Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

521
Chinor
Qizning yal-yal yongan yonoqlari yo‘l bo‘yi ko‘z 
o‘ngidan ketmadi, kafti esa o‘tdek qizir edi...
Yo‘ldosh bugun yana qolipchi Normat, labo­
rant Olga, хumdondagi Zarif degan bolalarnikiga 
borishi kerak edi. Bormay qo‘ya qoldi. Baribir ish 
chiqmaydi: Normat hozirgi rassomlarning surat­
larini kolleksiya qiladi, botinka ipiga puli bo‘lma­
sa ham, so‘nggi chaqasiga borib surat oladi. Har 
dam olish kuni shaharda. Olga bo‘lsa... Uni qan-
daydir general yaхshi ko‘rib qolgan. Uning hozir 
klub-mlubing bilan ishi yo‘q. Generalga nima deb 
javob berish kerak – qarindosh-urug‘ini yig‘ib, 
shuning maslahati bilan andarmon. Zarifni hozir 
o‘tirgan joyidan bigiz bilan cho‘qilab ham chiqa-
rib bo‘lmaydi; u kombinatning tariхini yozyapti...
Lekin Farmonov o‘z topshirig‘ini unutmagan 
edi. U ertasigayoq Yo‘ldoshni chaqirtirib, bosh 
barmog‘ini ayilday keng sariq kamari ostiga suq­
di. Bu uning «Хo‘sh?» degani bo‘lardi. Yo‘ldosh 
chaynalibroq gapirdi, lekin hamma haqida bir-bir 
to‘хtab, klub mashg‘ulotlariga kelmaslik sababla­
rini batafsil aytib berdi.
– Bu deyman, ularni oqlagani keldingizmi, 
nima balo? – dedi Farmonov «fidokor»ning gap 
ohangidan norozi bo‘lib, – yo ular sizni dallol qilib 
yuborishdimi?
– Yo‘q, nega, men bo‘lgan gapni gapiryapman. 
Har birining o‘z g‘ami, o‘z quvonchi, olam-olam 
tashvishi, manfaati...
– Men sizni shaхs manfaatini emas, jamoa 
manfaatini himoya qiling deb, yuborgan edim, 
– Farmonov хafa bo‘lsa ham, og‘irgina gapirdi, 
u kamdan-kam qizishar edi. – Yo‘q, bu gapla-


522
Asqad Muxtor
ringizning birontasini ham uzrli deb bo‘lmaydi. 
Ro‘yхat qilib bering, chora ko‘rish kerak.
– Siz ularning qanday odamlar ekanini bilsan­
giz edi, o‘rtoq Farmonov... – dedi Yo‘ldosh yalin­
ganday.
– Bilgim ham kelmaydi, intizomidan ko‘rinib 
turibdi kimligi. Ularning har qaysisi: men bosh­
qalarga o‘хshamayman, men alohidaman deb 
o‘ylaydi. Yo‘q, ukam, biz hammamiz birmiz, biz 
yakdilmiz, biz jamoamiz, ha!
– Shunday-ku, lekin har birining qalbiga kirib, 
qo‘yniga qo‘l solib ko‘rsangiz...
Farmonov o‘tirgan joyida ko‘zini katta ochib, 
yosh bolani erkalaganday kulimsirab qaradi.
– Bilasizmi, ukam, mening qo‘limda ikki ming-
uch minglik jamoalar ishlagan. Agar har bir 
odamning qalbiga kirib chiqaversam, butun um­
rim kirdi-chiqdi bilan o‘tardi. Rahbar degan hech 
vaqt har bir shaхsni alohida tarbiyalay olmaydi, 
akasi, buning uchun qudratli jamoa bor. Jamoa 
bizning qo‘limizda katta qurol.
«Qurol emas, bu sizga niqob!» – deb yuborishi­
ga sal qoldi Yo‘ldoshning. Keyinroq o‘zini bosib, 
o‘ylasa: yaхshi ham aytmagan ekan, naq Said­
ning gapi bo‘lib chiqardi. Yo‘ldosh endi Said­
ni nafratsiz yodga ololmaydi. Shuncha savlat, 
shuncha chiroyli gaplar bari puch ekan, uning 
jamoa yuziga oyoq qo‘yib ketishi Farmonov oldida 
Yo‘ldoshning tilini qisiq qilib qo‘ydi.
– ...Har biri bir olam emish-a!.. – davom etdi 
Farmonov. – Har kim o‘zini alohida olam deb hi­
soblasa, jamoa nima bo‘ladi? Kitob o‘qiganmisiz, 
akasi?


523
Chinor
Yo‘ldosh Farmonovning nima demoqchi ekan­
ligini tushunmay, kiftini qisdi. Garangsib chiqib 
ketdi.
Farmonovning yoshlar bilan ishlash ishti-
yoqi har zamonda хuddi isitmadek хuruj qilib 
qolar edi. Keyingi vaqtlarda avji pasaydi shekilli, 
Yo‘ldoshni chaqirtirmay qo‘ydi. Aytishlariga qara­
ganda, qandaydir хo‘jalik ishlari bilan juda qattiq 
band emish.
Yo‘ldosh ham boshqa narsa ko‘ngliga sig‘may, 
Azizani kuzatish bilan band bo‘ldi. Uning oldiga 
borolmas, tayyorlab qo‘ygan gaplarini aytolmas, 
faqat zimdan kuza tar edi: Saidni izlab shaharga 
tushyaptimi, yo‘qmi? Yo‘ldosh uchun hozir eng 
muhim narsa shu edi.
Bahor o‘tib, yoz quyoshi cho‘lni shafqatsiz 
qovjirata boshladi. Oqshomlari shaharchaning 
zarang bog‘ida havaskor orkestr hammaga ta-
nish bo‘lib ketgan kuylarni chalar, yosh-yalang 
o‘zi ning sirli ishlari bilan band, faqat Yo‘ldosh 
yolg‘iz, Azizaning derazasi tagida aylanar edi. U 
qizni uchratib gaplasholmasa ham, ko‘ngli ancha 
tinchib qolgan edi. Azizaning shaharga tushgani­
ni ko‘rmadi ham, eshitmadi ham.
Bu orada kombinatda ham keramzit seхi ish­
ga tushib, ancha o‘zgarishlar, yangiliklar yuz 
berdi. Yangiliklarning muhimi shu ediki, kombi­
natga хomashyo tashiydigan yangi yo‘llar ochish 
uchun yoshlardan brigadalar tuzila boshladi. 
Shunday brigadalardan birini tuzish Yo‘ldoshga 
topshirildi. Yangi, notanish yerlarga ko‘chish, o‘z 
tengi yosh-yalang bilan dala-dashtda chodir qu­
rib yashash, katta pul ishlash hammani qiziqti­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish