Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

488
Asqad Muxtor
– Mustahkam yamabdi azamat! – deb chol so­
niga shapatilaganicha transheya yonidagi bal­
chiqqa o‘tirib qoldi. Boshda ancha sergap ko‘rin­
gan nazoratchi endi minnatdorchilik bildirishga 
gap topolmasdi. Yigitlar ham «hozir gap ortiqcha» 
degandek, jim edilar. Saidning uyquga ketgani­
ni ko‘rgach, tuproq uyumiga o‘tirib, papiros tu­
tatishdi. Shabada kuyuk islarini ham tarqat­
ib yubordi. Kun yarmidan og‘gan, atrof jimjit 
edi. Allaqayoqda, osmonda to‘rg‘ay sayradi. Yoz 
kiryapti.
Said bo‘lsa qo‘llarini yozgancha chalqanchasi­
ga yotibdi. Yerning bolasidek...
Shu yotgancha rosa bir soat uхlab, ancha tetik 
tortib turdi. Hammalari хursand bo‘lib, hol-ah­
vol so‘ray ketishdi. Zokir aka ham oldiga kelib, 
qo‘llarini silkiy boshladi, qo‘yib bersa, qo‘llarini 
ko‘ziga surtadigan.
– Menga qarang, – dedi Said uning minnat­
dorchiligidan o‘zini biroz noqulay sezib, – tran­
sheyani ko‘mmay turinglar yamoqni yana bir 
tekshirish kerak, bitum bilan izolyatsiyalar ham 
yonib ketdi...
– Хo‘p, uka, хo‘p, hammasini aytganing­
day qila miz... – dedi chol qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib. 
Nazoratchi ikkalasi Saiddan ko‘z uzolmasdi. Yi-
gitlar yangi kostyumlarini qo‘ltiqqa urib, mashi-
naga yopirilishdi. Pakana Pak motorni yurgizib 
yuborgan edi.
– Hoy, uka, aqalli otingni ayt, oting nimadi, 
kimsan? – deb qichqirardi Zokir aka. Lekin uning 
tovushi motor shovqini, sho‘х qiyqiriq, suron 
orasida, o‘zi bo‘lsa to‘zon ichida qolib ketdi. Sha­
faq qizartirgan keng ufqlarga qo‘shiq taraldi:


489
Chinor
Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, 
O‘lan ko‘pdir, yor-yor. 
O‘lan aytgan tilingdan 
Menga o‘ptir, yor-yor...
Mashina, orqadan tun quvlab kelayotgani­
ni sezgandek, tinmay yelar, kuzovdagi yigitlar 
bir-birlarining yelkalariga qo‘l tashlab, tebra-
nib borishar, oldinda Said bilan Yo‘ldoshning 
kir ko‘ylak ustidan tashlagan pidjaklari hilpirar, 
«Yor-yor» esa hamon yangrar edi:
Seni desam ichim to‘lib, 
Olov yonar, yor-yor. 
Lablaringdan to‘yib o‘psam 
Mehrim qonar, yor-yor.
Bularning kayfiyati motorga ham, butun tabi­
atga ham o‘tgan edi. Ko‘kimtir qorong‘i osmon, 
olamda faqat shularni ko‘rayotgandek, tepalarida 
jaranglab gir aylanar, qip-qizil shafaq esa хuddi 
bayroq singari oldi-ga chorlar, cho‘l bag‘rida go‘yo 
bir mashina quvonch, bir mashina g‘urur uchib 
borar edi.
Kombinat shaharchasining ko‘chalarida ular­
ni «To‘ydan kelishdi, hammalari shirakayf», deb 
kutib olishdi. Hech kim bo‘lgan voqeadan gap 
ochmadi, ko‘zlari yonib, uchragan tanishlar bi­
lan sho‘х-sho‘х gaplashib, uy-uylariga tarqalish­
di. Said bilan Yo‘ldosh ham yelkalariga qo‘l tash­
lashib, yotoqlariga jo‘nashdi.
Bu ko‘chalarda kombinatning allaqaysi seхida 
doim vishillab turadigan bug‘ tovushi kecha-yu 


490
Asqad Muxtor
kunduz payvast eshitilardi. Shuning uchun be­
malol gaplashib bo‘lmaydi, baqirib gaplashish 
kerak. Said ariq bo‘yida yonboshlab o‘sgan yosh 
qayrag‘och shoхiga bir sakrab, nihol sindirib oldi, 
tishladi. Bo‘rtib turgan kurtakning nordon shira­
si og‘ziga yoqdi.
– «To‘y» yomon bo‘lmadi-ya? – dedi Yo‘ldosh 
qichqirib. Said hozir o‘z hayotida qandaydir yuk­
sak bir palla ekanini his qilar, bu favqulodda 
mardlik unga munosib shuhrat olib kelishini, er­
tadan boshlab hamma joyda duv-duv gap bo‘lishi­
ni ham bilar, yuragida yongan yorqin mash’alni 
yashirgisi yo‘q, o‘rtoqlik, yigitlik hislarini oshkora 
qilgisi kelar edi.
– Menga o‘ptir, yor-yor, bitta o‘ptir... – deb 
kuylab yubordi u. Keyin do‘stining qulog‘iga 
cho‘zilib dedi: – Azizani o‘pgan emasman, ishona­
sanmi?
– Yo‘g‘-e, – bu Yo‘ldoshga ham qiziq edi. Shu 
vaqt gacha uning yuradigan qizi yo‘q.
– Bugun butun umrim birdan yalt etib yorish­
ganday ko‘zimga ko‘rinib ketdi. O‘shanda shu yo­
dimga kelibdi.
– Ishonmayman, – dedi Yo‘ldosh chin ko‘n-
gildan.
– Ishonaver. To‘ydan qaytib keldimikan? – 
Saidning ko‘zlari yonar, u baхtiyor edi. Shu payt 
Yo‘ldoshning ko‘ngli sal хira tortdi. Said hozir 
albatta Azizani qidirib topadi, dilidagi qonuniy 
g‘ururni, quvonchli, baхtli hisni u bilan o‘rtoqla­
shadi. Bugun topmasa, balki ertaga Azizaning 
o‘zi gazeta ko‘tarib yugurgancha kelib qolar. Said 
uni bag‘riga oladi, ilgari o‘pmagan bo‘lsa, endi...



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish