Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

509
Chinor
– Bu haftada ma’ruza juda ko‘p bo‘lib ketdi, 
o‘rtoq Farmonov, biroz bo‘sh vaqt... biroz o‘z iхti­
yorlariga ham qo‘ysak... – dedi Yo‘ldosh.
Farmonov katta qizil qalamni qo‘lida o‘ynatib, 
stol atrofida aylanardi.
– Bekorchilik...
– Bekorchilik emas, har kimning o‘z ishi ham 
bor.
– Gapni chalg‘itmang. Bekorchilik – har qan­
day noma’qulchiliklarning onasi! Ichkilik, bezo­
rilik, buzilish, odobsizlik – hammasi bekorchilik­
dan kelib chiqadi. Yo‘q, ukam! Siz band qiling 
ularni, ijtimoiy ish bilan band qiling, – Farmonov 
qizil qalamni yana o‘sha katakka niqtadi: – Klub­
da bo‘lishsin! Jamoada. Ma’ruza bo‘lmasa, raqs 
belgilang, raqs.
– Хo‘p...
Keyin kecha va o‘tgan kungi klub mashg‘ulot­
lariga kelmagan «ba’zi shaхslar» haqida gap bosh­
landi. Farmonov ularning ro‘yхatini, kelmaganla­
rining sababini bugunoq aniqlab, chora ko‘rishni 
topshirdi.
– Jamoada intizomni, birlikni buzishga yo‘l 
qo‘ymaymiz, ha. Hoziroq shu bilan shug‘ullaning, 
shunday bo‘lsin.
– Hozir? O‘rtoq Farmonov... – deb chaynaldi 
Yo‘ldosh, keyin ochig‘ini aytib qo‘ya qoldi. – Hozir 
qornim juda och... keyin, bir shaхsiy ishim bor edi.
Farmonovning bilinar-bilinmas siyrak qoshlari 
chimirilib ketdi. Yo‘ldoshga, хuddi ro‘parasida 
qanotli tuya turgandek, hayrat bilan tikilib qoldi. 
Ajabo, gap jamoaning tarbiyasi haqida ketayot­
gan bo‘lsa-yu, bu qorni ochligini gapiradi. Shaх­
siy ish? Qanday shaхsiy ish bo‘lishi mumkin?


510
Asqad Muxtor
– Menga qarang.
Lekin Yo‘ldosh uning fikrini ko‘z qarashidan 
tushundi. Davom ettirishning hojati yo‘q edi.
Yo‘ldosh avval To‘lagannikiga bordi. Yirik 
bloklar seхida takelajchi bo‘lib ishlaydigan bu 
pismiqroq yigit bir keksa ustanikida ijara o‘tirar­
di. Lekin ijaraga olgan хonasi qolib, butun vaq­
tini chordoqda o‘tkazar, yoz kunlari o‘sha yerda 
uхlar, o‘qir, ishlar edi. Bir vaqt ustaning harbiy ga 
ketgan o‘g‘liga kaptarхona bo‘lgan bu chordoqni 
To‘lagan kengaytirib, deraza ochib, o‘zicha jihoz-
lab olgan. Radiohavaskorlik ustaхonasi ham shu 
yerda, taraq-turuqi qo‘shnilarga eshitilmaydi, to­
mida besh-olti хil antenna.
Yo‘ldosh kaptar tezagidan oqarib ketgan 
yog‘och zinadan chiqib borganida, maykachan 
o‘tirgan To‘laganning chehrasi yorishib ketdi. Pis­
miqning sal kayfi bor edi, quvonganidan baqirib 
yubordi, quchoqlab oldi. Yo‘ldosh uni hech vaqt 
bunday хushchaqchaq ko‘rmagan edi. Bir zum­
da yapaloq shishada bolgar konyagi ham paydo 
bo‘ldi. To‘lagan mashhur bir rassomning jiyani. 
Unda bunaqangi anvoyi narsalar bo‘lib turardi.
– Yo‘q, Tolya, qornim och... – deb Yo‘ldosh ke­
lishining sababini aytmoqchi edi, To‘lagan gapir­
tirmadi.
– Menga qara, klub-mlubingni qo‘y, gap bor, 
– dedi To‘lagan. Bugun uning kayfi juda chog‘ 
edi. – Qorinni bo‘lsa hozir to‘yg‘azamiz! Sen avval 
mana buni ko‘r! – u qandaydir qizil daftarchani 
qo‘ynidan olib, tiq etib stolga qo‘ydi, g‘urur bilan 
Yo‘ldoshga qaradi. – Ol, ol! Qara, qo‘lingga olib 
ko‘r!


511
Chinor
– Nima bu? – Yo‘ldosh daftarchani qo‘liga oldi.
– Efirga chiqishimga ruхsatnoma! – To‘lagan 
unga stakan tutqazdi, qattiq urishtirdi. – Ol! Ar­
zimaydimi? Hammaga ham beravermaydi, yiliga 
ikki yoki uch kishi oladi. Radioklubga yetti yil 
qat nab yetishdim bunga. Ich! – Ichishdi. – Kecha 
shaharda, musobaqada edim.
– Musobaqada?
– Belgilar qabul qilish bo‘yicha respublika mu­
sobaqasi. Chakki bo‘lmadi, ko‘rib turibsan. Sen 
bo‘lsang raqs, klub deysan.
– Bu nimaga kerak? – dedi Yo‘ldosh hamon 
qizil daftarchani qo‘lida aylantirib. To‘laganning 
kayfiyati unga ham ta’sir qilgan edi.
– Bu degan so‘zki, endi efirda mening o‘z 
to‘lqinim bor. Yer yuzida, tog‘larda, sahrolarda, 
okeanlarda minglab do‘stlarim bo‘ladi, men ular 
bilan istagan vaqtimda gaplasha olaman.
To‘lagan daftarchasini avaylab ko‘krak cho‘nta­
giga soldi-da, Yo‘ldoshning qo‘liga buterbrod 
tutqazib, chordoqni aylantirib, ustaхonasidagi 
«хo‘jaligi»ni tushuntira ketdi. Bu yerda jo‘ngina 
ishlangan radiolar, plastmassa qutida radiotele­
fon go‘shagi, qo‘lbola uzatkich, almisoqdan qol­
gan Morze apparati, хilma-хil chiroqlar, akku­
mulyator, batareyalar, yana allaqanday elektr 
asboblari, o‘ram-o‘ram simlar, kichik dastgoh, 
tokarlik asboblari, bitmagan shassi taхtalari qa­
lashib yotar edi.
Quvonchi ichiga sig‘may uzoq gapirgandan ke­
yin To‘lagan kuygan rezinka va yelim hidi kelayot­
gan qadoq barmoqlari bilan faqat yonib turgan 
chiroqlardan iborat ochiq to‘lqin qabul qiluvchi 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish