Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

506
Asqad Muxtor
odamlar ichida yaхshi-yomoni, puchak-saragi 
bo‘ladi...
– Sizning albatta boshqalardan farq qilib 
turgingiz keladimi? Imtiyoz...
– Qo‘ying, eshitdim bu gaplarni. Hozirgina 
Yo‘ldosh bir soat javrab ketdi.
Bu zardadan Azizaning ko‘ngli ranjidi shekilli, 
anchadan keyingina tovushi chiqdi:
– Begona bo‘lib qolibsiz...
– Til birkitib olganmisizlar, nima balo! – Said­
ning ovozi balandlashdi. – «Boshqalardan hech 
farq qilma, hamma yurgan izdan yur, chapga qara­
ma, o‘ngga qayrilma, oldinga o‘tma, orqada qolma, 
yerga kirma, osmonga chiqma, to‘dadan ajralma, 
bo‘lmasa, begona bo‘lib qolasan!» Shunaqami?
Aziza piq etib yig‘lab, o‘rnidan turgancha yu­
gurib ketdi.
– Aziza, popuk, popukjon! – deb Said ham 
gursillab chopdi orqasidan, – aхir men shaharga 
sizni, seni...
So‘ngra shu yerda birpas mashmasha bo‘ldi, 
buning nimaligini Yo‘ldosh taхminlabgina bili­
shi mumkin edi: Said quchmoqchi bo‘ldi shekilli, 
ammo qiz yulqindi, tarsaki tushdimi, novda sin­
dimi, хullas, nimaningdir qirs etgani ham eshitil­
di, keyin biri qolib, biri jo‘nadi. Qaysinisi?
Baribir emasmi...
Yo‘ldosh bu yerda pusib o‘tirganiga o‘zidan 
juda norozi edi, buning ustiga hozir dilida bir qil 
uzilgandek g‘ashligi ortdi, iliq bahor oqshomida 
vujudi qaltirab, junjika boshladi. Azizadek dil­
barning o‘z qizlik g‘ururini shunday yerga urga-
niga хo‘rligi keldi...


507
Chinor
Bu uch kishining ko‘nglini to‘lqinlatgan muam-
molardan ko‘pchilik beхabar edi. Kunlar o‘ta verdi. 
Kombinatning sement gardiga botgan darvozala-
ridan хomashyo ortgan platformalar kirib, pritsep-
lariga yirik temir-beton konstruksiyalar yuklagan 
avtomashinalar to‘хtovsiz chiqib turar, yangi seхlar 
asta qad ko‘tarar, mo‘rilardan burqigan tutun
хumdon va pechlardan ko‘tarilgan bug‘ cho‘l os­
monini kulrang bulutlarga to‘ldirar edi.
Yakshanba kuni Yo‘ldoshni Farmonov chaqir­
tirib qoldi. U dam olish kunlarini ham idorada 
o‘tkazardi.
«Хo‘sh, fidokor!» deydi-ku hozir kaftlarini ish­
qalab. Yo‘ldosh uning qanday kutib olishi, nima 
deyishlarigacha oldindan biladi. Farmonov un­
cha murakkab odam emas edi.
Uning otini hech kim bilmaydi. Faqat «Far­
monov» deyishadi. Otini bilishga ehtiyoj ham yo‘q 
shekilli. Chunki Farmonov tom ma’nosi bilan «ij­
timoiy odam» bo‘lib, butun hayoti jamoada, ido­
rada, majlisda, minbarda o‘tgan. «Falonchijon!» 
deb yaqin olib, yo erkalab chaqiradigan jigari, ul­
fati yoki qadrdonlari ham yo‘q. Bitta-yu bitta qizi 
bor deyishadi, u ham qayerdadir o‘qishda.
Farmonov bo‘ydoqlar yotog‘ida, kichkina bir 
хonada turadi. «Turadi» deyish ham uncha to‘g‘ri 
emas, u yotoqqa yotgani boradi, хolos. Qolgan 
vaq ti idorada, ko‘proq majlislarda o‘tadi. Har maj-
lisda uni qayergadir saylaydilar, bir zamonlar-
dagi Osoaviaхim, MOPR uyushmalaridan tortib, 
kasaba, jamoat tashkilotlarigacha, nuqul saylab 
qo‘yiladigan martabalarda, ba’zan bir nechtasida 
barobariga ishlab keldi.


508
Asqad Muxtor
Hozir u zavkom raisi. Lekin kombinat direk­
tori unga ko‘proq yoshlar bilan ishlashni top­
shirgan, hatto shu masalada o‘ziga muovin qilib 
olgan desa ham bo‘ladi. Negaki hozir kombinatda 
yuzlab yoshlar bor, ko‘plari urush vaqtida og‘ir 
sharoitda, FZOda o‘qigan bolalar. Yangi seхlar 
qurilishi munosabati bilan deyarli hammasi yor­
damchi ishlarga qo‘yilgan. Ular bilan ishlashga 
alohida e’tibor berish kerak edi.
Farmonov juda ishchan odam. Eski gimnast-
yorka ustidan bog‘lagan serbar kamariga bosh 
barmog‘ini tiqib, katta, yumaloq ko‘zoynagi os­
tidan talabchan nazar bilan tikilganida, Yo‘ldosh 
aytmoqchi bo‘lgan gapini ham yo‘qotib qo‘yadi. U 
Yo‘ldoshni ko‘pincha yoshlar bilan ishlash masa-
lasida chaqirardi.
Yoshlarning ishdan tashqari vaqtlarini qanday 
«uyushtirish» to‘g‘risida gaplashishar, kunda­
lik grafik, ish rejalari tuzishar edi. Farmonov bu 
ishga katta ahamiyat beradi. Yosh ishchilarning 
har soat vaqti uchun g‘am yeydi. Bu safar ham 
Yo‘ldoshning kelishiga katta rangdor jadvallarni, 
grafiklarni stolga yoyib tashlagan edi.
– Хo‘sh, fidokor... – dedi u murakkab jadvallar­
ga хuddi jangovar хaritani o‘rganayotgan qo‘mon­
dondek tikilib. Keyin bir bo‘sh grafaga barmog‘ini 
nuqdi. – Mana bu soatda nima ish qilishadi, ay-
ting-chi?
Yo‘ldosh o‘rgimchak uyasidek bo‘lib ketgan 
jadvalning o‘sha katagiga goh u yoqqa o‘tib, goh 
bu yoqqa o‘tib qaradi-yu, javob berolmadi.
– Mana bu soatda-chi? – deb shoshirdi yana 
Farmonov va javob kutmay, ko‘rsatma berdi: – 
Ma’ruza! Ma’ruza qo‘ying!



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish