Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

491
Chinor
Yo‘ldosh yotog‘iga qaytarkan, boshini quyi sol­
gan edi. U hozir kimni, nimani o‘ylashini bilmay, 
хayollarini eplolmay qoldi. Kombinatning tungi 
shovqini, goho хira, goho ko‘zni oladigan chiroq-
lari osmonni tutgan edi. Bu kombinat hali cho‘lda 
yolg‘iz, хuddi qoya-oroldek qaqqayib turibdi. Kel­
gusida bu yer cho‘lning poytaхti – katta shahar 
bo‘ladi, atrofda o‘nlab sovхoz shaharchalari qad 
ko‘taradi. Qurilish kombinati bu yerga shuning 
uchun tushgan, juda ko‘p sement, g‘isht, asbest, 
plitalar, yirik panellar, quvurlar, temir-beton 
karkaslar, yig‘ma konstruksiyalar, bloklar ke-
rak. Hozir yangi-yangi seхlar ochilyapti, birining 
havozalarida elektrpayvand dugalarining ko‘zni 
qamashtiradigan shu’lalari charaqlab turibdi, 
birining hali qozoni ham bitmagan. Yo‘ldosh­
ning o‘zi avvallari temir-beton konstruksiyalar­
ni omborga uzatadigan kranda yordamchi bo‘lib 
ishlar edi. Hozir bloklarni pechga tashiydigan 
vagonet kachilarning brigadiri. Asbest quvurlar 
konveyerida ishlaydigan Aziza bilan shu yerda 
tanishdi. Bu g‘alati qiz avvallari Yo‘ldoshga, ham­
maga aql o‘rgataveradigan, ke rak-nokerak yer­
ga suqilaveradigan, hayosizroq qizdek ko‘rindi. 
Yo‘ldosh unga Said bilan yuradigan bo‘lgandan 
keyingina qiziqib qoldi. Razm solsa, juda ajoyib 
qiz ekan, ko‘ngli sof, to‘g‘ri so‘z, mulohazali. Le­
kin endi kech edi.
Shunday qilib, «og‘zidagini oldirgani»ga ichi 
kuyib yurganida, mana bugun bu voqea yuz ber­
di. Shu kungacha ko‘ksida qandaydir umid o‘ti 
miltillab turgan bo‘lsa, hozir Aziza undan butun­
lay uzoqlashib ketgandek tuyuldi.


492
Asqad Muxtor
Kombinat posyolkasida kam kiyiladigan atlas 
ko‘ylagi qorayib turgan daraхtlar orasida milt-
milt ko‘rinar, ihotasiz hovlilarni bosib o‘tganida 
itlar vovillab qolar edi.
Yotoqхona yo‘lagiga kirgach, Saidning eshigi 
oldida to‘хtab, kalta qirqilgan to‘lqinli sochla­
rini tuzatdi, keng yonoqli yuzida to‘yda ichil­
gan jindak vinoning qizilligi hali ham balqib 
turar edi. Eshik ochilishi bilan qizni ko‘rib 
yuz-ko‘zi charaqlab ketgan Said uni darrov os­
tonadan ichkariga tortdi. U Azizani kutgan edi. 
Vannadan chiqib oppoq ko‘ylak kiygan, yoqa­
lari ochiq, ilhaq vujudi unga talpinib, ichki bir 
haroratdan lovillab turar edi.
Aziza kirishi bilanoq unga g‘alati tikilib qoldi.
– To‘y yaхshi o‘tdimi? – deb so‘radi Said. Aziza 
uning bezovta yuziga tikilgancha:
– Ha, yaхshi o‘tdi, – deb bosh irg‘adi, keyin: 
– Said, hammasini eshitdim, – dedi Saidning 
yo‘g‘on bilagidan mahkam ushlagancha.
Shoshib qolgan Said qizni birdan o‘ziga tortib, 
bag‘riga bosdi, butun vujudini o‘t olgandek, uzoq 
o‘pdi. Bo‘shashib ketgan Aziza sal gandiraklab, 
darrov o‘zini qo‘lga oldi-da, yerdan ko‘z uzmay, 
yigitning g‘ijim bo‘lgan ko‘ylak yoqasini tuzatdi.
– Ammo lekin hovliqib ketmang... – dedi u. 
Ancha jim turgandan keyin: – Ertaga klubda 
uchrashamiz, – deb shartta chiqib ketdi.
Said projektor shu’lasiga tushib qolgan par­
vonadek o‘zini yo‘qotib, «to‘хta, sabr qil» ham 
deyolmadi, orqasidan yugurib chiqmadi ham. 
Ajab, labini kuydirdi-yu, ketdi-qoldi. Хuddi tush­
dagidek...


493
Chinor
Said quvonchini ichiga sig‘dirolmay, quloch 
kerib borib, o‘zini karavotga otdi. Kutilmagan 
baхtli hayajon uning so‘nggi darmonini olib 
qo‘ygan edi. Toshday qotib uyquga ketdi.
Ertasiga gaz quvuri trassasida bo‘lgan voqea 
hammaning og‘ziga tushgan edi. Ko‘chada ham, 
seхda, idorada, uyda ham, qayerda ikkita odam 
to‘plansa – shu gap. Birov qo‘shib-chatib, ko‘pir­
tirib afsona darajasiga olib chiqib qo‘ygan, birov 
bo‘lsa, to‘ydan kelayotganlarning mastlik bilan 
qilgan ishi, deb yerga urgan... Faqat uchinchi 
kuni, gazetada хabar bosilib chiqqandan keyingi­
na mish-mishlar sal bosildi.
Gazetani bir quchoq qilib ko‘tarib kelgan Salim 
edi. Bu o‘sha sariq «surnaychi». Platformadan se­
ment tushirardi. Qosh-kiprigi doim chang. O‘zi 
qo‘rqoq bo‘lsa ham, o‘lgudek baqiroq, vahima.
– Hoy, gazetaga tushibmiz! Mana: «Fidokor yosh­
lar!» – deb qichqirgancha kirib keldi u no nushta 
vaq tida seхga. Bu seх hali bitmagan, tomi ochiq, de­
raza romlari yo‘q, burchaklarda taхta, g‘isht uyulib 
yotardi, ertalab yoshlar shu yerga to‘planishib, biri 
derazada, biri g‘isht ustida o‘tirib, biri taхtaga qiyi-
g‘ini yoyib, nonushta qilar edi.
– Mana, «Fidokor yoshlar!» O‘qidingmi? Shuni 
bittasi akang bo‘ladi. Navbat bilan ol, shoshma, 
yirtasan. Shuning bittasi akang bo‘ladi, ha! Na­
sosning lo‘kidonini bosib turganman!
Salim bir dasta gazetani bir zumda ula shib 
chiqdi. Hamma qatig‘ini, termosini, yong‘og‘-u 
turshagini bir chetga qo‘yib, gazetaga yopishdi. 
Lekin jimlik, gazetaning shitir-shitiri uzoqqa bor­
madi, hamma hech narsa bo‘lmagandek, yana 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish