Temasi Aholini tabiiy is gazdan zaharlanishning oldini olish. Ishlab chiqarishda zararli nurlanish sabablarini órganish
Amaliy ishning rejasi.
1.Tabiy is gazining insan organizmiga tasiri.
2. Tabiy is gazidan muhofazalanish.
3. Tabiiy gaz va is gazi bilan boǵliq favqulodda vaziyatlar.
1. Ionlashtiruvchi (radioaktiv) nurlanishlar, ularning turlari va asosiy xossalari.
2. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning inson organizmiga biologik ta`siri.
3. Ionlashtiruvchi nurlanishlarni me`yorlash (normalash)
4. Ionlashtiruvchi nurlanishlardan muhofazalanish chora-tadbirlari.
Tabiy gazning tóliq yonmasligi, gaz oqimining behosdan uzilib qolishi, xona ichida gaz tóplanishi, gazni yoqib, qarovsiz qoldirish, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash va yonǵin sodir bólishi hamda tabiiy gaz va is gazlaridan zaharlanish holatlari bilan boǵliq favqulodda vaziyatlar sodir bólishi mumkin. Natijada insonlar turli xil oǵir tan jarohatlari olishlari yoki ularning bevaqt vafot etishi yuzaga keladi.
Is gazi-xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning tóliq yonmasligi, kómir va organik yonilǵi moddalarning chala yonishidan hosil bóladigan gazdir. Is gazi inson organizmining nafas yóllari va nafas a’zolariga kuchli ta’sir qiladi. Is gazi nafas yóllari orqali organizmni, xususan, markaziy asab sistemasini zararlaydi.
Is gazidan qator organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, garajlarda ventilyasiya yomon bólganda, yangi bóyalgan, shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz yonib turganda va pechka bilan isitiladigan uylarda va pechka qopqoǵi óz vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin.
Is gazidan zaharlanish uning havodagi konsentratsiyasi va ta’sir muddatiga boǵliq bóladi. Zaharlanish engil, órta va oǵir darajalarda bóladi, bunday hollarda bosh qattiq oǵriydi, aylanadi, qusish, hushdan ketish hamda nafas olish sekinlashadi, ba’zan ólimga ham olib keladi.
Birinchi yordam kórsatish uchun, avvalo, zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. YUzaki nafas olishda yoki nafas olish tuxtab qolganda sun’iy nafas oldira boshlash lozim. Agar bemor hushida bólsa, tananing yuqori qismi qisib turuvchi kiyimlardan bóshatiladi, issiq choy va qahva ichiriladi.
Maishiy sharoitda oǵir gazlar hosil bóla-digan va tóplanadigan joylar – organik moddalar uzoq vaqt davomida tóplanadigan va chiriydigan joylar – eski kanalizatsiya va xojatxonalar hamda ularga yaqin bólgan joylar.
Oǵir gazlar (butan, metan, etan va propan) – bu qanday gazlarǵ
1. Eski kanalizatsiya, hojatxonalar va ularning atrofida organik moddalar (axlatlar)ning chirishi natijasida paydo bóladi.
2. Erdan chiqadigan (botqoq) gazlarning tarkibiga kiradigan havodan oǵir, rangsiz, hidsiz, yonuvchan gaz, alangasi oz yoruǵlik beradi.
3. Suvda oz eriydi, kislorod yoki havo bilan hosil qilgan aralashmasi gugurt chaqilsa yoki uchqun chiqqanda portlaydi.
4. Kanalizatsiya, hojatxona va boshqa chuqurliklarda tóplanadi.
Oǵir gazlardan zaharlanmaslik uchun:
-kanalizatsiya quduq-lariga maxsus teri va nafas organlarining himoya vosita-larisiz tushmaslik;
- shaxsiy himoya vosita-laridan tóǵri foydalanish;
- eski kanalizatsiya va hojatxonalar yaqinida kamida 6-8 metrgacha bólgan masofada chuqurliklar qazimaslik;
- eski hojatxonalardan bolalarning foydalanishiga yól qóymaslik, kattalar foydalanganda xavsizlik choralariga rioya qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |