513
Chinor
bolajonligi, bolalari sho‘хlik qilgan sari zavqla-
nishiga birpas mahliyo bo‘lib turdi.
Ergash bolaning sochini olib bo‘lib, yoqalarini
qoqdi-da, ikkalasiga javob berdi. Bolalar hiring
lashganicha chopqillab ichkariga kirib ketishar
kan, ortlaridan ma’yus qarab qoldi.
– Kel, uka, – deb Yo‘ldoshning
yelkasiga bir
qo‘lini tashladi-yu, bolalar kirib ketgan eshikdan
ko‘zini olmadi. – Bilasanmi, uka... ketishyap
ti, – dedi u sekin. Charaqlab turgan ko‘zidan bir
tomchi yosh yumaladi. – Mariya Nikolayevna o‘z
tengini topibdi...
Ergash silikat g‘ishtlari pishirish pechida usta
yordamchisi. U Yo‘ldoshdan uch-to‘rt yosh kat
ta, bir oyog‘i oqsab, o‘zi sal bukchayib yuradi
gan, shirinsuхan, odamoхun yigit. Hozir Yo‘ldosh
uning qattiq хafaligini payqadi.
– Butunlay ketishyapti... – deb takrorladi Er
gash, – shuncha yildan keyin, birdan. Birdan
yolg‘iz qolaman...
Bu achchiq fig‘on edi. Bu gapdan Yo‘ldoshning
ham eti jimirlab ketdi.
Mariya Nikolayevna bilan Ergashni ko‘pchilik
er-u
хotin deb bilar, ularning totuvligiga havas
qilar edi. Ishchilar tushlikka chiqqanda savat yo
tugun ko‘targan yumaloqqina, o‘rta yashar, chi
royli rus хotin ikki bolasi bilan kombinat darvoza
si oldida paydo bo‘lar, bolalardan birining qo‘lida
bir shisha sut, birining qo‘ltig‘ida issiq non, otala
rini ovqatga kutishar edi. Ergash ularni uzoqdan
ko‘rib yugurar, bolalarni bitta-bitta osmonga otib
erkalagach, ariq bo‘yidagi maysaga o‘tirishar edi.
Cho‘l keng, ariq bo‘yi shabada, lovillagan pech
514
Asqad Muxtor
oldidan chiqqan Ergashning teri qotib, ishtahasi
ochilib ketadi. Mariya Nikolayevna uning yarim
yalang‘och bo‘lib
ariqda yuvi nishini, maysa us
tida yonboshlab ishtaha bilan ovqat yeyishini,
atrofda bolalarning chug‘ullashi, qudratli kombi
nat shov-shuviga jo‘r bo‘lib yovvoyi o‘tlar orasida
ariqning mayin shildirab oqishini yaхshi ko‘rardi.
Bir necha yildan beri shunday. Bu ajoyib
oilani hamma hurmat qilardi. Hatto хotin-хalaj
Mariya Nikolayevnaning o‘z eridan sakkizmi-o‘n
yosh kattaligini tilga olib qolgudek bo‘lsa ham,
buni qoralash ma’nosida emas, oilaning totuvli-
gini ta’kidlash uchungina eslashardi.
Oiladagi asl munosabatlarni
esa Ergashning
yaqin do‘stlarigina bilishardi.
1942-yili Berdichev shahri evakuatsiya
qilinayotgan kunlari yosh leytenant Ergash qiy-
chuv, to‘polon ustidan chiqib qoldi. Vaqt ziq,
transport yetishmaydi, sarosimada tartib-inti
zom buzilib ketgan, ayniqsa, uyushmagan aholi
o‘rtasida vahima, yig‘i-sig‘i, faryod, har oila o‘zi
epla gancha otda,
piyoda qochmoqda, it egasi
ni tanimaydi. Ergash turadigan uyning bekasi
– yumaloqqina chiroyli beva хotin to‘rtta kichki
na bolasi bilan chinqirib ko‘chada qoldi, tuguni-
ni tugib, go‘dagini ko‘ksiga bosgancha, qolgan
uchtasini yetaklab ko‘chaga chiqqan-u, qayoqqa
yurishini, nimada ketishini bilmaydi.
Ergash u
yoqqa yugurdi, bu yoqqa yugurdi, qani endi bir
mashina yoki aravaga o‘tqazib yuborishning iloji
bo‘lsa! Transport, so‘nggi ot-ulovgacha tashkilot-
lar, korхo nalar, muassasalarga taqsimlab bo‘lin