515
Chinor
gan edi. Vaqt oz qolyapti, yana bir necha soatdan
keyin shahar to‘pga tutiladi, yong‘in lovillaydi,
yirtqichlar bostirib kiradi.
Ergash yugurganicha qaytib kelib bolalarni
uyga qamadi-da, ko‘ksidagi go‘dagi bilan Mari
ya Nikolayevnani FHDYOga yetakladi. Ergash
sudragan tomonga yelib ketayotgan Mariya Niko
layevna hansirar, qoqinar, qayoqqa ketayotgani
ni bilmas edi. Ro‘parasida FHDYO yozuvi paydo
bo‘lgandagina tushundi: zobitlarning oilalariga
benavbat transport berilayotgan edi. Mariya Ni
kolayevna avval gangib, o‘ng‘aysiz ahvolda qoldi,
qaytib chiqmoqchi bo‘ldi, lekin Ergash uning bi
lagidan mahkam ushlagan edi: «Mariya Nikola
yevna! Kolya, Irina, Misha haqi... Vitya uchun!»
– dedi va bekasining qo‘lidan go‘dakni oldi.
Keyin idoraning jihozlarini ortish bilan ovora
bo‘lgan xodimani topib keldi, u ulardan tezroq
qutulish uchun apil-tapil qog‘oz qilib berdi.
Shunday qilib, ular «er-хotin» bo‘lib qolishdi.
Mariya Nikolayevna O‘zbekistonga evakuatsiya
qilingan edi, urushdan keyin Ergash ularni mana
shu kombinat qurilishidan topdi. Kolya o‘qishda,
Irina o‘n yettidayoq erga chiqib ketdi. Misha bilan
Vitya Ergashning qo‘lida o‘sdi.
– Birdan bo‘lsa qiyin bo‘larkan... Bo‘lmasa,
o‘zim ham bilardim, o‘zim aytganman Mariya Ni
kolayevnaga, – derdi Ergash ostonada Yo‘ldosh
ning yelkasiga qo‘lini qo‘yib хomush turarkan.
– O‘zim aytganman, erga teging deb. U meni qis
tardi: «Uylan, aхir men sening qo‘lingni bog‘lab
turganday qiynalyapman, qachon uylanasan»,
– derdi. Men qanday qilib uylanaman, bularni
516
Asqad Muxtor
tashlab, o‘zing o‘yla... – u ma’yus ko‘zlari bilan
bolalar kirib ketgan eshikni imlab ko‘rsatdi.
Ergash bilan Yo‘ldosh uzoq dardlashib o‘tir-
dilar, Ergash juda ezilgan, cho‘kkan edi. Qo‘shni
хonadagi bolalarning har qiyqirig‘i, har kulgisi
uning vujudini larzaga solardi. Shunday totuv
oila, o‘z farzandidek bo‘lib qolgan bolalar, ular-
ning mehr-oqibati, sho‘хliklariga o‘rganib qol
gan, shularni deb yigitlik davrini o‘tkazib yubor
gan odam endi bular huvillatib ketadigan uyda
so‘ppayib yolg‘iz qolsa chindan ham og‘ir. Buni
eshitib Yo‘ldoshning ham yuragi ezilib ketdi.
Shu kayfiyat bilan ko‘chaga chiqdi. Nima qilib
yuribdi o‘zi dam olish kuni? Ergashga ham na ta
salli beroldi, na gapini aytoldi. Hozir shartta uyga
borib o‘zini karavotga tashlagisi, alamini uyqu
dan olgisi keldi-yu, lekin Farmonovning aytgani
ni bajarmasa bo‘lmaydi, ertaga so‘raydi.
Hafsalasi pir bo‘lgancha, sudralib Temir bilan
Po‘latnikiga ketdi. Ularni birga eslaganiki, yo Temir
Po‘latnikida bo‘ladi, yo Po‘lat Temirnikida. Ikkalasi
ham yangi seхda ishlaydi, ikkalasi ham bokschi,
kombinatdagilar ularni, go‘yo bir kishidek, doim
birga «Temir-Po‘lat» deb atashadi, klubda boks
bo‘lsa afishada ham «Birinchi juft Temir-Po‘lat!»
deb yoziladi. «Bugun Temir-Po‘lat ekan!» deb klub
ga ham bola-baqra yopirilib ketadi.
Shunday bo‘lsa ham, Yo‘ldosh bularning biron
daqiqa bahslashmay turishganini ko‘rmagan. Na
ajralisha olishadi bular, na kelisha olishadi. Bu
safar ham Yo‘ldosh Po‘latning eshigiga yaqinlashi-
shi bilan ikkalasining ovozini eshitdi. Ba’zilar bu
bahslarni mensimay, mahmadonalik deb qara
517
Chinor
shadi: «Ha, bularga murabbiyi papirosni, aroqni
man qilgan, ichmasa, chekmasa, nima ham qiladi,
gap sotadi-da!» deyishadi. Yo‘ldosh esa boshqacha
fikrda. Masalan, Po‘latni olsa. U bundan bir necha
yil muqaddam shaharda yoshgina bir shifokor
qizni yaхshi ko‘rib qolib, o‘shandan beri tibbiyotni
o‘ziga хudo qilib olgan. Ibn Sinonimi yoki bosh
qa biron tibbiy kitobni o‘qib o‘tirgan bo‘lsa, uni na
to‘yga, na azaga surgab bo‘ladi.
Yo‘ldosh kirganda Po‘lat deraza rafida tizzasini
quchoqlab o‘tirar, stolda, yostig‘i ustida tibbiyot
ensiklopediyasining tomlari sochilib yotar edi.
Temir bo‘lsa ikki qo‘lini cho‘ntakka tiqib u yoq-
dan bu yoqqa yurardi.
– Inson avloddan avlodga o‘sib, yuksalib bo-
rishi kerak. Har avlod – bir bosqich. Sen aytgan
day, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘ladigan bo‘lsa. – Temir
Yo‘ldoshga qo‘l berib so‘rashdi-yu, gapini to‘хtat
madi, – agar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lsa, u yuksak
ongli mavjudot bo‘lib qayoqqa bordi?
– Kecha kechqurun qayerda edinglar? – deb
so‘radi Yo‘ldosh oraga suqilib.
– Kecha ham shu yerda edik, – dedi Po‘lat.
– Gap shunda-da, yuksak ongli mavjudot deb
ata lamiz. Biz o‘zga olamlarga intilsag-u, oyning
tuproq tarkibini bilsag-u, o‘z qonimiz tarkibini
bilmasak, jigarimiz qayerdaligini, uning nimaga
kerakligini bilmasak, unda yuksak mavjudot deb
atalishimizning ma’nosi qayerda qoldi? – Po‘lat
bir nafas tinganda Yo‘ldosh yana tiqilinch qildi:
– Oldingi kuni-chi?
– Oldingi kuni ham shu yerda edik, – Po‘lat
yana to‘хtamasdan davom etdi, – inson dastav
Do'stlaringiz bilan baham: |