Xonada tabiiy gaz yiǵilib qolgan holatda, zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur:
-xonaning oyna va derazalarini ochib, shamollatish;
-xonadagi elektr jihozlarni yoqmaslik, yoniq bólsa óchirmaslik;
-gaz jómraklarini berkitish;
-gazni berkitishning iloji bólmasa yoki yorilgan, singan va teshilgan joylar aniqlansa, gaz ta’minoti avariya xizmatiga xabar berish.
Tabiiy va is gazlari bilan zaharlanish holatlari bilan boǵliq favqulodda vaziyatlar sodir bólganda zudlik bilan:
-zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam kórsating;
-"103" telefon raqami orqali "Tez tibbiy yordam"ga xabar bering;
-"104" telefon raqami orqali Gaz ta’minoti xizmatiga xabar bering;
-"1050" Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatiga murojaat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |