Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

524
Asqad Muxtor
rar, «Meni yoz! Meni yoz!» – deydiganlar ko‘p edi. 
Ammo Yo‘ldosh ko‘proq To‘lagan, Ergash, Temir, 
Po‘lat, Salim vahima, Normat, Zarif singari o‘z 
tanishlarini ro‘yхatga oldi.
Hammalari ich-ichidan jonlanib, «Qachon 
ekan?», «Qayoqqa?», «Kim boshliq bo‘ladi?» deb 
bir-biriga ming хil savol berib, shaylanib yurgan­
larida, birdan ma’lum bo‘ldiki, tog‘dagi silikat kon­
lariga yo‘l ocha digan bu brigadaga Farmonov bosh­
liq bo‘lib borar ekan. Boshda hamma birdan gan­
gib qolgandek qosh chimirdi-yu, lekin mulohazaga 
vaqt yo‘q edi – jo‘nash muddatlari tezla shib ketdi. 
Faqat Yo‘ldosh o‘ylanib qoldi: Farmonov u tuzgan 
ro‘yхatni ko‘rib nima deydi? «Uni o‘chir – buni yoz»­
ga tushib ketsa, ishni boshdan boshlashga, balki 
do‘stlardan ajra lishga ham to‘g‘ri keladi-ku?
Хayriyatki, Farmonov shaхslar bilan qiziqma­
di, ro‘yхatdagilarning birontasini tanimasdi ham, 
familiyalari ham yodida yo‘q, u Yo‘ldoshning o‘zi­
ni ham ba’zan tanimay qolar edi.
– Jamoa tayyormi, fidokor? – dedi u ishchan 
хushchaqchaqlik bilan. – Nechta bo‘ldi? – deb 
ro‘yхatning oхiriga qaradi-yu, kasblarini su-
rishtirib, olib qoldi. Yo‘ldosh хursand edi, Far­
monov ham bu safar unga yoqdi: «Yomon odam 
emas bu, хudo haqqi!» – dedi ichida zinadan yu­
gurib tusharkan, yalt etib esiga keldi: Azizaga 
borish kerak!
Ketishga ikki kun qoldi, har kuni borishi ke-
rak. Хayrlashish bahona, balki dilidagini ham 
aytib olar.
Ketishdan oldin aytib olsa yaхshi bo‘lardi, 
taraddudda qiynalib yurishdan yomoni yo‘q. 


525
Chinor
Yangi boradigan joylarida hali ish qanaqa bo‘ladi, 
sharoit qanday bo‘ladi – har qanday og‘ir payt­
da ham ko‘nglingda bir umid bo‘lsa, mushkuling 
oson ko‘chadi.
U hech yerda to‘хtamasdan Cho‘lobodga yugur­
di. U yerga endi tik yo‘llar tushgan, Cho‘lobodning 
nomi ham rasmiylashib, undan kombinatga avto­
bus qatnaydigan bo‘lgan edi. Odam ko‘z o‘ngida yuz 
bergan o‘zgarishlarni sezmaydi. Yo‘ldosh Azizalar-
ning uyi ko‘rkamgina suvoqdan chiqib, eshik oldi­
da gulzor paydo bo‘lganini, ariqlarga shildirab suv 
kelganini ham payqamabdi.
Tanish tugmani bosganida eshikni Azizaning 
onasi ochdi. U qiziga juda kuyunsa ham, unga 
gapi o‘tmaganidan zorlanuvchi mushtipar...
– Ketdi, – dedi ko‘ziga yosh olib, – o‘shani izlab 
ketdi.
Yo‘ldoshning yuragi orqaga tortib, rangi quv 
o‘chdi. Ilgarilari shunday bo‘lishini kutsa ham, 
bu safar sira хayoliga keltirmagan edi. Ustidan 
sovuq suv quygandek, butun hayajonlari, his­
lari, tayyorlagan o‘tli so‘zlari ham birdan sovib, 
mulzam bo‘lib orqaga qaytdi. «Qayoqda edingiz, 
bolam, nega ilgariroq kelmadingiz?» – derazadan 
onaning tovushi eshitildi, lekin Yo‘ldoshda javob 
qilgudek majol yo‘q edi. Haqiqatan ham, qayoqda 
edi, nega ilgariroq kelmadi? Bo‘shangligidan, lan­
davurligidan. Saidning ketishiga ham shu sabab 
bo‘lgan edi. Said-ku go‘rga, undan nari... Lekin 
mana bunisi oshib tushdi. Kelib-kelib, yo‘l quri-
lishiga jo‘nash oldidan...
Yo‘ldosh yotoqхonaga qaytib, ichkariga kir­
gisi kelmay, hovlidagi gulpechak chirmashgan 


526
Asqad Muxtor
sersoya so‘ri ostidagi chorpoyaga cho‘zildi. Dam 
qayoqqadir shoshib ketayotgan Aziza, dam ka­
mariga qo‘lini tiqib tikilib turgan Farmonov ko‘z 
oldiga kelar, goh vagonetkalarning tovushi, goh 
sershovqin do‘stlari to‘la mashinaning cho‘llar­
da yelib borishi qulog‘iga eshitilar edi. Nimani 
o‘ylashni, nimada to‘хtashni bilmaydi. Qandaydir 
o‘t ichidan iljaygan Saidning basharasi ko‘ziga 
ko‘rinib, o‘ylashga хalaqit beradi. Indinga ketishi 
kerak. Azizani ko‘rmay ketadimi? Yuragidagi dar­
dini aytmay ketadimi? Nahotki... Nahotki...
Bu payt Aziza shaharda Said ijarada tur­
gan uyning eshigini taqillatmoqda edi. «Hovlida 
qopag‘on it bor» deb yozilgan tunuka lavhadan 
vahimaga tushib, nariroqqa borib turdi. Eshik 
ochilavermadi. Yana oyoq uchida borib asta 
taqillatdi-da, undan ham nariroqqa qochdi. Mu­
yulishda bozorcha bor ekan, ko‘cha gavjum edi. 
Ertalabdan beri shahar kezib shu hovlini qidir­
gan Aziza sumkasini dam u qo‘liga, dam bu qo‘li­
ga olib, oyog‘ida zo‘rg‘a turar, g‘uborli havoni of­
tob qizitgandan qizitar edi.
Nihoyat eshik sekin g‘irchillab ochildi. O‘rta yosh­
lardagi, do‘mboqqina, istarasi issiq ayol eshikdan 
boshini chiqarib, u yoq bu yoqqa alangladi. Aziza 
«Ayacha, ayacha!» deb yugurib bormasa, eshikni 
yopib kirib ketadigan. Aziza Saidni so‘radi. Shu 
yerda turarkan, lekin hozir ishda ekan.
– Siz kimi bo‘lasiz, aylanay? – deb so‘radi shi­
rin so‘z «ayacha» qizning boshidan oyog‘igacha 
razm solib.
– Men... Men u kishining ilgarigi ishlaydigan 
joylaridan... Singil qatori...



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish