Педагогик касбий компетентликнинг тузилиши ва мазмуни



Download 252,5 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi252,5 Kb.
#651712
Bog'liq
2 5188565568696883072

Ирода ҳақида тушунча. Ички иродавий бошқарув. Иродавий ҳусусиятларни урганиш методлари.МАВЗУСИДАГИ

  • ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
  • ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
  •  
  • МАЪРУЗАСИ
  • “Психология” йўналиши 101-102-103 гуруҳларга
  • Насимов Садриддин Хуразбоевичнинг
  • Тошкент – 2021 йил

Ma'lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o’zgaradi. Shu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi.

  • Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi.

A.V.Petrovskiy darsligida

  • iroda - bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi.
  • Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir.
  • Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda-bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko’rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
  • Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom ettira beradi.
  • Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir.
  • Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas, balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi.
  • Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi stimullar)
  • Psixologik (kognitiv) faktorlar: xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar nuqtai nazaridan vaziyatni baholash
  • Emosional kechinma (fizik, fiziologik va psixologik omillar asosida)
  • Fiziologik omillar (nerv-muskul tizimini o'zgarishi)
  • Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Emotsiyalarning "insoniylashuvi" shunday namoyon bo’ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o’rtasida paydo bo’lgan munosabatlarning ko’pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
  • Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko’ngillik bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam o’z hissiyotlarini o’zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida qarama-qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar.
  • Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira oladilar. Lekin o’zining imo- ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo’ladi. Odam xayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko’z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o’zgartirish yoki qizartirishga qodir emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin.

ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!


Download 252,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish