- Uning ahvoli qanday? - dedi Barnoxonim eshik yonidagi soqchidan
- ovqat yeyishdan bosh tortdi. 2 marta qochishga harakat qildi - dedi soqchi
- bu qiz tobora menga yoqa boshlayapti - deb Barnoxonim jilmayib ichkariga kirib ketdi.
2- qavatning chap tarafidagi eshikni ohista taqillatib ichkariga kirdi.
- salom hayrli kun Yulduz.. kayfiyating namuncha yomon bo‘lmasa.. meni ko‘rganingdan xursand
emasmisan? - dedi Barnoxonim quvnoq ovozda poshnasini taqillatib ichkariga kirdi.
- sendan ko‘ra jirkanch trollni ko‘rganimda ko‘proq xursand bo‘lardim - deb iztehzoli gapirdi Yulduz.
- eh Yulduz .. Yulduz.. haliyam askar yigitga aza tutib ótiribsanmi? O‘zinga bir qara.. sen kimsanuu u kim
edi? Bunday husning va haraktering bilan birorta boyvachchani ilintirib mendan ham o‘tib ketasan.. -
deb uni iyagidan ushlab o‘ziga qaratdi Barnoxonim
- iflos va jirkanch qo‘lingni mendan tortmasang ularni uzib olaman - dedi Yulduz unga nafrat ko‘zlari bilan
qarab - nimaga? Nima uchun uni o‘ldirding? Men senga nima yomonlik qilgandim?!?!?! JAVOB BER!!!
- aslini olganda muammo senda emas.. sizlarda edi.. mening bir harakterim bor. Boshqalarni ahil va
baxtli holatini ko‘ra olmayman. Ayniqsa ular mendan yosh bo‘lishsa - dedi beparvo Barnoxonim
- sen.. sen jinnisan! Axmoq..psix - dedi Yulduz og‘ziga kelgan haqoratni gapirib.
- o‘zingni asra qushcham. Kechpaytga mehmon keladi - deb Barnoxonim havodan bo‘sa yo‘llab chiqib
ketdi.
* * * *
- tezroq o‘qisangchi? - deb Marhaboni shoshiltirdi Marina
- ,, agar mendan bu dunyoda eng ko‘p nimani istaysan deb so‘rashsa.. men faqatgina Qasos deb javob
beraman.
O‘sha mudxish kunda men dadamning ruhsatisiz uydan chiqdim.
Endigina ko‘chamizni muyulishiga yetganda yuzi chandiqli qo‘rqinchli odam meni bilagimdan mahkam
changallab ushlab oldi..
Endi baqirmoqchi bo‘lganimda u dadamning do‘sti ekanligini va u bilan uchrashish uchun kelganini aytdi.
Tabiiyki, unga ishongandim. Ota onam meni odamlarning oq qorasini ajratishni o‘rgatishmagandi. Men
faqat oq tarafni ko‘rib o‘rgangandim. Biz uyga yashirin yo‘l bilan kirdik. Uyning bu qismnida soqchilar
bo‘lmasdi.
Uyga kirishimiz bilan yuzi chandiqli inson bo‘ynimga pichoq tirab baland ovozda ota onamni chaqirdi.
Atrofimizni soqchilar o‘rab olishdi. Dadam meni asirga olgan odamni tinchilantishga harakat qildi. Ammo
u alamzada tinmay bir gapni qaytarardi..
- men sendan iltimos qilgandim!!! Sen esa xiyonat qilding!!! Men ham senga aziz bo‘lgan barcha
narsangdan judo qilaman. - deb pichoqni tomog‘imga botirdi.
Tomog‘imda achishishni his qildim.
- odamlaringni yo‘qot yo‘qsa.. - deb yana tahdid qildi chandiqli kishi
Dadam barcha soqchilarga ketishni buyirdi. Ular ketgach chandiqli kishi mendan havotir olayotgan
oyimni to‘pponcha bilan otib tashladi. So‘ngra otamni...
Bir muddat vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Qulog‘im shang‘illardi.
O‘zimga kelganimda chandiqli kishi men va chaqaloq singlimni mashinada olib ketayotgandi.
Atrof qorong‘u yo‘lda ikkita mashina turardi.
Birinchi mashinadagi qora kiyim kiyganlar singlimni olib ketishmoqchi bo‘lishdi. Ammo uni ushlagan
qo‘llarini yovvoyidek tishlab oldim. Shunda ikkinchi mashinadagi odam menga qattiq tarsaki tortdi.
Tarsaki zarbidan boshim zirqillab ketdi. Birinchi mashinadagilar singlimni olib ketishdi.
Men esa hushimdan ketdim. ..
Hushimga kelgach, yotgan xonamga ko‘z yugirtirdim. Qaniydi ko‘rganlarim tush bo‘lsayu, o‘z xonamda
uyg‘onganimda. Ammo bu tush emasdi.
Uyg‘onganimni ko‘rgan ayol g‘alati tilda gapirib, meni yuz qo‘limni yuvdi. Qarshilik qilishga holim yo‘q
edi.
Keyin meni tashqariga olib chiqdi.
Shunda tushindimki, men hattoki vatanimda ham emasdim. Bu yerda hamma miltiq va qurol ko‘tarib
qop-qora kiyinib olishgandi.
Hamma menga yovqarash qilar, haligi ayol bo‘lsa xuddi hindularni uyiga o‘xshash chodirga meni olib
kirdi.
U yerda soqolli badbashara yoshi tahminan 40 yoki 50 larda bo‘lgan kishi meni boshdan oyoq sinchiklab
qaradi.
- isming nima? - dedi u yonida turgan chilimni chekib
- Barno.. - dedim past ovozda..
- mendan qo‘rqyapsanmi? - dedi u soqolini silab
- ..... - indamadim
- MENDAN QO‘RQYAPSANMI DEDIM!!! - deb o‘shqirdi
- ha - deb yig‘lab yubordim..
- bundan keyin so‘rasam javob bergin. qo‘rqishing yaxshi.. ammo boshqa yig‘laganingni ko‘rmay - dedi
yana chilim chekib
- iltimos sizdan meni qo‘yib yuboring.. iltimos qilaman - dedim yalinib
- seni sotib oldim. Ketkizgan pulimni ishlab topib bersang ketishing mumkin - dedi u beparvo
- men ishlashni bilmayman.. hech bo‘lmasa singlimni topib bering - dedim umidlanib
- yaxshi.. singlingni topib beraman. Faqat men nima buyirsam bajarasan.. kelishdikmi? - dedi u menga
qarab
- albatta..amaki - dedim xursand bo‘lib
- meni xojam deb chaqirasan.. tushinarlimi? - dedi u qoshini chimirib
- xo‘p.. xojam..- dedim boshimni egib
Keyinchalik bilsam men Afg‘onistonning Yangi Qaleh degan shahrida ekanman..
Soqolli xoja bo‘lsa, bu yerdagi jamiyki odamlarni boshlig‘i ekan. Uning ismi Abu Lahab edi.. ‘‘ - deb o‘qib
qizlarga hayron qaradi Marhabo.
- Abu Lahab.. axir u .. - dedi Dinora
- Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) ning amakisi va yovuz dushmani.. - dedi Malika
- endi shubhaga o‘rin yo‘q. Yovuz yovuzni tarbiyalagan.. - dedi Sevara..
Soat 20:00 ..
Kasalxona..
Hozirgina ahvoli yaxshilangan oyisining oldidan qaytgan Mustafo Marjonaning xonasini oldiga bordi.
Oyisiga sevgan qizi haqida yana bir bora eslatdi.
Ammo onasi o‘zi topgan qizni maqtayverdi.
- oyi hech bo‘lmasa bir marta shu qizni ko‘ring.. -dedi Mustafo zorlanib
Ona baribir ona ekanda.. o‘glining zorlanib turgani ta‘sir qildi sheklli rozi bo‘ldi..
Mustafo esa bir rejani o‘ylab qo‘ydi..
U asta Marjonani xonasini eshigini taqillatib ichkariga kirdi.
- Haliyam hech narsani eslay olamayapsanmi? - deb Mustafo Marjonaga hafsalasi pir bo‘lib qaradi.
- ismim Marjonaligini esladim. - dedi Marjona o‘ychan
- to‘g‘ri isming Marjona.. familyang esa Bekmurodova..mening xotinimsan..- dedi Mustafo jiddiy.
- nima? Biz turmush qurganmizmi? - dedi Marjona ishonqiramay.
- Ha. Uydagilardan yashirincha nikoh o‘qitib turmush qurgandik. Ammo sen yashirincha yashash jonimga
tegdi deb arazlab ota uyinga ketayotganingda avariya bo‘lding.
Oyim hozir shu yerda. Seni tanishtirmoqchiman. Agar ularga yoqsang, rostakamiga katta to‘y qilamiz. -
dedi Mustafo Marjonani qo‘llaridan tutib
- agar ularga yoqmasamchi? Mendan voz kechasizmi? - ohista so‘radi Marjona
- ikki dunyoda ham sendan voz kechmayman. Sen mening yagonamsan. - deb Marjonani peshonasidan
o‘pib qo‘ydi.
- yaxshi unda ketdik.. - deb o‘rnidan turdi Marjona
- shoshma!! Axir seni oyoqlaring va..
- ha boshdan oyoq gipsni aytyapsizmi? Shifokorlar rengen natijasini almashtirib sog‘ joyimni ham gipslab
tashlashgan ekan. 2 soat avval olib tashlashgan - dedi Marjona kulib
- lekin sen.. kamaz ostida qolgandingku..- dedi ko‘zlariga ishonmay Mustafo
- balki Allohim meni siz uchun asragandir.. - dedi Marjona yoqimli jilmayib..
Mustafo endi chinakamiga baxtli edi. Sevgilisi sog‘ va omon..
Soat 20:00 . ,,Platinum " mehmonxonasi...
Marhabo Barnoxonimning kundaligini o‘qishda davom etar, boshqa qizlar esa uni diqqat bilan
tinglashardi.
,, Yarim yil davomida meni qo‘l va qurol yordamida jang qilishga o‘rgatishdi. Bu menga beriladigan
vazifalar tufayli o‘zimni himoya qilishim uchun o‘rgatilardi. Abu Lahab esa menga har kuni singlimni
qidirayotganini aytardi. Men esa singlim va o‘z ozodligim uchun unga sidqidildan hizmat qilishga tayyor
edim. Vanihoyat menga ustozlik qilganlar tayyor ekanligimni aytishdi. Men atigi 10 yarim yosh edim.
Ammo aqlan men ulg‘ayib bo‘lgan edim.
Meni mashinaga o‘tkazishib anchagina uzoq joyga olib ketishdi. Uzoqdan shaharga o‘xshash gavjum
joyga yetganda to‘xtadik. Bir kishi ustimga qandaydir g‘alati uskunalarni taqib qizil tugmachasiga ishora
qildi.
- buni belgilangan joyga borgach bosasan - dedi qovog‘ini solib
Keyin ustimga paranji yopishib uskunani berkitishdi.
Belgilangan joy masjid ekanligini borgach tushindim.
Ustimdagi uskunadan ehtiyotkorlik bilan halos bo‘lgach, bir tilanchiga uni ichkariga olib kirib borishini
tayinladim.
Tilanchiga xizmatchi kampirdan o‘g‘irlab olgan tangalarimni berdim.
U ichkariga kirishi bilan men ortimga yugirib ketdim.
BUUM!!!
Chiroyi bilan atrofga go‘zallik taratib turgan masjid yer bilan yakson bo‘ldi.
Mashina oldiga qaytishim bilan, qovog‘i solingan menga tarsaki tushirdi..
- Ahmoq!! Lan‘ati sen nega o‘lmading?!?!?
Shunda qo‘rqdim. Nega ular meni o‘ldirmoqchi.. axir ular aytgan ishni bajardimku.
Ular yana meni mashinaga o‘tkazishib qaytarib olib ketishdi.
Abu Lahabni huzuriga kirdik.
- Xojam u ishni bajarmadi. Ijozat bering - drb qovog‘i soliq menga to‘pponcha tiradi.
- u masjidni portlatmadimi?
- portlatdi. Ammo o‘zi bilan portlashi kerak ediku
- demak bu qizcha sendan ko‘ra aqilli ekan - deb iztehzoli kuldi Abu Lahab
Shunday qilib, Yangi Qalahda mening obro‘yim oshib ketdi. Abu Lahabdan har kuni singlimni so‘rardim.
Ammo u aniq javob bermasdi. Bir kuni uning chodiridan chiqayotsam, begona kishi uning huzuriga
kirayotganini ko‘rib qoldim. Sezdirmay berkinib gaplarini poyladim.
- Xojam chaqirgan ekansiz - deb tiz cho‘kdi
- qizcha tirikmi? - deb so‘radi Abu Lahab chilim chekib
- tirik uni yetimxonaga berdik. O‘ldiraylikmi? - dedi xuddi chivinni o‘ldirayotgandek
- yo‘q. Xozircha Barno yaxshi ishlayapti.. bu qizcha Barnoning nozik tomoni..agar xiyonatni sezib qolsam
opa singillarni bir ondayoq o‘ldiramiz - dedi vaxshiy Abu Lahab
20:30 Kasalxona
Marjona xotirasi qaytmagan bo‘lsada, yonida qo‘lidan tutib turgan insonga negadir juda ishonardi.
Vanihoyat ular Sohiba xolaning oldiga kirishdi.
- Assalomu alaykum.. - dedi odob bilan xonaga kirib Marjona
- Va alaykum assalom. - dedi Sohiba xola. U yuzini deraza tomonga o‘girib olgandi.
- Oyi bu qiz.. Marjona..- dedi Mustafo noqulay vaziyatni yengillashtirish uchun
Sohiba xola yalt etib Marjonaga qaradi va suyinganidan o‘g‘lining oldiga bordi.
- shu qizmi? Sen sevgan qiz? - dedi Sohiba xola Marjonani yuzidan asta ushlab
- ha oyi...- dedi Mustafo nima bo‘layotganiga tushinmay
- axir bu qizni men topgan qizku - dedi Sohiba xola
Mustafo gap nimadaligini tushinib Allohga shukronalar keltirdi.
U sevgan qiz, onasi yoqtirgan qiz edi.
Endi faqat bitta muammo qoldi. Bu Marjonani xotirasi..
- siz? Menga sovchi bo‘lib kelganmidingiz? Ammo biz Mustafo akam bilan turmush qurib bo‘lganmizku -
dedi uzun kipriklarini pirpiratib Marjona..
* * * * * * *
SHAHAR TASHQARISIDAGI UY...
- Barnoxonim o‘ylaymanki, didimdagi qizni topgansiz - dedi ayvonchada finjonda choy ichib o‘tirgan
yigit..
Bu yigit Barnoxonimning uzoq yillardan beri hamkori bo‘lib, hozirda u bilan o‘rtadagi sherikchilikni uzish
Barnoxonimga qimmatga tushardi.
- albatta Serkanbey..agar didingizga keladigan bo‘lsak, ikkimizning didimiz bir xil.. qiz ikkinchi qavatda
chapdan 3 - xonada. Ogohlantirib qo‘yay, U egarlanmagan tulpor misoli yovvoyi.. - dedi Barnoxonim
yigitga kalit berib
- Bolaligimdan yovvoyi jonivorlarni qo‘lga o‘rgatib katta bo‘lganman. Bu men uchun muammo emas -
deb jilmayganicha Serkanbey kalitni olib ikkinchi qavatga chiqib ketdi.
- ko‘ramiz.. Agar Yulduz uni yengsa ham Serkanning og‘ushida qolsa ham men hech narsa
yutqazmayman.. - deb Barnoxonim jilmayib choyda ichdi.
Bu paytda yoshi 27 larda, sochi to‘q jigarrang, ko‘zlari zumradrang misoli qoni qaynoq yigitcha Serkanbey
3 - xonani eshigi kalit yordamida ochayotgandi.
U ichkariga kirdi.
Xonaning ikki derazasiga qora darpardalar tutilgan bo‘lib, shu sababdan ichkari uncha yaxshi
ko‘rinmasdi.
- hoy.. alyu. Kimdir bormi? - deb ichkariga kirdi Serkanbey
Birdan eshik qattiq yopilib, Serkanga Yulduz yovvoyi Puma misol tashlandi.
Yulduz qo‘l va oyoq yordamida Serkanga turli zarbalar berar, yigit esa joyidan qimirlamasdan shunchaki
zarbalarni qaytarardi xolos.
Holsizlik va ochlik o‘z ta‘sirini ko‘rsatib Yulduz charchab qoldi. U holsizlikdan polga o‘tirib qoldi.
- xo‘sh yovvoyi mushukcham o‘ynab bo‘lgan bo‘lsak gaplashib olamizmi? - dedi Serkan bosiqlik bilan
- daf bo‘l. Jirkanch mahluq!! - dedi Yulduz vishshilab
- mendek ko‘rkam yigitni aytgan gaping bilan ranjita olmaysan. Ammo tan olaman, qalbim og‘ridi.. - dedi
Serkan uni qarshisiga o‘tirib
- ohho.. seni qalbing ham anchagina yaralangan ko‘rinadi. . - dedi Serkan Yulduzni iyagidan ushlab o‘ziga
qaratdi.
20:30 ,,Platinum" mehmonxonasi
Mehmedbey qo‘l ostidagi barcha odamlariga xonasini yaxshilab tekshirishni buyirdi . Har 10 daqiqada
Barnoxonim qo‘ng‘iroq qilib Mehmedbeyga dakki berardi.
- lapashang ahmoq! Qaytgunimcha daftar qo‘lingda bo‘lmasa kallangni uzib olaman!! - go‘shakni yorib
yuboray dedi Barnoxonimning ovozi
Ammo ha deganda qora jildli daftar topilmasdi.
Bu paytda qora jildli daftar Marhaboning qo‘lida edi.
- qizlar men Mardon va anavi ikkisidan habar olib kelaychi? Tirikmikin o‘zi ular - deb o‘rnidan turdi
Malika
- voyeeey to‘ydan keyingi sevgi boshqacha bo‘larkan aa qizlar - dedi kulib Sevara
Boshqalar qizlar unga qo‘shilib kulishdi..
Malikaning yuzi duv qizardi..
-senlarga rosa ermak bo‘ldim a.. borishgine.. - deb arazladi Malika
- Malishkaaam.. qo‘y hafa bo‘lma.. aybimni yuvish uchun sen bilan birga boraman - dedi Sevara
Malikaning yelkasiga osilib.
Malika va Sevara xonadan chiqib ketishdi.
Marhabo esa kundalikni o‘qishda davom etdi.
,, Abu Lahab meni o‘ldirmoqchi!!
Yagona aybim.. uning odamlari orasida eng yosh va buyirilgan ishni so‘zsiz bajarishimda edi. Tan
olamanki, xiyonat xoinlik qilish haqida o‘ylamaganman ham..
Lekin vaziyat bu ketishda bo‘lsa, oxiri men uchun yaxshilik bilan tugamaydi. Chora izlab topishim zarur
edi.
Bu vaqtga kelib 15 yoshga kirgandim..
Abu Lahab bir necha bor chodirimga eng kuchli jangchilari uchun sovchi bo‘lib kelardi. Mening esa
shartim bitta : agar tanlangan nomzod men bilan kurash tushib yutsa, men roziman.
Lekin kelgan barcha nomzodlarni yutaverganimdan va bu sharmandalikka chidolmagan yigitlarning o‘z
joniga qasd qilaverishganidan charchagan Abu Lahab sovchi bo‘lib kelmay qo‘ydi.
Bu vaziyat men tomonga ishlayotganidan dalolat edi. Chunki Abu Lahabning atrofida kuchli jangchilari
deyarli qolmagan edi.
Endi rejamning ikkinchi bosqichiga o‘tasigan vaqt kelgandi.
Yangi Qalehda joylashgan qishloqchamizda Abu Lahabning odamlari orasida uning ikki o‘g‘li ham bor edi.
Kelishgan, kuchli va o‘ta takabbur..
Abu Lahab o‘g‘illariga uchun ham sovchi bo‘lib kelmoqchi edi ammo men va mening shartimdan cho‘chib
bu fikridan qaytgandi.
Abu Lahab mendan qo‘rqardi lekin shunchaki o‘ldirtirib ham yuborolmasdi. Chunki, birinchidan men eng
kuchli jangchilaridanman, ikkinchidan esa mendan hech qanday yomonlik ko‘rmagandi. U aytgan barcha
ishlarni so‘zsiz bajara olardim. Abu Lahabga men xuddi narkomanga zarur narkotikdek kerak edim.
U uchun xavfli bo‘lsamda unga juda kerak edim.
Vanihoyat bu jahannamda yashayotganimga 6 yil bóldi. Men 16 yoshga kirdim. Bu kunga kelib Abu
Lahabning kuchli janglilaridan, qovog‘i soliq Tolib, men, Ramzam va uning ikki o‘g‘li - Murod va Mahmud
qolgandik.
Tolibning meni ko‘rishga ko‘zi otishga o‘qi yo‘q edi. Chunki 16 yosh bo‘la turib, 45 yoshlik odam bilan
bahislasha olayotgandim. Ikkinchi sababi, meni deb anchagina kuchli odamlari o‘z joniga qasd
qilishgandi.
Ramzam - uni deyarli ko‘rmayman ham.. umumman olgandi men uchun kerakmas inson.
Murod va Mahmud - mening navbatdagi o‘ljalarim... Abu Lahabning ikki vorisi..
Bugun kuni bilan Murodning atrofida parvona bo‘ldim. Tabiiyki, anchagina yigitlarni o‘limiga sababchi
bo‘lgan mendek ,,muzyurak" qizning noz - karashma va ishvalari uni be‘tibor qoldirmadi.
U kechasi meni chodiriga chaqirdi.. men nozlanib uning oldidan ketdim..
Agar Abu Lahab men bilan o‘yin o‘ynamoqchi bo‘lsa, mening qoidalarim bilan o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.
Quyosh uyqiga ketib to‘lin oy ko‘kka balqib turganda, Murodning chodiriga bordim. Murod chodir
atrofidagi barcha soqchilarni ketkizib yuborgan ekan. Ishim ancha osonlashadi.. chodir ichida katta o‘rin
to‘shalgan va atrofiga shamlar yoqilgandi.
Ichkariga kirishim bilan Murod menga yopishishga harakat qildi. Men esa ishvalanib chodir markaziga
bordim.. Murod xuddi och bo‘ridek menga qarardi.. men asta u yotadigan o‘ringa boshimni qo‘ydim. U
oldimga asta kelib sochimni siladi..
- sen juda go‘zalsan.. - bu Murodning menga aytgan birinchi va oxirgi gapi edi...
Meni o‘pish uchun engashganda yengimga yashirilgan xanjar bilan tomog‘idan so‘yib tashladim.
Yarim soat ichida esa uni o‘zidan ham chodiridan ham 1 siqim kul qoldi..
Abu Lahabning fig‘oni falakka chiqdi. Qotilni topishni buyirdi.
Endigi o‘ljam - Mahmud.
Bu kuchli chiroyli va kelishgan yigitni bitta aybi : qizlarning ishvalariga e‘tibor ham bermasdi.
Uni boshini aylantirgunimcha 1 hafta yutqazdim.
Murodning o‘limidan keyin Abu Lahab Mahmudning atrofiga soqchilarni terib tashlagan edi.
U meni Yangi Qaleh o‘rmonidagi chinor oldiga tunda borishimni tayinladi.
O‘rmon bo‘lsa o‘rmonda! Qaytanga ishim oson kechadi.
Mahmuddan farqli o‘laroq men shom bo‘lmasidan o‘sha yerga borib atrofni ko‘zdan kechirib chiqdim.
Yarim soat o‘tar o‘tmas Mahmudning jasadini och bo‘rilar makoniga tashlab keldim.
Ertasiga ovchi jangchilar uni g‘ajilgan kallasini Abu Lahabga keltirib berishdi..
Abu Lahabni shu bilan 1 haftacha chodiridan chiqmadi.
Bir kuni u yoniga qovog‘i soliq Tolibni chaqirdi. Men ham bezbetlarcha ularning suhbatini poylashga
tushdim..
- Tolib! Eng ishonchligim o‘zingsan. Ikki arslonimni himoya qilolmadim. Endi 3-o‘g‘limni senga omonat
qoldiraman. Uni himoya qil. Bu qog‘ozlarda barcha mol - mulkim kenja o‘g‘limga meros qoldirilgani
yozilgan. Sen endi Istanbulga bor. Unga otasi kim ekanligi haqida ma‘lumot yetkaz. Uni o‘rnimga
munosib voris qilib tarbiyala..
Boshimdan kimdir muzdek suv quygandek bo‘ldi. Abu Lahabning 3- o‘g‘li bor. Va u otasi Abu Lahabligini
va nima ish bilan shug‘illanishini bilmaydi.
Tolib chodirdan chiqib, mashinaga o‘tirib ko‘zdan yo‘qoldi. .
Men esa Abu Lahabning huzuriga kirdim
- Barno sen?? Nima qilyapsan bu yerda? - dedi hayron bo‘lib..
- Qilingan adolatsizliklarni badalini olgani keldim - dedim xanjarimni unga o‘qtalib - gapir!! singlim
qayerda???
- singlingni endi hech qachon ko‘rmaysan - dedi u tirjayib
- iflos it - deya xanjar bilan uning boshini uzib oldim.
Tashqariga chiqib soqchilarga Abu Lahabni bezovta qilmasliklarini buyirdim. Ózim esa Tolibning ortidan
Istanbulga ketdim..." - deya Marhabo o‘qishdan to‘xtadi.
- demak .. Barnoxonim Abu Lahabni o‘ldirgan.. - dedi Marina o‘ylanib.
Shu payt hovliqib Sevara xonaga kirib keldi..
- qizlar tashqaridachi Mehmedbeyning odamlari uni xonasini ag‘dar to‘ntar qilib tashlashibdi. - dedi
o‘rindiqqa o‘tirib
- Menimcha kundalikni qidirishyapti.. - dedi Dinora
* * * * * *
- Mendan iflos qo‘lingni tort.. yo‘qsa pushaymon yeysan ablax - dedi Yulduz Serkanga tahdid qilib
- uni ismi nima edi? - dedi Serkan Yulduzga sinchkov qarab.
- seni nima ishing bor!! - baqirdi Yulduz qo‘llari bilan yuzini berkitib
- bo‘lajak rafiqamni o‘tmishini bilishga haqqim bor - dedi Serkanbey
- Bo‘lajak rafiqang?? Sen jinni qo‘yni miyyasini yegan ovsar! Nima deyayotganingni bilasanmi o‘zi? - dedi
Yulduz Serkanning yoqasidan ushlab
- tanla yo Istanbul ishratxonasining bulbuli bo‘lasan yoki koshonamning yagona guli.. - dedi Serkan jiddiy
ohangda
- menda 3- taklif bor! Seni o‘ldiraman - deb Yulduz Serkanning cho‘ntagidagi to‘pponchani tortib oldi..
* * * * * * * *
- Prrriinsessa.. yagonaam - deb uyqisarardi Mardon
Uning ikki yonida Sherzod va Olim yosh bolalardek beg‘ubor uxlashardi..
- Malika qanday baxtlisan.. Mardon aqilli, boy, kelishgan eng muhimi seni juda sevadi.. - dedi Sevara
havaslanib
- Sevara.. bir marta shunday deding.. ikkinchi bu gapingni eshitmay - dedi Malikaning havsalasi pir
bo‘lib..
- nega?? - dedi Sevara hech narsani tushinmay
- men Mardonga majburligimdan turmushga chiqqanman.. va yana ota onamning oq fotihasisiz..mendek
baxtsiz qiz dunyoda bo‘lmasa kerak.. - dedi Malika yig‘lamsiray deb
Sevara unga bir narsa demoqchi edi eshik taqillab qoldi..
- kim u ? - dedi Sevara eshikka yaqinlashib
- Malikaxon! Kelin! Oching bu menman. Qaynonangiz! Ota onangiz bilan sizlarni ko‘rgani keldik - eshik
ortidan jaranglagan ovoz keldi.
- ey Xudoyim Malika! QAYNONANG KELIBDI - deb yugirib kirdi Sevara
- NIMAAAA??!! - Malikaning hushi boshidan uchay dedi.
Eshik ortida uni ilon qaynonasi va ota onasi...
Qaysi yuz bilan ota onasiga kórinadi..
- Sevara meni bu yerda yóq deb ayt - deb Malika Sevarani oyoqlari ostiga o‘zini tashladi..
- jinni bo‘lmasangchi Malika.. hozir biror narsa o‘ylab topamiz.. - deb o‘ylandi Sevara
- Kelin.. Hoy Kelinposhsha!! Malikaxon- eshik yana taqillab Yoqutxonimni jaranglagan ovozi eshitildi.
- obbo bu ilon atay ota onamni boshlab kelgan.. - deb sochini changalladi Malika
- asabiylashma.. hozir bir narsa qilaman.. sen oshxonagami biror joyga yashirin.. - deb Sevara oldiga
oshxona fartugini tutdi..
Qo‘liga sochiq ushlab eshikni ochdi. Bu paytda Malika ichkaridagi xonaga yashiringandi..
Sevara eshikni ochdi..
Kutganidek eshik ortida ko‘zlari ilonnikidek, usti yaltir- yultirlar bilan burkangan sovuq ayol va
oqko‘ngilligi yuz ko‘zidan bilinib turgan ota ona turardi..
- keling.. xizmat? - dedi Sevara sochiqqa qo‘lini artib..
Yoqutxonim Sevarani ko‘z skaneridan o‘tkazib, taklif qilinmasada ichkariga bostirib kirdi.
Kresloga yastanib o‘tirib oldi.
- qani u ? - dedi Yoqutxonim Sevaraga xizmatkoriga qaragandek qaradi.
Eshik ostonasida esa kirish kirmasligi bilmay turgan ota ona turardi.
- sizlar nega qarab turibsizlar? Kirmaysizlarmi?? Qizingizni ko‘rmoqchisizlarku to‘g‘rimi? - dedi vishshilab
- nega birovni xonasiga bostirib kiryapsizlar? Hoziroq qóriqchilarni chaqirmasimdan chiqib keting - dedi
Sevara Yoqutxonimga
- meni kimligimni bilasanmi? Agar xohlasam bu mehmonxonani sen bilan qo‘shib sotib olishimga qurbim
yetadi.. shunday ekan shantaj qilmasdan Malikani chaqir.. ota onasini oq fotihasini olmasdan, boy yigitni
boshini aylantirib, unga tegib olgam, boylarning quchog‘iga ilondek kirib oladigan foxishani chaqir
buyoqqa!!! - deb Sevaraga baqirdi Yoqutxonim..
- bu yerda nima bo‘lyapti?? - yotoqxonadan uyqisirab Mardon chiqib keldi - nega ertalabdan to‘polon
qilyapsizlar?
- ha so‘tak o‘g‘lim a.. qaynonang bilan qaynotangni olib keldim. ''Ota ko‘rdi"ga.. to‘ying onangsiz
o‘tgandi. Lekin bu marosim mensiz o‘tmaydi. Chaqir xotiningni - dedi Yoqutxonim labini burib
- yaxshi.. oyijon. Agar siz tomosha ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, albatta bu tomosha bo‘ladi. - dedi Mardon
oyisiga qarab
Malika bu vaqtda ichida Mardonni so‘kib, uni uchratgan kuniga la‘natlar o‘qirdi..
- Malika.. - uni qarshisiga Mardon kelib o‘tirdi.
- Mardon.. iltimos bunday qilmang.. - dedi yig‘lamsirab Malika
- bugun yashirinarsan.. ertaga yashirinarsan.. keyinchi?? Kel bugun qo‘rqmay ularni oldiga chiq. 1-
qadamni tashla.. agar ular bizni to‘g‘ri tushinishsa, bu qo‘rqmaganligimiz uchun mukofot bo‘ladi. Agar
ota onang sendan yuz o‘girsa, aslo qo‘rqma.. Men har doim yoningdaman.. xo‘sh men bilanmisan? - deb
Mardon Malikaga qo‘lini uzatdi..
Malika ko‘z yoshi aralash jilmayib, Mardonning qo‘lini tutdi.
Soat 21:00..
Marhabo kundalikni davomini o‘qirdi..
,, Men Tolibni Abu Lahabning kenja o‘g‘lini oldiga borgunigacha kuzatdim. Uni qayerdaligini bilgach esa
hech qiynalmay Tolibni o‘ldirdim.. Abu Lahabning Vasiyatnomasini o‘zimning foydamga o‘zgartirdim.
Endi men qudratliman. Qo‘l ostimda son sanoqsiz boylik va xizmatkorlarim bor.
Indamaygina Yangi Qalehga ketsam bo‘lardikuya.. ammo Abu Lahab singlimni shuncha yildan beri
qayerdaligini bilsa ham uni olib kelib bermagani alam qildi.
Abu Lahabning Istanbul bankidagi barcha pullarini olib boyvachcha xonimga aylandim. Atrofimga
sallasini keltir desam, kallasi bilan qo‘shib olib keladigan yigitlardan yolladim.
Abu Lahabning kenja o‘g‘li yuqori maktab o‘quvchisi edi. Kulgili..
Otasi minglab bolalarni yetim, qul qilib yurgan edi. Erkatoyi esa bilim olish bilan band. Ikkita ishonchli
yigitga uni hilvatga olib borib do‘pposlashlarini buyirdim. O‘zim esa ularni kuzatdim..
Bechora nimjon yigitcha nima sababdan kaltak yeyayotganini bilmasdi. U tinmay qaysi gunohim uchun,
deb dod solardi.
Qaysi gunohi uchun??? U qaysi gunohi uchun kaltak yemoqda? O‘zi tanimaydigan Otasi va ikki akasi
uchunmi?
Menchi? Men nima sababdan bu ahvoldaman? Men qaysi gunohim uchun 6 yil jazolandim?
Murg‘ak go‘dak singlimchi? U qaysi gunohi uchun oilasidan o‘g‘irlandi?
Yonimdagi soqchilarim bilan ular tomonga yaqinlashdik. Yigitchani do‘pposlashayotganlar mening ko‘z
qarashimni uqishib, qochib qolishdi.
Men yigitchaga yaqin borib ro‘molcham bilan peshonasi va labi oldidagi qonlarni artdim.
- rah.. mat.. - dedi yigitcha
- arzimaydi. Nega ular seni do‘pposlashdi? - dedim achingan kishidek
- bilmayman.. pul so‘rashdi. Mening esa pulim yo‘q...keyin do‘pposlashdi..- dedi yigitcha
Kulgili.. O‘rta Osiyoni yarmini qon qaqshatgan odamning o‘g‘lini cho‘ntak puli ham yo‘q edi.
- men senga ko‘p pul beraman. Evaziga sen menga sadoqat ila xizmat qilasan kelishdikmi? - dedim qo‘l
cho‘zib
- roziman. - dedi yigitcha
- isming nima? Yoshing nechida? - dedim garchi bilsam ham
- Mehmed.. yoshim 18 da - dedi yigitcha
- mening ismim Barnoxonim Ofatguli.. yoshim 16 da.. - dedim
Biz Mehmed bilan Yangi Qalehga keldik. Barcha meni Abu Lahabning vorisi deb tan oldi.
Men endi barcha ishlarni o‘z qo‘limga oldim. Hayot deb atalmish qimorboz menga qora kartalarni tutgan
ekan, men ham endi karta o‘ynashga majbur edim.
Mening davrim jinoyat olamining eng gurkiragan davri bo‘ldi. Barcha dushmanlarim mendan
qo‘rqishardi. Bosh ko‘targanlar esa ertasi kuni quyoshni ko‘rmay o‘lishardi.
18 ga kirganimdan so‘ng Mehmedga turmushga chiqdim. Chunki dushmanlarim oldida menga yoqimtoy
kuchli va aqilli turmush o‘rtog‘i kerak edi. Mehmed esa yuristlik bo‘yicha o‘qigan va meni qiyin vaziyatlar
olib chiqish yo‘lini bilardi.
Men esa hali hamon singlimni qidirmoqdaman. Qo‘limizga tushgan har bir qizni bo‘ynini tekshirib
chiqardim. Ammo umidlarim kundan kunga so‘nib bormoqda..
Mehmed o‘tmishim haqida ham o‘z o‘tmishi haqida ham hech narsa bilmaydi.
Marhabo kundalikni yozilgan so‘ngi sahifasini o‘qib tugatdi.
- daxshat.. bu qiz emas boshga bitgan balo - dedi u kundalikni yopib
- xo‘sh.. bu baloni uch yo‘l bilan yo‘qotish mumkin - dedi Dinora
- xo‘sh qanday? - deya so‘radi Marina
- birinchisi bu haqida Mehmedbeyga aytish kerak, lekin u xotinidan o‘lgudek qo‘rqadi.
Ikkinchisi.. politsiyaga xabar berish.. bu yaxshi yo‘l ammo qasos zavqini his qilmaymiz. Uchinchisi esa
Barnoxonimni nozik nuqtasi bo‘lgan singlisidan foydalanib uni tavbasiga tayantirish kerak. - dedi Dinora
vaxshiyona jilmayib
- uchinchi fikring yomonmas. Ammo Barnoxonim shuncha yildan beri topolmagan singlisini sen qayerdan
topmoqchisan? - deb so‘radi Marhabo
- uni qidirish shart emas.. - deb Dinora Marinaga ishora qildi
* * * * * * * * * * * * * *
Hozir eshitgan gaplariga tushinmagan Sohiba xola bir rangi oqargan o‘g‘liga, bir uning oldida o‘g‘ling
endi meniki degandek jilmayib turgan Marjonaga qarab nima deyishini bilmay qoldi..
- s-sen meni tiriklay o‘ldirmoqchimisan? El yurt nima deydi, sharmanda.. - deb dod soldi Sohiba xola
- oyi tinchilaning, hammasini tushintirib beraman... buning ustiga axir Marjona sizga ham yoqqan ediku..
- dedi Mustafo
- o‘chir ovozingni! Yoqqan bo‘lsa aqilli, es-hushli odobli bo‘lgani uchun yoqtirgandim.. o‘qishga ketdim
deb yashirincha erga tegib oladigan qizni men ikki dunyoda ham kelinim demayman - dedi Sohiba xola
har gapiga chertib chertib gapirdi.
- oyi axir...
- oyijon axir.. yaqinda buvijon bo‘lasizku - dedi vaziyatni yengillashtirish uchun jilmayib Marjona
Ammo vaziyat battar yomonlashdi.
Sohiba xola o‘rnidan sakrab turib o‘g‘lini quva ketdi. Behosdan Mustafo og‘ir uskunalarga tegib ketdi.
Undagi suyiqlik yerga sachrab, Marjona silliq kafelda sirg‘alib ketdi va boshi bilan kafelga urilib hushidan
ketdi.
Unga tezda tez yordam ko‘rsatildi va u ko‘zlarini ochdi..
Bu paytgacha Mustafo Sohiba xolaga tinchilantirvchi dori berib Marjonaning oldiga keldi..
- Marjona.. azizam.. - dedi ohista Mustafo
- qachondan beri azizangiz bo‘lib qoldim? Men qayerdaman? Dugonalarim qani??? - dedi Marjona
sarosimaga tushib.
- Marjona.. xotirang qaytdimi? Tinchlan sen kasalxonadasan. Dugonalaring sog‘ salomat. - dedi Mustafo
- tez!! Menga tez telefon bering - dedi Marjona unga qo‘lini uzatib.
Marjona darhol Marhaboga qo‘ng‘iroq qildi.
- men o‘ldimmi qabrdamanmi ishlaring ham yo‘q a? E sendaqa dugonalarni!!! Mayli muammolarni hal
qilay albatta jazolaringni beraman. Hozir qaysi go‘rdasanlar? ,,Platinum" dedingmi? Mayli yarim soatda
o‘sha yerda bo‘laman. Borganimdan keyin ta‘ziringni yeyishasan.. ha Marinaga ham aytib qo‘y! borsam
tug‘ilganiga pushaymon qildiraman. - deb telefonni Mustafoga berdi - meni darhol ,,Platinum"
mehmonxonasiga oborib qo‘ying ...
* * * * * *
Shiddatli olishuvdan keyin Yulduz taslim bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmadi..
Serkanga o‘z hayotini qisqacha aytib berdi.
- ohho o‘zi jimittekkina qizchasanku.. ichingda esa darding to‘lib ketibdi.. mayli senga uylanish qochmas..
lekin to‘g‘ri ayting. Bu Barnoxonimni popugini pasaytirib qo‘yadigan vaqt kelgan ko‘rinadi. - deb Serkan
o‘rnidan turib Yulduzga qo‘l uzatdi
sen.. menga yordam bermoqchimisan? - deb so‘radi Yulduz
- men o‘zimga o‘zim yordam bermoqchiman. Agar bu alvastini mafiya olamidan yo‘q qilsam, bu faqat
yaxshilik keltiradi. Keyin bu ajina senga shuncha og‘riq bergan ekan.. balki yaralaringga malham bo‘lsam,
meni sevib qolarsan - deb kuldi Serkanbey
- maynavozchilikni yig‘ishtir.. jiddiy bo‘lasanmi o‘zi. Men seni sevmayman. Tak shto sen bilan hamkor
bo‘lolishimiz mumkin. - dedi Yulduz uni qo‘lidan tutib o‘rnidan turdi
- buni hali vaqt ko‘rsatadi qizaloq. Lekin bu yerdan ketishni istasang, meni sevib, mensiz bir daqiqa ham
turolmaydigan qiz ro‘lini o‘ynab berishing kerak. Shunda seni bu yerdan olib chiqib ketolaman - deb
tirjaydi Serkan
- nega shunchaki odamlaringni chaqirib otishma uyishtirmaysan. Yoki meni bu alvastidan sotib olishing
mumkinku? - dedi Yulduz
- men har bitta odamlarimning joniga javobgarman. Ularning oilasi bor. Keyin seni sotib olsam, sen meni
sevmay mendan qochib ketsam bu faqat menga zarar keltiradi. Shunday ekan zararsiz yo‘lni tanlaymiz.
Oshiq qiz ro‘lini aktirisalardek o‘ynaysan - dedi Serkan qo‘llarini shimini cho‘ntagiga tiqib
- ziqna, xasis eshshak - so‘kindi Yulduz
- hali bunaqa ismlarim ham bor degin..mayli jonginam bu ismlaringni ham eslab qolishga vada beraman.
- deb Serkan Yulduzni dast ko‘tarib oldi va xonadan olib chiqib ketdi.
* * *** *
Ming bir ikkilanish va qizarishlar bilan qip - qizil pomidorga o‘xshab qolgan Malika Mardon bilan
birgalikda ota onasining oldiga chiqishdi.
Ularni birga chiqishini hammadan ham sabrsizlik bilan kutayotgan Yoqutxonim men yutdim, degandek
gerdayib oldi.
- Assalomu alaykum.. - dedi Malika zo‘rg‘a past ovozda
- Va alaykum assalom. Ha kelinposhsha xonangizdan chiqishingiz qiyin bo‘pketdi - dedi ilondek
vishshillab Yoqutxonim
Malikaning ota onasi qiziga shunday qarashardiki, bir nigohning o‘zida or-nomus, g‘urur, iffat va ... va
vijdon azobi, yurak og‘rig‘i jamlangan edi. Malikaning otasi Begzodbek aka qizining oldiga ikki qadam
yaqinlashib qo‘lini ko‘tardi ammo... urolmadi.. mehnatdan uniqqan qo‘llar jigarporasini urolmadi.
Malika yoshlanib turay degan ko‘zlari bilan avval otasiga keyin onasiga qaradi .
- kechiringlar.. - dedi pichirlab
- hooo... nega kechirim so‘raysiz? Boyvachcha kuyovni qarmoqqa ilib berdizku ota onangizga
kelinposhsha!! Ular sizdan faxrlanishadi to‘g‘rimi qudajon. Ular tashlagan to‘rga oltin baliq tushadiyu,
xafa bo‘lishadimi? Qudajon bemalol xursandchiligingizni aytishingiz mumkin. Ichingizdan nimalar
o‘tayotganini bilib turibman. Yakkayu yagona boy o‘g‘lim tufayli endi yeganingiz oldingizda,
yemaganingiz ketingizda bo‘ladi. - dedi Yoqutxonim o‘rnidan turib - boylikka o‘ch bu ko‘zlaringiz,
avvalboshdan niyatingiz nima bo‘lganini aytib turibdi! O‘zingizni bechora ota ona qilib ko‘rsatishni keragi
yo‘q!
- bas qiling!! - baqirdi Mardon va Malikaning otasiga qarab dedi - Malikani bu yerda aybi yo‘q. Uni men
o‘g‘irlab bu yerga olib keldim. Men uni majburlab uylandim. Lekin yigitlik so‘zim bilan aytamanki, unga
qo‘limni uchini ham tekkizganim yo‘q.
- Voy qandoq yaxshi.. mana qizlaringiz bokira ekan. Bemalol opketishlaring mumkin. - dedi Yoqutxonim
sevinib
- Malika mening qonuniy va sha‘riy nikohli xotinim. - dedi Mardon oyisiga qarab
Malikaning otasi Mardonga yaqin keldi va uni bag‘riga bosdi.
- qizimni senga topshirdim. Uni baxtli qil. - dedi va Malikaning peshonasidan o‘pib unga oq fotiha berdi.
- men bilardim. Sizlar boylikka o‘ch ekanligingizni... sizlarni qizingiz erga tekkanidan xabaringiz bo‘lgan.
Pul kerak bo‘lsa qizingizni boy yigitga foxisha qilishni keragi yo‘q edi. Sadaqa so‘rasangiz berar edim - deb
Yoqutxonim jazavaga tushdi va hamyonchasini titikilashga tushdi.
Lekin uni hamyonini boshqa qo‘l to‘xtatdi.
- Xudoga shukr qiling, Yoqutxon.. ayol kishiga qo‘l ko‘tarmayman. Lekin hayolan sizga insof va iymon
tiladim - deb Begzod aka xonadan chiqib ketdi..
- menga esa mumkin - deb Malikaning oyisi Yoqutxonimga tarsaki tushirdi - bu esa qizimni foxisha
deganing uchun - deya u yuziga ham tarsaki tushirdi ..
- Mardon. Oyingni ko‘z oldingda kaltaklashsa qarab turasanmi ahmoq bola!!! - deb baqirdi Yoqutxonim.
- kechirasiz oyijon . Ammo siz bunga loyiq edingiz - dedi Malika achingandek qarab
Mardon uni gapiga kulib qo‘ydi.
Marjona va Mustafo iloji boricha tezroq ,,Platinum" mehmonxonasiga borishga harakat qilishardi.
Tósatdan mashina atrofini 4 ta Prado mashinasi órab oldi. Mustafo noiloj mashinani to‘xtatdi.
Oldindagi qora Pradodan, xuddi g‘oliblardek Barnoxonim tushib keldi.
U Marjona o‘tirgan tarafni eshigini ochdi..
- qani go‘zal qiz. Mashinadan tush! - dedi Marjonaga
- Barnoxonim.. agar men bilan muammo bo‘lsa bunga bu qizni aralashtirmang! - dedi Mustafoni jahli
chiqib.
- qadrligim Mustafo.. bu sen bilan bog‘liq emas. Aynan shu go‘zal bilan ishim bor. - dedi Barnoxonim
Marjonaga qarab
- mendan nima istaysiz? Kimsiz o‘zi?men sizni tanimayman - dedi Marjona Barnoxonimga qarab
- Marjona bu ayol nima desa ham ishonma. - dedi Mutstafo nafratlanib
- Ohho.. demak bu qiz hayotini saqlab qolgan menga emas, xotirasi yo‘qolganidan foydalanib unga
erishmoqchi bo‘lgan senga ishonsinmi.. - deb Barnoxonim Marjonaga ma‘noli qaradi
Marjona gap so‘zsiz Mustafoning mashinasidan tushib, Barnoxonim tushgan mashinaga chiqib oldi.
Barnoxonim maqsadiga erishayotgan odamdek kulib qo‘ydi.
Yonidagi qo‘riqchisiga esa :
- manavi jo‘jaxo‘rozni patini yulib qo‘yinglar. Qanoti o‘sib o‘zini ajdardek his qilyapti sheklli - dedi
pichirlab
Yigitlar Mustafoni boshiga bir urishib, hushidan ketkazishdi va olib ketishdi..
Barnoxonim esa hozir nimalar bo‘lganini ko‘rmagan Marjonaning oldiga o‘tirdi.
Mashina asta joyidan qo‘zg‘aldi.
- shunday yoqimtoy go‘zal qizni dugonalari nega hozir yonida emas - deb gap boshlayotgandi Marjona
uni gapini bo‘ldi.
- agar menga dugonalarimni yomonlamoqchi bo‘lsangiz ovora bo‘lasiz. Men fikrilarimni boshqalarning
gapiga qarab o‘zgartirmayman. - dedi cho‘rt gapirib Marjona
-seni bekorga aqilli qiz deyishmas ekan. Bu hislating menga yoqti. Bilasanmi, seni koma holatidaligingda
barcha dugonalaringga seni kasalxonada ekanligingni aytdim. Ammo ular parvo ham qilishmadi.. menga
esa nomard dugonalar yoqmaydi.
Xullas, gapni cho‘zib o‘tirmayman. Sen hozir ,,Platinum" mehmonxonasiga kirasan. Marinani ertaga
ertalab to‘yi. Sen unga kelin dugona bo‘lasan. Ikkovingiz yolg‘iz qolganingda uni o‘ldirasan. Senga
achinmagan odamga sen ham achinma. Evaziga esa senga bitmas tuganmas boylik beraman. - dedi
Barnoxonim uni avrashga o‘tib
- yaxshi..kelishdik - dedi Marjona beparvo
Barnoxonim uni bunchalik tez rozi bo‘ladi deb o‘ylamagandi.
- bilib qo‘y.. agar menga o‘yin qilmoqchi bo‘lsang, qattiq yanglishasan.. ota onangni ko‘z oldingda
shunday o‘ldiramanki, seni ham o‘ldirishimni yalinib yolvorib so‘raysan - dedi tahdidli ovozda
Barnoxonim, keyin chiroyli jilmayib gapini davom ettirdi - tushindingmi asalim. Shunday ekan, ishingni
bilib qil..
Marjona tushindim degandek, boshini qimirlatib, mashinadan tushdi va mehmonxonaga kirib ketdi.
Marjona bilan ishni oson pishitib olgan Barnoxonim, shahar tashqarisidagi uyiga qaytib keldi.
Ayvonchadagi shinamgina o‘rindig‘iga o‘tirib yulduzli osmonni kuzatib o‘tirdi.. ertaga bari tugaydi...
U hayolida shularni o‘ylab mamnun jilmayib qo‘ydi.
- Barnoxonim.. - uning ortidan Serkanbeyning ovozi keldi.
Barnoxonim asta ortiga o‘girildi.
Tan olish kerakki, u bunday holatni kutmagandi.
Serkanbey Yulduzni nozik belidan quchib turar, Yulduz esa Serkanni qo‘lidan mahkam ushlab olgandi.
Xuddi telbalarcha sevib qolgandek, sevganini qo‘yib yuborsa qochib ketadigandek...
Barnoxonim hayratini yashirishga urinib, jilmayib qo‘ydi.
- menimcha, jilovni mahkam ushlagan ko‘rinasiz, Serkanbey..- dedi Barnoxonim ularga yaqin borib
- albatta. Axir aytgandimku, yovvoyi jonivorlarni yaxshi ko‘raman deb.. to‘g‘rimi mening yovvoyi
mushukcham - deb Serkanbey Yulduzni burnidan chimchilab qo‘ydi.
- albatta jonim..- deb kulib qo‘ydi Yulduz
Barnoxonim eshitganiyu ko‘rgani haqiqat ekanligiga ishongisi kelardi..
- sizdan minnatdorman Barnoxonim. Kompaniyam sizga homiylik qilishdan har doimgidan ham mamnun
bo‘ladi - deb Serkanbey Barnoxonimni qo‘lini o‘pib qo‘ydi.
Barnoxonim bosh irg‘ab qo‘ydi..
Yulduz va Serkan mashinaga o‘tirishib, tezroq bu yerdan ketishga harakat qilishdi.
- qani darhol tuyog‘ingni tortchi !!! - deb Yulduz belidan Serkanni qo‘lini siltab olib tashladi.
- ichingda jon jon ustingda baqilajon - deb kuldi Serkanbey
- Nima deding?? - Yulduzni jahli chiqib Serkanga shunday qaradiki, zumradrang ko‘zlarga g‘arq bo‘ldi
go‘yo...
** * * * * ***
Hozirgina Dinora va Marhabo bilan ishni gaplashib olgan Marina charchab xonasiga kirib ketdi. .
Yulduzli osmonga tikilib, ertangi kunini o‘yladi..
- Jafar aka.. qayerdasiz?..- dedi u osmonga tikilib
Eshik taqilladi..
- kim u.. kiring.. - dedi Marina eshik tomonga o‘girilib
- xonim. Janob Amirov sizga kelin libosini buyurtma qilgandi. Olib keldik.. - deb 3 ta qiz go‘zal libosni olib
xonaga qo‘yib chiqib ketishdi..
Marina libosni go‘zalligidan ko‘z uzolmay qoldi.
Shu payt yana eshik taqilladi.
Marina bu Jafar bo‘lsa kerak deb eshikni yugirib borib ochdi.
Ammo bu u kutgan odam emasdi.
- Marjona.??!!... o‘zingmisan.. - deb Marina uni mahkam bag‘riga bosdi.
- kutmaganmiding? - dedi Marjona sovuqqon.
- to‘g‘risi senligingni bilmagandim.. - dedi u Marjonani bag‘ridan bo‘shatib.
- men haqimda o‘ylashga ham vaqting bo‘lmagani ko‘rinib turibdi - deb Marjona kelin libosiga ishora
qildi.
- Yo‘q.. Marjona.. undaymas.. vaziyat juda chigal..senga hammasini aytib beraman. Hozir qizlarni ham
chaqiray. - deb Marina eshikka yo‘nalgandi Marjona uni to‘xtatdi
- kerakmas Marina. Sendan sabab so‘ramayman. Men hammasini tushinib oldim.. Men juda charchadim.
Agar hozir dam olib olmasam, ertaga oldingda uyqisiragan kelin dugonasi bo‘lib turaman. - dedi Marjona
va yotoqxona tomonga yurdi..
- sen... mening kelin dugonam bo‘lasanmi? - so‘radi Marina
- nima.. buni xohlamaysanmi? - deb Marjona Marinaga shunday qaradiki, Marina so‘raganiga ham
pushaymon bo‘lib ketdi.
- albatta xohlayman.. shunchaki o‘zing buni aytganingga biroz shokka tushdim.. mayli yaxshi dam ol..
shirin tushlar ko‘r.. - deb Marina oshxonaga chiqib ketdi.
- afsus Marina.. men endi shirin tush ko‘rmayman.. ko‘rolmayman. - deya Marjona yotoqqa yotib ertangi
ishlarni rejalashtirishga harakat qildi.
Marjonani oldidan horg‘in chiqqan Marina qizlarning xonasiga kirdi. Bu safar xonada Malika ham bor edi.
- tinchlikmi Marina? Nega uxlamading? - dedi Dinora endi o‘rniga yotayotgan ekan
- qizlar. Marjona keldi. - dedi Marina kresloga o‘tirib.
- nima? U qayerda? Oldiga boraylik - dedi Sevara o‘rnidan turib.
- yo‘q. U xonamda. Uxlayapti. Hamma narsadan charchagan. Uni so‘roq savollarga tutmaymiz.
Ko‘zlaridan bilinib turibdi, ancha qiynalgan. Qachonki, o‘zi bu haqida so‘z aytmoqchi bo‘lsa shunda savol
beramiz. Dinora oldinga haligi, kelin dugonasini kiyimini olgani kelgandim - dedi Marina
- nega? - dedi Dinora. Axir kun bo‘yi kelin dugonalikka ko‘ylak tanlagandi.
- Marjona.. kelin dugonam bo‘lishni xohlayapti.. agar xafa bo‘lsang, unga yo‘q deyman. - dedi Marina
- voy yo‘ge.. nega xafa bo‘laman. Shu desang, o‘zim ham bilgandek ikkita ko‘ylak olgandim. Agar
Marjona kelin dugonasi bo‘lishni xohlayotgan bo‘lsa, bo‘laversin. Bechoragina juda qiynalgan. Zora shu
bilan ko‘ngli yozilsa - deb Dinora shkafdan chiroyli va uzun havorang ko‘ylakni olib berdi.
- oh Dinora sen juda mehribonsan. - deb Sevara Dinorani quchdi.
- bizga ham ko‘ylak oldingmi? - deb so‘radi Marhabo
- albatta. Hattoki, Malikaga ham. Garchi uni eri bo‘lsada, unga ham olishga qaror qildim - deb kuldi
Dinora
- ha men erga tegib, hisobdan chiqarish niyatidamidinglar..mayli qizlar.. yaxshi dam olinglar. Men ham
xonamga boray - deb o‘rnidan turdi Malika.
- pochchamning kiyimlarini ham to‘g‘irlab qo‘ygin - deb kuldi Sevara
- hali senlar ham erga tegishgin.. o‘zim hammangni erga bervoraman. - deb Malika xonadan chiqib ketdi.
- qizlar.. hazil hazilku.. ammo ertaga hal qiluvchi kun.. - dedi Marina jiddiy.
* * * * *
Mardon beozorgina bo‘lib uxlayotgan Sherzod va Olimni ustiga ikki kosada suv quydi. Ular sapchib
o‘rnidan turib ketishdi..
-nima bo‘ldi? - deb ko‘zini ishqaladi Olim
- essiz .. shuncha tomoshadan quruq qolishding.. - deya Mardon ularga bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi.
- Mardon.. xoting ancha baloku.. sening burningdan ip o‘tkazib olmasin tag‘in - deb kuldi Sherzod.
- ip o‘tqazib olsa ham oldimdan ketmasa bo‘ldi - dedi Mardon
- demak ertaga Jafarning to‘yi.. biz nima qilamiz Mardon? - deb so‘radi Olim.
- nima ham qilardik. Kastyum shimni kiyib.. kuyov jo‘ralik qilamiz - deb kulib qo‘ydi Mardon.
Marina bu kecha uxlay olmadi. Tong saharga yaqin uni bezatgani eng yaxshi go‘zallik saloni xodimlari
kelishdi.
Bu vaqtda Marjona ham uyg‘onib, nonushta qilib oldi. U uncha ko‘p bezanishni xohlamadi. Sochini oddiy
dazmollatib, ozgina pardoz qildirtirdi.
Marina bo‘lsa... avval qanchalar go‘zal bo‘lgan bo‘lsa, oppoq kelin libosida yanada ochilib ketdi.
Marjona kelin dugonasining havorang ko‘ylagini kiyib, oynadagi aksiga o‘ychan tikilib qoldi. Go‘yoki u
aksi bilan gaplashayotgandek...
Nihoyat u bir qarorga kelib, hamma chiqib ketishini kutdi. Xonada faqat Marina ikkalasi qolishgach,
Marjona qo‘liga pichoq olib Marinaga yaqinlashdi...
-Marina.. meni kechir...
* **
Barnoxonim erta tongda o‘zing bu yerdagi saloniga yetib keldi. Kechagina dizaynerga buyurtma bergan
hashamdor libosini keltirib berishgach, u yanada ochilib ketdi.
Ko‘p o‘tmay, salondan chiqdi. Salon oldida esa Mehmedbey qo‘lida qizil atirgul bilan uni kutib turardi.
- sen hammadan go‘zalsan.. - deb Mehmedbey unga atirgulni berdi.
- rahmat.. bugun boshqachasan.. tinchlikmi? Yo daftarimni topolmaganingga kechirishimni
kutayapsanmi? - deb Barnoxonim atirgulni yerga tashlab, baland poshnasi bilan ezg‘ilab tashladi - seni
ham shu holatga solish men uchun hech gap emas.. kimligingni unutma, Mehmed..
Barnoxonim undan nari ketib, mashinasiga o‘tirib ,,Platinum'' mehmonxonasiga ketdi.
To‘y mehmonxonaning eng katta zalida bo‘layotgandi..
* * ** *
- Dinora tezroq dazmolni bo‘shat! - dedi Marhabo
- hozir hozir.. ozgina qoldi - dedi Dinora sochlarini dazmol qilayotib
- Marhabo, pardozimga yordam berib yubor - dedi Sevara pardoz stolini oldida
- voy dod... jinnixona! Marina allaqachon tayyor bo‘lib, bizni kutib turgandir. Biz esa bolali xotinlarga
o‘xshab ezmalanib o‘tiribmiz. - dedi Marhabo uzun ko‘ylagini etagidan ko‘tarib Sevaraga yordamga
bordi.
