Muallif: Ledy b pdf muharrir: Nargis



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.10.2022
Hajmi0,92 Mb.
#851182
  1   2
Bog'liq
7 QIZ 7 TAQDIR LEDY B



#Yetti_qiz_yetti_taqdir 
Muallif: Ledy_B 
Pdf muharrir: Nargis 


Hammaga salom.. 
Uzoq tanaffusdan keyin yana sizlar bilan birgaligimdan xursandman.. 
Hammangiz ijtimoiy tarmoqdagi boshqa kanallardagi hikoyalarni òqigan 
bólsangiz kerak. Uni yozgan yozuvchilar bilan ham suhbat qurgan bólsangiz 
kerak.. 
Lekin hech qiziqib kórganmisiz.. ular aslida qanday insonlar.. ularning 
ichlarida qanday dardlari bor.. ular haqiqiy hayotlarida ham yozgan 
asarlari bosh qahramoni singari ,,YULDUZ'mi??? 
Mening bu hikoyam biz sevib óqigan yozuvchi qizlarimiz haqida.. hikoya 
davomida sizlarga ham òzimga ham SABR tilayman
😁
#Ledy_B
Musaffo osmonning birdan ,,qovoq solishi" go‘yoki kelajakda bo‘ladigan noxushlikni sezgandek, qora 
bulutlar osmonni qoplab oldi.
Kollejni a‘lo baholarga bo‘lmasa ham, har qalay yaxshi kayfiyatda bitirib olgan talabalar, Universitetga 
kirganliklaridan o‘zlarida yo‘q xursand va bu osmonning avzoyi buzuqligiga uncha e‘tibor berishmadi.. 
Xar hil viloyatlardan kelgan qizlar Toshkent Milliy Universitetiga Grant asosida o‘qishga kirishdi.
Yulduz Ne‘matova - Farg‘ona, Qo‘qon 
Malika Ashirmatova - Toshkent 
Marina Botirova - Qashqadaryo 
Marjona Sadriddinova - Samarqand 
Dinora Matniyozova - Xorazm
Sevara Arziboyeva - Andijon 
Marhabo Zulponqulova - Jizzax 


Ha bu talaba qizlar taqdir hazili singari har xil viloyatdan Toshkentdek shahri a‘zimga o‘qish uchun 
kelishgandi. Nasibasi qo‘shilishib Universitetga ham kirib olishdi.. ro‘yhat bo‘yicha 7 ta Grant va 
bularning hammasi qizlar edi.. 
Garchi hozir ular bir - birini tanishmasa ham taqdirning va o‘tmishning achchiq qismati ularni bog‘lab 
turardi. 
Goh qiyin goh osonlik.. goh araz goh shodliklar bilan Talabalar 1- kursni ham yakunlab olishdi.. 
Manashu 1 yil ichida a‘lochi qizlar eng yaqin dugonalarga aylanishdi.. 
* * * * *
- Qizlar balki biror joyga borib g‘alabani yuvarmiz.. - dedi shaddod Marjona 
- Men oyimdan so‘rashim kerak - dedi iymanib Yulduz 
- Eh Yulduz har doim shunday qilasan - dedi qo‘lidagi kitobdan ko‘z uzmay Dinora 
- Axir nima qilay oyimdan ruhsat so‘ramasdan ish qilsam naq 3- Jahon urishi bo‘ladi - deb qo‘li bilan 
xuddi avtomat otayotgandek harakat qildi 
- eee xullas gap tamom.. dam olgani tog‘ga boramiz.. - dedi Malika 
- nega tog‘ga? - dedi Marhabo tushinmay
- sababi bizda o‘rmon ham dengiz ham yo‘q..demak tog‘ga boramiz. 1oyga.. - dedi Malika ikki qo‘lini 
beliga qo‘yib
- 1 oyga!!! O yo‘q.. men aniq borolmas ekanman. Uyimdagilar ruhsat bermaydi.. - dedi Sevara hafa bo‘lib
- biz uydagilarga haqiqatni aytmaymiz..Professorning buyruģiga kòra, guruh bilan amaliyotga 1 oyga 
ketyapmiz deymizda. . - dedi Marina ayyorona kulib 
Qizlar o‘zaro kelishib olishgach, eng avval ruhsat tegishi qiyin bo‘lgan dugonalarining ota onalari bilan 
gaplashishga qaror qilishdi.. 
- Xo‘p deya qoling.. Gulbahor xola - dedi telefonga erkalanib Marina
- men-ku xo‘p deganim bilan sen qiz tushmagurlar tinch borib kelishmaysanda..- dedi telefon orqali 
Yulduzning oyisi Gulbahor xola 
- xolajooon axir biz o‘ynagani emas amaliyotga ketyapmizku...keyin kuratorlarimiz ham biz bilan 
bo‘lishadi.. havotir olmang - deb Marina yonidagi qizlarga ko‘zini qisib qo‘ydi 
- tavba tavba.. - go‘shakdan Gulbahor xolaning hayron ovozi eshitildi - adabiyotchilar ham amaliyotga 
borsa ya?!.. 


- Haaa.. haligi.. adabiyotchilarga ham ilhom parisi kelish uchun amaliyot kerak-da, xolajoon - dedi 
Marina yolg‘onlari ochilib qolishidan biroz qo‘rqib 
- ha mayli.. eson omon borib kelilar.. ammo avgust oyida Yulduz Qo‘qonda bo‘lmasa, qattiq hafalashib 
qolamiz.. xo‘pmi asal qizim - dedi biroz buyruq va tahdid ohangda Gulbahor xola va telefonni o‘chirib 
qo‘ydi.
- Huuuh.. hayriyat - deb yasama peshonasini artdi Marina - oying bilan gaplashib sal qolsa sirimiz 
ochilishiga sal qoldi ya Yulduz.. Oying ham naq Sherlock Holmsning o‘zi ekan-da. Qayerdan bilarkin 
adabiyotchilar tog‘ga amaliyotga bormasligini.. 
- Oyim bilan hazillashmagan ma‘qul. Men shuning uchun oyimdan juda qo‘rqamanda - dedi Yulduz 
hijolatomuz jilmaydi.
- Xo‘sh endi kimning navbati - deb telefonga ishora qildi Marhabo 
- menimcha Sevarani - deb deraza tokchasida hayol surib o‘tirgan Sevaraga ishora qildi Dinora 
- Sevara. .Sevara - chaqirdi Malika u tomonga yaqinlashib 
Sevara hamon indamay ko‘chaga qarab turardi.
- Hoy Sevara! - deb yelkasidan ushladi Malika 
Sevara bir cho‘chib orqasiga qaradi va qulog‘idagi naushniklarni yechdi.. 
- Malika qo‘rqitvordingku - dedi Sevara yoqasiga tuf tuflab 
- E naushnigingni simi uzilib tushsineey.. boyadan beri chaqiryapmiz.. uyingdagilardan ruhsat olishimiz 
kerakmi? - dedi Marjona ular tomonga yaqinlashib 
* * * * *
Poyezdning go‘yoki beshikdek tebranishidan ko‘pchilik uxlab qoldi. Ammo Yulduz emas. U uxlolmayapti.. 
chunki bugun poyezd stansiyasida ,,U"ni ko‘rib qoldi... shundan beri hayoli ,,U"nda.. Poyezd ham shuni 
sezgandek, tebranib uni xotiralar olamiga olib ketdi... 
YULDUZNING XOTIRALARI... 
Yulduz juda omadli qiz.. yoshligidan xohlagan narsasiga erishib katta bo‘ldi. Shaddodligi bois, sport 
malikasiga aylandi. Yosh chempion qiz chet davlatlariga ham borib keldi. Maktabda hamma unga havas 
va hasad ko‘zlari bilan qarashardi.. Yigitlar bu kurash malikasini qalbiga yo‘l topolmay, yetmaganiga sevgi 
izhorlari uchun kaltak ham yeb olishardilar..
Ammo bir kuni... manashu bir kuni hammasi o‘zgardi.. o‘shanda Yulduz 15 yoshga kirgandi... 
Poyezdning signalidan Yulduz hayollar olamidan haqiqiy hayotga qaytdi. Va yostig‘i vazifasini o‘tayotgan 
Marhaboga yaxshiroq suyanib uyquga ketdi... 


Orqa o‘rindiqdagi yana bir go‘zal ham uxlolmay bedor ketmoqda edi.. kecha ota onasidan bugungi 
sayohatga ruhsat so‘rash uchun telefon qilgandi.. ular ruhsat berishdi faqat bitta shart bilan.. ota ona 
istagi uni ham xotiralar tomon yetakladi... 
MARJONANING XOTIRALARI.... 
Marjona... u haqiqatdan ham dugonalari ichida dur u la‘ldek tovlanib turardi. Maktab vaqtida ham 
,,Orasta qizlar" tanlovida albatta birinchilikni egallardi. Ham aqilli ham go‘zal bu qiz yoshligidan boshlab 
yuqori sinf va o‘z sinfdosh yigitlari tomonidan ,,ko‘z ostiga" olinish boshlandi. U sabab maktabda yigitlar 
o‘rtasida janglar bo‘lardi. Hattoki uni deb qamalib chiqqanlar ham bor edi.. 
Kollejning 1- kursni bitirgan Marjona xush kayfiyatda uyiga keldi. Darvozadan kirishi bilan 
mehmonxonadagi mehmonlarning ovozlarini eshitib qoldi.. 
- xo‘p deya qoling, opajon.. qizingiz maktabda o‘qib yurganda yosh degandiz.. mana kollejda ham 1 yil 
o‘qidi. .qizbola o‘qib nima qiladi-a? Xudoga shukr o‘g‘limning topish tutishi yomonmas.. - degan gapni 
eshitib Marjonani jahli chiqdi.
- ha endi.. dadasi nima desa shuda... - iymanib aytilgan bo‘lsa ham onasining roziligini sezib qoldi. 
- mayli keyingi safar o‘g‘lim bilan erim ham kelishmoqchi edi.. mayli bo‘lmasa.. men boray - dedi sovchi 
ayol 
Marjona tezlik bilan xonasiga kirib ketdi.... 
Poyezdning signali uni ham xotira olamidan chiqishiga sabab bo‘ldi. Marjonaga yaxshi joydan sovchi 
kelibdi.. Shu sabab ota onasi uni dugonalari bilan sayohatga borib kelishlariga ruhsat berishdi. Marjona 
yonida shirin uxlab yotgan Malikaga suyanib uxladi.. 
Kutilgan manzilga ya‘ni Chimyon tog‘lariga yetib kelishdi.. atrof juda go‘zal.. oldinda mag‘rur va oppoq 
tog‘lar.. ungacha esa yashil dala va toshli adirlar..
Qizlar safar sumkalarini olishib yo‘lga tushishdi.. 
Hammadan orqada ketayotgan Dinorani hayollari dalalar va u bilan bog‘liq xotiralar olamiga g‘arq 
bo‘ldi..
DINORANING XOTIRALARI... 
Yoshlikdan sho‘x va shaddod bo‘lib ulg‘aygan Dinora na ota onasini va aka opalarini gapiga kirmasdi.. 
Erka qiz, kenja qiz, deyishib har doim uning istaklari bajo bo‘lardi.. har doim..
Dinora maktabda ham shunday erka bo‘ldi. Hatto maktabni bitirishayotgan vaqtlarida ham bu erkaliklar 
tugamagandi.


Dinora o‘zi xohlagan kollejga kirdi. Ko‘zga ko‘ringan Xorazm go‘zalining uyiga asta sekin sovchilar kela 
boshlashdi. Ammo Dinora hammaga rad javobini berardi. Chunki uning ko‘ngli qo‘shni yigit - 
Doniyorga allaqachon tushgandi.
Doniyor va Dinora bolalikdan birga katta bo‘lishgan. Birga dalalarga o‘ynagani borishar va u yerda 
Doniyor chigirtka ushlab Dinorani qo‘rqitib yurardi.. Ular doim kelin-kuyov bo‘lishib o‘ynashni 
yoqtirishardi. Avvaliga Dinorani otasi bolalarning bu o‘yiniga qarshilik qilmadi..Ammo yillar o‘tib o‘smirlik 
davri kelganda ham bu o‘yin tugamadi va haqiqatga yaqinlashayotganini kattalar sezib qolishdi.. Ammo 
Doniyorni oilasi biroz kambag‘alroq edi.. Dinorani dadasi esa kimsan Bank direktori..
Dinora va Doniyor bir birlarini juda qattiq sevib qolishgandi.
Dinorani uyidagilari uni boy joyga uzatishlarini va kambag‘al qo‘shni yigitni unitishini buyirishdi. Ammo 
Dinora o‘z so‘zida turib oldi. 
- Tegsam faqat Doniyor akamga tegaman. Yo‘qsa bu dunyodan toq o‘taman.. agar majburlab boshqasiga 
erga bermoqchi bo‘lsangiz bu uyda to‘y emas aza bo‘ladi.. !!!! 
Shunda Dinorani dadasi o‘rtaga shart qo‘ydi.
Agar Dinora Toshkentga o‘qishga kirsa va o‘qishni a‘lo baholarga bitirguncha, Doniyor chet eldan boy 
bo‘lib qaytsa ularni to‘yiga rozi bo‘lishga va‘da berdi..
Doniyor va Dinora endi baxtli edilar. Dinora tirishib o‘qidi.. qo‘shimcha darslarga bordi. Doniyor esa chet 
elga ketish uchun pul yig‘a boshladi. Dinorani Toshkentga o‘qishga kirgani ikkoviga ham olam olam zavq 
va umid berdi.. va Doniyor Yevropaga uchib ketdi..
To‘satdan oldidan sakrab o‘tgan chigirtkani deb Dinora cho‘chib hozirgi vaqtga qaytdi va baqirib qizlarga 
yetib oldi. 
- Dinora qo‘rqma bu shunchaki chigirtka - dedi Marhabo uni quchoqlab 
- chirrilashini qaranglar..bitta sakrab chaqib olsachi - deb Marhaboni ortiga yashirindi Dinora 
- chaqsa o‘lmaysan.. og‘rimaydi ham - deb Marina chigirtkani qo‘liga olib Dinorani quvlay ketdi. Dinora 
baqirib qochdi.. qizlar ham ularning ortidan yugirishdi..
Quyosh botay deganda qizlar o‘rmonga o‘xshash joyga kelib qolishgandi. Malika va Sevara o‘tin terishga 
ketishdi. Marhabo va Marina ovqat qilishga kirishib ketishdi. Marjona va Dinora suv olgani ketishdi. 
Yulduz esa hamma o‘tirishi uchun hozirladi.. 
Malika va Sevara qo‘llariga ancha o‘tin yig‘oshdi.. 
- Hozir yoz bo‘lsa ham kechasi sovuq bo‘lib ketishi mumkin.. menimcha terganimiz yetadi.. - dedi Malika 
1 bog‘lam o‘tinga ishora qilib 
- balki.. tezroq qaytaylik menga bu yerlar yoqmayapti - dedi Sevara atrofga havotirli qarab 


- nimasi yoqmayapti? Tabiat qo‘yni, musaffo osmon va quyosh botishi. . Ehh shu yeriga o‘ktam va 
kelishgan yigit yetishnayaptida - deb o‘zicha hazil qildi Malika 
- Salom go‘zallar! - qizlarning oldidagi katta harsang tosh tepasida bir yigit paydo bo‘lib qoldi 
- yo‘lingdan qolma! - deb qovoq soldi Malika 
- sizlarga o‘ktam va kelishgan yigit kerak deb eshitdim.. mana istagingiz bajarildi - deb yigit qo‘ynidan 
olma chiqarib qarsillatib tishladi 
- kelishgan va o‘ktam yigit?! Qani u?! Men bu yerda qarsillatib olma yeyayotgan echkidan boshqa hech 
kimni ko‘rmayapman - dedi Sevara va Malika bilan birga o‘tinlarni olib qizlarni oldiga ketishdi 
- echki degin.. mayli bugun echki bo‘lsak bo‘libmizda - deb kuldi yigit.. Yigit harsangdan sakrab tushib 
yerdagi qora xaltani olib quyosh botayotgan tarafga 1 km cha yurdi. Uni o‘rtaga olov yoqib go‘sht 
pishirishayotgan 5 tacha yigit kutib oldi.
- Mardon qayerlarda qolib ketding? Mashinangni topolmadingmi? Yo yo‘lda adashib qoldingmi? - dedi 
qora soch qora ko‘zli yigit 
- E nimasini aytasan Sherzod.. qaytayotganimda qayoqqa ketayotganimni ham esdan chiqarib 
qo‘ygizadigan darajada go‘zal bir yo‘q ikki qizni ko‘rdim - dedi gavdali va zamonaviy kiyingan..kulrang 
ko‘zli, to‘q jigarrang sochli yigit Mardon.
- Mardon..shunday go‘zallarni tashlab oldimizga kelaverdingmi? - dedi gitara chalib ótirgan Yusuf kulib
- Ey ular juda go‘zal ammo bir muammo bor-da - deb boshini qashidi Mardon
- qanaqa muammo? - so‘radi chekkaroqda o‘tirgan Mustafo
- ular podachi qizlarmikin deb qo‘rqaman - dedi kulib Mardon 
- podachi?? - hayron bo‘lib so‘radi Olim
- ha shunchaki meni ko‘rishgandan beri echkilar haqida gapirishdi.. - dedi Mardon
Uning gapidan qolganlar rosa kulishdi. . 
- men ham daryo oldida ikkita qizni ko‘rdim. Qiziq. Bu yerga qizlar dam olgani kelishgan ko‘rinadi. Lekin 
ular tikuvchimikin deb o‘ylayapman. Agar yana ularga qarasam ko‘zimga igna tiqib olishlarini aytishdi - 
dedi Olim
- ha mayli.. podachimi tikuvchimi muhimi go‘zal bo‘lishsa bas - dedi shashlik pishirayotgan Ja‘far
* * * * 
O‘tinlarni gulxan oldiga qo‘ygan Malika va Sevara Yulduz tayyorlab qo‘ygan joylarga o‘tirishdi.
- jin ursin uni.. kayfiyatimni buzay dediya - dedi yelim idishlarda suv olib kelgan Marjona. 


- e nimasini aytasan.. xuddi o‘zga sayyoralikni ko‘rgandek anqayib tikilishiga o‘laymi - deb Marjonani 
gapini ma'qulladi Dinora
- kim haqida gapiryapsizlar? - so‘radi Marina ularni gapiga tushunmay
- bitta ahmoq ko‘zoynak haqida. Suv olgani borsak bitta dovdir bizga qarab turibdi. Xuddi umrida qizlarni 
ko‘rmagandek - dedi Dinora Yulduzni yoniga o‘tirib - ha mayli o‘tgan ishga salovat. Marina Marhabo 
o‘ylaymanki, bugun qorinchamni hafa qilmaysizlar. 
- qorinchang hafa bo‘lmaydi. Axir Marinani ovqatini oldida 5 yulduzli mehmonxonani ovqati hech 
narsamas - dedi Malika va bugungi yigitni hayolidan o‘tkazdi.
- Malika!! - Marhabo uni chimchiladi
- ay! Nega chimchilaysan.. og‘ridiku - dedi arazlagandek.. 
- seni chaqirdim. Lekin eshitmading.. yonimda o‘tirib eshitmaganingdan keyin chimchilaymanda - deb 
unga ovqat quyib berdi.
Qizlar ovqatlanishib yotish uchun o‘rinlarini aylana xolatda qilib olishdi.
- qizlar kelilar o‘yin o‘ynaymiz - dedi Sevara 
- qanday? - qiziqib so‘radi Dinora 
- manabu yelim idishni aylantiraman. Orqa tarafi kimga tushsa savol beradi. Qopqoq tarafi kimga tushsa 
javob beradi.. agar javob bermasa o‘rniga buyurilgan ishni bajaradi.. oddiy qilib aytganda ,, Haqiqat yoki 
jasorat" - deb Sevara idishni aylantirdi.
Idishni orqa qismi Marinaga tushdi. Qopqoq qismi Dinoraga. . 
- Xo‘sh.. Dinora.. sevgan yigitingni ismini 1 yil yashirib kelding.. endi bu imkoniyatdan foydalangan holda 
sevgan yigiting haqida aytib ber - dedi Marina bir qoshini ko‘tarib jilmaydi 
- ey! Buni yana 3 yil yashirmoqchi edim.. mayli aytaman.. uning ismi Doniyor, qo‘shni yigit.. - dedi uyalib 
- vooooy.. mana sevgi.. xuddi kliplardagidek. Go‘zal qiz va qo‘shni yigit sevgisi - dedi Marhabo havas qili 
- qaysi klipni aytyapsan? - dedi Yulduz 
- haligi.. anavichi.. go‘zal qiz bo‘ladi. Qo‘shnisini sevib qoladi.. - deb Marhabo tushitirayotgandi, Marjona 
uni gapini bo‘ldi 
- hamma kliplar shunaqaku - dedi Marjona 
Qizlar kulib yuborishdi.. 
Dinora idishni aylantirdi.. 
Orqa qismi Yulduzga qopqoq qismi Marjonaga tushdi 
- O‘.. Marjonam, safarga chiqishimizdan beri so‘ramoqchi bo‘lardim.. ota onangni qanday ko‘ndirding? - 
so‘radi Yulduz 
Marjona aynan shu savoldan cho‘chiyotgandi.. 


- savolga javob bermayman.. ish buyur.. - dedi ko‘zlarini yashirib 
- unda.. 
- yo‘q! Marjona ayt.. sen yo‘lga chiqqanimizdan beri hayolparast bo‘lib qolgansan.. tinchlikmi? - deb 
so‘radi Malika 
- xullas.. meni fotihalashyapti.. bu sayohat sizlar bilan birga bo‘ladigan birinchi va so‘ngi sayohatim.. ota 
onam uyga qaytganimdan keyin meni uzatishmoqchi.. menimcha endi o‘qimasam kerak - deb yerga 
qaradi Marjona 
Qizlar Marjonani gapidan hayratga tushib qolishdi.. to‘g‘rida. Eng a‘lochi, go‘zal va samimiy dugonalari 
uyga qaytishi bilanoq erga tegib ketadi.. 
- o‘zi yigitni taniysanmi? - asta so‘radi Marhabo 
- uni hatto isminiyam bilmayman - deb boshini tizzlariga qo‘yib oldi Marjona
- Nima?!!! - baqirdi Malika - umringda ko‘rmagan, tanimagan va hattoki ismini ham bilmaydigan odamga 
sen 1 yarim oydan keyin erga tegasanmi? 
- hoy qiz sen ko‘ylak yoki kartoshka sotib olayotganing yo‘q. Bu umr savdosi.. qanday qilib axir.. e xullas 
men hech narsaga tushinmadim - deb boshini changalladi Sevara 
- qizlar.. Marjonni siqmanglar.. axir ota-onamiz bizga yomonlikni ravo ko‘rmaydiku .. Marjona.. asalim 
baxtli bo‘l.. - deb Marhabo Marjonani quchoqladi..
- qizlar. Menimcha uxlaganimiz yaxshi.. bo‘lmasa yana kimnidir uzatib yuboramiz - deb sekin kuldi 
Marina - hayrli tun.. 
Qizlar ming bir hayol bilan uyqiga ketishdi.. 
Barglarning shubhali shitirlashidan qizlarning uyqisi buzilib ko‘zlari katta katta ochildi.
- voy nima u? - dedi Marina qo‘rqib Malikani oldiga borib oldi.
- qizlar ortimga o‘ting. - deya Yulduz terilgan o‘tinlar orasidan yo‘g‘onroq yog‘ochni qo‘liga olib oldi.. 
- xo‘sh..xo‘sh.. hayrli kech go‘zallar.. - deb gulxan yorug‘ida Mardon irshayib ko‘rindi.
- Sen!! - Sevara va Malika birdaniga uni ko‘rib baqirishdi 
- O‘.. podachi qizlar.. echkilarni boqib oldingizlarmi? - deb yanada yaqinroq keldi 
- hoy joyingdan qimirlama.. nima kerak senga..qani bu yerdan daf bo‘lchi!! - deb Yulduz qizlarni pana 
qildi 
- sen ham chakki emassan, shakarim..ammo menga anavi qiz kerak - deb Mardon Malikaga ishora qildi - 
agar uni menga bersangiz tinchgina ketaman.. 
- tushingni borib suvga ayt.. - deb tilini chiqardi Sevara 


- sen aytgan podachi qizlar shumi? Chakki emas.. - deya Mardonning ortidan Ja‘far ko‘rindi.. 
Ja‘far qizlarga bir bir razm solib chiqdi.. Malikani ortiga yashirinib turgan Marinani ko‘rgach, butun 
tanasidan elektr to‘k o‘tgandek bo‘ldi. Bu ohudek begonadan qo‘rqib turgan qiz nimasi bilandir o‘ziga 
tortib turardi.
- Hoy kar senga gapiryapman!!! - deb o‘shqirdi Yulduz
- nima deysan jonginam? - deb unga beparvo qaradi Ja‘far 
- hozir shu jonginam degan tilingni uzib olaman - deb Yulduz Ja‘farga qo‘lidagi yog‘ochni otdi. Ja‘far chap 
Berdi ammo yog‘och Mardonni boshini yordi.. u hushidan ketdi..
- bittasi tayyor. Endi seni gumdon qilaman - deb Yulduz unga tashlandi. Ammo orqadan kimdir kuchli 
qo‘llar bilan uni mahkam ushlab oldi.
- qo‘yvor meni. Hozir abjag‘ini chiqaraman.. qo‘yvor dedim - baqirdi Yulduz va oyog‘i bilan ortidagi 
kimsani tepishga harakat qildi.
- tipirchilama.. baribir qo‘yib yubormayman.. - deb kimsa Yulduzni o‘ziga qaratdi.. 
Yulduz kimsani yuzini ko‘rgach tipirchilashdan to‘xtadi .. uni mahkam ushlab turgan ,, U" edi..
- Yusuf?!! - ovozi titrab chiqdi Yulduzning 
- Yulduz??? - Yusufni ovozidan hayratlangani aniq edi.
- sen bu yerda nima qilyapsan? - ikkovi ham birdaniga savol berishdi
- Yusuf bu yovvoyi mushukchani taniysanmi? - deb so‘radi Ja‘far 
- nima?! Sen kimni yovvoyi mushukcha deding? - deb jahl bilan unga qaradi Yulduz
- sen bilan gaplashib olishim kerak. - deb Yusuf Yulduzni qo‘lidan tortib uzoqroqqa olib ketdi.
Ja‘far haliyam qo‘rquvdan titrab turgan Marinaga bir qaradi-yu, hushsiz yotgan Mardonni ko‘tarib 
qizlarni tark etdi.. 
***** 
- qo‘yvor qo‘limni - deb siltandi Yulduz 
- endi ayt.. bu yerda nima qilyapsan? - deb qo‘llarini chalkashtirib qoshini ko‘tardi Yusuf 
- nega hisob berishim kerak? - deb Yulduz ham qo‘llarini chalkashtirib turib oldi 
- har xolda ,, sobiq yigiting"man.. agar yangisini topib olmagan bo‘lsang - kesatdi Yusuf 


- sobiq?? Seni hattoki yigitim deb o‘ylamaganman ham.. shaxsiy hayotimga kelsak havotir olma.. 
sendaqa ahmoqlarga zor emasman.. - deb iloji boricha chaqishga urindi Yulduz 
- Yulduz.. tezroq bu yerlardan ket.. dugonalaringga ham ayt. Bu yer havfli.. - deb gapni boshqa yoqqa 
burdi Yusuf 
- bu yerda yagona havf menman. Mendan ham dugonalarimdan ham uzoqroq yur.. anavi do‘stlaringga 
ham ayt!. Yana bir gap.. men endi 4 yil avvalgi Yulduz emasman.. sen ham menga begonasan - dedi 
Yulduz va ortiga o‘girilib ketdi..
* * * * 
Sherzod va Olim allaqachon uyqiga ketishdi.. Mustafo esa yonayotgan gulxanga qarab o‘ylanib o‘tiribdi. 
. Qadam tovushlaridan o‘ziga kelib ortiga o‘girildi
- toza havoda ancha ayla... Mardon!! Ja‘far Mardonga nima qildi? - deb Mustafo yugurib Ja‘farni 
qo‘lidagi Mardonni suyashga harakat qildi.
- havotir olma.. hushidan ketdi xolos - deb Ja‘far Mardonni yerga qo‘ydi.
- havotir olma?!! Qara boshi qonab yotibdi-ku. Nima bo‘ldi o‘zi? - deb Mustafo ro‘molchasi bilan 
Mardonni boshidagi qonni artishga kirishdi 
- bir qizdan kaltak yedi? - deb kuldi Ja‘far 
- qizdan?? - deya Mustafo hayron bo‘lib unga qaradi.. 
Mardondek kuchli va Toshkentning taniqli boyini kim ham urishga haddi sig‘ardi.. ammo qiz boladan 
kaltak yeb hushidan ketishi.. bu aqlga sig‘maydigan gap 
Yusuf bir ahvolda do‘stlari davrasiga qaytdi.
Mardonni boshini bog‘lab qo‘yishibdi. Qolgan hamma uyqida.
Yusuf ham joyiga yotib, yulduzli osmonga tikilib Yulduzni o‘yladi.
Yulduz ham bu vaqtda Yusufni o‘ylab yotardi.
4 YIL AVVAL... 
Yulduz o‘shanda 15 yosh edi. Qo‘shni qizning to‘yi belgilandi. Yulduz bu vaqtda Qozog‘istondagi kurash 
musobaqasida edi. Arang to‘yga yetib keldi. Sochini turmaklab ozgina pardoz qilib oldi. Kelinni olishga 
kuyov va uning kuyovnavkarlari kelishdi. Yulduz kelin dugonalari bilan zagsga chiqib ketdi. Yulduz ularni 


olib ketayotgan kuyov navkari bo‘lmish yigitga bir qarab qo‘ydi. Basavlat, kelishgan, yoqimtoygina... zags, 
kelin tushirdi va yuz ochdi marosimlari tugagandan so‘ng kuyov tarafda kechki bazm boshlandi. Kelin 
tarafdan kelgan qizlar va kuyovning do‘stlari galma galdan o‘rtaga chiqib raqsga tushishdi.. Yulduzni ham 
o‘rtaboshi davraga chaqirdi. Unga sherik bo‘lib mast yigit chiqdi.. galma galdan tabriklashdi.. raqs 
navbati yetganda yigit Yulduzga shilqimlik qila boshladi va bu uni hayoti davomida qilgan eng katta 
xatosi bo‘ldi. Yulduzga yigitlar yoqmaydi, ayniqsa ichganlari. Qarshisidagi surbet ikkoviga ham mos 
turibdi.. Yulduz unga nisbatan bor g‘azabini mushtiga joylab yigitni tirjayib turgan basharasiga urdi. Mast 
yigit gandiraklab ichib o‘tirgan yigitlarni stolini yer bilan bitta qildi. Yulduz joyiga qaytayotgandi, ammo 
kimdir uni yelkasidan ushlab to‘xtatdi 
- hov oyimcha o‘yinga tushmasdan chiqib ketmiysan. ... - yana bitta alkash 
Yulduz uni ham davradan uchirma qildi. Vodiy tomonda to‘yning tugaganini boshlangan mushtlashuvdan 
bilib olsa bo‘ladi..
Har tarafdan shirakayflar bir biri bilan urisha boshlashdi.. Yulduz ham unga tashlanganlarni adabini berib 
turaverdi..Yulduz yana ham yaxshiroq urisha olardi ammo to‘ybop libosi bunga halaqit berayotgandi.
Kimdir uni uzun etagini bosib oldi. Yulduz orqaga yiqilayotgandi kimdir najot farishtasidek uni qo‘lidan 
tutib qoldi.. 
- barakalla sportsmenka.. ammo libosing ishni pachava qildi - dedi Yulduzni zaksga olib chiqqan yigit 
- qo‘lingni tort! Ahmoq! !! - baqirdi Yulduz
Ammo yigit uni o‘zi bilan mushtlashuv bo‘layotgan joydan olib chiqib ketdi. Ular yigitni mashinasiga 
o‘tirishdi. 
- hoy men hali anchasini ta‘zirini berganim yo‘q..- dedi asabiy Yulduz
- sen qizbolasan.. qizlarda sal bo‘lsada ibo hayo va nafislik bo‘lishi kerak.. bunaqa o‘g‘ilbolalardek 
urishishing nimasi? - deb tergadi yigi 
- uzur boboy ammo men zamonaviy qizlardanman - dedi Yulduz uni mazax qilib 
- men ham boboy emasman.. Yusuf.. ismim Yusuf - deb yigit Yulduzga qo‘lini cho‘zdi
- Yulduz. Sen bilan tanishganimdan xursand emasman.. 
Ammo bu xursandchilik bilan davom etdi.. ular uchrashib yurishardi. Garchi Yusuf unga sevgi izhor 
qilmagan bo‘lsada, Yulduz uni sevishini bilardi.
Hazillarga boy kunlar va tunlar.. 2 yil juda tez o‘tib ketdi. Ammo bir kuni... Yusuf g‘oyib bo‘ldi. Na 
Yulduzga ketishini aytdi, na Yulduz bilan xayrlashdi va na unga xat yozib turdi.. u shunchaki g‘oyib bo‘ldi. 
Xuddi avval bo‘lmagandek.. Yulduz esa tushkunlikka tushmaslikka harakat qildi. O‘qidi. . Bor alamini 
o‘qishdan oldi va talaba bo‘ldi. 


Quyoshning zarrin nurlari qizlarni erkalab uyg‘otdi.
- Assalom Quyosh! - deya o‘rnidan sakrab turdi Marhabo. 
- Assalom Hayrli tong! - deb unga qo‘shildi Dinora
- Assalom Ozodlik! -- dedi pichirlab Sevara
Qizlar joylarini yig‘ishib, nonushta qilishdi va narsalarini yig‘ishtirishib yo‘lga tushishdi. Vanihoyat ular 
qorli tog‘ga piyoda 2 soatlik yo‘ldan kichik uyga yetib kelishdi. Bu uyni Malika Toshkentda buyurtma 
asosida 2 oyga ijaraga olgandi. Uy xuddi ertaklardagi yog‘och uychaga o‘xshardi. Qizlar uyga kirishib, 
hazil huzillar bilan narsalarini joylashdi. Havo biroz sovuq. Bu uyda elektr va gazdan boshqa yashash 
uchun hamma narsa bor edi.
Qizlar quruq o‘tin terib kelishdi. Kaminni yoqishib ovqat tayyorlashdi, kechki ovqatni ham sho‘x hazillar 
bilan qilib olishgach, yo‘l charchog‘idan uxlab qolishdi.
* * * * * * 
Mardon hushiga keldi. Qarasa oldida Mustafo o‘tiribdi.
- ha Qahramon uyg‘ondingmi? - dedi Mustafo kesatib 
Mardon kecha qizboladan kaltak yeb xushidan ketganini esladi-yu qizarib ketdi. 
- men hali unga ko‘rsatib qo‘yaman. Umrini qamoqda chiritaman - dedi Mardon qo‘lini musht qilib 
- o‘zingni o‘zing sharmanda qilganing qoladi. - deb uni yoniga Ja‘far keldi - sudda shu qizdan kaltak 
yeganman, deysanmi? Shu qizni unit, Mardon. Undan ko‘ra bo‘ladigan ishdan gapir. Hujjatlarni 
obkeldingmi?
- ha, havotirlanma - deb Mardon yonidagi sumkani ochib fayl oldi - Faylda Dubay, Janubiy Korea, 
Amerika va Yevropaning ba‘zi davlatlaridagi hisob raqamlaring ro‘yhati va senga ajratilgan 
kompaniyalarga aksiyadorlik ulushing ro‘yhati bor.
- nega 25%?!! - deb qoshini chimirdi Ja‘far hujjatlarni ko‘rib chiqib 


- nega?! Chuni sen Ja‘far ko‘zga ko‘rinmasliging kerak. - dedi Olim
- yigitlar.. Dream Club ni men o‘ylab topganman. Bu mening loyiham. Eng katta sarmoyani ham men 
kiritganman. - dedi Ja‘far dona dona gapirib 
- ammo buncha pulni qanday topgansan - a Ja‘far?! Nechta odamni yostig‘ini quritib. Sen kompaniya 
boshqarish uchun yaralmagansan. Sen odamxo‘rsan, Ja‘far. Istaysanmi yo‘qmi qo‘ling qonga botgan - 
dedi Sherzod.. 
- keyin unga sen sarmoya qo‘shganing bilan uni biz rivojlantirganmiz.. tak shto senga Gudbay Ja‘far - deb 
qo‘lini silkitdi Mardon 
- Sen..! !! - deya Ja‘far unga tashlandi. Ammo boshqa yigitlar uni to‘xtatib qolishdi.
- menga qara Ja‘far. Meni Mardonboy deydilar. Meni otam Toshkentni kattasi. Sen-chi? ! Seni asling 
kim? Yetimvachcha - deya uni yoqasidan ushladi.
- hali bu ishing uchun javob berasan! - deb tishlarini g‘ichirlatdi Ja‘far 
- yigitlar qizlar ketib qolishibdi. - deb Yusuf ularni oldiga yugirib keldi 
- Nima?! - dedi Ja‘far va Mardon birdaniga 
- shu qizlarni nimasiga yopishib oldilaring o‘zi? - dedi Olim 
- seni ishing bo‘lmasin Olim. Senga esa Ja‘far o‘sha gap qaytib ko‘zimga ko‘rinma! Yo‘qsa seni yo‘q qilib 
yuboraman - deya Mardon Ja‘farni yoqasini qo‘yib yubordi. Yigitlar narsalarini olib ketishdi. Ja‘far bo‘lsa 
ularni kuzatib qo‘yarkan, yengi ichiga mohirlik bilan yashirilgan fleshkani olib ayyorona jilmaydi 
- bunday qilishni xohlamagandim ammo o‘zing majbur qilding! Hali o‘zing yonimga yalinib kelasan, 
Mardon. - deb fleshkani cho‘ntagiga soldi va yerda sochilib yotgan qog‘ozlarni yig‘ib oldi.. kechagi qiz 
hayoliga keldi - ana endi sen bilan shug‘illanaman, ohuko‘z... 
* * * * * 
Malika erta turdi. Odatda hech kim uyg‘otmasa kun yarmiga kelguncha qotib uxlaydi. U o‘rnidan turib 
kaminni yoqdi. Choy qo‘yib nonushta tayyorladi.
Boshqa qizlar shirin uyqida. Malika bo‘lsa yonayotgan kamenga qarab o‘yga toldi.
MALIKANING O‘TMISHI... 
Malika! Qizlar aynan shu birgina so‘zdan olam olam quvonch olishadi. O‘zlarini xuddi malikalardek his 
qilishadi. Istagan narsalariga ega bo‘lishlari, xohlagan joyga borishlari mumkin.. Ammo Malika bunday 


emas. To‘g‘ri u baxtli. Ota onasi opasi va ukasi bilan a‘zim Toshkentda yashashadi. Ammo unga kam 
erkinlik berilardi. Malika erkin bo‘lishni, do‘stlari bilan aylanib yurishni juda xohlardi. Ammo dadasining 
yozilmagan qoidalariga ko‘ra uyda soat 4 da bo‘lishi shart edi. 
Avvaliga maktab va repetitordan keyinchalik kollej va repetitordan ulgib kelguncha oyog‘ida oyoq 
qolmasdi. Opasi turmushga chiqib, uy ishlari unga qoldi. Buvisinikiga borganda, ayniqsa dili yayrardi. 
Chunki buvisi unga qadimgi malikalar hayoti haqida so‘zlab berardi. Malika bunday vaqtlarda uni ham 
baxt qasriga olib ketadigan shahzodasi haqida o‘ylanib qolardi. Ba‘zida pinhoniy u haqida orzu qilib 
tasavvur qilardi. Birinchi o‘rinda shahzoda mehribon bo‘lishi va erkinlikka qo‘yib berishi kerak. Albatta 
yoqimtoy va kelishgan bo‘lishi kerak, axir hamma shahzodalar shundayku ..
Malikaning bolalarcha beg‘ubor orzusi universitetga kirganda ham unitilmadi.
O‘tgan kuni bezbet oliftani yuzsizlarcha uni so‘rashi, Malikani nafsoniyati tegdi. Yo‘q! U yigit shahzoda 
emas. Nainki, Malika orzu qilgan Shahzoda emas! 
Qizlar uyg‘onishib Malika tayyorlagan nomushtani maroq bilan yeyishdi. Zavqli kunni xursandchilik bilan 
boshlash uchun hammasi issiq kiyinishib qorli tog‘ga ketishdi.
Qorli tog‘ ajoyib ekan.. atrof oppoq qor... Yulduz darhol qorli to‘pcha yasab qizlarga otishni boshladi.. 
- Bas qil Yulduz - deb Marhabo yuzini yashirib oldi 
- hechchamda! Qani qizlar bir mazza qilaylik.. Toshkentda buncha qor yog‘maydiku axir... - deya Malika 
ham qor to‘pchalar yasab otishni boshladi.. 
Sevara ham o‘yinga qo‘shildi..
- bo‘ldi.. bo‘ldi bas qilinglar... - dedi deyarli qorqizga aylanib qolgan Marina 
- Marina sen ham qo‘shil. . Bo‘laqol! - dedi Dinora o‘yindan zavqlanib 
- men sovuqqotdim...uychaga qaytib isinib, sizlarga qaynoq kakao damlab kelaman - dedi Marina 
- senga yordam kerakmi? Birga boraylik - dedi Marjona 
- yo‘q.. shartmas.. o‘zim borib kelaveraman.. bo‘ri yermidi mendek ozg‘in qizni - deb kulgancha uycha 
tomon ketdi.. 
- ko‘nglim negadir g‘ash... - deb uning ortidan qarab qoldi Sevara 
- qo‘ygin Sevara. . Yaxshi niyat qil - dedi Malika 
- mayli yaxshilikka bo‘lsin.. qani qizlar endi qorbobo yasaymiz.. kimniki chiroyli chiqarkin - dedi Marhabo 
Marina uychaga iloji boricha yugirib yetib keldi. Yog‘och eshikni asta ochib ichkariga kirdi.


Kamenni cho‘g‘ida qo‘lini isitib oldi. Va sumkasidan kakaolarni olish uchun endi burilgan ham ediki, 
kimdir burniga qo‘ygan matoning hididan xushidan ketdi..... 
Qizlar qorbobolarini yasab bo‘lishdi hamki, Marinadan darak bo‘lmadi.
- nega kelmayapti ekan-a? - deb havotirlanib qarab qo‘ydi Marhabo 
- issiqqina uyda uxlab qolgandirda - dedi kulib Malika qorbobosini ko‘ziga toshcha qo‘yib. 
- Sevara sen nima yasayapsan? - dedi Dinora Sevaraga qarab 
- Qormalikasini.. - deb Sevara Qormalikasini tojini bezab - bilmadim nega.. ammo menga Qormalikasi 
yoqadi.
- nega u yovuzku - dedi Marjona unga yaqin kelib 
- hamma ham yovuz bo‘lib tug‘ilmaydi. Yovuz bo‘lishga sababchi biror narsa bo‘ladi. Yomon odam ham 
qachonlardir yaxshi bo‘lgan. Ammo bu hayot hammani ham o‘zgartirib yuborishga qodir - deb 
Qormalikasini tugatdi Sevara
- ehhh Sevara.. sen ertaklar olamida yashaysan - deb uni quchoqladi Yulduz 
- Men Marinadan havotir olyapman.. uyga borib kelaman - deb Marhabo uychaga ketdi.. 
- sen ham qolib ketma!!! - deb uning ortidan baqirdi Dinora 
- meni qorboboyim bitdi - qizlar tomonga qarab baqirdi Malika 
- qorbobodan nima so‘raganding.. tilaging amalga oshdi.. Mana men - deya Malikaning qorbobosini 
ortidan Mardon chiqib keldi.. 
- AAA VOY!! - qo‘rqib ketdi Malika - afting qursin seni!!
- nima bo‘ldi? - deb Malikaning oldiga yugirib kelgan Yulduz Mardonni ko‘rib qoldi.
- salom qizaloq.. aslida seni oldinga kelgandim. - dedi Mardon Yulduzga qarab - menga tan jarohati 
yetkazganing uchun qamoqqa olinasan.. 
- hoy ,,jabrlanuvchi" yegan kalteklaring kamlik qildimi? Yana yeging kepqoldimi? - deb unga yaqin 
kelayotganida Malika uni to‘xtatdi.. 
- bu yerga nega kelding? - dedi Malika Mardonga tik qarab. .
- seni deb... - deya yerga qaradi Mardon 
- meni deb? - dedi hech narsaga tushinmagan Malika 


- senga hozir ko‘rsatib qo‘yaman.. dugonamni poylashni oqibatini - deb Yulduz Mardonni yoniga jahl 
bilan bordi.. 
- sen qizga hech aql kirmas ekan-da - deya qayoqdandir Yusuf paydo bo‘lib qoldi.
- sen aralashma.. men hozir manavi oliftani ta'zirini beraman - deb Yulduz Yusufga bepisand qaradi.
- yaxshisi sen yasagan qorboboni ko‘ramiz.. seni qo‘lingdan qordan narsa yasash kelishiga ishonmayman 
- deya Yusuf Yulduzni qo‘lidan ushlab nariroqqa olib ketdi.
- men haligi.. senga aytmoqchi edimki - dedi Mardon Malika bilan yolg‘iz qolishgach 
- MARDON!! Sen shu yerda svidaniyada turaver. Biz uyoqda tarashadek qotib qoldikku - deb Mardonni 
gapini bo‘ldi Sherzod 
- ayni vaqtida keldingda - kesatdi Mardon 
-O‘.. yaxshi qiz salom.. tanishamizmi? Meni ismim Sherzod. Ammo siz uchun Sher... - deb Sherzod 
Malikani qo‘lidan ushlamoqchi edi, Malika uni yuziga chunonam tushirdiki, Sherzodni yuzida Malikani 
qo‘l izi qoldi. 
- nasibangni oldingmi, endi sur bu yerdan - deya Mardon kulib uni itardi.. 
- mayli siz bilan yana gaplasharmiz.. - deb Sherzod boshqalardan o‘zgacha shaklda qormalikasini 
yasayotgan qizni oldiga bordi.. 
- salom.. hayrli kun - dedi Sherzod
- salom.. - dedi Sevara va ishini davom ettirdi. 
- menga qormalikasi yoqadi - dedi boshqagap topolmagan Sherzod nima deyishni bilmay. 
- menga ham. Hamma uni yomon deb o‘ylaydi. Aslida u yomon emas, yolg‘iz.. - dedi Sevara
- menga ham yolg‘izlik yoqmaydi. Bu ketishda qorshahzodasi bo‘lib qolsam kerak.. - deb Sevarani 
,,o‘rashga" harakat qildi Sherzod 
- muz qalbingizni erita oladigan odam albatta topiladi - dedi Sevara
- men u inson siz bo‘lishingizni .. - Sherzodni gapi chala qoldi, chunki Marhaboni tashvishli yugirib kelishi 
hammani e‘tiborini tortgandi.
- QIZLAR QIZLAR.. MARINA YO‘Q!!! - dedi yig‘lamsirab 
- NIMA!!!??? - baqirdi hamma birdaniga 
- uychaga borsam eshik ochiq. Kamenga suv qo‘yilgan..ammo Marina yo‘q - dedi nafasi qisib 
- havotirlanma..balki o‘tin tergani chiqqandir.. - dedi Dinora 


- men ham shunday deb o‘ylagandim. Ammo kamen oldidan manabuni topib oldim - deb Marhabo 
cho‘ntagidan ro‘molcha chiqardi. 
Yigitlarning ro‘molchasi.. 
- hozir shoshmachi? - deb ro‘molchani qo‘liga oldi Marjona keyin sekin hidlab ko‘rdi 
- Sibazon!! - deya Marjona ro‘molchani nari qildi - hushdan ketkazuvchi suyuqlik... bundan chiqdi 
Marinani o‘g‘irlashgan!
- kim? Kim o‘g‘irlashi mumkin uni.. - dedi yig‘lamsirab Malika
- buni manavilardan so‘raymiz! ! - deya yigitlarga g‘azab ko‘zlari bilan qaradi Yulduz 
Yulduzning gapidan Sevaradan boshqa hamma qizlarning ham ko‘zlari nafrat alangaladi. Hech narsaga 
tushinmagan yigitlar nima deyishni ham bilmasdan turishardi.
- qizlar!! Tazirlarini beramiz!! - deb Yulduz yigitlar bilan urishishga kirishib ketdi. Malika Dinora unga 
yordam berishdi. Marjona holdan toygan Mardon Yusuf va Sherzodni sibazonlangan ro‘molcha bilan 
hushlaridan ketkazdi..Marhabo sumkasidagi arqonni olib hushidan ketgan yigitlarni bog‘lashga kirishdi.
- bu yerda nimalar bo‘lyapti? - Marjona ortidan kelgan ovoz egasiga qarashga ulgirmasidan uni yuziga 
ro‘molchani otdi.
- mana senga!! - deya baqirdi qo‘rqqanidan Marjona 
Yigit ham hushsizlantiruvchini ta‘siridan yiqildi. Marjona asta uning yuzidagi ro‘molchani oldi. Oldi-yu bir 
lahza uning qora qoshlariga, qat'iyat ila qimtinib turgan lablariga, go‘yoki ko‘zlarini qizlardan himoya 
qilib tuadigandek kipriklariga mahliyo bo‘lib qoldi. Bu tushmi? Nahotki shunday yoqimtoy yigit bu 
dunyoda bor bo‘lsa.. Marjona beixtiyor yigitning yuziga qo‘lini qo‘ydi. Muzdek ekan. Go‘yoki mohir 
haykaltarosh bilan rassom kelishib olishganu, bu qizni yuragiga o‘t qalamoqchi bo‘lgandek bu san‘at 
asarini yaratishgan... birdan Marjona qo‘lini tortib oldi.. nimalar qilyapti? Nimalarni o‘ylayapti? Axir u 
unashitilganku!!!
Marhabo Marjona tikilib qolgan yigitni ham yaxshilab bog‘lab qo‘ydi. Shunda ularni kimdir daraxt 
panasidan poylayotganini ko‘rib qoldi. Yerdan kattaroq tosh olib sezdirmasdan poylayotganni orqa 
tomonidan bordi va kimsani boshiga yaxshilab tushirdi. Yigit gursillab qorga yiqildi..
- voy men uni o‘ldirib qo‘ydim! - deb baqirdi Marhabo..
Dinora va Sevara darhol Marhaboni o‘ljasini ham bog‘lashdi. Qizlar asirlarini bir amallab uychalari olib 
ketishdi...


* * * * * * * * * * * *
" Men qayerdaman?.. bu yer qayer? Nega qo‘limni qimirlatolmayapman.. nega... hozir ko‘zimni 
ochishga harakat qilaman. ." - Marina ko‘zini ochishga harakat qildi.
Marina ko‘zini qizil rang bilan bezatilgan yotoqxona ochdi. Marina yotgan yotoq ham qizil atirgullar 
gulbargi bilan bezatilgandi. Yotoqni chekkasidagi stol ustiga shamlar yurak shaklida terib chiqilib yoqib 
qo‘yilgandi. Xona nimqorong‘u bo‘lgani uchun shamlar yorqin nur taratardi. Marina bir muddat 
qayerdaligi bilishga harakat qildi. Bu xona unga begona.. u dugonalari bilan ediku.. keyin uychaga 
qaytgandi. . Ha esladi... kimdir burniga o‘tkir hidli mato qo‘ygandi... keyin.. U yog‘ini eslay olmayapti..
Marina asta o‘rnidan turdi.. shu on xona eshigi ochildi. Xuddi Marina eski turk Usmonlilar zamoniga 
tushib qolganu, uning oldiga Sulton kirib kelgandek.. Xonaga savlatli qadamlar tashlab, haqiqiy 
hukmdorlardek bir yigit kirib keldi. Marina uni qayerdadir ko‘rgandi, esladi.. dugonalari bilan gulxan 
atrofida o‘tirganda, zulmat qo‘ynidan chiqqandi.. ammo bu yerda nima qilyapti? Nahotki Marinani u 
o‘g‘irlagan bo‘lsa.. 
- meni siz o‘g‘irladingizmi? To‘xtang! Yaqin kelmang menga!! - deya o‘rnidan turdi Marina
-salom bermaysanmi? - deb xonani o‘rtasiga kelib to‘xtab oldi Mustafo 
- o‘g‘irlab turib.. yana xurmat kutyapsizmi? - deb
jig‘ibiyroni chiqdi Marinani
- Sen ajoyibsan Marina.. isming ham ajoyib! - deya yotoqni chekkasiga o‘tirdi Jafar - rostini aytaman.. 
menga yoqasan. Sevib qoldim desam ham bo‘ladi.. sen ham meni sevishing kerak - deya u tomonga qo‘l 
cho‘zdi Jafar 
- hoziroq menga uzatilgan iflos qo‘lingni tort yoki ..- dedi Marina 
- yoki nima?? Asalim.. sen mafia qirolini yotog‘idasan. Yo o‘z xohishing bilan meniki bo‘lasan.. yoki 
majburlab bo‘lsa ham seni o‘zimniki qilaman. Javobingni kechki ovqat vaqtida aytasan.. jonginam.. - dedi 
Jafar va xonadan chiqib ketdi... 
- yana qaytaraman.. men ya‘ni biz dugonangni o‘g‘irlaganimiz yo‘q!! - dedi Mardon stulga bog‘langan 
holatda
- bu yolg‘oningni suvdek ichib olgan ko‘rinasan! - dedi Yulduz katta oshpichoqni Mardonni bo‘yniga tiradi 
- endi esa haqiqatni ayt! MARINA QAYERDA??!! 


- Marinani boshimga uramanmi? Agar o‘g‘irlash niyatim bo‘lganda, manavi oyjamolni o‘g‘irlagan 
bo‘lardim - deya Mardon Malikaga ishora qildi 
- demak sizlarni rajalaringiz bizlarni bitta bittalab o‘g‘irlash bo‘lgan ekan-da - dedi qo‘liga katta tayoq 
ushlab olgan Dinora 
- e xudoyim.!! Matematika domlamdan ham battar mijg‘ov va gap uqmas odamlar borligiga ishondim!! - 
dedi Olim boshini zo‘rg‘a ko‘tarib. Uning ko‘zoynagini bir tarafi sinib ketgandi.
- voy meniyam matematika domlam juda mijg‘ov - dedi qo‘liga qalin kitob ushlab olgan Marhabo
- Marhabo biz matematika haqida emas Marina haqida gaplashyapmiz - deb Marhaboni asta turtdi 
Marjona 
- yigitlar.. qilgan ishlaringiz yaxshi emas.. o‘zlaringizni ham bizni ham dugonamizni ham nomini 
bulg‘amasdan, yaxshilikcha uni qayerga yashirganingizni aytinglar - dedi Sevara muloyim mayin ovozda 
- qaniydi uni men o‘g‘irlagan bo‘lsamu shu gapingizga uni qaytarib berolsam.. - dedi Sherzod Sevaraga 
mahliyo bo‘lib.. 
- hoy gapni karam sho‘rva qilmasdan Marina qayerdaligini ayt!! - dedi Yulduzni jahli chiqib 
- Senga gapirishni foydasi yo‘q! - dedi hushiga kelganidan beri indamay o‘tirgan Yusuf - baribir gapga 
tushinmaysan
- sendan hech kim gap so‘ramadi. . - dedi Yulduz labini burib 
- agar Marinani qayedaligini bilaman desam hammi? - deya Yulduzga ayyorona qaradi Yusuf 
- nima sen bilasanmi? - deb unga hayron bo‘lib qaradi Mardon
- ha.. qani aytinglarchi oramizda kechadan beri kim yo‘q? - deb sinchkovlik bilan hammaga qarab chiqdi 
Yusuf 
- Jafar! !! - dedi hamma yigitlar baravariga 
- kim u Jafar? Qayerda yashaydi? - deb Mardonni yoqasiga yopishdi Malika - agar Marinani sochidan bir 
tola tushgan bo‘lsa umrini qamoqda chiritaman!!!! 
- jonginam. Jafarga biroz kuching yetmaydimi deb qo‘rqaman.. u Mafiya sultoni! - dedi Mardon Malika 
unga yaqin turganiga biroz hayajon bosib.. 
- Mafiya!! Hali Marina qotil oldidami? Darhol manzilni ayt! - dedi Yulduz Yusufni yuzidan ushlab o‘ziga 
qaratdi.. 
- hoy qora mushuk .. Jafarni manzili faqat menda bor. Cho‘ntagimdagi qora fleshkani ol - dedi Mardon 
Yulduzga 
- Jafarni manzilini bilishim bilan.. qora mushuk degan tilingni uzib olaman - deb tishlarini g‘ichirlatdi 
Yulduz va Mardonni cho‘ntaklarini qarab chiqdi - bu yerda hech narsa yo‘q! 


- nega yo‘q bo‘ladi? O yo‘q!! Jafar fleshkani o‘g‘irlagan ko‘rinadi. .- asabiylashdi Mardon - Unda barcha 
kompaniyam shartnomalari ichki buyruqlari dalolatnomalari bor.. xullas qizlar.. aytishim qiyin bo‘lsa ham 
aytaman. Endi bir kemadamiz!! Jamoa bo‘lishni taklif qilaman. - deb qizlarga qat'iyat ila qaradi Mardon. 
- sen bilan a? - burnini jiyirdi Yulduz
- tushingni borib suvga ayt - dedi Malika. 
- unda Marinani qabrga ko‘mdik, deb yuraveringlar - dedi Mustafo
- yaxshi.. sizlar bilan ishlashga tayyormiz! - dedi Marjona..
- har holda rejangiz bordir? - dedi Marhabo 
- umuman olganda menda reja bor! - dedi Mustafo 
- umid qilamanki, ish beradi - dedi Dinora 
- ha xullas eshitinglar... - deya rejasini ayta boshladi Mustafo
************* 
Nonushtani yaxshi yemagan, tushlik vaqtida o‘g‘irlangan Marina soatning chiqillashidan asabiylashardi. 
Vaqt shavqatsizlarcha o‘tar, soniya sayin kechki ovqat vaqti yaqinlashardi.
Eshik ohista taqilladi.. 
- Kim u? - seskandi Marina 
- xonim.. men xizmatchingiz Dilnuraman.. - eshik ortida go‘yo xizmatchisi emas uy bekasi turgandek ovoz 
keldi.. 
- nima kerak? - to‘ng‘illadi Marina xizmatchini muomilasi yoqmasdan 
- kechki ovqat yarim soatdan keyin. Janob Amirov kech qolganlarni va tashqi ko‘rinishiga ahamiyat 
bermaydiganlarni yoqtirmaydi.. shkafdan yaxshiroq kiyim kiyib, pardozlanib chiqing - xizmatchi qizning 
ovozida buyruq ohangi bor edi.
Menimcha u asira qizni mafiya qirolini onda sonda paydo bo‘lib qoldigan ,,tungi kapalaklar"idan deb 
o‘ylagan ko‘rinadi.. 
Marinani xo‘rligi keldi.. nega?!! Uni aybi nima edi? Dugonalari bilan ko‘ngil yozmoqchi edi xolos..


Bu dunyoga kelib o‘zi nima topdi qiz sho‘rlik. ..
Yoq u bunga yo‘l qo‘ymaydi. . Nomusini bulg‘anishiga yo‘l qo‘ymaydi..Marina bir qarorga keldi.. 
Marina asta o‘rnidan turib shkafni ochdi.. bir biridan chiroyli ko‘ylaklar ichida tovlanib turgan ro‘mollarni 
oldi.
Ularni bir biriga bog‘ladi.. stolni surib arqonga aylangan ro‘mollarni shiftga bog‘ladi. Bir uchini halqa 
qildi.. U stolni ustiga chiqdi. Shu vaqtning ichida butun hayoti ko‘z oldidan o‘tdi. 
MARINANING O‘TMISHI... 
U juda shirin qizaloq bo‘lgan edi...hamma uni yaxshi ko‘rar, uni antiqa ismi sabab u bilan 
do‘stlashadigan odamlar ko‘p edi. Uni hamma yaxshi ko‘rardi. Ota onasi va opasidan boshqa hamma.. 
oilaviy nizolar bo‘lishiga qaramay, Marina erkin, dadil va qaysar qiz bo‘ldi.
Opasi Malohat bilan arzimagan sabablar bilan ham urishib qolishardi. Shunday paytlarda onasi chiqib. 
Marinani urishar va Malohatni erkalab xonasiga olib kirib ketardi. Marina esa hovli o‘rtasida yolg‘iz 
qolardi. Otasini esa Marina bilan ishi ham yo‘q edi...Ammo Marina bundan tashvishlanmasdi. U oilasidan 
olmagan mehrni ko‘chadan olishga harakat qildi..
14 yoshidan boshlab ko‘cha bezorisi, 16 yoshida hududidagi bezorilar to‘dasiga qo‘shildi...
Bir kuni u sheriklari bilan bahs boylashib, ko‘chadagi bir odamni hamyonini o‘g‘irlashga kelishishdi. Agar 
hamyonni o‘g‘irlasa, qo‘shni tumandagi to‘dani ham ortda qoldira olishardi.
Marina qora kapshonini boshiga ildi. Sezdirmay o‘ljasiga aylangan odamni yoniga bordi. Hamyonni oldi 
hamki, to‘dasi uni sotdi!! Hamyoni o‘g‘irlangan shaxs tuman ichki ishlar ofitseri ekan.. U Marinani qo‘liga 
kishan taqdi. Uni qizning uyiga olib bordi.
Bo‘ldi janjal.. bo‘ldi to‘palon.. aynan manashu kuni uning hayoti butkul o‘zgardi.
- sen oilamizni sharmanda qilding kasofat! Yer yutgur.. qaziysan qartasan asl zotingga tortasanda 
yetimcha.. seni oilamizga qabul qilgandik.. yetim buzoq boqsang og‘zi burning moy bo‘lur, yetim bola 
boqsang og‘zi burning qon bo‘lur deb shunga aytishar ekan-da. Yo‘qol yetim!!! - deya onasi va opasi 
Marinani urib so‘kib ko‘chaga haydashdi.. 
Uni hibsga olgan ofitser ham hayratda qoldi. U bechora qizni nega bezorilarga qo‘shilib ketganiga endi 
tushindi. Marinaga esa endi hamma narsa baribir bo‘lib qolgandi.. Ofitser qizni Toshkentga jo‘natdi.. 
Abiturinet harajatlarini ko‘tardi va Marina ofitserni ishonchini oqladi. U talaba bo‘ldi. 
U dugonalarini juda yaxshi ko‘rardi. Oilasi haqida deyarli aytmasdi. . 


U so‘z bergandi.. o‘ziga o‘zi so‘z bergandi. . Agar kun kelib oila qursa 2 ta yetim bolani asrab olishga.. 
ularni xuddi o‘z bolalaridek tarbiya qilishga..
Endichi??? Mafiya qiroliga bir kunlik ovunchoqqa aylandi.. endi nima bo‘ladi? Nomusidan g‘urur 
sha‘nidan oridan ayriladimi? Nomussiz qizga kim ham uylanardi? O‘lsa o‘ladiki ammo xotinboz mafiyaga 
aslo o‘yinchoq bo‘lmaydi..... 
Marina oyog‘i ostidagi uni bu dunyoda ushlab turgan stulni yiqitdi....... 
Marinaning nafasi qisa boshladi.. ko‘z oldi qorong‘ulashib ko‘zlari tindi.
Marina!! Marina!! - quloqlari ostida yoqimli ovozni eshita boshladi.. 
- Men o‘lyapmanmi? Unda nega ovozlarni eshityapman balki bu ajaldir .. jonimni olishga kelgandir.. - 
o‘yladi Marina 
Birdan Marina o‘zini osgan ro‘mollardan biri o‘rtasidan sirtilib yirtildi. Marina gup etib yerga yiqildi va 
yana nafas ola boshladi. Avvaliga qiynaldi so‘ngra bir maromda nafas oldi.
- ajal ham meni jonimni olishni istamayapti - yig‘ladi Marina yerda yotgan xolda - unday bo‘lsa jonimni 
qiynamoqchi bo‘lganlarni ajaldek jonini olaman - deya ko‘zyoshlarini artib o‘rnidan turdi.
Pardoz stoli oldiga borib o‘ziga yaxshilab zeb berdi. Shkafdagi eng maftunkor libosni kiydi. So‘ngra ko‘zgu 
qarshisiga yaqin keldi
- Marina.. so‘z beraman.. bu lan‘ati jahannamdan sog‘ omon va or-nomusim bilan chiqib ketaman. 
Buning uchun har qanday yo‘ldan foydalanaman - deya o‘z o‘ziga gapirib xonadan chiqib ketdi. Uni zina 
oldida kalta yopishgan yubka, oq forma kiygan, baland poshna tuflida tik qomatini saqlab turgan, 
sochlari yoyilib tekislangan chiroyli ammo istarasi sovuq qiz kutib turardi. U Marinaga boshdan oyoq 
razm solib chiqdi.
- xonim.. bu uyning qoidalarini eslatib o‘taman.. ovqatlanishga aslo yasanmasdan va kech qolmasdan 
tushish kerak. Mehmonxonaga kirganingizdan so‘ng Janob Amirovga ta‘zim qilasiz.- deya o‘zicha 
xo‘jayinchilik qila boshladi Dilnura - ulardan avval taomga qo‘l cho‘zmang, aslo ularning ko‘zlariga tik 
qaramang. Savol bersagina gapiring.. endi esa jilmayib ortimdan yuring..
Marina ayyorona jilmayib uni ortidan bezatilgan mehmonxonaga kirdi.
Dilnura eshik oldida qoldi. Marina xonaga xuddi o‘z uyidek erkin kirib stolga o‘tirib oldi. Uni qarshisida bu 
dunyoda hammadan ham ko‘proq nafratlanadigan odami o‘tirardi. Dilnura Marinani gap uqmasligidan 
asabiylashdi. Marina Jafarga e‘tibor bermasdan ovqatlanishga tushdi.
- ha nega menga tikilib o‘tiribsiz? - deya sharbatni ichib Jafarning ko‘zlariga tik qaradi Marina 
Dilnuraning oyoqlari qaltiray boshladi.
- Dilnura eshikni yopib chiqib ket! - dedi Jafar Marinadan ko‘z uzmay 
- xo‘-o‘p bo‘-la-di.. - deya qaltirab chiqib ketdi Dilnura 


- xo‘sh jonim.. taklifimni o‘ylab ko‘rdingmi? - deb Jafar Marinaga zimdan qaradi. 
Marina ovqat yeyayotgandi, tiqilib yo‘taldi.
- Xullas.. baribir bu uydan ham qo‘lingizdan ham qochib ketolmas ekanman.. lekin nomim ham yomon 
otliqqa chiqishini xohlamayman. Menga erishishingiz mumkin.. ammo 3 ta shartim bor - dedi Marina 
xuddi uy bekasidek erkin o‘tirib
- qulog‘im senda asalim.. - dedi Jafar Marinani rozi bo‘lganidan xursand bo‘lib 
- 1-shartim... meni halollab nikohingizga olasiz.. - dedi Marina iloji boricha Jafarga qaramaslikka urinib - 
2- shartim.. men hamma qizlar singari oq ko‘ylak kiydirib, ota uyimdan to‘y qilib olib ketasiz.. 3-shartim.. 
to‘ydan keyin mafiya ishlaringizni yig‘ishtirasiz!! 
Jafar keskin cho‘ntagidan to‘pponcha chiqarib Marinani peshonasiga tiradi.
- bu gaplarni sendan boshqasi aytganda peshonasidan darcha ochardim - dedi Jafar erkalagan ohangda 
pichirlab - ammo seni emas.. sen ajoyib qizsan Marina. Oqko‘ngil va beglubor. Seni aynan aytgan 
gaplaring va shartlaring uchun sevaman.. seni deb mafiyadan ham voz kechaman - deb to‘pponchasini 
axlat qutisiga otib yubordi.. va cho‘ntagidan bejirim uzuk chiqarib Marinani qo‘liga taqib qo‘ydi. 
Ular tinch ovqatlanishdi. Keyin xonadan birgalikda chiqishdi. Jafar jilmayib Marinaga eshikni ochib berdi. 
Oshxona eshigi oldida turgan Dilnura Jafarni jilmayganini ko‘rib hushidan ketib qolay dedi. Marina o‘ziga 
ajratilgan xonaga kirib, pardoz ko‘zgusidagi aksiga qaradi. 
- 1- bosqich tugadi.. navbat ikkinchi bosqichga.. - deya Marina qo‘lidagi uzukka qarab qo‘ydi. 
* * * * * 
- yo‘q.. sen o‘zi o‘ylab gapiryapsanmi? - dedi Dinora Mustafoga 
- qizlar yana nechi marta qaytarish mumkin axir.. - deb uf tortdi Mardon 
- rejangiz bizga mos kelmayapti - deb qo‘llarini chalkashtirdi Marjona 
- nimasi mos kelmaydi?! - jig‘ibiyron bo‘ldi Yusuf 
- biz qizlar bir birimizdan ajralmaymiz.. tamom! Sizlar esa ajralishimizni so‘rayapsizlar! - dedi Malika 
qovog‘ini solib. 
- obbo.. shu ayol zoti bor joyda...- dedi Yusufning jahli chiqib 
- nima?! Nima deysan?! - dedi u bilan baravar urishmoqchidek Yulduz. 


- hech nima... - dedi Yusuf havsalasi pir bo‘lib 
- xullas qizlar.. rejani qaytaraman. Shikoyatga o‘rin yo‘q..- dedi Mustafo 
- nega meni yana bog‘layapsizlar?! - jahli chiqib dedi Olim
- seni garovga qoldiramiz. Agar bizga biror narsa bo‘lsa Marhabo seni politsiyaga topshiradi - dedi Dinora
- xullas. Olimni sizlarga garovga qoldirdik. Marinani qo‘lga olishlaringiz bilan Olimni ham qo‘yib 
yuborasizlar. Yulduz Yusuf bilan Jafarni vodiydagi uyini ko‘zdan kechirishadi - dedi Mustafo 
- tushinarli - dedi Yusuf 
- Yo Alloh o‘zing sabr ber - deya pichirlab qo‘ydi Yulduz 
- menga sizlarni kuzatish uchun kompyuter va wifi kerak - dedi Olim ko‘zlarini pirpiratib 
- menda kompyuter bor. Qizlar telfonlaringizni qoldiringlar. Hammada wifi uchun megabayt bor. - dedi 
Marhabo 
- faqat sen so‘raganing uchun beryapmiz - deya telefonlarini stol ustiga qo‘yishdi hamma qizlar 
- Malikaxon va Mardon sizlar Jafarni Toshkentdagi joylarini tekshirib chiqinglar.. - dedi Mustafo ularga 
qarab 
- men rozi - tirjaydi Mardon 
- o yo‘q.. men qola qolay.. Marhabo sen o‘rnimga bor - dedi Malika 
- rahmat..kerakmas.. mahluqqinang o‘zinga buyursin, Sohibjamol - deb kuldi Marhabo 
- Yuraqol krasotka. . Afsuslanmaysan mendek sheriging bilan - dedi Mardon Malikaga 
- Sherzod Sevara sizlar Samarqanddagi korxona va zavodlarni tekshirib chiqinglar. . - dedi Olim 
- ok.. hammasi yest bo‘ladi - dedi Sherzod
Sevara esa unga qarab kulib qo‘ydi. 
- Dinora sizga aeroport va mehmonxonalar ro‘yhatini beraman ularni tekshirib chiqolasizmi? - dedi 
Mustafo 
- albatta.. shu soha bo‘yicha kollejda o‘qiganman - dedi o‘zidan faxrlanib Dinora 
- men chi? - dedi Marjona 
- siz.. men bilan bir joyga birga borsangiz bas.. - dedi Mustafo unga qarab... 
* * * * 


MARINA. .. 
- Marina! Marina! - sahar tongdan eshik taqilladi
- hozir hozir... - esnab eshikni ochdi Marina 
- ey uyqichi haliyam uxlayapsanmi? Tezroq tayyorlan .. - dedi Jafar. . U juda chiroyli kiyinib olgandi. 
- qayoqqadir boramizmi? - dedi Marina uni ko‘rib 
- ha avval mehmonxonaga keyin restoranga undan so‘ng go‘zallik saloniga va aeroportga - dedi Ja'far 
soatiga qarab - bo‘laqol.. bo‘lmasa ulgirmaymiz..
- nega aeroportga ? - rangi oqarib ketdi Marinaning
- unashtiruvimizga kelmoqchi bo‘lgan maxsus mehmonni kutib olamiz. - dedi jilmayib Ja'far va Marinani 
yuzidan chimchilab qo‘ydi - bo‘laqol asalim... 
* * * * * * * 
MALIKA VA MARDON
- nega kelib kelib meni peshonamga SEN yozilgan ekansana? - nolidi Malika 
- krasavitsa noliyverma.. bo‘lmasa rulni qarshi tomonga buramanda, seniyam o‘g‘irlab ketaman.. - dedi 
Mardon unga ayyorona qarab..
- qani o‘g‘irlab ko‘rchi!!! - deya unga yovqarash qildi Malika 
Shu on Mardonni qora Jentrasini oldidan katta tezlikda qora Malibu o‘tib ketdi va Jentrani yo‘lini to‘sdi. . 
- jin ursin.. - tormoz berdi Mardon va Malibuni ko‘rib rangi oqarib ketdi - menga qara Malika.. nima 
bo‘lishidan qat'iy nazar jim o‘tir... 
- afsuslanmaysan mendek sheringing bilan deganmiding... - deb unga o‘pkalanib qaradi Malika 


- Krasotka iltimos bir daqiqa jim tur... o‘ylab olay - deb boshini rulga qo‘ydi Mardon 
- afsuslanmaysan mendek sheringing bilan deganmiding... - deb unga o‘pkalanib qaradi Malika 
- Krasotka iltimos bir daqiqa jim tur... o‘ylab olay - deb boshini rulga qo‘ydi Mardon 
Shu on qora Malibu eshiklari ochilib haydovchi o‘rindig‘idan baland poshna yerga tushdi. Mini qora 
yubka va qora koftochka, boshiga qora ko‘zoynak qo‘ndirgan qiz tushdi.. va Jentra tomonga qarab kulib 
qo‘ydi.. 
* * * * 
MARINA 
Marina Jafar bilan birgalikda uning ,,Platinum" mehmonxonasiga borib 3ta lyuks xonani band qilib 
qo‘yishni buyirdi. Undan so‘ng Jafarning eng chiroyli va hashamatli bo‘lgan ,,Mona Liza" restoranini 
ko‘rib o‘tishdi..
So‘ngra shahardagi eng hashamatli va zamonaviy bo‘lgan ,,Beauty" saloniga kirishdi. 
- nega bu yerga keldik? - dedi Marina atrofni ko‘zdan kechirib 
- jonginam.. aytganimdek maxsus mehmon kelyapti. Jiddiy tayyorlanish kerak.. - dedi Jafar 
kategoriyalarni kòrib chiqib - Gulya!! 
Tirnog‘i uzun va bo‘yalgan, sochlarini sariqqa bo‘yab kaltalatgan bir gap bilan aytganda odamiyligini 
unutgan ,,Qo‘g‘irchoq" Jafarning oldiga erkalanib keldi.. 
- chaqirdingizmi... - dedi erkalanib 
- Gulya qalesan.. senga bitta xizmat bor - dedi Ja'far Marinaga ishora qilib - eng zamonaviy ko‘rinish qil 
senga 30 daqiqa vaqt - dedi Jafar
Gulya Marinani ichkari olib kirib ketdi.
Jafar kutish joyida jurnal ko‘rib qoldi.
* * * * *
SEVARA.. 
- Sevara senga nimalar yoqadi? - dedi Sherzod mashina tezligini biroz oshirib. 
- masalan?


- masalan.. qanaqa rang yoqadi? Hobbying nima? 
- nega bunga qiziqib qoldingiz? - dedi Sevara unga bir qarab qo‘yib
- senga yoqadigan sen qiziqadigan hamma narsa menga qiziq .. - dedi Sherzod 
- nega?? - deb so‘radi yana Sevara 
Sherzod keskin tormozni bosdi. 
-balki seni sevib qolgandirman - deya Sherzod Sevaraga qaradi 
- Mustafobek.. qayerga ketyapmiz? - dedi Marjona mashina oynasidan tashqariga qarab 
- Borganda bilasiz.. - dedi biroz kulib Mustafo.. 
- mashinani to‘xtating!!! - baqirdi Marjona 
Mustafo uning baqirganidan qo‘rqib ketdi va mashinani to‘xtatdi.. 
- tinchlikmi nima bo‘ldi? - dedi unga havotirlanib qarab 
- muzqaymooooq... - erkalanib yo‘lni narigi tarafidagi qoshiqli shokoladli muzqamoqlarga ishora qildi 
Marjona 
- Muzqaymoq?!?!?!?!?! - deb deyarli baqirdi Mustafo - muzqaymoq!! Shunga shunchamidi.. hozir olib 
kelaman.. 
- shokoladli valilinlisidan - dedi Marjona 
- xo‘p xo‘p.. hozir - deya mashinadan tushdi Mustafo - qiziq.. muzqaymoqni bu turini faqat men yaxshi 
ko‘raman deb o‘ylagandim..- deb ichida o‘ylanib qo‘ydi Mustafo 
Oradan 5 6 daqiqa o‘tib o‘tmasdan muzqaymoqlarni olib mashinaga qaytdi.. 
- marhamat.. buyurtmaga asosan shokoladli valilinli muzqaymog‘ingiz xonim.. 
- rahmat..- deya Marjona muzqaymoqni qo‘liga oldiyu shosha pisha yedi.. 
- yosh bola...-deb unga qarab kulib qo‘ydi Mustafo... 
* * * * * * 
Malika qarshilaridagi qora Malibu va undan tushgan qizga bir muddat qarab qoldi.. 


Qiz shahdam qadamlar bilan Jentrani oldiga keldi.. 
Oynani taqqillatdi.. 
Mardon qoraytirilgan oynani asta tushirdi.. 
Qiz Malikaga bir qarab qo‘ydi.. va kulib unga ko‘z qisib qo‘ydi. 
- tush mashinadan!!! - qizning ovozi chiroyli bo‘lsada hukmdorona chiqdi 
- balki..
- tush dedim!! - bu safar qovog‘ini soldi qiz 
Mardon mashinadan tushdi.. 
Gap so‘zsiz qizning mashinasi tarafga qarab yurishdi.. 
Qora Malibuni orqa eshiklari ochilib qimmatbaho kastyum shim kiygan erkak va qimmatbaho ko‘ylak 
kiyib oltin taqinchoqlarga burkangan ayol tushdi..
Erkak Mardonga qarab ancha gapirdi. Keyin esa ayol..
Qiz esa mashinaga suyanib ularni kuzatar.. ora orada Malikaga qarab qo‘yardi..
Mardon avvaliga indamay ularni gapirib bo‘lishini kutdi.. keyin bir narsalar deb Jentra tomonga ishora 
qildi..bu safar hamma Malikaga qaradi. Ammo qoraytirilgan oyna sabab hech kim uni ko‘rmadi.. Mardon 
tezlik bilan Jentrani oldiga kelib Malika o‘tirgan tarafni eshigini ochdi.. 
- nimalar bo‘lyapti? .. ular kim? - dedi Malika biroz qo‘rqib.. 
- qo‘rqma krasotka.. shunchaki jilmayib men bilan yur..- deb unga qo‘lini uzatdi Mardon.. 
Malika mashinadan tushib ular tomonga qarab jilmaydi.. 
Erkak va ayol hattoki qiz ham unga arvohni ko‘rgandek ko‘zlarini katta katta ochib tikilib turishardi.. 
- menga qara krasotka. Hayotimiz Havf ostida.. meni gapimni tasdiqlab tursang omon chiqamiz - deb 
pichirladi Mardon.. 
- agar shu mafiya qo‘lida o‘lib ketsam seni o‘ldiraman - dedi Malika ham unga javoban pichirlab.. 
Mardon negadir kulib qo‘ydi.. 
- Oyi dada tanishing.. mening sevgan qizim va bo‘lajak keliningiz Malika - dedi Mardon erkak va ayolni 
oldiga yetib kelishgach 
- A? - deb hayratga tushdi Malika, keyin Mardonni gaplari esiga tushib sekin - assalomu alaykum - dedi 
Erkak va ayolga qarab 
- Va alaykum assalom.. qizim.. - dedi Erkak 


- va alaykum..- dedi ayol hushlamay 
- Malika tanish bu opam - dedi Mardon mashinaga suyanib turgan qizga ishora qilib - Sarvinoz .. 
- assalomu alaykum.. - dedi qizarib Malika.. u nega qizardi.. nega har doim hech kimga gap bermaydigan 
tili uyalgan boladek jim turibdi...
- diding chakkimas Mardonchik - dedi kulib Sarvinoz
- xo‘sh.. qachondan beri tanishsizlar? - dedi ayol Malikaga ilondek qarab 
- haligi.. 
- 3 oydan beri.. Oyijon shu qizni deb yelib yugirib yuribmanda.. shu qizni ko‘nglini olaman deb ozib ham 
ketdim.. - dedi kulib Mardon 
Malika Mardonga o‘qrayib qaradi..
- agar shu qiz seni aqlingni kirgizsa men to‘yga qarshi emasman.. qizim indinga uyingizdagilarga habar 
qiling.. fotiha qilamiz - deb mashinaga o‘tirdi Mardonni dadasi 
- axir Dadasi.. - dedi ayol
- mening gapim qachondan beri muhokama qilinadigan bo‘lib qoldi? - dedi Mardonni dadasi
Ayol Malikaga yana ilon qarash qilib mashinaga o‘tird 
Sarvinoz Malikaga hayr ishorasini qilib mashinaga o‘tirib ketdi... 
- Mardon... seni o‘ldiraman.. - deb Malika Mardonni urib tepib tashladi.. 
Deyarli bir soatdan beri Malika Mardonni bisotidagi eng ,,chiroyli" haqoratlar bilan maqtab chiqdi
- so‘kinaverib charchamadingmi, krasotka? - dedi Mardon boshini rulga qo‘yib
- Ablax, yaramas, seni o‘ldirish kam!! Avvaliga go‘shtingni nimtalab nimtalab itlarga beraman! - deb unga 
baqirdi Malika
- Fotiha o‘tib olsin. Keyin senikiman. Xohlasang o‘ldir, xohlasang pishirib ye - deya Mardon Malikaga 
qarab jilmaydi 
- yana qanaqa fotiha??!!! Hozir bo‘g‘ib qo‘yaman seni - deb uni yoqasidan ushladi Malika
- tak.. Prinsessa avval gapni eshit. Meni adam juda katta biznes bilan shug‘illanadi. Oyim esa dadamni 
boyliklarini yanada ko‘paytirish uchun meni hamkorlarning qiziga uylantirmoqchi. U qizni ko‘rarga ko‘zim 
yo‘q. Bugun shu to‘y muammosini deb meni quvlashayotgandi. Xullas ko‘zimga sen najot farishtasi bo‘lib 
ko‘rinding. Adamga yoqding. Endi indinga fotiha qilinamiz. Havotirlanma to‘yni harajatlarini o‘z 
bo‘ynimga olaman - dedi Mardon dona dona gapirib 
- sen bir narsani unutding, Mardon. MENDAN SO‘RASHNI!!! MEN TO‘YGA ROZI EMASMAN!!! - deb unga 
baqirdi.


- nu.. pojaaalusta.. prinsessa .. hayotim seni qo‘lingda.. agar adam yolg‘on gapirganimni bilib qolsa, 
TAMOMMAN. - dedi Mardon yosh boladek mo‘ltirab - istagan narsangni beraman..
- istagan narsamni berasanmi? Xohlagan narsamniya?...! - deb ayyorona jilmaydi Malika 
* * * * * *
Yusuf va Yulduz taksida Farg‘onaga 4 soatda yetib kelishdi. Albatta ular yo‘lda jim ketishgani yo‘q. Sal 
qolsa haydovchi ikkovini perevalda tashlab ketardi.
Farg‘ona qadimiy an‘analar milliy qadriyatlar va milliy musiqa diyori..
Ular Mustafodan olgan ma‘lumotlariga ko‘ra bu yerdagi Jafarga tegishli bo‘lgan joylarni tekshirib 
chiqishlari kerak edi. Ro‘yhatda xususiy klinika manzili yozilgandi
- qoyil. Bu deyman Jafar odamlarni o‘ldirib ularni ichki a‘zolarini sotsa kerak a? - dedi Yulduz. 
- Yulduz mobodo boshing bilan yiqilib tushmadingmi? - dedi Yusuf 
- Ha nima.. yana nima deb o‘ylash mumkin?! Kinolarda ko‘rganman. Yovuzlar bolalarni kattalarni 
o‘g‘irlashib, keyin o‘ldirishadi. Ularni ichki a‘zolarini sotishadi - dedi Yulduz ko‘zlari katta katta bo‘lib
- mana shunaqa vaxshiy narsalarni ko‘raverib o‘zing ham vaxshiy va hissizlashib ketgansan - dedi Yusuf 
unga qarab
- NIMAAA?!?!?! kim vaxshiy? Kim hissizlashib ketgan? 2 yil birga bip binoyidek gaplashib yurgandik. . 
Keyin-chi ? Hech narsa demay yo‘qolib ketgan senmi yoki menmi? Yo‘qolib qolganingdan keyin qancha 
qiynalganimni bilasanmi? O‘zimni o‘nglab olishga qancha vaqt ketganini bilasanmi??! Necha kunlar 
necha tunlar xonamda qamalib olib, qayerda xato qilganim haqida o‘yladim. Sen shunchaki g‘oyib 
bo‘lganding. Na telefon qilding va na xayrlashding. Seni qancha kutgandim!!! - deya asabiy baqirdi 
Yulduz 
- nega.. nega meni kutding? - unga javoban asabiylashdi Yusuf 
- chunki seni sevardim!!..... 
* * * * * * 
- xo‘sh.. nima deysan? - dedi Sherzod Sevaraga qarab.
- siz. . Shoshqaloqlik qilyapsiz.. ko‘rganingizga atigi 2 kun bo‘lgan odamni qanday sevish mumkin.?
- bilmadim.. menimcha bu 1 ko‘rishdagi sevgi bo‘lsa kerak. Yoki taqdirning ilohiy qilgan muhabbati - dedi 
Sherzod noodatiy ohangda 


- qo‘ysangiz-chi. . Bunaqasi faqat ertaklarda bo‘ladi. Hayotda 1 ko‘rishdagi sevgi yoki ilohiy muhabbat 
bo‘lmaydi - dedi muloyimlik bilan Sevara 
- bu ga on Qor malikasini yoqtiradigan, 1-qordan ham mo‘jiza qidiradigan qiz aytyaptimi? Mayli bu 
hayotda sevgiga o‘rin yo‘qdir. Unda yur, ketdik sening ertaklar olaminga - dedi Sherzod to‘lqinlanib unga 
qo‘l uzatdi 
Sevaraning ikki yuzi qizardi.
* * * * * * * 
Salondan kelishgan yigit va unga hamrohligida sohibjamol qiz chiqib kelishdi. Bu juftlikni ko‘rishib 
ko‘pchilikni havasi keldi. Ularni hech kim Mafiya qiroli va uning asirasi deb o‘ylamasdi.
Ular birgalikda to‘y uchun ham oq libos tanlab bo‘lishgandi.
Endi navbat kelayotgan muhtaram mehmonni kutib olish qoldi.
Ular qo‘riqchilari bilan birgalikda Jafarning aeraportiga borishdi. Garchi bu aeraport davlatga tegishli 
bo‘lsada uni Jafar ta'minlab, o‘ziniki qilib olgandi. 
Shahsiy samolyot yerga qo‘ndi. Xuddi kinolardagidek qizil gilamcha to‘shaldi. Samolyotdan yoshi 26 - 27 
yoshlardagi yoqimtoy va jiddiy qiyofada bir yigit tushdi.
Uning ko‘zlarida qora ko‘zoynak orti va oldida soqchilar. Xuddi bir mafiya boshqa mafiya bilan 
ko‘rishayotgandek... 
Marina va Jafar mehmonni qarshi olishdi. . 
- tashrifingizdan xursandman.. Mehmedbey..- deb unga qo‘lini uzatdi Jafar
- sizni to‘yingizni ko‘rish va unda ishtirok etish men uchun sharaf - dedi Mehmedbey 
- tanishing.. mening bo‘lajak rafiqam Marinaxonim - deya Marinani Mehmedbey bilan tanishitirdi Ja'far 
- Jafar nega bunchalik to‘yni tezlattirganini endi tushundim - deya Mehmedbey Marinani qo‘lini ohista 
o‘pdi - bamisoli osmondagi quyoshsiz xonim.. ismingiz ham ajoyib..
- tashakkur.. - dedi quruqqina Marina 
* * * * *


,, Hammasi sherik-sherik bo‘lib olishdi. Eh, qaniydi mening ham Doniyor akam shu yerda 
bo‘lganidayu...biz birga bo‘lsak.. Doniyor akam bilan anchadan beri gaplashmadim. O‘zi sog‘-
omonmikin? Oxirgi marta gaplashganimizda negadir shoshilib xayrlashdi. Yevropada ishlari 
yurishmayotganini so‘zladi. Turkiyani ko‘zlayotgani haqida gapirgandek bo‘lgandi. Allohim Doniyor 
akajonimni rizqini ulug‘ qilgin. Axir biz bir birimizni sof va hech bir razilliklarsiz beg‘uborlarcha sevamizku. 
. " degan hayollar bilan Dinora aeroportga kirib borganini ham sezmay qoldi.
- VOY axir bu Marinaku. . Men uni topdim.. 
- Muzqaymoqni yedim. Endi arg‘imchoq uchgim kelyapti - dedi Marjona istirohat bog‘idagi charxpalakni 
ko‘rib qoldi. 
- agar esingda bo‘lsa dugonang mafiya qo‘lida - dedi unga qarab Mustafo 
- Balki Marina shu bog‘dadir? Mafiya uni ko‘nglini olmoqchi bo‘lib, bog‘ga olib kelgan bo‘lishi mumkin - 
deb istirohat bog‘iga mo‘ltirab qaradi Marjona 
- faqat 10 daqiqa ko‘zdan kechiramiz. Keyin boshqa ishlarim ham bor - deya telefoniga kelgan smsga 
qarab qo‘ydi Mustafo 
- biror muammo bormi? - deb unga shubhalanib qaradi Marjona 
- yo‘q-yo‘q.. - deya telefonini tez cho‘ntakka soldi Mustafo - xo‘sh.. xonim bog‘da nima qilamiz?
- avvaliga manavi atraksionda uchamiz - deb odamlarni uyoqdan buyoqqa tezlik bilan uchirayotgan 
atraksionga ishora qildi Marjona 
Mustafoni rangi oqarib ketdi.... 
- Qaysi gunohim uchun? Prinsessa?!!! - zorlanib baqirdi Mardon 
- o‘zing istagan narsangni beraman deganding.. endi nolimasdan o‘tir - deya Malika Jentrani bor kuchi 
bilan gazni bosib haydadi.. 
Shahar ichida tezlikni me'yordan oshirgani uchun Jentrani ortidan YPX xodimlari quvladi.
- M777M qora Jentra xaydovchisi iltimos mashinani to‘xtating. .
Lekin qoraytirilgan oynalar sabab ruldagi Malikani ko‘rishmadi.. Malika to‘xtashni o‘rniga yanayam 
tezroq haydab panaroqqa burilib oldi. Va darhol mashinadan tushib, Mardon o‘tirgan tarafni eshigini 
ochdi 
- tush.. rulga o‘tir! - dedi Malika shoshilib 
- krasotka maya.. nega ekan? - dedi unga qarab Mardon 


- rulga o‘tir.. bo‘lmasa adajoningga haqiqatni aytishga majbur bo‘laman - deb ayyorona jilmaydi Malika 
- ey Xudoyim.. tezroq o‘tir - deya Malika bilan o‘rin almashdi.. 
Endi haydamoqchi bo‘lganda mashina atrofini militsiya xodimlari o‘rab olishdi.
- haydovchi mashinadan tushing..
- kamandir.. uzur.. bilmay biroz tezlikni oshirib yuboribman..- deya mashinadan tushdi Mardon 
- Kapitan G‘aniyev. . Hujjatlaringiz? - deb xodim chest berdi va qo‘lini uzatdi 
- uzur kamandir.. boshqa qaytarilmaydi - dedi Mardon biroz yalinib 
- hujjatlaringiz.. - yana qayta so‘radi xodim 
- hujjat yo‘q! - deb mashinadan tushdi Malika -men bularga nechi marta aytdim.. hujjatlaringizni 
to‘g‘irlang. . Tez haydamang deb.. hech ham gapimga quloq solmaydilar .. iltimos kapitan G‘aniyev.. shu 
akamni tarbiyalab beringlar.. 1 2 sutka o‘tirib chiqsa balki aqli kirib qolar - deya yolg‘ondan ko‘z yoshi 
qildi Malika 
- ey prinsessaa nimalar deyapsan. O‘zing haydadinku mashinani - dedi Mardon hayratdan ko‘zlari 
kattalashib 
- ana ko‘rdiz. . Aybni menga to‘nkaydilar. Umrimda mashina haydamagan bo‘lsam.. katta tezlikda qanday 
haydayman - dedi Malika xodim tomonga yurib 
- yigitchani bo‘limga. Mashinani jarima maydoniga olib boringlar - dedi Kapitan Ga‘niyev sheriklariga.
Malika asta Mardonga yaqinlashib unga eshitarli darajada pichirladi.. 
- istagan narsamni oldim.... 
* * * * * * 
Dinora aeroport xodimlari xonasiga kirib kiyimini o‘zgartirdi. Patnisda qahva va finjonlar olib mehmonlar 
o‘tirgan stolga yaqinlashdi.
Avvaliga hech kim unga e‘tibor bermadi. Dinora finjonlarga qahva quyib Mehmedbeyga uzatdi. Ammo 
fikri hayoli Marinada bo‘lgani uchun qahvani olib unga termulib qolgan odamni sezmadi ham. Marina 
Dinorani ko‘rib sal qolsa baqirib yuboray dedi, ammo Dinora ko‘zi bilan tinchlan degandek ishora qildi. 
Dinora ohistalik bilan Jafarga qahvadan uzatdi. So‘ngra Marinaga qahvani berayotib atay uni ustiga to‘kib 
yubordi. 
- meni kechiring xonim.. men bilmasdan..-deb boshini egdi Dinora 
- hech qisi yo‘q.. hammada ham bo‘lib turadi.. Mehmedbey, Jafarbek aka men sizlarni oz muddatga tark 
etaman.. - deb o‘rnidan turdi Marina 


Ja'far ikkita soqchisiga ishora qildi. Ular Marinani yoniga turib olishdi. 
- yuvinish xonasiga shu soqchilaringiz bilan kiramanmi? - dedi Marina bir qoshini ko‘tarib
- kirasanmi kirmaysanmi bilmadimku. Ammo yolg‘iz bormaysan.. - dedi Jafar qovog‘ini solib 
- yaxshi, bo‘lmasa, manashu qiz men bilan birga boradi. O‘zi chiqargan muammoni hal qilishga yordam 
bersin - deb Marina Dinorga ishora qildi.
Dinora asta bosh qimirlatib tasdiqlab, Marina va soqchilarning ortidan yuvinish xonasigacha birga bordi. 
Ayollar xonasi eshigida ikki soqchi qoldi. Marina va Dinora ichkariga kirgach, ovozsiz bir birini 
quchoqlashishdi..
- sendan juda havotirlandim - deb pichirladi Dinora 
- men esa sog‘indim - deya unga javoban mahkamroq quchoqladi Marina 
* * * * * * 
Olim qo‘llari bog‘langan holatda ancha o‘tirdi. Oldidagi yumshoq kresloda Marhabo kitob o‘qib o‘tirardi. 
- Yaxshi qiz iltimos qo‘limni yeching.. - dedi muloyimlik bilan.
- ovora bo‘lmang baribir yechmayman - dedi Marhabo ko‘zini kitobdan uzmagan holda 
- Ey.. axir zerikib ketdimku. . Agar yechmasangiz, hech bo‘lmasa ovoz chiqarib o‘qing - dedi Olim 
- Yaxshi, ovoz chiqarib o‘qiyman. - dedi Marhabo unga bir qarab qo‘yib - bu oysiz tunlarda, atrofingda 
odam ko‘p. Ammo sen o‘zingni yolg‘iz his qilasan. Sen kutgan, yuraging so‘ragan odamni ko‘rmaguncha 
qalbing yorishmaydi. Shu on uni ko‘rasan va oysiz tun ham atrofdagi odamlar ham g‘oyib bo‘lishadi. 
Faqat sen va u.. - deb Marhabo Olimga qaradi. Olim ham Marhabodan ko‘z uzmay o‘tirardi.
- Negadir qolganlar jimib qolishdi - deya ko‘zlarini olib qochdi Marhabo 
- ha.. jimjit bo‘lib ketishdi - deb Olim ham asta yo‘talib - Kompyuterni yoqib, do‘stlarimni GPS yordamida 
aniqlaymiz.
- Men o‘zim qilaman. Sizni qo‘lingizni baribir yechmayman - dedi Marhabo va noutbukini yoqib 
qizlarning telefoni yordamida wi-fi ulab aloqa tikladi.
GPS ga ko‘ra Sevara va Sherzod Samarqandda, Yulduz va Yusuf Farg‘onada, Mardon va Malika 
Toshkentda, Marjona va Mustafo Qashqadaryoda ekanligini ko‘rsatyapti. Marhaboning telefoni asta 
jiringlab xabar keldi. 
,,Marhabo. Men Dinoraman. Marinani topdim. Bu raqam aeroport xodiminiki. Toshkent xalqaro 
aeroportiga hammani jo‘nat. Men ularni chalg‘itishga harakat qilaman..."
Marhabo darhol hamma bilan bog‘lanishga harakat qildi.


* * * * * * * 
- Meni sevarding??! - o‘ylanib qoldi Yusuf keyin birdan yuzini jiddiy qiyofaga keltirib - xo‘sh shunga nima 
bo‘libdi?
- sen.. sen ablaxsan.. sen arzimaysan.. hech narsaga arzimaysan.. his tuyg‘ularga.. odam bo‘lishga 
arzimaysan - deya Yulduz Yusufga tarsaki tushirdi..
Keyin biroz yig‘lamsirab uning yonidan nari ketdi.
Yusuf unga bir narsa demoqchi edi, ammo telefoni jiringlab qoldi.
* * * * 
Sherzod va Sevara Samarqanddagi ,, Registon" va ,, Ko‘kaldosh" restoranlarini ko‘rib chiqishdi. Bir ikki 
ofitsiantlarga pul berib, Jafar haqida ma‘lumot olishdi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra Jafar bu yerga 1 oydan beri kelgani yo‘q. U restoran biznesi niqobi ostida giyohvand 
moddalarning oldi-sotdisi bilan shug‘illanishi aniqlandi. Ammo o‘g‘irlangan qiz haqida hech qanday gap 
eshitishmagan. Ular restorandan chiqishgach, muzqaymoq yegani kafega kirishdi. 
- Bu Xudoning balosi hozir qayerda ekan a? - dedi o‘ylanib Sevara
- Bilmadim. .ammo menga uni qidirish yoqyapti - deya xizmatchi qiz keltirgan muzqaymoqni paqqos 
tushira ketdi Sherzod
- Nega? Nimasi yoqyapti? - deb so‘radi uni gapiga tushinmagan Sevara 
- sen bilan birga o‘tgan har soniya yoqyapti. Sen ajoyibsan. . Sevara - deb Sherzod qo‘li yonida turgan 
Sevarani qo‘lidan ushlamoqchi edi, baxtga qarshi telefoni jiringlab qoldi.
* * * * * * 
To Mustafo hushidan ketgunicha ular har xil atraksionlarda uchib chiqishdi. Mustafo yerga qadam 
qo‘yishi bilan ko‘zi tinib xushidan ketdi.
- voy Mustafo, o‘zizga keling - deya Marjona uni yuziga suv sepdi.
Mustafoning qora kamon o‘qidek kipriklari pirpirab ko‘zini ochdi.
- Tovba tovba. Yoshboladan ham battar ekansizku - deb Marjona qolgan suvni ichib qo‘ydi. . 
Mustafo endi javob bermoqchi edi telefonni jiringladi. 


Yusuf xabarni o‘qib atrofga qarasa Yulduz yo‘q..
- eh tentak qiz. Qayoqqa yo‘qolding!!! - dedi o‘ziga o‘zi Yusuf.. 
U atrofni yugirib ko‘zdan kechirdi.
O‘tgan ketgan odamlardan surishtirib ko‘rdi. Keyin telefonini olib yashirin kontaktlarga kirdi va bir 
odamga qo‘ng‘iroq qildi.
- allo..Ulug‘bek .. ha bu men. Yusufxonman.. bir qizni zudlik bilan topish kerak. Ismi Yulduz. Familyasi 
Ne‘matova. Vodiydamiz.. yoshi 19 20 atrofida - deb telefonini o‘chirdi Yusuf..
Zum o‘tmay Yusufning telefoni jiringladi. 
- allo.. ha eshitaman. ha Marhabo.. ha tushunarli..ammo kichik muammo bor. Yulduz yo‘qolib qoldi.. 
nega baqirasiz? Yosh qizcha emasku adashib qoladigan .. havotir olmang. Hozir uni topaman.. - deb 
telefonini o‘chirdi Yusuf - agar shunaqa xotining bo‘lsa, qulog‘ingni qoqib qo‘lingga beradi - dedi o‘ziga 
pichirlab
Yusuf yana atrofni ko‘zdan kechirdi. 10 daqiqa o‘tmasdan Ulug‘bek ismli tanishidan yana qo‘ng‘iroq b‘ldi. 
- allo. Ha Ulug‘bek. . Topildimi? Qayerda deysan? Nima poyezd stansiyasida? ?? Yaxshi rahmat 
Ulug‘bek.. kattalarga bu haqida aytma.. xayr - deb telefonni o‘chirdi Yusuf va stansiyaga taksi to‘xtatib 
ketdi..
* * * * . 
Marina Dinoraga boshidan o‘tgan hamma voqaealarni aytib berdi..
- bechoraginam.. nega hayotingga nuqta qo‘ymoqchi bo‘ldinga? senga biror narsa bo‘lganda biz nima 
qilardik? Shuni o‘yladingmi o‘zi? - dedi Dinora mayin erkalagan ovozda tanbeh berdi 
- Dinoshim.. dunyo ko‘zga qorong‘u bo‘lganda, faqat o‘lim hayolingga kelarkan.. - deb o‘ylanib qoldi 
Marina - aytgancha, qolganlar qani? 
- ularga xabar jo‘natdim. Tez orada shu yerda bo‘lishadi... endi esa anavi sirtlonlardan qochish yo‘lini 
qidirishimiz kerak - dedi o‘ylanib Dinora 
- Dinora.. ulardan qochib bo‘lmaydi.. senga qanday tushuntirsam ekan.. bu go‘yoki o‘rgimchak to‘riga 
o‘xshaydi.. hamma narsa bir biriga bog‘langan. Agar Jafar va Mehmedbeyga o‘xshagan odamlar bemalol 


ozodlikda yurishsa, bu hammani hayotiga katta xavf soladi.. to‘g‘ri Ja'far to‘ydan keyin hamma yomon 
ishlaridan voz kechishga so‘z berdi.. ammo bukrini go‘r tuzatadi. . Shunday ekan ularni oldida qolib 
rejalarini chippakka chiqarish kerak. Mehmedbey faqat to‘yga kelganga o‘xshamayapti - deb vaziyatni 
tushirtirdi Marina.. 
- nima sen u mafiyozga erga tegmoqchimisan? Esingni yedingmi Marina? Yo senga ham narkotik berib 
qo‘yishdimi?!! - dedi Dinora asabiylashib 
- Dinora.. men narkoman emasman. Esim ham joyida.. Dinora.. iltimos menga yordam ber.. ularni yo‘q 
qilib yuboramiz.. ablax va qabih ishlariga qo‘shib - dedi Marina jo‘shib gapirdi 
- Marina.. sen eng yaqin dugonamsan. - deb yerga qaradi Dinora - .sendan boshqasi bo‘lganda, albatta 
jinnixonaga jo‘natgan bo‘lardim.. ammo sen bekordan bekorga qaltis ishlar qilmaysan.. kel ularni ta'zirini 
beramiz - deb ayyorona jilmaydi Dinora.. 
* * * * *
Marjona va Mustafo aeroportga yetib kelishdi. Bir mashinaning panasiga o‘tishib atrofni kuzatishdi.. 
Eshik oldida bir nechta qora kostyum shim kiygan qo‘riqchilar turishardi.. 
- menimcha vaziyat jiddiy. Mendan bir qadam ham uzoqlashma.. ehtiyot bo‘l - dedi Mustafo 
- o‘zimni o‘zim himoya qila olaman.. har xolda hech qachon bolalar uchadigan arg‘imchoqqa chiqib 
hushimdan ketib qolmaganman - deb kinoya qildi Marjona 
- xo‘p xo‘p.. indamadim.. xullas reja bunday.. ikkalamiz aeroportga kirib atrofni ko‘zdan kechiramiz.
Marinani topamiz. Holiroq joyga chaqirib olib ketamiz - dedi Mustafo Marjonaga 
- keyin uni o‘g‘irlagan mafiyoz oshig‘i orqamizdan katta to‘pponchasini ushlab quvlaydi.. otishmalar 
bo‘ladi. Bum badabang. . Keyin qarabsizki qahramonlarcha halok bo‘lasiz - dedi Marjona mazax qilib 
- niyating namuncha sovuq.. men hali yashayman. Ulgirmagan ancha ishim bor - dedi Mustafo 
- hoy bu yerda nima qilyapsizlar? - deb Sevara ularni oldiga keldi.. 
- sovuq niyat qilib o‘tiribmiz.. - dedi Marjona - qaysi go‘rda yuribsizlar.. namuncha kech qolmasangiz ? 
- e‘tiboringiz uchun Samarqanddan yetib kelish oson bo‘lmadi.. - dedi Sherzod.. 
- nima deb o‘ylaysizlar ular ichkaridamikin? - dedi Sevara 
- Marhabo bizga xabar jo‘natganiga 5 soat bo‘ldi.. hozir biz ichkariga kirib aniqlashtirib chiqamiz.. sizlar 
to‘polon qilmay o‘tiringlar - dedi Marjona va Sevarani qo‘lidan tortib aeroportga kirib ketdi. .. 
Ular ichkariga kirishib hammayoqni yaxshilab ko‘zdan kechirishdi. Ammo na Marinani va na Dinorani 
topa olishmadi.
Hafsalasi pir bo‘lishib aeroportdan chiqishdi.
- ha nima bo‘ldi? To‘pdingizmi? - deb so‘radi Mustafo


- topganimizda shunday chiqarmidik?!- zahrini sochdi Marjona 
Shu payt Mustafoni telefoni jiringlab qoldi.. 
Mustafo ekranga bir qarab negadir bezovtalana boshladi.
- tinchlikmi? - deb so‘radi Sherzod undan 
- ha ha e‘tibor berma. Ishxonamdan so‘rashyapti. 2 kundan beri ishga bormaganimga chaqirishyapti 
shekilli - deb ko‘zlarini olib qochdi.
Sherzodning ham telefoni jiringlab qoldi. 
- alo. Eshitaman. Dinora!!! Qayerlarda yuribsiz?? Biz.. - Sherzod gapini tugatmasdan Marjona uni 
qo‘lidan telefonni yulqib oldi. . 
- allo. Dinosh. . Qayerlarda yuribsan? Biz aeroportdamiz .. nima?! Rejalar o‘zgardi deysanmi? hammani 
olib kel dedingmi?!!!Nima gap o‘zi.. Marina tirikmi? A. shoshmay tur. Manzilni qaytadan ayt.. Sevara 
eslab qol. Yunusobod.. Eski Turkiston.. aha. ,,Platinum" mehmonxonasi. 122 xona.. tushinarli..
ertagami? Xo‘p mayli.. xayr.. - deb telefonni o‘chirdi Marjona 
- nima gap tinchlikmi? - dedi Sevara unga qarab 
- xullas yigitlar sizlar bilan ishimiz tugadi. Marinani topdik. Uni o‘zimiz bemalol qutqarib olamiz. Sizlarga 
esa xayr.. - deb yigitlarga qo‘lini silkitdi Marjona 
- unchalik tez xayrlashmaymiz.. - deb Mustafo Marjonani bilagidan mahkam ushlab mashinasiga o‘tkazdi
- hoy esingizni yedingizmi? Qo‘yib yuboring meni.. hoy bu jinoyat. - baqirib qarshilik qildi Marjona . 
Mustafo esa unga parvo ham qilmasdan mashinaga o‘tirdi va tezlik bilan xaydab ketdi.. 
- nega qoqqan qoziqday bu yerda turibsizlar? Sevara hammasi joyidami? - qayoqdandir Marhabo paydo 
bo‘lib qoldi.
- voy Marhabo sog‘misan? Seni sog‘inib ketdim - dedi Sevara uni quchoqlab
- men yaxshiman.. ammo qolganlar qani? Nima balo ularni ham o‘g‘irlab ketishdimi? - dedi Marhabo 
atrofga qarab
- Marjona ikki daqiqa avval shu yerda edi.. ammo Mustafo uni mashinaga o‘tkazib qayoqqadir olib ketdi.. 
- deya beg‘ubor bolalarcha javob berdi Sevara 
- Malika ham, Yulduz ham yo‘q. Qayoqqa daf bo‘lishdikin ular.. Mardonga tushib bo‘lmayapti. Yusuf bilan 
aloqa yo‘q.. hamma topilsa men darhol uyimga ketaman.. - dedi Marhabo asabiylashib.. 
- voy Yulduz qayerda? - deb so‘radi Sevara 
- bilmayman.. u ham g‘oyib bo‘lgan.. - deb quruqina javob berdi Marhabo va Sherzod qo‘liga kalit berdi - 
mana kalit. Borib do‘stingizni qutqaring.. yana sovuq va ochlikdan o‘lib netib qolmasin.. - dedi Marhabo 


- shavqatsiz qiz ekansiz.. kamenni yoqib ovqat bersangiz bo‘lmasmidi? - deya kalitni oldi Sherzod 
- ertaroq kelib qizlarni qutqarsangiz bo‘lmasmidi?!- uning ohangida javob qaytardi Marhabo - qani yur 
Sevara.. bizning boshqa ishlarimiz bor..
- biz yana ko‘rishamizmi? - dedi Sevaraning ortidan Sherzod 
- taqdir bo‘lsa albatta - javob qaytardi Sevara 
Qizlar taksiga o‘tirib ketishdi.. 
Sherzod bir muddat ularni ortidan qarab, Olimni oldiga ketdi. 
Sherzod qorli tog‘dagi uychaga yetib kelgunicha vaqt allamahal bo‘lib qolgandi. U uyni eshigini Marhabo 
bergan kalit bilan ochib ichkariga kirdi.
Ichkariga kirgach ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.
Uycha issiq, oshxona stoli chiroyli qilib bezatilgan, ustida turli nozu ne‘matlar, har xil bug‘i chiqib turgan 
ovqatlar, Desertga shirinliklar.. Olim yuvinish xonasidan artinib chiqib qoldi.
- Olim, do‘stim tirikmisan?! - dedi uni quchoqlab Sherzod 
- Sherzod?? Sen qayoqdan paydo bo‘lib qolding? - hayron bo‘ldi Olim
- Marhabo qizaloq.. kalit bergandi - deya bo‘lib o‘tgan voqeani kulib aytib berdi Sherzod - lekin qo‘li 
shiringa o‘xshayapti - deya stolga ishora qilib qo‘ydi 
- nimasini aytasan Sherzod. . 2 soatda shuncha narsani tayyorlab tashladi. To‘g‘risini aytsam, agar ko‘ngil 
qo‘ygan odami bo‘lmasa.. haligi. . To‘yimda kuyov jo‘ra bo‘larsan - kulib qo‘ydi Olim 
- e oshna.. beshni ol.. to‘yingda o‘zim kuyov jo‘ra bo‘laman. . - deb qo‘lini siqib qo‘ydi Sherzod..
Ikkisi ovqatlanishib, issiqina uyda uyqiga ketishdi..
* * * * * 
Marhabo va Sevara ,, Platinum " mehmonxonasiga kelishib 126 - xonani band qilishdi.. 
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay ularni xonasiga Dinora kirib keldi.
Qizlar quchoqlashishib, bir biridan hol ahvol so‘rashdi. .
- yana nimalarni boshlamoqchisizlar? - dedi Marhabo Marinaning rejasini Dinoradan eshitib 
- boshlamoqchisizlar emas.. boshlamoqchimiz.. aytgancha Marjona qani? Yulduzchi? Malika kelmadimi? 
- dedi ularni xonada ko‘rinavermagach 


- Tabriklashing mumkin . Yulduz va Malika dom daraksiz g‘oyib bo‘lishdi. Marjonani bo‘lsa Mustafo 
deganlari majburlab olib ketgan.. telefonini ham ko‘tarmayapti. - dedi Marhabo o‘ylanib 
- Ularni ham topish kerak. Xullas qizlar... Manashu zalning 122, 123 va 124 - xonalari band qilingan. 122 - 
xona Marinaniki.. 123 va 124 - xonalar Marinani o‘g‘irlab ketgan Jafar va uni hamkori bo‘lmish 
Mehmedbeyga tegishli..ertaga ularni xonalariga xona xizmatchisi bo‘lib kiramiz va jinoyatlarini fosh 
qiluvchi dalillarni olib politsiyaga topshiramiz.. - dedi Dinora qizlarga qarab 
- rejang yaxshi.. biz sen bilanmiz - dedi Sevara Dinoraga
Dinora qizlarga hayrli tun tilab Marinani oldiga chiqib ketdi. 
Sevara va Marhabo dom daraksiz yo‘qolgan dugonalari haqida biroz suhbatlashib uyqiga ketishdi.. 
* * * * * *
- nega doim meni ishlarim teskarisiga ketadi a?? - dedi o‘z o‘ziga Malika - tushlik qilganimga ham 5 soat 
bo‘lyapti. Hamyonim ham uychada qolib ketgan. Telefonim ham yo‘q. Qizlarni birortasini ham raqami 
hayolimga kelmayapti. Uyga ham qo‘ng‘iroq qilolmayman... anavi esipast Mardon hayotimga kirib 
kelganidan beri boshim tashvishdan chiqqani yo‘q.. negayam u bilan keldim ekan a?!! Yana o‘zicha 
menga uylanmoqchi emish.. tushingni borib Toshkent dengiziga ayt, ahmoq. . Marhabo unga qo‘ng‘iroq 
qilgan bo‘lishi kerak. Xo‘sh.. Malika tinchlan.. - deya skameykaga o‘tirib chuqur chuqur nafas oldi - xo‘sh.. 
hozir Mardonni oldiga boraman. Telefonini olib qizlar bilan bog‘lanaman. Aniq bilaman, ular meni rosa 
qidirshyapti. Mardonni bir ammallab avrab olsam bo‘ldi - deya Malika o‘rnidan turib politsiya 
mahkamasiga qarab ketdi.
Yarim soat ichida Mardonni topib, u bilan ko‘rishish uchun ruhsat oldi. 
- krasotka maya.. meni darrov sog‘inib qoldingmi?! - ayyorona kulib qo‘ydi Mardon 
- ha-ha judayam kulgili.. - jiddiy ohangda unga dedi Malika - ko‘p asabimga tegmasdan, telefoningni 
cho‘z.
- prinsessa.. sendan ugina mendan bugina degan gapni eshitganmisan? O‘zing chiqargan muammoni hal 
qilib, meni bu yerdan chiqar. So‘ngra men ham senga yordam beraman.. - dedi Mardon 
- aha.. o‘ylaganimdek ahmoq emas ekansan. Men seni bu yerdan chiqaraman. Evaziga telefoningni 
berasan va hayotimdan daf bo‘lasan. - dedi Malika unga qo‘lini uzatib 
- eyey krasotka. . Fotiha nima bo‘ladi? - dedi Mardon hayajondan shoshilib 
- Fotihang uchun o‘zinga boshqa qo‘g‘irchoq qidir. . Yoki adajoningga qo‘ng‘iroq qilib qayerdaligingni, bu 
yerga nima sababdan tushib qolganingni aytaymi? Uni raqamini topish qiyin emas, menimcha 
Toshkentning katta boyini hamma tanisa kerak a.. - dedi Malika unga sinchkov qarab
-
prinsessa.. ko‘ndirding.. seni tinch qo‘yaman .. faqat meni bu yerdan chiqar.. - dedi Mardon va o‘rnidan 
turib nari ketdi. 


Malika kapitan G‘aniyev bilan gaplashib olish uchun uni xonasiga bordi.
- kechirasiz.. assalomu alaykum - deya Malika uni xonasiga kirdi - men.. haligi bugun hibsga olingan 
yigitni qo‘yib yuborishingizni so‘ramoqchi edim. 
- marhamat kiring.. Mardon Mardonovni shundaymi? - deya Malikaga o‘tishni taklif qildi 
- ha.. Mardon Mardonovni.. aslida uni aybi yo‘q. Biz urishib qoldik. .aslida hamma ayb menda. Bir 
birimizni yaxshi ko‘ramiz. Fotihamiz bo‘lishi kerak edi. Ammo uni oilasiga to‘g‘ri kelmayapman emish. 
Unga agar bir birimizga to‘g‘ri kelmasak unda ajralaylik degandim. Uni jahli chiqib ketdi. Sizlar uni hibsga 
olayotganlaringda u o‘zida emasdi. Agar qamash kerak bo‘lsa meni qamay qoling.. ammo uni qo‘yib 
yuboring - deb yig‘ladi Malika 
- iltimos o‘zingizni qo‘lga oling.. bizga ham tekintomoq kerak emas. Marhamat uni olib ketavering. Faqat 
boshqa bunday holatga yo‘l qo‘yilmasin - dedi qizlarni ko‘zyoshiga toqat qilolmaydigan G‘aniyev
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Malika va Mardon mahkamadan chiqib ketishdi. Mardonga mashinasini 
qaytarib berishdi. Ular mashinaga o‘tirib ketishdi.
- marhamat.. ol - Mardon telefonini Malikaga berdi
Malika qo‘ng‘iroqlar jurnalini tekshirdi ammo o‘ziga tanish bo‘lgan raqamni topa olmadi. Endi o‘z 
raqamiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi edi, telefonning quvvati tugab o‘chib qoldi.. 
- uf qanaqangi omadsiz kun bo‘ldi ya bugun. . Hammasiga sen aybdorsan - deb telefonni Mardonga otdi 
Malika - mashinani to‘xtat tushib qolaman
- kech bo‘lganda qizlar ko‘chada yurmaslik kerak. ko‘chada hozir mendan ham battarlari bor.. prinsessa - 
dedi Mardon va mashinasini burib to‘xtatdi.
- qayerga keldik? - deb Malika tashqariga qaradi.. 
Hashamatli va chiroyli ,,Platinum" mehmonxonasi boshini mag‘rur tutib turardi.
- nega bu yerdamiz? - so‘radi Malika 
- nima uyingga oborib qo‘yaymi? - unga qarab dedi Mardon 
- savolimga savol bilan javob berma.. men haqimda o‘ylama ham... uyinga oyijoningni oldiga ketaver.. - 
deb mashinadan tushib qarama qarshi tomonga keta boshladi Malika. 
- o yo‘q.. bunaqasi ketmaydi Krasotka.. - Mardon yugurib kelib Malikani dast ko‘tarib oldi 
- hoy esingni yedingmi? darhol qo‘yib yubor.. - unga baqirdi Malika. 
- agar hozir men bilan esli qiz bo‘lib manashu mehmonxonaga kirmasang seni o‘pib olaman - deb unga 
yanayam yaqinlashdi Mardon 
- ahmoq uyatsiz.. qo‘yib yubor dedim.. - tipirchiladi Malika
Mardon uni yerga qo‘ymasdan mehmonxonani ichiga kirib ketdi. Ichkaridagilar ularni yosh juftlik deb 
o‘ylashdi.. 


- qo‘yvor.. xo‘p. Sen nima desang shu.. - deb pichirladi Malika atrofdagilarni qarashidan uyalib 
- yaxshi.. aqilli qiz bo‘lgin endi - dedi Mardon ham pichirlab
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, ular 120- va 121 - xonaga joylashishdi. 
Bugun ham poyezd stansiyasida odam qizigan. Hamma qayoqqadir ketadi - shoshadi, kimdir kimnidir 
kuzatadi yoki kutib oladi.
Yusuf agar kech qolsa hech qachon topolmaydigan odamini izlash bilan band.. kutilmaganda poyezd 
stansiyasiga formali davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bostirib kirishdi. .. ular hammayoqni ko‘zdan 
kechirishdi hattoki endi kelgan va ketmoqchi bo‘lgan poyezd vagonlarigacha... 
Ular stansiyada telbalardek har tomonga yugirayotgan Yusufni o‘rab olishdi. Yusuf ularga hissiz qaradi.. 
shunda ularni kattasi Yusufga yaqin keldi. 
- O‘rtoq Leytenant Yuldoshev barcha kassalar va vagonlar tekshirib chiqildi.. ammo Yulduz Ne'matova 
hech qayerda yo‘q.. - deb chest berdi katta mayor Sa'dullayev
- topasizlar.. uni hoziroq topasizlar!!! - deb baqirdi Yusuf unga
Bu vaqtda Yulduz ayollar xonasidan ko‘z yoshlarini artib chiqayotgandi..
U stasiyadagi formalilarni va ularni o‘rtasida turgan Yusufni ko‘rib qo‘rqib ketdi.
,,Nahotki Yusuf xalqaro jinoyatchi bo‘lsa.. shuning uchun indamay g‘oyib bo‘lgan ekan-da . " o‘yladi 
Yulduz. .
- kechirasiz.. ular nega bu yerda turishibdi.. - deb asta so‘radi Yulduz yonidan o‘tib ketayotgan semiz 
ayoldan 
- bir qizni qidirishyapti. . Shunday deb eshitdim.. - deb beparvo o‘tib ketdi ayol 
- ular meni qidirishyapti.. meni uni sherigi deb o‘ylashyapti sheklli. . Endi nima qilaman?!?!?! - talvasaga 
tushdi Yulduz - agar qamalsam kariyeram nima bo‘ladi.. 
Kutilmaganda bir askar Yulduzni ko‘rib qoldi. Yulduz qo‘rqqanidan rangi oqarib joyidan qimirlolmay 
qoldi. Ikki askar uni oldiga borganda Yulduz hushidan ketib qoldi..
* * * * * * 
- odamni majburan olib ketish yoki ixtiyoriga zid ravishda o‘g‘irlab ketishga qanday jazo berilishini 
bilasizmi? - mashinaga chiqqandan beri tinmay gapirardi Marjona 
- bilasanmi? Seni tinmay gapirishing ham yaxshi.. har xolda kechasi bilan uxlamagimdan keyin yonimda 
tirik budilnik asqotyapti - deb unga zimdan qarab qóydi Mustafo 
- xòsh.. meni majburlab Qashqadaryoga olib kelganingizga jiddiy sabab bor deb umid qilaman - deb 
unga labini burib qaradi Marjona 


- albatta. Juda jiddiy sabab bor.. - deya Mustafo mashinasida uzun ko‘chaga kirib hashamatli bo‘lmasada 
zamonaviy va chiroyli uy oldida to‘xtatdi.. - yetib keldik.. marhamat.. bu mening uyim. Istardimki bu uy 
sening ham uying bo‘lishini.. sen shu eshikdan har tongda chiqib ko‘cha supirishingni.. meni ishga 
kuzatib kutib olishingni.. ota onamni shu uyda xizmatlarini qilishingni.. Marjona.. agar ko‘nglingda 
zarracha bo‘lsada menga nisbatan iliqlik bo‘lsa ayt. Hech bo‘lmasa ishora ber.. seni shunchaki qo‘yib 
yuborolmayman. Seni yo‘qotib qo‘yishni ham istamayman, chunki seni telbalarcha sevib qoldim. - deya 
Mustafo unga shunday o‘tinchli qaradiki, Marjona hattoki kimligini ham esidan chiqarib qo‘yay dedi.. 
- Krasotka!!! Uyg‘on Prinsessa !!! - sahar ertalabki 7 dan Malikaning eshigi taqilladi.
- ovozginang o‘chsin seni..kechasi ham baland musiqa qo‘yib uxlatmading. Ertalab eshigimni 
qizilishtondek taqillatyapsan.. menda qasding bormi!!! - eshikni baqirib ochdi Malika 
U qo‘liga yostig‘ini ushlab olgandi.
Mardonning egnida mehmonxona halati qo‘lida kofe. Malikaning ham boshqa kiyimi bo‘lmagani uchun 
mehmonxona halatida uxlagan edi. Bilmagan odam ularni er xotin deb o‘ylashlari aniq.
- prinsessa kiyimimizdan bizni sevishgan juftlik deb o‘ylashadi. - deb kuldi Mardon - mayli bo‘laqol 
nonushta vaqti o‘tib ketadi. menga qolsa shu halatlarda tushsak zo‘r bo‘lardida
Mardonning o‘xshamagan hazil gaplari Malikani joniga tegdi.
Qo‘lidagi yostiq bilan Mardonni devorga itarib nafas olishiga halaqit berdi.
- seni shu yerni o‘zida o‘ldiraman!! - telbanamo baqirdi Malika 
- Malika?? - Malikaning ortidan tanish ovoz eshitildi.
Malika o‘girilib ortiga qaradi.
Uning ortida mehmonxona xizmatchisi kiyimida Marhabo va Sevara turardi.
- Marhabo!! Sevara!! Bu yerda nima qilyapsizlar? - dedi Malika yostiqni Mardonni yuzidan olmasdan 
- biz reja bo‘yicha.. xullas tarixi uzun.. ammo sen bu yerda nima qilyapsan.? Yana bu yigit bilan bir 
xonada tunadingmi? Ustingizda nega bir xil kiyim? Turmush qurdingizmi?? Asal oyidamisan? Shuncha 
kun qayerda eding?? - Sevara ketma ket savollar bera boshladi.
- men haligi.. anavi.. - deb Malika Mardonni yostig‘i bilan birga xonaga itarib yubordi va eshikni yopib 
qo‘ydi. - xullas qizlar menda ham uzun tarix..
- seni ham kelganing yaxshi bo‘ldi. Yur bizni xonaga.. ustunga ham tuzikroq kiyim beramiz.. - deb 
Marhabo Malikani 126- xonaga olib kirib ketdi..
* * * * * * 
Erta tongdan boshlangan g‘ala g‘ovur butun mehmonxonani tinchini buzgandi. Hamma xodimlar 
uyoqdan buyoqqa shoshib yurishar, go‘yoki davlat prezidenti tashrif buyirayotgandek tayyorgarlik 
ko‘rishardi.
122- xona eshigi shoshilib taqilladi.


- kim? - dedi Marina asta 
- men go‘zalim.. umr yo‘ldoshing. - tashqaridan Jafarning ovozi eshitildi 
- voy.. assalomu alaykum. Yaxshi dam oldingizmi? Ha tinchlikmi erta tongda - deya eshikni ochdi Marina 
- jonginam..biram uyqichisanda.. qanaqasiga erta tong.. soat 9 bo‘ldiku.. bo‘laqol kiyinib tayyorlan. 
Tushlikka maxsus mehmonimiz bor.. va kichik yangilik ham - dedi Jafar Marinani burnidan chimchilab 
- qanaqa yangilik? Maxsus mehmon Mehmedbeymi? - dedi Marina qiziqib..
- yo‘q hayotim.. tezroq tayyorlan. Maxsus mehmon soat 10 da keladi. - deb o‘z xonasiga ketdi. 
Marina sochlarini yig‘ib yotoqxonada mazza qilib uxlayotgan Dinorani silkitib uyg‘ota boshladi.. 
- Dinosh .Dinosh tur dedim.. tursangchi - silkitdi Marina
- nima deysan...- dedi uyqisirab Dinora ko‘zini ham ochmay 
- menimcha rejalar yana o‘zgaradigan ko‘rinadi. . Mehmonxonaga yana maxsus mehmon kelayotgan 
emish.. - dedi Marina 
- Kelsa nima qilibdi. . To‘yga mehmon keladida - dedi Dinora 
- uff Dinooosh.. mendan battar uyqichisane.. tursangchi.. oddiy mehmonga o‘xshamayapti.. yana Jafar 
yangiligim bor deyapti . Obbo uyg‘ongin Dinoosh - deb silkitishda davom etdi..
Dinora chuqur esnab o‘rnidan turdi. Yuz qo‘lini yuvib soat 10gacha Mehmedbey va Jafarning xonalarini 
tekshirish uchun qizlarga xabar bergani xonadan chiqdi.. 124-xonaning oldidan o‘tayotganda eshikni 
keskin ochilib uni peshonasiga tegdi.
- AYYY.. hoy ko‘zingga qarasang o‘lasanmi?! - deb peshonasini ushlab eshikni ochgan kimsaga baqirdi.. 
unga qaradi-yu. . Ko‘zlariga ishonmadi..
- Doniyor aka...
* * * * 
- nimalar deyapsiz? Axir tanishganimizga 3 kun ham bo‘lmadiku. . Keyin men - dedi Marjona shosha 
pisha 
- Jim.. mening qarorim qat‘iy. Demak buni cho‘zib o‘tirishning keragi yo‘q. Sen shu yerda kutib tur men 
hozir - deb Mustafo mashinadan tushib uyiga kirib ketdi.. 
- Keyin men.. unashtirilganman... - deb labini tishladi Marjona. U Mustafoga unashtirilganini aytish 
uchun mashinadan tushib darvozaga yaqin keldi.. 
Ichkaridan katta yoshdagi er xotinning va
Mustafoning tortishishayotganliklari eshitilib turardi. 


- nega telefoningni ko‘tarmaysan quloqsiz bola! Yuragim ado bo‘ldiku - dedi ayol hasratlanib
- oyi .. havotirlanmang.. men sog‘man. Sizga esa bir sovg‘am bor. Men sizga kelin olib keldim - dedi 
Mustafo 
- kelin?!?! Yana qanaqa kelin?! Hoy bola men bilan hazillashma.. men yaxshi xonadon bilan vadalashib 
qo‘yganman - dedi ayol gapini dona dona gapirib 
- oyi!! Meni ham tushining. Men u qizni yaxshi ko‘raman - dedi Mustafo bir gapni qayta qayta 
gapirayotgandek
- yaxshi ko‘raman dedingmi?!?! Hoy bola gapimni ikki qulog‘ingga quyib ol.. Men ko‘chada erkak kishi 
yetaklasa kelaverdigan qizni kelin qilmayman!! - dedi ayol haqiqiy qaynonalardek 
- oyi axir tushinsangizchi.. men uni o‘g‘irlab keldim.. - dedi Mustafo yanilgannamo 
- nima u qizni ota onasi uyi yo‘qmi? Sen u qizni ko‘chadan bemalol o‘g‘irlab kelaveradigan..- dedi ayol 
ham bo‘sh kelmasdan - o‘g‘lim. Nega meni gapimni ikki qilyapsan. Men senga shunday qiz 
topganmanki.. uni ko‘rib ko‘chadan yetaklab kelgan megajiningni esdan ham chiqarib yuborasan.. - dedi 
ayol..
- menga undan boshqasi kerakmas. . - deb qaysarlik qilishda davom etdi Mustafo 
Bu gaplarni darvoza ortidan eshitib turgan Marjona : 
,, demak Mustafo ham unashtirilgan ekan-da. .baribir uning oilasi meni qabul qilmaydi.. demak Mustafo 
mening taqdirim emas .. mening taqdirim Samarqandlik yigit. Meni unashtirishgan yigit. Men hech 
qachon ko‘rmagan yigit..alvido Mustafo " deya ichida o‘yladida Mustafoning uyidan nari ketdi. 
Bir ammallab telefon topib Marhabo bilan bog‘landi va Toshkentga qarab yo‘l oldi. 
Yulduz ko‘zini stol stul va kushetkadan iborat bo‘lgan tor xonada ochdi. Stulda Yusuf o‘ylanib o‘tirardi. 
Yulduz uyg‘onganini ko‘rib u ham hayollar olamidan chiqdi.
Yulduz Yusufga mo‘ltirab qarab
- bizga nechi yil berishadi? - dedi
Yusuf avvaliga uni gapiga tushunmadi keyin qah-qah urib kulib yubordi.
- nega so‘rayapsan? - dedi Yusuf kulib bo‘lgach
- axir sen xalqaro jinoyatchisanku.. shunga meni. Ya‘ni seni. .Ya‘ni men bilan.. xullas ikkimizni hibsga 
olishdimi? - dedi Yulduz duduqlanib 
- nima?!?! Xalqaro jinoyatchi? - Yusuf hayron bo‘ldi va yana kulib yubordi
- axir sen xalqaro jinoyatchisanku.. shunga indamay g‘oyib bo‘lgansan. . Lekin bunda mening aybim 
nima? - dedi Yulduz 
- hoy hayolparast.. shuncha gap miyyangga qanday keldi bilmaymanku ammo men jinoyatchimasman. 
Mayli haqiqatni aytish vaqti kelibdi.. - deya Yusuf o‘z hayotini aytib berdi. Ya‘ni katta leytenant 


ekanligini, 2 yil avval maxsus topshiriq olganini va bu haqida hech kimga aytish mumkin bo‘lmaganini shu 
sabab Yulduz bilan xayrlasha olmaganini aytib berdi.. 
- sen qanday topshiriq olganding? - dedi Yulduz Yusuf gapirib bo‘lgach
- qiziqyapsanmi? 
- Agar menga ham tegishli bo‘lsa, ha qiziqyapman.. - dedi Yulduz ham gapdan qolmasdan 
- umumman olganda men Mafiya va giyohvandfurushlarning asosiy o‘chog‘ini topishim kerak.
- mafiya va giyohvadfurush?!. sen anavi.. oting o‘chgur nimaydi.. Jafarni aytyapsanmi? - dedi Yulduz.. - 
shuni topish uchun 2 yil vaqting ketdimi? Hayronman kim senga leytenent unvonini bergan ekan-a??..
- nafaqat Jafar Amirov, bu 2 yil ichida Mustafo Bekmurodov va Mardon Mardonov lar ham bu ishga 
aralshganini aniqladim - dedi Yusuf jiddiy ohangda 
- nima Mustafo! ! Mardon!! Hali ular hammi?? Tur o‘rningdan. Nega yalpayib o‘tiribsan?..- deb o‘rnidan 
shoshilib turdi Yulduz 
- ahvoling yaxshimi.. - havotirlanib o‘rnidan turdi Yusuf 
- men-ku yaxshiman. Ammo shoshilmasak dugonalarimni janozasiga yetib boramiz..
Ko‘p o‘tmay Yusuf va Yulduz Toshkentga qarab yo‘l olishdi.
* * * * * *
- Doniyor aka?? Siz.. - dedi Dinora ko‘zlariga ishonmay 
- Dinoram... - aynan shu bir og‘iz so‘zda hayrat, muhabbat jam bo‘lgandi.
- siz.. axir bu yerda.. qanday qilib?? - dedi Dinora 
- Dinora keyin hammasini tushintirib beraman.. - deb Doniyor telefoniga qarab pastga shoshib tushib 
ketdi.
- Doniyor aka... - yigitning ortidan qarab qoldi Dinora va 126 - xonaga kirib ketdi 
* * * * * 
- yo‘q men biror narsaga tushunmay qoldimmi yoki sizlar aqldan ozdingizmi? - dedi Malika dugonalarini 
rejasini eshitgach 


- Malii endi sen boshlamagin. Reja oddiygina bo‘lsa, xizmatchi kiyimida xonaga kiramiz, dalillarni olamiz 
va muammolardan qutulamiz - dedi Marhabo 
- kichik ilovani kiritib qo‘y. BIZ MAFIYA QIROLLARINI XONASIGA KIRAMIZ! !! - baqirdi Malika 
Shu payt eshik ochilib Dinora bir ahvolda kirib keldi.
- Dinora - Malika uni ko‘rib quchoqladi 
- Malika.. sog‘misan? - Dinora ham uni quchoqlab.. 
- men-ku sog‘man. O‘zing yaxshimisan?.. 
- shunaqa shekilli. . Mehmedbeyning xonasidan Doniyor akam chiqdi.. - deb divanga o‘tirdi Dinora 
- AAAA??? - qizlar tushinmay baqirishdi 
Dinora ko‘rganlarini aytib berdi.. 
- endi vaziyat yanada chigallashdi.. obbo - boshini changalladi Sevara 
- bu yerda gap sotgandan foyda yo‘q. Hozir Jafarni yana bir maxsus mehmoni keladi.. ungacha ishni 
bitirish kerak - dedi Dinora o‘rnidan turib. 
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan qizlar xizmatchi kiyimida Mehmedbeyni xonasiga kirishdi.
* * * * * 
Qizlar Mehmedbeyni xonasiga kirishidan avval Marina va Jafar Mehmedbey bilan birgalikda maxsus 
mehmonni kutib olgani mehmonxona eshigi oldiga chiqib turishdi. Kelayotgan mehmon kimligini faqat 
Jafargina bilardi.
Kutib olguvchilarni uzoq kuttirmasdan, qora Ferrari ,,Platinum " mehmonxonasi ostonasida paydo 
bo‘ldi. 
Eshik ochguvchi eshikni ochishi bilan, Ferraridan qora koja kastyum shim kiygan, oyoq kiyimi shunga 
monand.. sochlari uzun yozilgan, endi ochilayotgan atirgul g‘unchasi kabi lablar.. bu lablarni himoya 
qilmoqchi bo‘lgan kamon qoshlar har qanday yurakni egallovchi jangchidek.. qora shahlo ko‘zlarini 
yashirib turgan qora ko‘zoynak o‘ziga yarashgan qiz o‘ziga ishongan holda mehmonxona tomon yurdi. 
Qizni go‘zal husni benuqson faqat kamarini chap tarafida yaltirab turgan to‘pponcha boshqalarni undan 
qo‘rqishiga sabab bo‘lardi.
Qiz mashinadan tushishi bilan 2 ta jip ham katta tezlikda yetib keldi. Undan bahaybat devsifat yigitlar 
tushib darrov qizni orqasiga turib olishdi. boshqalar o‘ylashadiki, go‘yoki ular qizni har qanday ofatlardan 
qutqaruvchi qo‘riqchilardek. Ammo bilishmaydiki aynan qizning o‘zi hamma uchun OFAT. 


Qiz uni kutib olguvchilarni ko‘rib jilmayib qo‘ydi.
Mehmedbey qizni ko‘rib rangi oqarib ketdi.
- To‘yingizga taklif qilganingizdan bag‘oyatda shodman, Jafarbey.. - dedi qiz mayin ammo jarangli 
ovozda 
- tashrifingiz bilan meni ham shod aylandingiz, Barnoxonim.. - deb Jafar qizni qo‘lini ohista o‘pib qo‘ydi. . 
Barnoxonim boshqa kutib oluvchilarga ham jilmayib qarab qo‘ydi. Marinani qarshisiga kelib uni yengil 
quchoqladi. 
- menimcha sen kelinim bo‘lsang kerak.. Jafardek asov yigitni jilovlab olganingga qaraganda sendan 
qo‘rqish kerak - deb kulib qo‘ydi.
Marina ham javoban jilmayib qo‘ydi.
Mehmedbey bo‘lsa hali hamon rangi bo‘zdek oqargancha qizga hadik bilan qarab turardi.
Barnoxonim esa aksincha, Mehmedbeyga qarab xushkayfiyatda unga yaqin keldi.
- Salom.. Erjonim!! Mensiz zerikib qolmadingizmi? - dedi kulib
- Sensiz zerikishdan ado bo‘lay dedim.. - deyoldi zo‘rg‘a 
Marina va Jafar ularni tushlikka taklif qilishdi. Barnoxonim va Mehmedbey bu taklifni qabul qilishib, 
Mehmedbeyning xonasiga kirishdi.
Ayni shu vaqtda xonada to‘rt qiz: Malika, Dinora, Sevara va Marhabo ashyoviy dalil izlashayotgandi. 
Xonaga qaytgan Mehmedbey va uni yonidagi qizni ko‘rishib biroz havotirga tushishdi. Mehmedbey 
ochilgan ichki shkaflar va javonlarni ko‘rib qizlarga o‘qrayib qaradi. 
- azizim.. sensizlikdan ado bo‘lay dedim.. degandingizku.. meni aldadingizmi? - deya Barnoxonim qizlarga 
ishora qilib Mehmedbeyga hukmini o‘tkazgandek qaradi.. va yonidagi qurolini tezlik bilan olib uning 
oyog‘iga otdi. Qizlar o‘q ovozidan baqirishdi. Mehmedbey dodlagancha yerga o‘tirib qoldi.
- o‘chirlaring ovozlaringni.. bir tiyinga qimmat qo‘g‘irchoqlar!!! - baqirdi Barnoxonim - bo‘lmasa 
miyyangdan darcha ochaman - deb qurolini ularga o‘qtaldi 
Mehmedbey esa yaralangan oyog‘ini mahkam changallab olgandi.
Shu onda eshik taqillab qoldi. Barnoxonim qizlarga ,,o‘chir" degandek ishora qilib eshikni ochdi.
Barnoxonim eshikni ochib qarasa, Marina turardi. 
- ha kelinposhsha... tinchlikmi? - dedi Barnoxonim unga sinchiklab qarab 
- Barnoxonim.. ming bor ma‘zur tutgaysiz.. mening kelin dugonalarim xonasini adashtirib qo‘yishibdi.
Mobodo sizlarni xonalaringizda emasmi? - deb ichkariga bir nazar soldi.. 
Ichkarida esa yerga chòkkalab òtirgan Mehmedbey va qòrquvdan rangi oqarib ketgan dugonalarini kòrdi.


- nega baqrayib turibsizlar? Men kelin libosimni òzim kiyamanmi? - dedi Marina qovoģini uyib, keyin 
Barnoxonimga qarab jilmaydi - uzur Barnoxonim sizni ham bezovta qildik..
- hech qisi..yòq.. - dedi Barnoxonim 
Qizlar bir Marinaga bir Barnoxonimga qarab nima qilishni bilmay turganda, Dinora boshqalarni turtib 
tashqariga yònaltirdi..
- yana bir marotaba uzur Barnoxonim.. ha aytgancha.. Jafar tushlikni qoldirganini aytib qòyishimni 
sòragandi - dedi Marina barcha qizlar Mehmedbeyni xonasidan chiqib olishgach. 
- nega? - dedi Barnoxonim nozik qoshlarini chimirib 
- uning muhim ishi chiqib qolibdi . Yaxshi dam oling - deya xona eshigini Barnoxonimni yuziga yopib 
qòydi.. 
- voy zotipast.. foxisha.. Jafarni qòyniga kirib olib endi òzini menga teng kòryaptimi bu.. ilon! !! - asabiy 
uyoqdan buyoqqa yurdi Barnoxonim
Mehmedbey esa oyoğiga dori qòyayotgan edi. Barnoxonim qurolini uni boshiga qòydi.. 
- sen esa yaxshilab eshitib ol! Men tufayli Mehmedbey bòlib kòksingni kerib yuribsan. Agar men 
bòlmaganimda hozirgacha kòchadagi hech kimga keraksiz faqir bòlib yurarding.. shu kungacha nimaga 
erishgan bòlsang hammasi MEN tufayli.. òz òrningni bil Mehmed.. agar yana menga pand bermoqchi 
bòlsang, boshingga ofat yoģdiraman.. tushinarlimi azizim.. - deya jilmayib qurolini tushirdi..
Keyin yonidan sõnggi rusumdagi telfonini olib kimgadir telefon qildi.
- allo.. Demir.. menga ba'zi birovlar haqida ma'lumot kerak .. qaysi choyni ichishidan boshlab, qaysi 
boğchaga borganligi haqida.. yaxshi.. senga rasmlarni tashlayman.. 10 daqiqada qòlimda bòlsin. - deb 
telefonni òchirdi..
* * *
Qizlar Marinani xonasiga kirishib bir birlaridan hol ahvol sòrayotgan payti eshik taqqillab qoldi.
- Jonim.. bòlaqol endi.. boshqa ishlarim ham bor - eshik ortidan Jafarni ovozi eshitildi. 
Boshqa qizlar Jafarni gapidan oğizlarini berkitib kulishardi. 
- hozir. . 5 daqiqada tayyor bòlaman.. - deb òrnidan turdi Marina 
- sening 5 daqiqangni hisoblaydigan bòlsak 30 daqiqada tayyor bòlar ekansan.. yaxshi - deb Jafar eshik 
yonidan nari ketdi.. 
- Jafar seni qayoqqa olib ketyapti? - havotirlanib sòradi Malika 
- bilmadim.. syurprizim bor degandi.. - Marina ustiga oq plashni tashlab 


- ehtiyot bòl.. tağin syurprizi avval òlgan qizchalarini qabristonini ziyorat qilish bòlmasin - dedi Dinora 
- Dinora kelgunimcha xonadan chiqmay òtiringlar.. Barnoxonim kimligini yaxshi bilmaymiz.. bizga dòstmi 
dushmanmi? U haqida Jafardan sòrab bilib olaman. Malika sen esa Mahluqinga qarab qòy. Yana 
qafasidan chiqib ketmasin - deb Malikaga havodan bòsa yòllab xonadan chiqib ketdi.. 
- obbo shu Mardonni òldirib tanasini bir yoqlik qilsak bòlmasmikin.. - deb xohlamaygina òrnidan turdi 
Malika
- qayoqqa ketyapsan? - dedi Sevara
- mahluqni zanjirini mahkamlab kelay - deb Malika ham xonadan chiqib ketdi 
- xòsh endi nima qilamiz? - dedi Marhabo Dinoraga 
- avvalo Doniyor bu yerda nima qilayotganini bilishim kerak.. - deb òrnidan turayotgandi Sevara uni 
tòxtatdi 
- Shoshma.. Doniyor Mehmedbeyga ishlasa demak bu ham Barnoxonimga aloqador. Marinadan xabar 
kelmagunicha hech qayoqqa ketmaysan - deb uni joyiga òtkazib qòydi. 
10 daqiqa ótar ótmas Barnoxonimni telefoni jiringlab qoldi.
- Alo. Ha Demir.. rostanmi? Yaxshi.. ishingni a'lo darajada bajarding.. mukofotingni olasan.. 
ma'lumotlarni telegram orqali menga jònat - deb Barnoxonim telefonini òchirdi.
Va Ijtimoiy tarmoqqa kirdi... 
Demir jònatayotgan xabarlarda avvalo ism familiya va ularni qayerlik ekanligi.. sòngra hozir qayerda 
ekanligi va shunga òxshash shaxsiy hayotdagi muhim ma'lumotlar bor edi.
Yulduz Ne‘matova - Farg‘ona, Qo‘qon 
Malika Ashirmatova - Toshkent 
Marina Botirova - Qashqadaryo 
Marjona Sadriddinova - Samarqand 
Dinora Matniyozova - Xorazm
Sevara Arziboyeva - Andijon 
Marhabo Zulponqulova - Jizzax 
- deya òqidi Barnoxonim va boshqa kelgan ma'lumotlarni òqib asta jilmayib qòydi. - demak Marjona 
Sadriddinova.. endi qòlimda ipli qòģirchoqsanlar..


* * * * *
Marjona Toshkentga ketishda yòl bòyi kozyoshi qilib ketdi. . 
- Umrimda birinchi marta sayohatga ruhsat olgandim.. birinchi marta chin yurakdan aytilgan sevgi 
izhorini eshitgandim.. birinchi marta kimgadir majburiyatdan emas, xohishiy kòngil qòygandim.. hech 
qachon kòrmagan odamimga turmushga chiqishga rozi bòlgandim.. men qayerda xato qoldim. Yo 
Allohim.. nega buncha sinov? - yiģladi Marjona 
- Singlim Allohga shak keltirmang.. suyukli bandasi bòlsagiz kerakki, sizni sinayapti. Qayerdan bilasiz balki 
bu sinov ulkan mukofotga yòldir - dedi taksichi 
- mening peshonamga mukofot yozilmagan.. faqat azoblanish uchun .. jazolanish uchun 
yaratilgandekman.. - dedi Marjona kòzyoshlarini artib 
- singlim nega tushun.. - deb ortiga ògirildi taksichi 
- aka!! Mashina!!! - baqirdi Marjona tòģriga qarab.
Tóģridan katta kamaz tezlik bilan kelib taksini ustini bosib ketdi.
Bu tóqnashuvni chetdan kuzatib turgan bir yigit telefonini quloğiga tutdi.
- allo.. Barnoxonim..buyruğingiz bajarildi - deb telefonni òchirdi 
Marina va Jafar birgalikda mashinada ketishardi.
- òzi qayerga ketyapmi? - dedi Marina atrofga qarab 
- oz qoldi yagonam.. biroz sabr qil - dedi Jafar unga 
Kòp òtmay mashina Mehribonlik uyi oldida tòxtadi.. 
Marina savol nazari bilan Jafarga qaradi.
- bilaman.. nega bu yerga keldik dimoqchisan?.. Marina.. men aslida shu Mehribonlik uyida katta 
bólganman.. ota onam kimligini bilmayman. Meni chaqaloqligimda eshik ostonasiga tashlab ketishgan. 
Ota ona mehrisiz katta bòlgan bòlsam ham, bu yerdagi mehribon insonlar ular yòqligini deyarli 
sezdirishmadi. Keyin katta bòldim.. orzularim nihoyatda kòp edi. Men sharafli kasb dòktor bòlmoqchi 
edim. Òqidim.. tinimsiz òqidim. Imtixon kuni bilimi borlar emas, hamyoni pulga tòlganlar òqishga 
kirishdi. Òshanda bir haqiqatni angladim. Bu dunyoda qancha aqilli bòlmagin, puling bòlmasa hech 
kimsan. . Òqishga nisbatan qalbimda suvuq his uyğonib, Turkiyaga ishlashga ketdim. Ammo yerda 
tayyor ish kutib turmagandi. Qiynaldim.. och qoldim. . Shunda najot yòli - qimorga kirdim. Avvaliga 
omadim keldi. Kòp pul ishlab oldim. . Keyin sekin asta omad mendan yuz ògira boshladi. Oxiri garovga 
òzimni tikib yubordim.. va yutqazdim.. meni qullikka jònatishdi.. u yerda tortgan azobimni dushmanimga 
ham ravo kòrmayman.. qullik jahannamidan meni Barnoxonim qutqarib oldi. Va menga mafiya sirini 
òrgata boshladi. Uning yordami bilan shu darajagacha erishganman.. men bu dunyodan faqat zulm 
kòrdim.. Marina sen mening qora qonga botgan zulmatli hayotimda yagona Nursan.. Marina agar qarshi 
bòlmasang, senga bolalikdagi bir orzuyimni aytsam.. - deb unga qaradi Jafar 


Jafarning gaplari tasiriga tushgan Marina bosh irğadi. 
- qachonki oila qursam. . Shu Mehribonlik uyidan ikki nafar bolani asrab olishni niyat qilgandim.. sening 
pok qalbing orzuyimga qarshi emasmi? - dedi Jafar... 
Marina ikkilanib qoldi.. ròparasida òtirgan odam kim? Qonxòr vaxshiy xotinboz Mafiya qiroli qani? Yòq 
bu u emas.. Marina qarshisidagi inson ota ona mehrini his qilmagan, hayot azoblaridan toblangan bir 
qalbi kemtik yigit. . Xuddi Marinadek..
Uning bolalikdan xotira bòlib bir orzusi bor.. xuddi Marinanikidek.... 
- Uf.. aslida Mardon seni qora mushuk desa bòlarkan - dedi Yulduz buzilgan mashinani tuzatishga 
urinayotgan Yusufga - seni deb boshim balolarga qolib, qayerga bormay falokatga uchrayapman.
- Manashu zahar tilingni tiyib, chakagingni yopib tursang menga katta yordam bergan bólasan - dedi 
Yusuf Yulduzga 
- qachon tuzatasan? Ózi texnikaga tushinasanmi? Mator nimaligini bilsang kerak? - atrofida bidirlashda 
davom etdi Yulduz 
- bòldi qil! - qòlidagi klyuchni otib yubordi Yusuf 
Shu payt ularni oldiga qora kaptiva tòxtadi. 
- mashinangiz buzilib qoldimi? - dedi rulda òtirgan yigit Yusufga 
- ha. Akumlyatori qizib ketgan kòrinadi. - dedi Yusuf boshini qashib 
- istasangiz men bilan ketishingiz mumkin.. Toshkentga ketyapman.. - dedi notanish 
- yòq, rahmat. Hozir mashina tuzalsa òzimiz ketaveramiz.. - dedi Yusuf .. unga notanish negadir 
yoqmayotgandi.. 
- nega yòq deysan? Axir tezroq borishimiz kerakku!! - dedi Yulduz 
- men YÒQ dedim. .- dedi Yusuf Yulduzga qovoğini uyib
- yaxshi boshqa chora qoldirmadingiz.. - dedi notanish 
Kaptivani orqa eshiklari ochilib qòliga beysbol tayoğini ushlagan 3ta barzangi tushdi. Ruldagi ham tushib 
Yulduzga tashlandi. Ammo u bechora bilmaydiki, qarshisidagi navnihol qiz himoyasiz qizcha emas, balki 
yakka kurash bòyicha bir necha marotaba chempion bòlgan sportsmen qiz edi. Yulduzga tashlangani 
evaziga yaxshigina musht yedi. 2 barzangi leytenant Yusufga yana 2 tasi esa Yulduzga tashlandi. Yulduz 
va Yusuf esa xuddi mister Smit va Smit xonimdek bir birlarini ham himoya qilishardi ham dushman bilan 
jang qilishardi. 5 daqiqa òtar òtmas dushman tarafga qòshimcha kuch kelib, Yusuf va Yulduzni yengishdi. 
Eng birinchilardan Yulduzga tashlanib evaziga kòzi kòkargan notanish telefonini olib qònğiroq tugmasini 
bosdi. Bir necha gudokdan sòng qarshi taraf gòshakni oldi.. 
- allo Barnoxonim.. buyruğingiz bajarildi - deya notanish gòshakni qòydi. 


Mardon uyqiga obdon tòyib òrnidan turdi. Yuz qòlini yuvib telefoniga kelgan xabarga razm soldi.
,, salom Mardon. Men va Olim Toshkentga keldik. Sen qayerdasan?
Sherzod " 
- Jafarning ,,Platinum" mehmonxonasidaman. - deb javob yozib yubordi Mardon 
Shu payt uning eshigi taqilladi.. 
- krasotka meni darrov soğingan kòrinadi..- dedi Mardon qarshisidagi kòzguga qarab - albattada, mendek 
kelishgan yigitni bir zum kórolmay qalbi qiynalib ketgandir.. - deya eshikni ochdi 
Ochishi bilan, kelgan odamni kòrib tili zòrğa aylandi. 
-ADA??!!! - deyarli baqirib yuboray dedi Mardon 
- uxlayverasamni naxs bosib! Kun yoyilib ketdiku ! Mening kelinim qani ? - dedi Saidbek Mardonov jahl 
bilan 
- ada.. men haligi...prinsesa..- dedi Mardon qòrqanidan tili aylanmay 
- men sendan xabar kelishini 1kun kutdim. Bas! Sen bola ğirt aqldan ozyapsan. Bugunoq nikoh òqitib 
aqlingni kirgazib qòyishim kerak.. - dedi Saidbek Mardonov va ortiga qarab - Sarvinoz hammani shu 
yerga olib kelaver 
Zalning òrtalaridan Sarvinozning jarangli ovozi eshitildi. 
- ok dadajon.. qani hamma bu yoqqa ketdik. - dedi Sarvinoz 
Kòp òtmay Mardonning xonasi ZAGS buyurosi xodimi, nikoh óqishga domla, eng qimmat salon stilisti va 
dizayneri, xonani bezatish uchun ,,baxtli oila" kompaniyasidan kelgan ishchilar bilan tòldi.
Mardon na dadasiga biror narsa deyishga jurati yetmas, va na biror ish qilishga oyoq qòli ish bermasdi. 
- xòsh kelinim qani? - dedi Saidbek Mardonov
- u qòshni xonada.. - dedi Sarvinoz Mardondan avval
- qizim sen stilist va dizayner bilan kelinni tayyorlanglar! - dedi Saidbek Mardonov
- ada. .ammo.. - dedi Mardon 
- Nima deysan? ! - dedi Saidbek Mardonov unga qarab 
- hech narsa.. 
- sen ham tayyorlan òğlim..


- xòp dada...- deb Mardon yangi kiyimlarni olib yotoqxonaga kirib ketdi.. 
- endi nima qilaman? Axir prinsessaga sóz berganman..lekin adam aldaganimni bilib qolsa... shoshma.. 
men krasotkaga fotiha bòlmaydi deb sòz berganman.. demak tòy qilsak bòladi.. ammo tòydan keyinchi? 
Ey qanaqasiga tòydan keyin bòlsin. .u hatto domlaning rozimisiz degan savoliga javob bermasdan ketib 
qolsa ham kerak. .. - deb ichida òylandi Mardon 
* * * * *
Yarim soat avval... 
Malika avval xonasiga keyin Mardonni oldiga borib uni bu yerdan ketkazib yubormoqchi edi.
U xonasining eshigini kaliti bilan ochib kirdi.
Ichkarida Barnoxonim stolga òtirgancha oyoğini chalkashtirib qólida quroli bilan uni kutib turardi.
- siz! !! Meni xonamga qanday kirdingiz? - dedi Malika chòchib ketdi 
Barnoxonim gòyo juda kulgili gap eshitgandek kuldi.
- anchadan beri bunchalik kulmagandim.. - deb òrnidan turdi Barnoxonim va Malika tomon yurdi. Uning 
baland poshnasidan chiqqan tovush Malikaning yurak urishi bilan hamohanglashdi.. - qizaloq.. meni 
kimligimni yaxshi bilmaysan.. agar tirik qolishni istasang, Mehmedning xonasidan olgan qora fleshkani 
menga ber.. - dedi Barnoxonim qòlini uzatib 
- nima..nima haqida gapirayotganingizni tushinmayapman? - dedi Malika orqaga tirsalib 
Barnoxonim qòlidagi telefonni unga qaratdi. Mehmedbeyning xonasiga órnatilgan kamerada qizlar uyoq 
buyoqni titkilashar, qaysidir qiz qora fleshkani sekin chòntagiga solib oldi.. 
- agar bu videoni kòrib ham jim tursang seni sayrarishni boshqa yóli ham bor.. - dedi Barnoxonim va
zoom ilovasiga kirdi.
Bir kamerada Marjona komada yotardi. Yana bittasida Yulduz va Yusuf qòl oyoği boylangan yuzlarida qon 
yuqi qotib qolgandi.
- ular mening qólimda.. bir oğiz gapim bilan Marjona nafas yetishmasligidan òlib qolishi mumkin.. bir oğiz 
gapim bilan esa Yulduz poyezd ostida qolishi mumkin.. - deb telefonini Malikaning qòlidan oldi.. 
Malikaning qòli qaltirardi.. 
- siz.. yóq.. Sen!!! Qanday hadding siğdi.. nima haqqing bor ularni hayotiga nuqta qóyishga.. sen - dediyu 
gapini davom etolmadi.. uning yuziga Barnoxonim qattiq tarsaki tushirgandi..
- aslida seni qanday hadding siğdi.. men bilan bu ohangda gaplashishga.. men Barnoxonim Ofatguli man. 
Men MAFIYA QIROLICHASIMAN.. men seni oddiy chivinni òldirgandek yòq qilaman.. sen kimsan.. hech 
kim. Qòlingda na boylik va na kuch qudrat bor. Ojiz bechora boshi kulfatdan chiqmaydigan esi past 


dugonalaringdan boshqa kimga ishonasan. Himoyaching kim??!!! - deb Malikani tomoğidan asta bòğa 
boshladi.. 
Shu payt Malikani xonasining eshigi taqillab qoldi. 
- shirinim..eshikni och.. men jonajon qaynopangman.. - eshik ortidan Sarvinozning ovozi eshitildi. 
- bu Sarvinoz Mardonovami? - dedi Barnoxonim past ammo tahdidli ohangda 
Malika asta bosh irğadi.. 
- demak qaynopa degin. . Òyin òynamoqchimisan men bilan? Yaxshi.. bir narsani bilib qòy! Men hech 
qachon yutqazmayman.. - deb Barnoxonim Malikani qòyib yubordi va kòzdan ğoyib bòldi..
Malika chuqur chuqur nafas olib eshikni ochdi.
- hayriyate.. sen ham Mardonga òxshab rosa uyqichiga òxshaysan.. - dedi Sarvinoz Malikani asta 
quchoqlab 
Malika esa hozirda shok holatida edi. Kòz òngidan asirlikka tushgan Marjona va Yulduz ketmasdi.. 
- ha.. - dedi horğin Malika gap nimadaligini bilmay 
- yaxshi.. hozir gap kópaytiradigan vaqt emas.. qizlar kiringlar - deya Sarvinoz stylist va dizaynerni 
chaqirdi.. 
Uch qiz Malikani tayyorlay boshlashdi. Shunda ham Malika nimalar bòlayotganini tushinmasdi. Gòyoki 
tanasi shu yerda qolganu, ruhi goh Marjonani oldida goh Yulduzni oldida gohida esa Barnoxonimni 
changalida his qilardi.
Bir vaqt Malika òziga keldi.. 
- Bekzodjon qizi Malikaxon siz òzingizni Mardonbek Saidbek òğliga tan mahramlikka bağishlaysizmi? 
Malika jim. ..
Uning hayolida endi faqat Barnoxonimning gaplari jaranglardi.. 
,, .. sen kimsan.. hech kim. Qòlingda na boylik va na kuch qudrat bor. Ojiz bechora boshi kulfatdan 
chiqmaydigan esi past dugonalaringdan boshqa kimga ishonasan. Himoyaching kim??!!!"
Malika beixtiyor tomoğini ushladi..
- Bekzodjon qizi Malikaxon siz òzingizni Mardonbek Saidbek òğliga tan mahramlikka bağishlaysizmi? - 
qaytardi domla
* * * * *
- Marina ahvoling yaxshimi? - dedi Jafar Marinani oqarib ketayotganini kòrib 


- negadir ğalati bòlib ketyapman.. - dedi Marina yuragini changallab 
- kasalxonaga boramiz - deb Jafar rulni burmoqchi edi Marina tóxtatdi 
- yòq! Iltimos tezroq mehmonxonaga qaytaylik.. tezroq. . Qizlarga bir narsa bòlgan.. negadir yuragim 
ğash..- dedi Marina asabiylashib 
- ularga nima ham bòlishi mumkin.. - dedi Jafar tushinmay..
- bilmadim..
* * * * * 
- Malika hayallab ketdi.. - dedi Sevara eshikka bezovta qarab 
- Mardonni asabini yeyayotgan bòlsa kerakda - dedi Marhabo kitobdan bosh kòtarmay.. 
- qizlar.. men ketdim.. Ortiq Malikani ham Marinani ham kutib òtirishga sabrim yetmaydi. Darhol 
Doniyor akam bilan gaplashib olishim kerak - deb Dinora tashqariga chiqib ketdi. 
Malika qarshisida òtirgan Mardonga qaradi. Sòng mehmonlar stolida savlat tòkib òtirgan Saidbekka 
qaradi.. 
- ,, boylik, obrò, shon-shuhrat va kuch - qudrat bilan Marjona va Yulduzni hayotini asrab qolish mumkin 
bòlsa.. demak bu ózimni qurbon qilishimga arziydi" - deb òyladi ichida - ,, Mardon.. mening yagona 
imkonim"
- Roziman...- dedi asta Malika
Uning roziligini eshitgan Mardon hayratda qoldi.. 
Tóy bazmi boshlanganda Malika boshqa bir oğiz ham gapirmadi... 
Qoronğu yertòlaga òxshash sovuq joy... 
Yusuf va Yulduz stolga boğlab qòyilgan. Yuzlarida mushtlashuvdan qolgan qon izlari qotib qolgan. 
- ahvoling yaxshimi? - sòradi Yusuf Yulduzdan. 
- mendan xavotir olmay qòyaqol.. yaxshisi òzingni ğamingni ye .. - jerkidi Yulduz. 
Bir vaqt yertòla eshigi ochilib baland poshnalarini taqillatgancha Barnoxonim kirib keldi.. 
- xòsh.. xòsh .. xòsh.. qushchalar uyğonibdiku.. qanday ajoyib.. yigitlar, manavi sayroqi qushchani 
Dubaylik mehmonimizni qafasiga oborib qòyinglar - dedi Barnoxonim Yulduzga ishora qilib.. 
- tegma unga iflos - baqirib arqonni uzishga harakat qildi Yusuf. 


Barnoxonim esa unga jilmayib, qòlidagi quroli bilan Yusufni yuragiga otdi.
Yusuf bir ikki tipirchilab jon taslim qildi.
Yulduz Yusufni jonsiz tanasiga tikilib qarab qoldi. Yulduz tushinmadi.. hozir nimalar sodir bòlganiga 
tushina olmadi..yoki tushinishni istamadi..
Ikkita barzangi yigit Yulduzni arqonlardan bòshatib, mahkam ushlagancha olib ketishdi. 
* * * * * * 
Dinora mehmonxona zalidan yurib Mehmedbeyning xonasi tomon yurdi.
Borib eshikni taqillatdi.
- kim u? - deb eshikni ochdi Mehmedbey 
- kechirasiz.. Doniyor.. akam shu yerdamidilar? - dedi Dinora Mehmedbeyni yoqtirmay.. 
- ha.. shu yerda kir - dedi Mehmedbey Dinoraga suqlanib qarab 
- chaqirib berolmaysizmi? - dedi Dinora ichkariga kirishni istamay 
- u yotoqxonada.. mazasi bòlmayapti agar kirishni xohlamasang ket - deb eshikni yopayotgandi Dinora 
tezlik bilan ichkariga yotoqxonaga kirib ketdi.
Kirsa yotoqxona bòsh... 
- bu yerda hech kim yòqku! - dedi Dinora 
- nega endi yòq ekan. Mana sen borsanku.. qani bağrimga kel jonidan.. - deb Mehmedbey Dinorani 
bilagidan ushlab òziga tortdi. . 
- yòqol.. tort qòlingni iflos.. tegma menga ablax.. - baqirdi Dinora - Doniyor aka!!! Doniyor akaa!
- baqir baqir qushcham.. baribir hech kim kelmaydi - hirilladi Mehmedbey 
Shu payt eshik buzilib ochildi..
Doniyor yugirib yotoqxonaga kirdi.
- Doniyor aka qutqaring Doniyor aka.. - òtinchli baqirdi Dinora 
- Doniyor.. yòqol kòzimdan!! - deb Doniyorga nafrat bilan qaradi Mehmedbey
Doniyor Dinoraga ham qaramasdan chiqib ketdi.


- DONIYOR AKA!!! - baqirdi Dinora.. 
Ammo Doniyor xonadan chiqib ketdi.. 
- kòrding jonim... Sen ishongan Doniyoring mening bir oğiz gapim bilan senga qaramadi ham.. endi 
menikisan - dedi Mehmedbey ilondek vishillab 
- biroz adashding.. - qayerdandir Marhabo paydo bòlib Mehmedbeyni boshiga tungi chiroq bilan 
tushirdi.
- AY..lanati alvasti.. - deya Mehmedbey boshini ushlab qoldi. 
- manabu esa mendan - deb Sevara tova bilan Mehmedbeyni boshiga tushirdi.
Mehmedbey yotoqqa ağdarilib tushdi. 
Dinora haloskor dugonalarini mahkam quchoqladi.
- meni bu yerda ekanimni qanday bildingiz? - dedi Dinora
- Malikani oldiga chiqayotgan edik. Bu xonaning oldidan òtayotganimizda bir yigit eshikdan chiqib ketdi. 
Shunda seni ovozingni eshitib qoldik. - dedi Sevara tovani Mehmedbeyni oldiga qòyib. 
- u qayerda? - dedi Dinora qòllarini mushtlab - meni shu iflosdan qutqarmay qochgan ablax qayerda??? - 
deya dugonalariga ham qaramasdan Mehbedbeyning xonasidan chiqib ketdi. 
- obbo yana bir baloni boshlamasada - dedi Marhabo Sevaraga va Dinoraning ortidan yugurishdi.
Dinora har tarafdan bevafo qórqoq sotqin ,, sevgilisi" ni axtarar edi.
Va uni topdi. Doniyor shoshilganicha mashinaga ótirmoqchi edi Dinora uni qimmatbaho kastyumidan 
tortib ushlab qoldi.
- Di-Dinora?!??! - hayratdan tili aylanmay qoldi Doniyorni 
- ablax!!! - deya Dinora Doniyorning yuziga musht tushirdi - qórqoq, xoin, iflos!!! Xotinbozning malayi!! 
Dinora har bir sòziga Doniyorni mushtlab urardi. Doniyor esa na Dinorani tòxtatishga harakat qilardi va 
na yuzini berkitishga.. 
- bòldimi? Humoringdan chiqib oldingmi? Endi esa azizam aqilli qiz bólib Mehmedbeyning yotoģiga 
qayt.. Men ketdim.. Mehmedbey bilan zerikmaysan, alvido jonim.. - deb Doniyor mashinaga òtirib ketdi. 
Dinora bòlsa Doniyordan eshitgan gaplarini hazm qilolmasdi.
Nega u bunchalar òzgarib ketdi? Yo avvaldan shunday bólganu, Dinora buni sezmaganmi? 


Kòp ótmay Marhabo va Sevara ham Dinoraning oldida paydo bólishdi.
Doniyor boshqarayotgan Cobalt chorrahadan burilayotganda Dinoraga havodan bósa yólladi.. ammo ... 
shu onning òzida mashina qarshi tarafdan kelayotgan yuk mashinasi bilan tóqnashib ketdi.
Cobaltni kuzatib turgan qizlar elekrtr ushlagandek titrab ketishdi..
- Doniyor akkkaaaaaaa!!!!!!! - baqirdi Dinora 
* * * * * * * * *
Qoronğu bòlsada, chiroyli shamlar va atirgul yaproqlari bilan bezatilgan xona...
Shahardagi eng qimmatbaho mebel va sarpolar bilan bezatilgan xona... 
Ikki yurak va ikki xil òyni boshidan kechirayotgan yoshlar turgan xona... 
Bugun shoshilinchda tòylari bòlgan baxtiyor kuyov va qóģirchoq haykaldek tosh qotgan kelin xonasi... 
Mardon hali ham Malikaga uylanganligiga òzi ishonolmas, bugungi kun tush emasligiga ishonch hosil 
qilgisi kelardi. Mardon deraza oldida turar, bu yerdan shahar juda chiroyli kòrinardi.
Malika bòlsa chiroyli atlas libosida, yotoqning bir chetida òtirardi.. 
- Malika men.. - nihoyat tilga kirdi Mardon ammo Malika uni gapini kesdi
- iltimos Mardon.. mendan nega? nima uchun? deb hisob sòrama... sen bilan shartnoma tuzmoqchiman.. 
- deb Malika òrnidan turib Mardonga yaqin keldi - shartlarim bor.. 1- shart tòy haqida ota onamga òzing 
tushintirasan..2- shart aslo menga yaqin kelishga urinmaysan.. 3- shart ota onangdan alohida 
yashaymiz.. vanihoyat 4- shart.. menga Barnoxonimni yengishda yordam berasan. .. xósh senda ham 
shartlar bòlsa hozir ayt. .
- gaplaring meni esankiritib qòygan bòlsada, men ham ba'zi bir qoidalarini eslatib qòyaman krasotka..
1- hech qachon meni senlamaysan..
2- hech bòlmasa ota onam bilan chilla chiqquncha birga yashaymiz 
3- har bosgan qadamingdan mening habarim bòlsin. 


Krasotka men sen bilan oila òynini òynamoqchi emasman. - deb Mardon Malikani yelkasidan ushlab 
òziga qaratdi - Malikam.. Men seni ilk bor kòrganimdan beri sevaman.. Ha ósha tosh ustida seni kòrib 
qolganimdan beri, har kuni tushlarimda kóraman.. Ha Malikam men seni sevaman..
Malikani yuzi qizardi. ..
Mardon uni yelkasidan qòlini olib, qòlini orqaga chalishtirdi, yuzini esa oyna tarafga burib oldi..
- bilaman menda kóngling yóq. Lekin men sabr qilaman. . Meni sevib qolishingni sabr bilan kutaman. . 
Menga shartlaringni aytishningni keragi yóq. Oğzingdan chiqqan har qanday istakingni bajaraman.. - deb 
Mardon Malikani iyagidan ushlab òziga qaratdi - men sabr qilaman.. Malika..
Mardon yotoqdagi yostiqni olib narigi xonaga chiqib ketdi.. Malika yotoqqa boshini qòyib òksib òksib 
yiğladi... 
- kechirasiz xonim.. ammo bemor komada. Uning oldida kirishga ruhsat yòq. - dedi hamshira
- bir daqiqaga kiramanu chiqaman.. u men uchun Juda qadrli inson.. - dedi qòlida bir dasta gul buket 
ushlagan qiz. 
- xòp.. mayli faqat 1 daqiqaga... - dedi hamshira ilojsizlikdan 
Ruxsat olganidan xursand bòlib ichkariga kirgan Barnoxonim, komadagi Marjonani tepasiga keldi. Buket 
ichidan sovuq qurolini chiqarib Marjonani peshonasiga qòydi. 
- joning namuncha qattiq sen savilni... kamaz tagidan tirik chiqdingmi? Lekin mening qòlimdan soģ 
chiqmaysan.. aslo. . Avvaliga sendan foydalanib anavi tentak dugonalaringni òynatmoqchi edim.. endi 
esa zahiramda boshqasi bor.. sen menga kerak emassan.. - deya Barnoxonim yostiqni Marjonani yuziga 
bosdi.. 
Puls ólchayotgan apparat chiyillamoqchi bòlganda Barnoxonim simlarni uzib tashladi.. 
Marjonaga ulangan tomchi dorilarga havo kirgazib yubordi.. 
- alvido. . Qizaloq.. narigi dunyodagilarga salom ayt - deb Barnoxonim havodan bósa yóllab xonadan 
chiqib ketdi. 
Shifoxonaga katta tezlikda tez yordam mashinasi yetib keldi.. 
Undan shoshilib doktorlar bemorni va tez yordamni chaqirgan qizlar tushishdi.. 
- iltimos.. iltimos.. uni hayotini saqlab qoling. ..bosh doktor qani??? - dedi Dinora hamshiralardan sòrab 


- bosh vrach bir bemorni oldida edi.. hozir.. siz ungacha bu qoğozlarni tóldiring - dedi hamshira qiz va 
unga qoģozlarni uzatdi.. 
- hozir qoğozbozlik vaqtimi? Bir inson hayoti hal bòladi hozir.. vrach qayerda? Uni òzim topaman - deb 
Dinora ichkari zalga kirib ketdi.
Bir bir xonalarni tekshirdi.
Chekkaroqdagi xonadan uni topdi. . 
- nega begonani bemorni oldiga kiritasiz?? - baqirdi doktor hamshiraga 
- u tanishiman degandida .. - deb òzini oqladi hamshira 
- darhol.. elektroshokkerni tayyorlanglar.. bemorni hayoti xavf ostida.. - dedi doktor 
- doktor iltimos..bir bemorni ko'rib qóying.. - deb xonaga Dinora kirdi 
- iltimos chiqing.. halaqit bermang. .- deb hamshira Dinorani tashqariga chiqarishga harakat qildi..
- iltimos.. dok..- tor - deb Dinorani kòzi bemorga tushdi. - MARJONAAAA!!!!!!!!! 
- DOKTOR UNGA NIMA BÒLDI? NEGA..? U.. U TIRIKMI??? - deb baqirdi Dinora doktorni yoniga yaqin 
kelib..
- iltimos yaxshi qiz chiqing.. - deb hamshira uni tashqariga chiqarib yubordi..
Dinora eshikka suyanib qoldi.. 
- Dinora.. Dinora.. yur Doniyorni operatsiyaga olib kirib ketishdi.. - deb Marhabo Dinorani oldiga shoshib 
keldi
- Marjona... Marjona...- telbalarga òxshab bir nuqtaga qarab qoldi Dinora 
- Dinosh. . Nimalar deyapsan? - dedi Marhabo unga tushinmay 
- Marjona shu yerda... - deb Dinora eshikka ishora qildi 
- nima?? - deb Marhabo deraza orqali ichkariga qaradi - nima?? MARJONA.. lekin qanday?? 
- Marhabo Dinora doktor chaqiryapti..- deb Sevara ularni oldiga keldi 
Qizlar asta òrnidan turib Sevaraga ergashdilar.. 
Ularni oq sochli doktor mayuslanib kutib turardi. 
- kechirasiz qizlar.. biz qòlimizdan kelganini qildik. . Alloh sabr bersin. . - dedi doktor va yonidan qoğoz 
chiqardi - buni marhumni qòlidan topdik. . Mahkam changallab olgan ekan..
Doktor qoğozni Dinoraga uzatdi.. Doniyorni qoni bilan bezatilgan bu qoğoz gòyo Dinorani jonini 
oladigandek kòrinardi.. 


- ,, Dinora... meni kechir. . Majburman..
Chet elga ketib, òsha yerda mafiyaga aralashib qoldim 
. Giyohvand modda menga suv va havodek zarur.. va bu narsani cheksiz manbai Mehmedbeyda.. Sen 
yoki Oğu.. Men oğuni tanladim..
Kechir meni Dinora... orzularingni sarobga aylantirgan qòshni yigitni kechir"
Dinora yiğlamadi.. yiğlay olmadi.. qoğozni mahkam changallab shifoxonadan chiqib ketdi.. qizlar esa 
xizmatchilarga Doniyorni qayerga jònatishni tushintirishdi..
Dinora taksi tòxtatdi. Unga òtirib mehmonxonaga keldi. Qòlida qonli xat.. 
Mashinadan tushib tòģri Mehmedbey va Barnoxonimni xonasi tomon yurdi.
Bu paytda Marina va Jafar ham mehmonxonaga yetib kelishgandi.
Marina mehmonxonaga ğalati ahvolda kirib ketgan Dinorani kòrib uni ortidan yugirdi.. 
Dinora esa hech kimga e'tibor bermasdan kòzlagan xonasi tomon ketardi.
Eshikni taqillatmasdan ichkariga bostirib kirdi. 
Ichkarida Mehmedbeyni boshiga muz qòyayotgan Barnoxonimni kòrdi. 
- hoy.. ota onang tarbiya bermaganmi? Nega ruhsatsiz birovni xonasiga kirasan? - òshqirdi Barnoxonim 
- senlargachi? Senlarga kim ruhsat bergandi? Bizni hayotimizga so'roqsiz kirib, uni zaharlashga kim 
ruhsat bergandi?? Kim???? - baqirdi Dinora 
- ÒÒ.. ha.. qushchani sayragisi kelib qoptimi?? - deb Barnoxonim yonidan qurol oldi..
- sendan qòrqmayman.. qurollingga ham tupirganim bor.. senlardan jirkanaman.. jirkanch.. - dedi Dinora 
qilt ham etmasdan.. 
- hali bu gaplaring uchun afsuslanasan? - deb Barnoxonim unga qurol óqtaldi.. 
- bu yerda nimalar bólyapti? - deya eshik oldida Jafar va Marina paydo bòlishdi
- Oh.. yana bir xurmatsizlik.. sizlar mehmonlarga shunday xurmatsizlik qilasizlarmi? - dedi Barnoxonim 
achchiqlanib 


- uzur sòrayman.. - deb Marina Dinorani qòlidan tortib olib chiqib ketdi.. 
- sizlarga aytadigan gapim bor edi. Ertaga Marina bilan tòyimiz.. indingalikka Turkiyaga bilet olib qòydim 
ikkingizga.. mehmonxona hisobidan.. - deb Jafar eshikni yopib chiqib ketdi.. 
* * *
Marina Dinorani qòlidan tortib xonasiga olib kirdi. Yòl yòlakay telefonida Marhabo va Sevaraga xabar 
yozdi. Xizmatchi qizga bir narsalarni tushintirayotgan, kòrinishidan tannozdan farq qilmaydigan qizga 
xushlamay qarab xizmatchi qizni chaqirdi.. 
- qòshni xonadagi Malika Ashirmatova degan qizni kòrmadingizmi? - deb sòradi Marina xizmatchi qizdan 
- Malika Ashirmarova???!! - nariroqda turgan tannoz qiz hayron bòlib keyin kulib Marinani oldiga keldi - 
yaxshi qiz.. endi u Malika Ashirmatova emas... 
- nnima.?? Nimalar deyapsiz? Uni qayerdan taniysiz? - dedi Marina tannozga 
- uni juda yaxshi taniyman.. u endi Mardonovlar kelini. . Malika Mardonova..tanishib olaylik.. mening 
ismim Sarvinoz Mardonova.. Malikaning qaynopasiman - deb Marinaga qòl uzadi.
* * * * 
Dinora Marina va qizlarga kòrgan hamma narsasini aytib berdi.
Marina ham qizlarga Malikaning tóyi bòlganini aytib berdi.. 
- qizlar .. tóģrisi hamma narsa tushda bòlayotganga òxshayapti.. - dedi Sevara 
- biz biror narsa qilishimiz kerak. Marjona .. Doniyor akam uchun.. Yusuf va Yulduz ham izsiz ğoyib 
bòlishgan.. bunda Barnoxonimni qòli borligi aniq - dedi Dinora boshini changallab 
- qizlar buni qaranglar.. - dedi Marina Tv dagi yangilikni kòrsatib.. 
Unda muxbir qiz yangiliklarni aytardi. . 
- ,,kuni kecha shahar konalizatsiyasidan bir yigitni jasadi topildi. Uning oldidan esa giyohvand moddalar.. 
tekshirishlar natijasida bu yigit .. 
- axir bu Yusufku! !! - baqirdi Sevara murdani kòrib.
- Yulduzni hayoti havf ostida.. yoki undan ham battar. .- dedi Marina


- qizlar.. biz Barnoxonimni zaif tomonini topishimiz kerak.. nega meni qanday kitob òqishimga 
qiziqmaysizlar? - deb Marhabo stolga kitob tashladi - ,,Mafiya qirolichasining siri". Hammaning yuragiga 
qòrquv soladigan Mafiya qirolichasing òtmishida bir siri .. ya'ni zaif tomoni bòladi. Óylaymanki,
Barnoxonimni ham zaif tomoni bor.. agar uni topsak biz emas, Barnoxonim bizning qòģirchoģimiz bòlai.
- tòģri sen haqsan. .- dedi Dinora 
- aqlinga balli - qarsak chalib yubordi Sevara 
- fikringga qòshilaman.. xòsh qizlar.. unda men yangi kelinchakdan xabar olaychi - deb òrnidan turdi 
Marina 
- o yòq Marina.. endi bòlinmaymiz.. qayerga borsak ham doim bir birimizni oldimizda bòlishimiz kerak.. - 
Marhabo 
Qizlar shunday deb xonalaridan chiqishi bilan Sevara va Marhabo kimlargadir urilib ketishdi.. 
- salom qizlar.. - dedi Sherzod va Olim
- Olim??. . Sherzod.? Sizlar bu yerda nima qilyapsizlar? - sòradi Marhabo
- kelin va kuyovni tabriklagani keldik..- dedi Olim Marhaboga qizarib javob berdi 
- uni qarang. . Shu yerda bòla turib tòydan bizning habarimiz yòqku.. sizlar esa allaqayerlardan eshitib 
kelyapsizlar.. antennalaring yaxshi ishlarkan - dedi Dinora. 
Keng yotoq.. poldan tortib mebellargacha atirgul yaproqlari bilan bezatilgan.. yotoqda Yulduz va uning 
oldida kòksiga shampan shishasi qadalgan erkak bor edi.
Yulduzning sochlari tòzģib ketgan. . Qòllari qon. .
Erkakning bòlsa allaqachon joni uzilgandi.. 
- senlarga shunchaki nomusimni berib qóymayman.. Yusuf uchun qasos olaman.. - deb Yulduz singan 
shisha bilan erkakning yuzini shilib chiqdi.. 
Keyin yuz qòlini yuvib, shkafdan shim futbolka va kepkani kiyib, derazadan sakradi.
Butalardan panalab òtib, bir ammallab panjaradan kòchaga chiqib oldi. 
Oldidan taksi chiqib qoldi.. 
Yulduz mashinaga òtirib chuqur nafas oldi.
- iltimos Platinum mehmonxonasiga.. - dedi Yulduz 
Mashina asta joyidan jildi, ammo teskari tarafga yura boshladi..
- hoy qayoqqa?? mashinani tòxtating? - dedi Yulduzni jahli chiqib 


Mashina tòxtadi. Yulduz eshikni ochib tushishi bilan, qarshisida Barnoxonim va uning soqchilarini kòrdi.. 
- azizam.. sendaqa tutqich bermaslarni yoqtiramanda.. oson òlja kimga ham yoqardi. Endi narxingni 
yanayam oshiraman.. . Nega xafasan?? Qochib ketolmaganing uchunmi??? Barnoxonimdan osonlikcha 
qochib ketolaman deb òylaganmiding??.. afsuski qòlimdan qochishning imkoni yòq.. - dedi ayyorona 
jilmayib, keyin soqchilariga baqirdi - nega anqayib turishibsan? Ushlanglar uni.. 
Soqchilar Yulduzni ushlashib yana uyga qaytarib olib kirib ketishdi.. 
**** 
- hòsh .. yangi kelinchak salom qilib kutib olmaysizmi? - deb hazil qildi Marina
- Marina hazilni qòy hozir kònglimga siģmaydi.. - dedi Malika horģin 
- ho.. indamay erga tegish kònglingga siqqan..kelinlik xizmatlari kònglinga siģmay qoldimi? - dedi 
Marhabo kulib 
- Sen qiz qaysi aqling bilan indamay erga tegding? ? Yana kelib kelib Mardongaya..- dedi Dinora Malikani 
siquvga olib
- men hammasini senlar uchun qildim. - baqirdi Malika - Yulduz Barnoxonimni qòlida.. Marjona komada.. 
senlarga esa xavf tahdid qilib turibdi.. mening bòlsa qòlimdan hech narsa kelmasdi. Mardonga erga 
tegishimning birdan bir sababi ham shu.. bu manfaatli nikoh.. Mardon otasi hotirjam bòlishi uchun, men 
esa senlarni himoya qilish uchun turmush qurdik..endi mening qòlimda kuch, boylik bor. Endi ojiz 
emasman.. - dedi Malika har bir gapini dona dona gapirib 
- demak sen Yulduz va Marjona haqida bilasan. . Yusuf va Doniyor esa.. - deb Sevara Dinoraga bir qarab 
qòydi.. 
- Òldirishdi.. Barnoxonim òldirdi!! - dedi Dinora hayiqib 
- nima?? Men.. afsusdaman.. Alloh sabr bersin. .- dedi Malika.. 
- biz bu yerga yiģlab òtirgani kelmadik.. endi yiģlamaymiz.. balki yiģlatamiz.. Barnoxonimni ham..uning 
xotinboz erini ham .. menda reja bor - dedi Marhabo 
* * * * 
Barnoxonim xonasiga Jafar Mardon Sherzod va Olimni yiģdi.. 
- U bu yerda nima qilyapti? - deb Jafar Mardonga jirkanib qaradi 
- u asal oyida. . - dedi kulib Barnoxonim - senlarni bu yerga tomosha qilishga chaqirganim yòq. Gapni 
kopaytirmasdan ishdan gapirish.. Sherzod konteynerni postdan òtkazib oldingmi?


- yòq.. xonim.. chegarachilar ushlab olishdi. . Kimdir bizni sotdi. - dedi Sherzod 
- ahmoq ovsar... ha mayli .. Olim senchi? Talabalarga dori yoqtimi? - dedi Barnoxonim Olimga yuzlanib 
- ammo Barnoxonim.. Hozirda Universitetlarda tekshirish kuchaygan..- dedi Olim 
- Olim kimni puliga òqiyotganingni unitma. . Sessiyalaringni qoplashga ozmuncha pul ketkazganim yòq.. - 
deb qoshini chimirdi Barnoxonim - Mardon!! Óylaymanki, ishga tòy halaqit bermagan.. tovarni 
sotdingmi?
- xonim.. korxonalar sertifikatsiz mahsulot olishmayapti - dedi Mardon
- Sen bola uylanib ayniyapsan.. jahlimni chiqarma.. - dedi Barnoxonim qovoģini solib - Jafar... sendan 
umidlarim katta.. 
- kechirasiz xonim. ..ammo endi men siz bilan ortiq ishlamayman.. Marinaga sòz berganman.. ortiq 
mafiya va jinoyatga aralashmayman.. halol yashamoqchiman - dedi Jafar jiddiy 
- nima? Nimalar deding? Seni qanday hadding siģdi..sen kimligingni unitma. . Seni men odam 
qilganman... men seni mafiyaga bosh qildim.. sen qanday halol yashamoqchisan? Qòling qonga botgan. 
.qanchadan qancha yostiqlarni quritgansan.. sening ishing avval boshidan harom. . Xuddi òzingdek.. - 
deb Jafarga qurol òqtaldi Barnoxonim 
- Hazillashmayapsanmi Marhabo? Hayotimizni qandaydir kitobga ishonib xavfga qòyayapmizmi? - dedi 
Malika ,,Mafiya qirolichasining siri " kitobini qòliga olib. 
- Malika istamasang majburlamaymiz.. har qalay yosh oilasizlar.. - deb uni g'ashiga tegdi Marina 
- mensiz ko'ngilxushlik qilmoqchimisizlar? Aslo. . Barnoxonim bilan men ham hisoblashaman.. - dedi 
Malika kitobni Marhaboga qaytarib..
Shu payt eshik taqqillab qoldi.
- Kim u? - dedi Malika eshikka yaqinlashib 
- Prinsessa bu men.. - eshik ortidan Mardonni ovozi eshitildi. 
- Prinsessa?!?!?! - deya qizlar miriqib kulishdi. . 
- Mardon endi òlding!! - Malikaning jahli chiqib eshikni ochdi. 
- hayrli kun prinsessa. . Iye mehmonlar bormidi? Unda men boraqolay - dedi Mardon ichkaridagi 
qizlarga kòzi tushib 
- ha ha daf bòl! - deb Malika eshikni qarsillatib yopdi. 
- bechora.. seni qo'lingda uvol ketadi - deb kuldi Marina 
- men uni majburlaganim yo'q! Menga uylaaan deb - deb labini burdi Malika 
- hazil o'z yo'liga. .lekin mafiya qirolichasining huzuriga qurolsiz borib bo'lmaydi - dedi Dinora 


- Dinosh.. otishma bo'ladimi? - dedi Sevara
- balki odam ham o'ldirarmiz.. - dedi Dinora
- qizlar.. meni 5 daqiqa shu yerda kutib turinglar.. - deb Marina òrnidan turdi.. 
- qayerga? - havotirlanib sóradi Marhabo 
- bir narsani aniqlashtirib olishim kerak - dedi Marina òychan.. 
Marina Malikaning xonasidan chiqib òz xonasiga kirdi.
U tortmani oldiga borib òychan òz aksiga tikildi.. 
Shu payt xona eshigi taqilladi..
- Kim u? - dedi Marina eshikka ham qaramay 
- menman xonim.. Dilnuraman..- eshik ortidan Dilnurani ovozi eshitildi 
- kiraver..- dedi Marina hamon u tarafga qaramasdan 
- xonim.. Janob Amirov sizni xonasida kutyapti.. - deb Dilnura eshik tomonga yònaldi. 
- Dilnura.. - dedi Marina 
- Ha xonim.. - deb Dilnura unga yaqin keldi
- agar menga biror narsa bòlsa.. Jafar akamga turmushga chiqishga vada ber. . - deb Marina Dilnurani 
qòlidan ushladi... 
- a?? Nima dedingiz?!!? - dedi Dilnura eshitgan gaplariga ishonolmasdan.. 
- men Jafar akamga tushintiraman.. kònglim notinch.. agar menga biror gap bòlsa.. Jafar akam senga 
omonat.. - dedi Marina unga iltijoli boqib 
- albatta xonim. - dedi Dilnura tabassumini yashirishga urinib
- ketishing mumkin.. - deb Marina tortmani ochdi 
Dilnura eshik tomonga 2 qadam qòydi hamki, ikki kuragini òrtasiga òq tegib yiqildi.. 
- seni qanday hadding siğdi.. Jafar akam haqida òylashga.. qanday hadding sig'di!!! U meniki!!! Faqat 
meniki!!! - deb Marina Dilnurani boshiga ham o'q otdi. 
So'ngra Marina qo'llarini yuvib, Jafarning xonasiga yo'l oldi.
Xona oldiga borib, eshikni taqillatdi.
- kiraver go'zalim.. - deb Jafar eshikni ochdi.
- Jafar aka .. men..


- jim! Ko'zlaringni yum.. - deb Jafar qo'llari bilan Marinani ko'zlarini berkitdi. 
Ular tahminan ichkariga 7 qadamcha yurishdi.. 
- mana endi ochsang bo'ladi..
Marina ko'zlarini ochdi.. 
Xona qorong'u, yerga yurak shaklida shamlar terilgan, atrofga atirgul yaproqlari sochilgan, sal narida 
bezatilgan stol..
Marina yuragi hapqirib Jafarga qaradi. Uning qo'lida bir dasta atirgul.. 
- aslini olganda gulga gul berib bo'lmaydi.. lekin men bu gullarga dunyodagi eng go'zal gulni ko'rsatgim 
keldi.. Marinam, mening tanho gulim.. seni juda qattiq sevaman. Koinotdagi yulduzlar qancha bo'lsa 
mening senga bo'lgan sevgim ulardan yuz ming chandon ko'proq.. - deb Jafar Marinaga gul berib uni 
qattiq bag'riga bosdi.. 
- Jafar men...
- men voz kechdim Marina.. mafiyadan, qotilliklardan, harom pul topishdan.. sen meni o'zgartirding.. 
mening farishtam.. 
Marina va Jafar bezatilgan stolda qizil shampaniskiy ichib o‘tirishardi. 
- endi menga ruhsat.. - deya Jafar o‘rnidan turdi. 
- qayoqqa? - dedi Marina qoshini chimirib 
- o‘.. bekorga yigitlar bo‘ydoqchilik davring bebaho deyishmas ekanda.. endi menga ham ruxsat so‘rab 
qadam bosish davri keldi - deb kuldi Jafar - men hozir Qashqadaryoga ketyapman.. 
- qashqadaryoga nega? - so‘radi Marina 
- ota onangsiz to‘y ko‘nglinga sig‘maydiku... 
- axir to‘yimiz.. 
- ertaga!!! - dedi Jafar Marinani gapini bo‘lib 
- ertaga?!
- ha.. men yo‘g‘imda aqilli qiz bo‘lib o‘tir.. xo‘pmi..- deb Jafar Marinani peshonasidan o‘pib xonadan 
chiqib ketdi. 
Marina xonada bir muddat yolg‘iz qoldi.. u o‘ylardi. Bugunini va ertasini.. 
Bugun u hayot mamot jangida bo‘ladi. Agar tirik qolsa, ertasi kuni to‘yida uni ko‘rarga ko‘zi yo‘q oilasi 
bilan to‘qnashadi. . 
Nega u Jafarga aytmadi? Nega men ham sizdek yetimman.. kimligim nasl nasabim noma‘lum..demadi.. 
deyolmadi.. 


Balki Jafar sabab oilasi uni yaxshi ko‘rib qolar.. balki... 
Marina asta o‘rnidan turib xonadan chiqib, o‘z xonasiga kirdi. Uni ichkarida dugonalari kutib turardi. 
O‘rtada esa usti yopilgan Dilnurani jasadi.. 
- nimalar qilib qo‘yding Marina? - dedi ko‘zlari havotirga to‘la Sevara 
- aqling joyidami? - dedi Dinora asta o‘rnidan turib 
- sen odam o‘ldirding Marina.. - dedi Marhabo 
- balki bunga biror narsa sabab bo‘lgandir.. ayt Marina nima bo‘ldi? - dedi Malika Marinani yoniga borib 
- men.. odam o‘ldira olarmikanman.. bunga jur‘atim yetarmikin deb o‘yladim.. Dilnura esa o‘ylarimga 
yechim bo‘ldi.. uni o‘ldirmoqchi emasdim deyolmayman.. shunchaki bunga rashk sababchi bo‘ldi..- dedi 
Marina Dilnurani jasadidan ko‘z uzmay 
- rashk!!! Sen Jafarni sevib qoldingmi? - dedi Malika eshitganlariga ishonmay 
- ha... u meni deb mafiyadan harom ishlardan voz kechdi.. menga juda mehribon.. qanday qilib unday 
insonni sevolmasligim mumkin.. - dedi Marina kulib..- ha aytgancha ertaga to‘yim..
- NIMAAA?!?!?! - hamma qizlar baravar baqirishdi
- har qalay men to‘yimga dugonalarimni chaqiryapman. To‘g‘rimi??..- deb Marina jilmayib Malikaga 
qarad 
- mayli qizlar oxirgi marta rejani tushintiraman - dedi Marhabo stol atrofiga yig‘ilgan hamma qizlarga 
qarab - Malika va Dinora sizlarga soqchilar bir yoqlik qilish va Barnoxonim va Mehmedbeyni iloji boricha 
xonalariga kiritmaslik topshiriladi. Sevara sen kasalxonaga Marjonani oldiga borasan. Uni himoya qilish 
senga topshiriladi. Men esa Marina bilan Barnoxonimni xonasiga kirib yaxshilab ko‘zdan kechiramiz. 
Roppa rosa soat 17:00 da shu yerda to‘planamiz. Xo‘sh soat nechi bo‘ldi?
- 11:30 - dedi Sevara qo‘l soatiga qarab 
- demak hozir Barnoxonim va uning eri tushlik qilish uchun mehmonxona restoraniga tushib ketishadi. 
Marina sen xizmatkorlarga tayinla, ularni sarhil taomlar bilan siylashsin. Axir qurbonlikka atalgan qo‘y 
ham avval obdon boqiladiku.. - dedi kulib Marhabo 
Qizlar ham uning gapiga kulishdi. 
- Barnoxonim anoyilardan emas. Xonasiga kamera qo‘ygan bo‘lishi aniq. - dedi Sevara 
- bundan havotir olma, Qorparcham. Hakkerlik qilish bo‘yicha uydagi chempion bo‘lganman - dedi 
Dinora kulib va gapini davom etdi - opam va akamning telefonlarini osonlik bilan ochardim. 
Barnoxonimning xonasidagi kameralarni o‘zim nazoratga olaman.


- senga ishonamiz Dinora. Agar biror gap bo‘lsa bizga qo‘ng‘iroq qilasan. - dedi Marina 
- bizku vazifamizni tushindik. Ammo Sherzod, Mardon va Olimni nima qilamiz? Rejamizga halaqit 
berishsachi? - deb so‘radi Dinora Marhabodan 
- bundan havotir olma Dinoshim.. ular hozir Mardon bilan gaplashib o‘tirishibdi. Men hozir yangi 
kelinchak ro‘liga kirib, ularga choy beraman. Choyga esa uyqi dori solingan bo‘ladi - dedi Malika jilmayib 
- ohho kelinlik xizmatlaring chakki emas - dedi Marina - sendan o‘rgansam bo‘larkan.. 
- demak.. qizlar ishni boshladik. Alloh mushkillarimizni oson qilsin - deb duoga qo‘l ochdi Sevara
Qolganlar ham unga qo‘shildi.
* * * * *
- Azizam endi nima qilasan? - deb so‘radi Mehmedbey Barnoxonimdan 
- nima demoqchisan? - dedi Barnoxonim qora jildli daftarga bir narsalar yozib o‘tirgan holda 
- Mardon, Olim va Sherzod ishni bajara olishmadi. Mustafoni qayerdaligini bilmaysan. Yusuf harbiy bo‘lib 
chiqdi. Eng ishongan iting Jafar esa yuzinga tupirib ketdi - dedi Mehmedbey galustigini to‘g‘irlayotib
Barnoxonim zarb bilan daftarni yopib tezlik bilan Mehmedbeyni yoniga keldi. Mehmedbeyning yuzi 
oqara boshladi.
Barnoxonim uning galustigidan ohista ushlab o‘ziga tortdi.
- itning qorni to‘ysa, egasini qopadigan bo‘lib qolarkan. Xuddi senga o‘xshab Mehmed.. kimligingni 
unitma! Agar yashashni istasang asabimga tegishni bas qil. Shundoq ham sendan boshqa asabimga 
tegayotganlar yetarli - deya galustikni qo‘yib yubordi - ertaga Jafar uylanyapti. Atigi bir kun yonimda 
aqilli er bo‘lib yurolasanmi? Yoki seni kasalxonaga jo‘natib yuboraymi?
- k..kerakmas..- dedi Mehmedbey asta 
- barakalla.. endi ertagalik kunni rejalashtirishim kerak. Buning uchun qornimni to‘yg‘azib olsam yomon 
bo‘lmasdi. Qani yur, sevgilim. Bizni hayot deb atalmish sahna kutmoqda. - deb Barnoxonim 
Mehmedbeyning qo‘lidan ushlab xonani tark etishdi. 
Ularni qo‘shni xonani qiya eshigidan kuzatib turgan Marina va Marhabo tezlik bilan Barnoxonimning 
xonasini oldiga kelishdi.
Bu vaqtda Sevara taksida kasalxonaga yo‘l olgandi. Malika bo‘lsa Mardonning xonasidan mamnun holda 
chiqib kelardi. Uni kutib turgan Dinora bilan birgalikda pastga, restoranga tushib ketishdi.


Yordamchi kalitlar yordamida Marina eshikni ochdi.
Marhabo bilan birgalikda xonani sinchiklab ko‘zdan kechirishdi.
- voy buni qara - dedi Marhabo stol ustida turgan qora daftarga ishora qilib. 
- oddiy daftarku bu - dedi Marina e‘tiborga olmasdan 
- kitobga muqovasiga qarab baho berma Marina.. - dedi Marhabo va daftarni qo‘liga olib ochdi - ohho.. 
Marina biz xazina topib olgan ko‘rinamiz... 
Marina darhol Marhabodan daftarni olib ko‘rib chiqdi.
- bu axir.. - deb Marina Marhaboga qaradi 
- Barnoxonimning kundaligi - deb ayyorona jilmaydi Marhabo 
Soat 17:00
Barnoxonim asabiylashganidan xonasini ag‘dar- to‘ntar qildi. Xonaga o‘rnatgan kameralarini ham 
tekshirdi. Ulardan so‘ng xonaga hech kim kirmagan.
- Mehmed!!! - baqirdi Barnoxonim 
- ha? - deb Mehmedbey qo‘lida qaynoq kofeni ko‘tarib chiqdi 
- daftar qani? - deb uni yoqasiga yopishdi. 
- q-qanaqa daftar? - dedi hech narsaga tushinmay Mehmedbey 
- o‘zingni go‘llikka solma Mehmed! Sen olgansan!! Topasan! Senga yarim soat vaqt yo daftarni topasan 
yoki seni o‘ldiraman - deb Barnoxonim Mehmedbeyning qo‘lidagi kofeni shartta tortib olib 
Mehmedbeyning yuziga sepib yubordi.
Mehmedbey og‘riqdan yerga o‘tirib qoldi. Barnoxonim esa shahdam qadamlar bilan xonadan chiqib 
ketdi. 
* * * * * * * * * * 
Bu vaqtda qizlar Marinaning xonasida to‘planib Marhaboning qo‘lidagi daftarga qarab o‘tirishardi.
- ishqilib.. arziguli narsa topgan bo‘laylik da - dedi Dinora daftarga bepisand boqib 
- Dinoshginam bu oddiy daftar emas.. shaxsan Barnoxonimning kundaligi.. albatta arziguli narsasi bor - 
dedi Marhabo kundalikni mahkam ushlab 


- ba‘zilar esa kundaligim kimnidir qo‘liga tushsa uyalib qolmay deb o‘zidan to‘qib narsalar yozishadi - 
dedi Sevara 
- tezroq ochib o‘qisangchi hozir yigitlar uyg‘onib qolishadi - deb Marhaboni shoshiltirdi Malika. 
- undan ko‘ra erim uyg‘onadi deb qo‘yaqol - deb unga tegishdi Marina 
Qolganlar miriqib kuldi, Malika esa labini burib oldi. 
- senlarga toza ermak bo‘ldim a?! - dedi arazlab 
- arazlama Malika. Hozir o‘qishni boshlayman. - deb Marhabo o‘qishni boshladi.. 
,, Vaxshiy bo‘lib tug‘ilmaysan, vaxshiy bo‘lib yashashga majbur bo‘lasan.
Men Barnoxonim Ofatguli.. hm. O‘zligini unitgan qiz bu olamda 30 yil yashabman. Ammo men taslim 
bo‘lmayman. Bu hayot mendan tortib olgan narsalarini qaytarmagunimcha taslim bo‘lmayman.
Menda bolalik bo‘lmagan..
Bolalik..
Bolalikdan qolgan xotira...
Mendagi xotira ota onamning jonsiz jasadiyu bizni o‘g‘irlab ketgan yuzi chandiqli o‘g‘ri.... 
Bizni... 
Ha men va singlimni...
Singlimni ismini eslolmayman. Yodimda qolgani uni bo‘ynida jajji yurakcha shaklidagi nori bor edi.
U hali go‘dak edi. Endigina 1 yoshga kirgandi. Men esa 10 yoshga.. 10 yoshimgacha ko‘chaga 
chiqmasdim. Ota onam bunga yo‘l qo‘ymagan. Biz boy edik. Qo‘sha qo‘sha mashina, pul.. va ziyofatlar..
Ammo men go‘yoki asiradek ko‘chaga chiqolmasdim. Menga kerakli narsalar bir og‘iz gapim bilan uyda 
paydo bo‘lardi.
Ammo... 
Ammo o‘sha baxtsiz kun.. balki o‘sha baxtsiz kunga ham men sabab bo‘lgandir..
Boshimga tushgan ko‘rguliklardan so‘ng o‘z o‘zimga so‘z berdim.. 
Men hammasini qaytarib olaman. 
Boylik, kuch-qudrat va hokimyat.. men bularning bariga erishdim.. faqat 
Faqat mening jajji singlimdan boshqa hamma narsani qaytarib oldim... " 


12.06.2021 yil 
- ohho sanasiga qaraganda bu kundalik 1 haftacha avval tutilgan.. ammo nimaga?.. - dedi Malika o‘ylanib 
- menimcha u o‘lim soatlari yaqinlashayotganini sezgan ko‘rinadi - dedi Dinoraning ko‘zlari nafratdan 
alangalanib..
- uning singlisi bo‘lgan ekan. Uni qidiryapti, bunga tushindim.. lekin bizdan nima istaydi? - dedi Marina
- davomini o‘qigin - dedi Sevara Marhaboga 
- o‘g‘lim mazam bo‘lmayapti.. - dedi orqa o‘rindiqda o‘tirgan ayol 
- hozir oyijon hozir. Kasalxonaga oz qoldi - dedi mashinani tezligini oshirib Mustafo. 
Ular kasalxonaga yetib kelishdi.
Mustafoning oyisi Sohiba xolani kardiologiya bo‘limiga olib kirib ketishdi.
Mustafo uyoqdan buyoqqa asabiy yurardi.
Albattada! Marjona g‘oyib bo‘ldi. Boshqa qizlarni raqami yo‘q. Mardon Sherzod va Olim bilan ham 
bog‘lana olmayapti. Jafar bilan oralari yaxshi emas. Oyisini yana yurak huruji tutib qoldi.
Aslini olganda Mustafo oyisi tanlagan qizni ko‘rish uchun Toshkentga ketishayotgandi.
Qizgina Toshkentda o‘qirmish...
Yo‘l bo‘yi Sohiba xola qizni og‘zidan bol tomib maqtab ketardi.
Faqat ismini aytmadi.
Buni Mustafo ham so‘ramadi. Unga qizig‘i yo‘q edi. Hozir uchrashuvga boradi. Qizga sevgan qizi borligini 
aytadi va hammasi tamom. Baribir Marjonadan voz kechmaydi.
- u qizni shaxsi aniqlandi doktor - dedi doktor bilan hamshira Mustafoni oldidan o‘tishar ekan 
- xo‘sh shaxsi aniqlangan bo‘lsa kim ekan? - dedi doktor 
- Marjona Sadriddinova Samarqandlik ekan. Bu yerda Milliy universitetda 2-kurs talabasi. - dedi hamshira
qo‘lidagi qog‘ozga qarab. 
- kechirasiz!!! - deb Mustafo ularni to‘xtatdi. 
- xizmat yigitcha?.. - doktor bir qoshini ko‘tarib 
- Marjona Sadriddinova.. uni rasmi bormi? - dedi Mustafo.. uning yurak urishi tezlashib borayotgandi.. 


Hamshira unga qog‘ozni uzatdi.. 
Mustafoni yuragi endi to‘xtab qolay dedi..
Unga qarab beg‘ubor tabassum qilib turgan qiz.. 4 kun avval u telbalarcha sevib qolgan qiz edi.
- u qayerda? - deyarli baqirib yuboray dedi Mustafo... 
- o‘zingiz kim bo‘lasiz bemorga - dedi doktor unga sinchkov boqarkan 
- qaylig‘iman. Unashtirilganmiz - dedi Mustafo - uni ko‘rgani kelayotgandik..oyimni yurak huruji tutib 
qoldi.. - deb vaziyatni tushitirdi. 
Doktor uni gaplariga ishondi shekkli uni Marjona yotgan xonaga olib kirdi.
- biz sizni so‘roq qilganimizni aybga buyurmang.. bu bemorni xavfsizligini ta‘minlashimiz kerak. Kecha 
uni joniga qasd bo‘lgan. Bir qiz kirgan deyishdi. - dedi doktor Marjonaga rahmi kelib qaradi.. 
- joniga qasd!!! U qachon uyg‘onadi? - dedi Mustafo Marjonadan ko‘z uzmay
- bilmaymiz. Bemorni o‘zi uyg‘onishni istamayapti. Bu yerda 10 daqiqa bo‘lishingiz mumkin . - deb doktor 
ularni yolg‘iz tashlab chiqib ketdi 
Mustafo asta Marjonaning yoniga borib o‘tirdi.. 
- salom qaysar qiz.. nega qochib ketding? Mendan qochishni oqibati shunaqa yomon bo‘ladi. 
Ko‘rdingmi? Baribir mendan qocha olmaysan. Taqdirni o‘zi bizni qayta uchrashtirmoqda.. men bu yerga 
onamni olib keldim. Tanishtirib ham qo‘yaman. Lekin avval sen uyg‘onishing kerak. Men yoningdaman - 
deb Mustafo qizni qo‘lidan ohista tutdi..
Marjonaning oyoqlari bel qismi va yuzini yarim qismi gipslangan bo‘lib, bu uning husniga dahl qilmasdi.. 
- mendan so‘ramay qochib, meni havotirga solganing uchun jazoyingni olishing kerak - deb Mustafo 
qizning nim pushti lablaridan ohista o‘pdi.
Marjonani kipriklari pirpirab asta ko‘zlarini ochdi . 
- uyqudagi malikam uyg‘onib, kamtarin qulini shod edi - deb Mustafo qo‘li bilan Marjonani peshonasini 
ohista siladi.. 
Marjona unga bir muddat tikilib turib so‘radi:
- siz kimsiz?? 
Toshkentning bir chekkasida joylashgan dachasiga yetib kelgan Barnoxonim, mashinasidan tushib 
hashamatli uyiga kirdi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish