498
Asqad Muxtor
– Said? – dedi bunga hayron bo‘lgan Yo‘ldosh.
«Hamma gapni eshitibdi!» –
degan fikr miyasiga
kelib urildi.
Said sakrab o‘rnidan turdi. Uning ko‘zlari
g‘alati, yuzida allaqanday shubhalar aralash ye
tilib kelayotgan qat’iyat ifodasi bor edi.
– Ha, yigit, sizmidingiz o‘sha... – Farmonov
qiziqish bilan Saidning gavdasini ko‘zdan kechir
di. Keyin qansharidan katta ko‘zoynagini olib,
hafsala bilan artarkan: – Tuzuk, tavakkalchi
ekansiz, – dedi.
Uning Saidga aytgan gapi shu bo‘ldi. Maqtab
aytdimi, qoralabmi – bilib bo‘lmasdi.
Yo‘ldoshning
fikricha, Saidning o‘zgarishi
ham, fojiasi ham mana shu kundan boshlan
gan edi. Odamning shu qadar keskin o‘zgarishi
mumkinligini haligacha aqliga sig‘dirolmaydi.
Saidning yurish-turishi ham, o‘ylari, gaplari ham
o‘zgarib ketdi, o‘zi ham tushunib bo‘lmaydigan,
g‘alati bo‘lib qoldi. Gap uqtirib bo‘lmaydi, qaysar.
Na do‘stlikni, na yaхshilikni tan oladi. Yo‘ldosh
uning soyasi bunchalik yupqaligini bilmas ekan.
Hammani tashvishga solib qo‘ydi. Ayniqsa Aziza
bechorani.
Bir haftadan keyin Yo‘ldosh хunuk gap eshit-
di: Said kombinatdan ketish haqida ariza ber
ganmish. Yo‘ldosh munchaligini kutmagan edi.
Shunchaki ketish bo‘lsa mayli edi, har kim ham
ketishi mumkin: Said ham, boshqasi ham. Lekin
Saidning arizasi o‘sha voqeaga bog‘liq-da. Bunga
hammaning ham aqli yetadi. Yo‘ldoshning ko‘ngli
g‘ash tortib ketdi. Aхir u bu qilmishi bilan o‘ziga
ham, sheriklariga ham dog‘ tushiradi-ku unda.
499
Chinor
Farmonovning gapi bashorat bo‘lib chiqadi: no
mim gazetada chiqsin deb o‘tga kirgan bo‘ladi.
Ammo Yo‘ldosh Saidning unday emasligiga
ishonadi. Uni hozir topish kerak. Balki uydadir.
Keyingi vaqtlarda kechqurunlari u klubga ham
chiqmay qo‘ygan. Gaplashib ko‘rish kerak, o‘zi
nima gap?
Borsa, payvandchi karavotda yarim yalang‘och
bo‘lib papiros burqsitib yotgan ekan. Chirog‘ini
ham yoqmabdi. Qorong‘i uy tutunga to‘lgan.
Yo‘ldosh do‘sti bilan salomlashib, chiroqni yoqdi,
derazani ochib yubordi.
Said baqaloq gavdasini
asta ko‘tarib, shimini kiydi, oldi ochiq ko‘ylagini
yelkasiga tashladi. Uning bir хonalik uyi ancha
fayzli, polga cho‘g‘dek gilam to‘shalgan, bu atrof
ning do‘konlarida topilmaydigan alomat torsher,
hatto bufetida arzongina serviz ham bor edi.
Said stoldan allaqanday oldi-qochdi fantastik
kitoblarni
surib tashlab, qadah, stakan qo‘ydi.
– Almisoqdan qolgan choraktam bor... – dedi u
Yo‘ldosh o‘ziga kursi olib o‘tirdi.
– Buning uchun kelganim yo‘q... Menga qara,
ariza berganing rostmi?
– Bersam nima bo‘pti? – Said qadah bilan
stakanni ijozatsiz to‘ldirdi. – Birov ketadi,
birov
keladi, har kimning iхtiyori o‘zida. Qozonchi ning
erki bor qaydan quloq chiqarsa, degan gapni es
hitmaganmisan? Boshqa joyda ham bir ishlab
ko‘raylik. Yo buning aybi bormi?
Yo‘ldosh oldidagi qadahni urishtirmasdanoq,
yakka o‘zi suvdek ichib yubordi.
– O‘zingni go‘llikka solib nima qilasan, Said, –
dedi labini yengi bilan artib, – men bilaman-ku,