482
Asqad Muxtor
Yana hech kim indamadi, ko‘zlarini olib qo-
chishdi. Nima ham deyishardi? Said hammaning
yuziga bir-bir qarab chiqdi.
Mashina yelib boradi. Jimlik chidab bo‘lmay
digan darajaga yetgach, Said birdan kabinaning
tomini buzib yuborgudek, ikki qo‘llab mushtlay
boshladi. Pak ham, birovni bosdimmi, degan хa-
yolda alanglab, tormozni shunday tortdiki, Said
ning yumaloq gavdasi orqadan kelib urilganlar-
ning zarbidan ezilib ketay dedi.
– Qayt, Pakana! – deb baqirdi u.
Bu ovozga qarshilik ko‘rsatish qiyin edi, mashi-
na orqaga qaytdi.
Avariya sodir bo‘lgan joyga yetib kelishlari bi
lan Said ham, Yo‘ldosh ham mashinadan sak-
rab tushib, to‘y kiyimlarini yechib irg‘itdilar. Ular
bir-birlarining niyatlarini tushungan edilar.
Haligi sariq «surnaychi» orqalaridan norozi
ovoz bilan po‘ng‘illadi:
– Nima qilishmoqchi bu o‘pkasi yo‘qlar? Hayda,
to‘ydan qoladigan anoyi yo‘q! Qolganlar qolaver
sin. Baribir uddalasholmaydi.
Keksa ishchi bilan birga yopiq mashinadan
gaz payvand apparatining ballonlarini, shlangla
rini tushirayotgan Said bu gapni eshitmadi.
– Yechin, bolalar! Belkuraklar anov mashina
da! Doi, sen, surnaychi, palatkani sudrab tush!
– deb qichqirdi u yonidagi cholning o‘gitlariga qu
loq solmasdi.
– Yoshlik qilyapsan, uka, – deb ming‘illardi
chol, – gapimga ishon, o‘n to‘qqiz yildan beri shu
ishdaman. Ovo zini eshityapsanmi? Lov etsa besh
metrdan jingirtob qiladi...
483
Chinor
– Otingiz nima? – dedi Said uning gapiga javob
berish o‘rniga.
– Zokir...
– Zokir aka, nasosga qaysi mashinani yubo
ramiz? O‘zingiznikini yubora qoling, tez topadi.
Zokir aka yelkasini qisib, haydovchini qidirib
ketdi.
Bu vaqt Yo‘ldosh boshliq yigitlar belkuraklar
bilan quvurning eski transheyasini ocha bosh
lagan edilar. Faqat «surnaychi» yechinmagan,
«To‘ydan qolgandan keyin, baribir emasmi?!» deb
yangi pidjagining bari bilan burnini to‘sar, bir
kurak tuproq otmasdanoq o‘zini gazdan chetga
olib qochar edi.
– Boshim aylanyapti...
– Kurakni otma, quvurga tegib o‘t chaqnaydi! –
deb ogohlantirdi Said.
Bu vaqt uning oldiga kelib to‘хtagan Yo‘ldosh
o‘ychan tashvishli tovush bilan yerga qarab gapirdi.
– Said... qanday bo‘larkin...
– Bilmayman. Bilmayman! – dedi Said. Dar-
haqiqat, to‘satdan ahd qilgan ishi to‘g‘rimi,
yo‘qmi, o‘zi ham bilmasdi. Lekin endi orqaga qay
tib bo‘lmaydi. Said qalin brezent palatkani ariqqa
botirdi, atsetilen zaxirasini, keyin gorelkalarni
qayta ko‘zdan kechirdi.
Nasos yetib kelganda darz ketgan quvur us
tidagi o‘pqon keng puхta transheyaga aylangan,
gaz hididan gangib qolgan yigitlar badanlarini oq
ko‘ylak bilan artib, nariroqda belkurakka tayan
gancha turishar edi.
Yo‘ldosh nuqul Saidning izidan ergashib yuribdi:
484
Asqad Muxtor
– Sen... hech bo‘lmasa, asabingni bosib ol.
Said indamas, o‘z ishi bilan band, cholning tor
kombinezonini kuchanib-kuchanib oyog‘iga tortar,
temir qalqonining oynalarini latta bilan artar edi.
Yarim soatdan keyin uni og‘ir nam brezentga
o‘rab transheyaga tushirishdi.
– Hoy, yigitlar, men rozilik berganim yo‘q, men
yo‘q dedim, hammang eshitding, – deb javrardi
haligi chol. U bilan «surnaychi»ni nariroqda tu-
rishsin deb, ariq bo‘yiga, nasosga qo‘yishdi. Brand
spoytni Yo‘ldosh o‘zi qo‘lga olib, shaylanib turdi.
Qo‘li bo‘shlar bir chekkaga chiqib, damlari
ni ichlariga yutib turganlarida bir necha quloch
joyda havoni lov etib o‘t oldi. Said tushib ketgan
transheyaning ustini ko‘m-ko‘k alanga qopla
di, atrofdagi o‘t-o‘lan bir zumda qovjirab, qumli
tuproq mazut to‘kilgandek qorayib qoldi. Yaqin
turganlar allanimalar deb baqirib, yuz-ko‘zlarini
to‘sib tisarilishdi, lekin ovozlari eshitilmas, lovil
lagan o‘t, nasosdan sharillagan suv, payvand ap
paratning vishillagan tovushi quloqlarni qomat
ga keltirar edi. Yo‘ldosh brandspoyt bilan o‘tga
yaqinroq bormoqchi bo‘ldi, qo‘rqqanidan rangi
dokadek oqarib ketgan chol bilan «surnaychi» yi-
gitga «Bos!» deb baqirdi, hamma tipirchilab qoldi,
yuzlarini qurum bosgan yalang‘och «to‘ychilar»:
«Nima qilib qo‘ydik? Said qani?» degan vahimada
o‘t atrofida zir yugurishar edi.
O‘t quvurdan yarim metrcha tepada zangori
rangda lov-lov yonardi. Yo‘ldosh chuqurda qora-
yib yotgan brezentni ko‘rdi, хolos. Said tirikmi,
yo‘qmi, bilib bo‘lmaydi. Havo qizib ketgan, ya
qinroq borish amri mahol. Qancha vaqt o‘tdi
Do'stlaringiz bilan baham: |