Shu payt pardozi o‘ziga yarashgan, kechagina Dinora sotib olib kelgan uzun ko‘ylakda Malika kirib keldi. .
- voy Malika. O‘zingmisan? Vay yaramase, aytsang biz ham birga salonga borar edik - dedi Marhabo
labini burib
- e saloni boshidan qolsin. Mardon kechasi soat 3 da uyg‘otib, shirin uyqimdan meni ayirib, qayoqdagi
salonga olib bordi. Bu ketishda to‘yni o‘rtasida raqs tushayotib uxlab qolsam ham kerak. Yaramas
Mardon.. meni uyqimdan ayirgani uchun uni hech qachon kechirmayman.. - deb Malika shartta yotoqqa
o‘zini tashladi..
- Iyyy.. Malika!! Voy Trentak qiz.. hayf senga prichoska - makiyaj - dedi Dinora
Qizlar ko‘p o‘tmay, pari paykal bo‘lib xonadan chiqishdi va mehmonxona zaliga yo‘l olishdi..
Barnoxonim mehmonlar orasida qadahini nafosat ila ushlab yurardi. U kutardi.. qulay vaziyatni kutardi..
Bu vaqtda Malika Mardon bilan birgalikda mehmonlar bilan tanishib chiqishardi.. bu yerdagi ko‘pchilik
mehmonlar Mardon Mardonovni juda yaxshi tanishar edida..lekin uni uylangani haqida, deyarli uncha
ko‘p odam bilmasdi. Malikani ko‘rishib, nega Saidboy shu qizni kelin qilinganini tushinishdi. Ham aqilli,
ham go‘zal.
Dinora va Sevara har ehtimolga qarshi Barnoxonimni o‘ziga sezdirmasdan kuzatishardi.
Marhabo esa juda muhim narsani olishga xonalariga qaytdi. Qaytayotib, zinada oyog‘i qayrilib ketdi.
Marhabo muvozanatni yo‘qotib yiqilayotganda, kimdir qo‘lidan tortib uni ushlab qoldi.
Marhabo qo‘rqib ketganidan yumilgan ko‘zlari ochildi. Uni Olim mayin jilmayib ushlab turardi..
- Ra..rahmat..- dedi Marhabo asta
- bu men uchun sharaf.. - dedi Olim - Zolushkadek zinadan yugirishingizga ne sabab. Axir hali yarim kun
ham bo‘lgani yo‘qku..
- zinadan yugirib tushishim uchun Zolushka bo‘lishim shart emas.. - dedi Marhabo unga va pastga bir
qadam tashlab zinaga o‘tirib qoldi - voy voy oyog‘im...
- nima bo‘ldi? - dedi havotirlanib Olim
- menimcha oyog‘imni qayirib oldim.. - dedi Marhabo ko‘ylagini uzun etagini biroz ko‘tarib oyog‘iga
qaradi..
- ohho.. yana biroz balandidan kiymapsizda - dedi kinoya qilib Olim va mehribonchilik bilan Marhaboga
dedi - Marhaboxon.. hozir qarshilik qilmasdan, tufliyingizni yeching.. men 3 yil MedKollejda o‘qiganman.
Oyog‘ingizni payi cho‘zilgan. Hozir buni to‘girlaymiz..
Marhabo gap so‘z demay tuflisini yechdi.. Olimning kuchli va mayin qo‘li go‘yoki butun koinotning
alamini olgandek, Marhaboni oyog‘ini yanayam og‘ritib yubordi.
- mana endi bemalol tursangiz bo‘ladi! - dedi Olim
Marhabo ko‘zlariga ishonmay, o‘rnidan turdi. Uni endi oyog‘i soppa-sog‘ edi.
Marhabo Olimga bir narsa demoqchi edi. Ularni atrofini qora kiyim kiygan, odamlar o‘rab oldi.
Olim qovog‘ini solib, Marhaboni ortiga olib himoya qilishga harakat qildi.
- Gap so‘z demay, ortimizdan yuring - dedi qora kiyinganlardan bittasi
Olim va Marhabo ularning ortidan yurishdi.
Qora kiyingan odamlar ularni mehmonxonaning boshqa tarafidagi katta xonaga olib kirishdi.
U yerda shohona kresloda Barnoxonim shampaniskiyni maroq bilan ichib o‘tirardi. Uning ortida
Mehmedbey tik oyoqda turardi.
Xonaning boshqa tarafida esa yerga tiz cho‘ktirilgan, Sevara, Dinora, Malika bor edi. .
- men senlarga nima degandim. Menga faqat qizcha kerak dedim.. bolakayni boshqalarni oldiga olib
borish - dedi Barnoxonim qo‘lidagi qadahni yerga tashlab.
Qadah chil chil sindi.. Barnoxonimning yigitlari Marhaboni tiz cho‘ktirib, Olimni xonadan olib chiqib
ketishdi.
Mehmedbey Barnoxonimga yana bitta to‘ldirilgan qadah uzatdi.
Barnoxonim qadahni ushlab o‘rnidan turdi va Malikaning qarshisiga bordi..
- axir aytgandimku, men bilan o‘ynashishmagin deb. Qaysi biring xonamga kirib qora daftar va fleshkani
olgan bo‘lsang, hoziroq menga qaytarasan, yo‘qsa.. - deb Barnoxonim qarsak chaldi..
Xonaning boshqa tarafidagi eshikdan, Marjona Marinaning tomog‘iga pichoq tiragancha kirib keldi..
- Marjona aqldan ozdingmi?!?! - dedi Dinora bu holatni ko‘rib baqirib berdi. U o‘rnidan turmoqchi edi,
oldidagi soqchilar qo‘yishmadi.
- seni qanday hadding sig‘di..Marjona axir dugonalarmizku - dedi Sevara ham..
- senlar.. dugonam emassanlar! - dedi Marjona hissiz ohangda
Marina indamay turardi..
- Marina.. biror narsa desangchi?! - dedi Marhabo..
- bunga o‘zim aybdorman.. - dedi Marina - uni kasalxonadaligini bilsam ham oldiga bormadim. Ko‘zini
ochgani oldida bo‘lmadim.. men o‘zimni o‘yladim.. Marjona to‘g‘ri aytdi. Biz unga munosib dugona
bo‘lolmadik - dedi tushkun ohangda Marina
Boshqa qizlar jim bo‘lib qolishdi.. Marjonani gapida jon bor edi.
- siz Marinani o‘ldira olmaysiz! - dedi qatiyat bilan Marhabo
- nega ekan? - dedi Barnoxonim qo‘lidagi qadahni aylantirib..
- men buni o‘qib chiqdim..- deb Marhabo sumkachasidan qora daftarni oldi.
- qani bu yoqqa ber! - deb Barnoxonim jahl bilan unga tashlanib daftarni yulqib oldi..
- siz singlingizni axtaryapsiz.. ancha yillardan beri.. ammo siz g‘irt ko‘rsiz. Singlingiz ko‘z oldingizda
bo‘lsada uni ko‘rmaysiz.. nafaqat ko‘rmaysiz balki uni o‘limga mahkum qilayapsiz - dedi Marhabo
Shu payt eshik ochilib, Barnoxonimning odamlari Jafarni qo‘lini kishanlab olib kirishdi. Jafarning ko‘zlari
shu qadar qonga to‘lgan ediki, uni 4 ta odam arang ushlab turardi.
- sen.. gapirayotgan gapingni miyyang bilan o‘ylab gapiryapsanmi? Yo miyyanga toza havo kirgizib
qo‘yaymi? - deb Barnoxonim to‘pponchasini Marhaboning peshonasiga tiradi..
- Xoh ishoning, xoh ishonmang.. men singlingizni kimligini ham qayerdaligini ham bilaman.. - deb
Marhabo Marinaga ishora qildi.
Barnoxonim shahd bilan Marinaning bo‘ynini tekshirdi. Va ko‘zlariga ishonolmadi..
Marinaning bo‘ynida yo‘qolgan singlisiniki kabi hol bor edi..
- singiljon.. - deya Barnoxonimning ko‘zlari yoshlanib Marinaga qaradi
- opa?! - dedi Marina ham unga qarab..
Bunday hissiyotlarga to‘la daqiqalarni qattiq kulgi buzib yubordi..
Bu Mehmedbeyning kulgisi edi..
- Qoyil qoyil.. jonginam. Sen bilan 14 yil birga yashagan bo‘lsam ham, seni bunchalar hissiyotga to‘la
ekanligingni bilmagandim. Bitta singlingga shu holatga tushding a - deb yana telbalardek kuldi..
- seni toming ketdimi? Yo aqldan ozdingmi? - dedi Barnoxonim unga o‘qrayib qarab.
- sen meni aqldan ozdiryapsan, sevgilim.. - deb Mehmedbey unga yaqinroq kela boshladi.
Barnoxonim unga qurolini nishonladi.
Ammo shu vaqt xonadagi Barnoxonimnibg barcha odamlari Barnoxonimga qurollarini ko‘tarishdi.
- senlarga nima bo‘ldi?! Meni kimligimni esinglardan chiqarishdingmi?! - deb atrofga qarab baqirdi.
- sevgilim.. seni kimligingni ham o‘zimni kimligimni ham juda yaxshi bilaman. Men Mehmedbey ibn Abu
Lahab.. Abu Lahabning 3 - o‘g‘li bo‘laman. Sen esa mening barcha narsalarimga ega chiqqan go‘zal
yalmog‘izsan - deb Mehmedbey Barnoxonimni iyagidan ushlab o‘ziga qaratdi..
Barnoxonimning rangi oqarib ketdi..
- b..bu..buni qayerdan bilding!! - dedi qaltirab
- sen Tolibni o‘ldirganingdan keyin meni olib Yangi Qalehga borganingdan keyin.. otamning sodiq
yordamchisi Ramzam aytdi.. keyin seni ilk tutib keyinchalik yoqib yuborgan kundaligingni o‘qib
qoldim..shunda ham seni sevdim.. otam sabab bu ahvolga tushganingdan men ham azoblanardim.. sen
meni sevib qolishingga harakat qildim.. ammo bugun sabrim to‘ldi. Sen men bergan atirgulni yer bilan
bitta qilding... unga qo‘shib sevgimni ham. Lekin.. endi bilasanmi? Senga rahmim kelyapti. Chunki sen
singlim deb o‘ylayotgan bu soxta qiz seni singling emas. Balki singlingni qotili hisoblanadi - dedi
Mehmedbey Marinaga qarab..
- sen nimalar deyapsan.. bu mening singlim.. qara bo‘ynida ham yurakcha holi bor - deb Barnoxonim
yurakcha shaklidagi holni ushladi.. ammo chizilgan soxta holning bo‘yoqlari Barnoxonimning qo‘lida
qoldi.
Mehmedbey shuni kutib turgandek qarsak chaldi.. tashqaridan ikkita barzangi yigitlar zambilda murda
olib kirishdi.
- mana seni singling - dedi kinoya bilan Mehmedbey..
Barnoxonim murdani yuzidagi oq matoni olib tashladi..
Murdani ko‘karib ketgan yuzini ko‘rgan Sevara va Marhaboni ko‘ngli aynib ketdi.
Barnoxonim ko‘karib ketgan murdadan jirkanmay, uni bo‘ynini tekshirdi.. bilinar bilinmas yurakcha
shaklidagi hol turardi..
Bu qiz Marina tomonidan rashk sabab o‘ldirilgan - Dilnura edi..
Shu payt eshik ochilib, Serkanbey va Yulduz qurol ko‘tarib kirib qolishdi..
- bizsiz to‘y avjidaku - dedi Yulduz quroli bilan Barnoxonimni nishonga oldi. .
- sen qaysi go‘rdan pay..- Barnoxonimni gapi tugamasidan uning og‘zidan qon kelib yerga o‘tirib qoldi.
Boshqalar bu holatga tushinmay qolishdi..
- oh sevgilim.. menimcha vaqting keldi.. - deb kuldi Mehmedbey - sen kun davomida ichgan 5 qadah
shampaniskiying zaharlangan edi.. sen meni sevolmasang, bu olamda yashashingni ham menga keragi
yo‘q.. seni mendan boshqa hech kim o‘ldirmasligi kerak, hayotim.. - dedi istehzo bilan kulib
Mehmedbey..
- ag..ar men.. o‘l..sam.. ham..yol..g‘iz...o‘zim.. o‘l..may..man..- deb Barnoxonim to‘pponchasidan o‘q
uzdi..
Butun xona qizlarning daxshatli qichqirig‘idan zir titradi..
- Yo‘q.. MARINAAAAA!! - Jafarning nolasidan osmon yorildi go‘yo..
* * * * * * * * * **
6 YILDAN KEYIN.. TOSHKENT..
- ha.. ha hozir ketyapman.. yo‘q.. Serkan.. aytyapmanku!! U odam g‘irt ablax. Unga advokatlik
qilmayman.. xayr.. muhim uchrashuvdaman.. - deb Toshkentdagi eng mohir advokat Yulduz Ne‘matova
telefonini o‘chirib, bookcafega kirdi..
Ichkarida minglab yoshlar ham kofe ichib ham, maroqli kitob o‘qib vaqtini o‘tkazishar edi.
- Tabriklayman.. Advokatxonim.. ishingni televizorda ko‘rdim.. o‘ziyam anavi afiristni dodini berdingda -
dedi uni ichkarida kutib turgan Marhabo kulib uni quchoqladi..
Shu payt 5 yoshlardagi qizcha yugirib kelib, Yulduzni quchoqladi .
- Yulduz xola!! Sizni sog‘indim.. - dedi erkalanib
- voy men ham sog‘indim.. mening mitti farishtam - deb Yulduz qizchani bag‘riga bosib erkaladi..
- qizim.. dadang qani? - dedi Marhabo qizchaga qarab
- jiim! - dedi qizcha mitti barmoqchasi bilan labini to‘sib - dadam meni qidiryapti..
- Olima.. seni topdim - deb Olim qayerdandir paydo bo‘lib qoldi..
- dada endi bog‘ga olib borasizaaa?? - dedi erkalanib qizcha
- albatta.. o‘rtog‘ing kelsin.. olib boraman. - dedi Olim
Shu payt bookcafega Sherzod va Sevara 4 yoshlardagi qizcha bilan kirib kelishdi..
- Soliha.. dadam bizlarni bog‘ga olib borarkan - dedi Olima dugonasi bo‘lmish Solihaga...
Sevara Yulduz va Marhabo kafeda qolishdi. Sherzod va Olim bolalarni olishib bog‘ga ketishdi..
- seni bolalaring qalay.. nega ularni olib kelmading? - deb so‘radi Sevara Yulduzdan, salom alik
tugagandan keyin.
- voy bilasanku.. Serkan o‘g‘illarini yeru ko‘kka ham ishonmaydi - dedi kulib Yulduz .
- uni mafiya ishlari tugadimi? - dedi Marhabo
- albatta.. allaqachon hammasi tugagan.. men endi hayotimizga mafiya aralashishiga yo‘l qo‘ymayman.. -
dedi Yulduz..
Qizlarning ham biroz kayfiyati tushdi..
- men kech qolmadimmi? - deb Malika shoshilgancha kelib o‘tirdi..
- tinchlikmi Malika? Nima bo‘ldi? - dedi Marhabo uni hansiraganini ko‘rib
- e ko‘rmaysanmi? Ota bola meni jinni qilib qo‘yay deyishdi.. qizim ham dadasini xuddi o‘zi.. - dedi Malika
- qaynonang bilan hammasi yaxshimi? - so‘radi Sevara
- Mohinur tug‘ilgandan keyin, hammasi yaxshi tarafga o‘zgardi.. - deb jilmaydi Malika
- Marjona kelmaydimi? - so‘radi Yulduz
- u .. Mustafo bilan yevropada.. va nihoyat 10000 marta yalinishlardan keyin bo‘lgan to‘yning asal oyisini
Mustafo Yevropaga rejalashtirgan ekan - dedi kulib Malika
- ha.. Marjona eng yaxshisiga loyiq.. agar u bo‘lmaganda.. - Yulduzning gapi chala qoldi, chunki ularning
oldiga zamonaviy kiyingan Dinora va Marina kelib qo‘shildi..
-salom qizlar.. nima haqida gaplashyapsizlar? - dedi Marina
- Marjona haqida. 6 yil avval bo‘lgan voqeani eslayapmiz..- dedi Sevara
- ha.. 6 yil avval.. yillar ham ko‘z ochib yumgandek o‘tdi - ketdi.. lekin o‘sha kun kechagidek yodimda..
meni himoya qilaman, Barnoxonimga soxta ro‘l o‘ynadi, keyin menga otilgan o‘qqa o‘zini tutdi.. joni
uzilay deganda mo‘jiza sabab tirik qoldi.. endi Mustafo bilan baxtli yashasin.. - dedi Marina
- Dinora senchi? Sen qachon turmushga chiqasan? - deb so‘radi Sevar
- menda hozir erga tegishdan boshqa ishlarim ko‘p.. dadamning bankiga hozir men boshliqman.. - dedi
Dinora..
- Dinoram. Bilaman. Hozir senga qiyin.. haligacha Doniyorni unitmagansan.. lekin qara.. men ham Serkan
bilan baxtliman.. Yunus va Yilmaz o‘g‘illarim bor. Sen ham albatta baxtingni topasan - dedi Yulduz..
- balki.. lekin.. bunga hali ishonchim komil emas.. - dedi Dinora..
Shu payt Marinaning telefoni jiringladi..
- alyo.. Jafar aka!! Hoy men sizga nima degandim.. Kashasi teri kuymaydigan darajada bo‘lsin..
pamperisini almashtirdingizmi? Bechora qizim.. enagasiga nega javob berib yubordiz bo‘masa.. ha mayli
1 soatda boraman.. - dedi Marina telefonni o‘chirib.
- kenja qizing dadasi bilan qolganmi? - dedi kulib Sevara
- ha.. Jafar akam Fotimani yeru ko‘kka ishonmaydi. - dedi mayin jilmayib Marina
- boqib olgan bolalaringizchi? Ularning tarbiyasiga qiynalmayapsanmi? - so‘radi Dinora
- yo‘q aslo.. Jafar akam ajoyib dada bo‘ldi.. biz Hasan va Zuhra bolalarimizni boqib olganimizdan keyin,
Jafar akam ma‘suliyatli ota bo‘ldi.. xullas hozir 26 yoshda 3 ta bolaning baxtli onasiman - dedi kulib
Marina..
Qizlar kafeda 1 2 soat o‘tirishgach,hamma uy uyiga tarqaldi.. Dinora bank ishlari bo‘yicha Shvetsariyaga
borishi kerak edi.. samoliyotga o‘tirib ko‘zlarini yumib oldi.. chunki u samoliyotda uchishga biroz
qo‘rqardi..
- qo‘rqsangiz u , lekin uchishga qaror qilgan bo‘lsangiz, demak ancha qiyinchiliklar ko‘rgansiz .- dedi
Dinorani oldida o‘tirgan sherigi.
Dinora endi uni payqadi.. balanadgina bo‘yli, qosh ko‘zi qora yigit..
- Kim qiyinchilik ko‘rmagan ekan? - dedi Dinora o‘tmishini eslab.
- oyning 15 qorong‘u 15 yorug‘ . Qora kunlarda yashamay turib, yorug‘ kunlarni qadriga
yetmaymiz..to‘g‘rimi... ismingiz nima? - so‘radi yigit
- Dinora. Dinora Matniyozova..- dedi Dinora
- tanishganimdan xursandman. Men Davronman.. Davron Fayziyev.. Xorazmdagi ,,Mehr va ishonch"
xususiy bankni egasi - dedi Davron
- demak siz meni dushmanim ekansizda - dedi Dinora..
Ikkovi ham bu gapdan kulib yuborishdi..
* * * * **
- ana shunday qilib, Dinora ham baxtini topibdi - deb o‘z hikoyasini tugatdi Milliy Universitet professori
Marhabo Zulponqulova - bugungi darsimiz oson bo‘lgani uchun, boshimdan kechirganlarimni aytib
berdim. Ammo keyingi darsga hammadan konspekt daftarini yig‘ib olaman..
- xo‘p bo‘ladi.. - dedi auditoriyadagi talabalar..
- ustoz shoshmang.. - dedi bitta talaba, va dars davomida yozib o‘tirgan daftarini Marhaboga tutqazib
chiqib ketdi.
Daftarning tepasiga qizil harflar bilan.. #Yetti_qiz_yetti_taqdir deb yozilgan edi...
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |