Moskva elchisidan har doimgi qabul marosimi tartiblarini bajarishini talab qiladilar. Unga ko‘ra, elchi katoliklardek to‘liq egilib, papa tuflisini o‘pishi kerak edi. Odatiy audensiyada papa kresloda o‘tirishi kerak edi.
Shunga o‘xshash tartiblar Fransiyada ham bo‘lgan. Bu yerda papa nuntsiyalari alohida zalda qabul qilingan. Papa saroyidan farqli ravishda Venetsiyalik elchilar imperatorlar elchilaridan quyiroqda joy olganlar. Qirollar bunday hurmatga sazovor bo‘lmaganlar.
1635-yil Fransiya saroyiga ingliz elchisi keladi, u davrda saroy Parijdan tashqarida edi. O‘sha paytda saroyda birorta a’yonlar bo‘lmagan. Elchi saroy a’yonlari bo‘lishini talab qiladi. Xodimlar a’yonlar uchun Parijga odam jo‘natishga majbur bo‘ladilar. Angliyada elchilarni kutib olishning qatiy tartibi Karl I va uning vorisi Karl VI davrida o‘rnatiladi. Restavratsiya davrida kichik Gollandiya elchixonasi ingliz qirollari bir necha marta boshpana vazifasini bajargan. 1660-yili Qo‘shma provinsiyalar respublikasi (Gollandiya) Angliyaga qayta tiklangan qirollik hokimiyatini qutlash uchun favqulotda elchilik jo‘natiladi. Ushbu elchilik Londonga noyabr boshida keladi. Londonda bir necha kun yashirincha yashagach, elchilar Grinvichka jo‘naydilar. Bu yerda ularni qirol nomidan lord Richard a’yonlari bilan kemada vaziyatni muhokama qiladi va o‘sha kemada Londonga qaytib ketadilar. Sohilda ularni lord Greven kutib oladi va har biriga oltitadan ot qo‘shilgan 20 ta karetada marosim o‘tkaziladigan joyga olib ketiladi. Elchilar marosimlar mutassaddisi Avraam Vilyams apartamentiga olib kelishadi. Keyin ular audensiyaga taklif etiladilar.
Yirik davlatlar va diplomatik aloqalarning kuchayishi u haqidagi nazariyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘z navbatida diplomatik va xalqaro huquq rivojlandi. Niderlandiyalik Baltazor Ayala 1582-yilda “Urush huquqi va harbiy tashkilotlar haqida” nomli asarini yozadi. U o‘z asarida elchilar daxlsizligi, ularning tajribalari va umumiy holat haqida ma’lumotlar bergan. Italiyalik Alberino Jentillining “Elchilik haqida” (1585) asari ham mashhur bo‘lgan. Bu muallif xalqaro huquq fani asoschisi gollandiyalik Gugo Grotsiy zamondoshi edi. Ankon urug‘idan chiqqan Alberino Jentilli protestant bo‘lganligi uchun Italiyadan ketishga majbur bo‘lgan.U keyinchalik Oksford universiteti professor bo‘lib yetishadi. U yurist sifatida ispan elchisini Mendozaning faoliyati sharhlashga majbur bo‘ladi. Elchi Yelizavetaga qarshi Mariya Styuart fitnasiga qatnashgan edi. Bu masalada u elchining mas’uliyati va huquqi haqida to‘liq yozadi. Jentilli Angliyadagi xalqaro huquqning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Xalqaro huquqning rivojlanishi shubhasiz Gugo Gratsiya (1583-1645) ga oid. Gollandiyalik yurist asarining ahamiyati to‘xtovsiz davom etayotgan absolyut monarxiyachilar, dvoryanlar, davlatlar o‘rtasidagi urushlar davrida u nazariy jihatdan burjuaziya xususiy mulk ximoyachisi sifatida urushlarni huquqiy normalar ramkasida ko‘rib chiqqan. Gratsiyga shuhrat keltirgan asar “Urush va tinchlik huquqi haqida” bo‘lib, 1625-yilda nashr etilgan. Unga ko‘ra, xususiy mulkchilik “tabiiy huquq” kelib chiqadi. Tabiiy huquqlar asosan davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlar hisoblanadi. Xalqaro huquqning manbai bu shartnomalardir. Gratsiy qarashicha, davlat alohida mulk bo‘lib, mulklar o‘rtasidagi munosabatlar tinchlik va urush paytida ham ma’lum bir normalar asosida olib boriladi. Unga ko‘ra, urush kelib chiqishi tabiiydir: u insoniyatning maqsadi va o‘zini mudofaa qilishdan kelib chiqadi. Faqat urush adolatni tiklash maqsadida amalga oshirilishi kerak. Urush o‘zaro yaxshi munosabat va huquqlar chegarasida amalga oshirilishi kerak. Urush davrida tomonlar savdo, emi