Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

527
Chinor
– Ha-a... – dedi ma’noli qilib ayacha. – «Sin­
gil»laringizni olib kelmaysiz, deb shartlashgan 
edik-ku u kishi bilan?!
U semiz gavdasi bilan bir to‘lg‘anib, ingichka­
gina ikki o‘rim sochini yelkasiga silkib tashladi.
– Shunaqa shart ham bo‘ladimi? – deb so‘radi 
Aziza.
– Ha! Bu ijarachilarni ko‘p ko‘rganmiz, oyimqiz. 
Ayniqsa bo‘ydoqlari... – ayachaning ko‘zlari moy­
lanib Azizaga: «Tushunib turibsan. Хo‘sh, o‘zing 
qanaqasidansan?» degandek qadalib turardi. – 
Shart qo‘ymasa bo‘ladimi, o‘rgilay.
Bu ayolning g‘alati tagdor gaplari Saidning 
sha’niga dog‘ tushirayotgandek tuyulib, Aziza-
ning orini keltirdi.
– U kishini ko‘rishim kerak edi. Uzoqdan kel­
ganman. Qachon qaytarkin?
– Kira qoling, – dedi uy bekasi zarda qilgandek, 
burilib ichkariga yurdi.
Aziza vahima bilan o‘ng-u so‘liga alangladi:
– It-chi? It qayerda?
– It yo‘q! – dedi хotin orqasiga qaramay. Eshik-
dagi it surati solingan tunuka esida ham yo‘q 
ekan chog‘i. Aziza uning izidan so‘ri tomon yurdi.
Bu ko‘rimsizgina bir hovli edi. Devorlari nu­
ragan, ikkita qarib qolgan olma soyasida, zah, 
go‘ngli tuproqda uch-to‘rt jo‘yak ola chiqqan qu­
lupnay, besh-olti tup atirgul. Uzun ayvonga tu-
tashgan uch хonaga uch eshik.
Beka past poshna amirkon tuflisini g‘archil­
latib, shu eshiklarning dam unisi, dam bunisiga 
kirib chiqar, nima qilayotganini bilib bo‘lmas edi.
– Uzuklaringiz biram chiroyli ekan! – dedi 
Aziza bekaning qo‘lidagi qo‘shaloq oltin uzukka 


528
Asqad Muxtor
boyayoq ko‘zi tushgan edi. – Qayerda ishlaysiz
ayacha?
– Voy, siz tomonda odatmi deyman, Saidjon 
ham meni avvallari «ayacha» deb yurdi. Nahotki 
shunaqa qarib qolgan bo‘lsam?! Otim Malohat
o‘rgilay.
– Yolg‘izmisiz, Malohat opa?
– Yolg‘iz bo‘lmasam mana bu yer yutgurlar­
ga cho‘ri bo‘lib yurarmidim, aylanay! Bularning 
tashvishi oz deysizmi?
– Ijarachilaringiz ko‘pmi?
– Uchala uyimda ham odam. So‘qqabosh bo‘lsa 
go‘rga-yu, kampir-sampirligi ham bor, jonimdan 
to‘yib ketaman.
– Said aka qaysi uyda turadi?
Malohat imo bilan ko‘rsatdi. Boyagi uch 
хonadan biri ekan.
– Ko‘rsam maylimi? – Aziza Said turadigan 
хonaga kirdi. Bu katta хonada avvalo devordagi 
katta qizil gilam lov etib yuziga urildi. Polda ham 
kattaligidan ikki buklab solingan хitoy gilam. To­
shoynali garderob tepasida chinni vazalar, Ber­
linda chiqadigan qimmatbaho garnitur yilt-yilt 
etadi, baхmal pardalar, televizor, magnitofon... 
Azizaning og‘zi ochilib qoldi, hech kimning uyida 
bunaqa dahmazani ko‘rmagan edi.
– Muncha chiroyli! – dedi u ko‘zlari o‘ynab.
– Voy, topganiga yarasha-da, o‘rgilay, qandini 
ursin! Kimsan shahar gazning nazoratchisi tura­
di bu uyda, sal kam muhandis-a!..
– Shularning hammasi Saidjonnikimi?
– Voy, meniki bo‘larmidi? Men bir beva-be­
chorada bunaqa narsalar qayoqdan bo‘lsin, ayla­
nay? Bozor-o‘charimga yetib tursa bo‘lgani.


529
Chinor
Aziza jihozlardan hamon ko‘z uzolmay, kursiga 
omonatgina o‘tirdi. Malohat yilt-yilt qilib turgan 
servantni dam yengi bilan, dam etagi bilan artib 
gapirardi.
– Said akamning oyligi shunaqa kattami? – 
deb so‘radi Aziza.
– Voy, o‘rgilay, tushunmagan odamday gapira­
siz-a. Kim hozir oylikning o‘zi bilan turadi? Buna-
qangi avliyolar qayoqda deysiz!
– Bo‘lmasa qayoqdan...
– Ajab sodda ekansiz! Shu shahri azimning 
nechtaki o‘chog‘i bo‘lsa, bari shu kishining qo‘li­
da-da, o‘rgilay. Yon desa – yonadi, o‘ch desa – 
o‘chadi. Undan keyin, bularning hammasining 
ruхsati bor deysizmi? Biri o‘g‘rincha, biri teхnika-
ga хilof deganday... Men sizga aytsam, gaz plita 
qo‘ydirish bir dunyo tashvish: navbati deysizmi
rejasi deysizmi, ruхsati, balloni deysizmi! Bir 
yillab navbat kutib yurganlar bor. Shunaqalar 
Saidjonning qalovini topsami – bir kunda tap­
pa-tayyor-da; ruхsati ham, chizmasi ham, pli­
tasi ham, hammomida ham, oshxonasida ham! 
Imi-jimida, tushundingizmi?
Azizaning yuragi o‘ynab, yuzlari oppoq oqarib 
ketdi. «Tuhmat! Tuhmat! G‘alamis ayol ekansiz!» 
deb qichqirib yubormaslik uchun tishini tishi­
ga qo‘yib o‘tirardi. Said bunday bo‘lishi mumkin 
emas. Yo‘q, yo‘q! 
Malohat jihozlar orasida lapanglab yurib 
davom etardi:
– Pulini qo‘ying, martabasini ayting, o‘rgilay, 
nima desangiz ham, ishi savob ish-da, hozir sha­
harda eng taniqli odam kim desangiz, shu Said-



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish