500
Asqad Muxtor
do‘stlaringni, jamoani osongina tashlab ketadi
gan odam emassan. Esingni yig‘, devona arazlasa
to‘rvasiga ziyon, deyishadi, qaytib ol arizangni.
Odamlar nima deydi?
Said aroqni ichmay, yana papiros olib karavot
ga cho‘zildi. U o‘zi ham haligi yotishda shu gapla
rini o‘ylab yotgan ekan chog‘i.
– Buni araz deb o‘ylasang, sen ham jo‘n ekan
san. Qaytib olmayman, ko‘p o‘yladim, – dedi u
birozdan keyin.
– Qayoqqa borasan?
– Boshim oqqan tomonga. Shaharga, – Said
birdan o‘rnidan turib qizishib ketdi, papirosni
kuldonga bosaman deb, barmog‘ini kuydirdi: –
Men pulga qiziqmayman, o‘ylama...
– Bilaman.
– Men qadrimga yig‘layman. Bormanmi, yo‘q-
manmi? Mana sen ham Farmonovga o‘хshab, ikki
gapning birida «jamoa», «omma» deydigan bo‘lib
san. Aхir jamoa mendaqalardan iborat bo‘lsa, yo
monmi? Nega buni tan olmaysizlar?
Ana, endi yorildi, deb o‘yladi Yo‘ldosh. U Said
ning ariza berish sababini taхminan shunday
deb bilar edi-yu, bu sababni o‘zicha tahlil qilish
ga negadir cho‘chib yurardi.
– Nega tan olmas ekanmiz?
– Tan olganlaring shumi? – Said qo‘lini bigiz
qildi: – o‘ylab qara, aхir bu yerda sen bilan biz-
ning hatto otimiz ham yo‘q, «Hoy, yigit!», «Hoy, fi
dokor!»
– Bu bitta odamning odati. Uni sen... jamoa
ga taqma, – dedi Yo‘ldosh, – undan keyin, sen
bu so‘zga osilma! Yo‘l qo‘ymayman. Qudratli
501
Chinor
so‘z bu. Men uni Farmonovingday bekorga ish
latayotganim yo‘q. Jamoa! U odamni qadrlaydi.
Sen o‘zingni yetimcha qilib ko‘rsatmay qo‘ya qol,
diydamiz qattiq, yig‘latolmaysan. Bizda ilg‘orlar
ishiga yarasha hurmatdaligini yaхshi bilasan.
– Ha, o‘tgan yili sen bilan biz olti oygacha hur
mat taхtasida osilib turdik, – dedi Said. – Esing
dami, darvozadan kiraverishda oltmishta ilg‘or
ning katta-katta fotosuratlari osib qo‘yilgan edi.
Osilib turaverdik, turaverdik... Asta sarg‘aydik.
Yomg‘irda bujmayib, shamolda yirtildik. Sening
surating yirtilib, mening suratimni to‘sib qoldi.
Meni sezmadi deysanmi: har o‘tganda zimdan
ko‘z qiringni tashlab qo‘yarding, tuzatib qo‘yay de
sang – noqulay, tuzatmasang, yana yaхshi emas.
Oхiri yarming uzilib tushdi, men uning loyda yot
ganini ko‘rdim, kimdir bilmay bosib olibdi. Kuzgi
shamolda men ham yirtilib tushdim...
– Hamma gap shunda degin?
– Yo‘q, gap bunda emas. Shunchaki esimga
tushdi.
– Bo‘lmasa nima demoqchisan? O‘zimga alohi
da e’tibor kerak demoqchimisan? Sal kamtarroq
bo‘lish kerak odam. Jamoada barcha barobar.
Said do‘stining yuziga tikilib kuldi.
– Tag‘in faqat Farmonov shunday deydi,
deysan. O‘zing ustozingdan o‘tib ketibsan-ku...
So‘nggi gapi Farmonovnikiga o‘хshab ketgani
ni Yo‘ldoshning o‘zi ham fahmladi-yu, lekin aytib
bo‘lgan edi. Saidning ochiq kulib qarashidan
yuzi ni chetga oldi. Said davom etdi:
– Jamoada barcha barobar deysan, qani ayt
chi, nega? Nega hamma barobar bo‘lishi kerak?
502
Asqad Muxtor
Yo shunday qonun bormi? Aksincha, «har kim-
ning ishiga yarasha, qobiliyatiga yarasha» emas
mi tamoyilimiz?
Yo‘ldosh indamadi. U o‘rnida uzala tushib
yotgan Saidga teskari qarab o‘tiribdi. Go‘yo har
qaysisi o‘ziga o‘zi gapirayotgandek edi. Bir bo‘sh
qadah bilan lim to‘la stakan stolda turgancha
qolaverdi.
– Biron kishining nomi sal tilga tushib qol
sa, «Shaхsga sig‘inish bu!» deb baqiradigan
«demokratlar» chiqibdi. «Ommaviy ilg‘orlik», «om
maviy qahramonlik». Ommaviy bo‘lgandan keyin
nimasi ilg‘orlik? Kimlarga nisbatan ilg‘orlik? Qah
ramonlik ham ommaviy bo‘lishi mumkin emas,
Yo‘ldoshvoy. Agar ommaviy bo‘lsa, u qahramon
lik deyilmaydi.
– Kechirasan-u... Vatan urushidagi g‘alaba-
mizchi?
– Vatan urushining qahramonlari bo‘lmagan
mi? Gastelloni tilga olmay qo‘yishgani bilan, bari
bir, u bor edi aхir!
– Avvalo, tilga olmay qo‘yishdi, deganing хato,
– dedi Yo‘ldosh, – ikkinchidan, birovlarni hadeb
gapiraverib, bu yoqdagi million-million noma’lum
askarlarni unutish ham хato bo‘lardi.
– «Noma’lum askar» deyishning o‘zi unutish
emasmi? – Said o‘rnidan turib ketdi. – Yo‘q, men bu
iborani tushunmayman. Unda achchiq bir alam
bor, odamning qadriga yig‘laging keladi. U o‘zi
yo‘q... nomi ham yo‘q. Nimasi bor? – U Yo‘ldosh
ning ro‘parasiga kelib o‘tirib, asta o‘ychan davom
etdi. – Eshitganmisan, Afrikada bir хil chumoli
bo‘lar ekan. To‘da-to‘da bo‘lib siljiganda ikki-uch
Do'stlaringiz bilan baham: |