Oǵir gazlardan zaharlanganda:
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Qutqaruv xizmati”ga 1050 telefoni orqali xabar qiling.
“Tez tibbiy yordam” xizmatiga
103 telefoni orqali xabar bering.
Maxsus himoya vositalarisiz
zaharlanganlarni qutqarish uchun kanalizatsiya va hojatxonalarga tusha kórmang
havoga olib chiqing, kózlari, nafas yóllari va terisini kóp miqdorda oqar suvda yuving.
ESLATMA
YOdda tuting: Odamlarning uy sharoitida oǵir gazlardan zaharlanishi – kanalizatsiya va hojatxonalarda tóplanib qolgan oǵir gazlarning tashqariga chiqib ketishi yoki kanalizatsiya va hojatxonalarga odamlarning tushib ketishi oqibatida qisqa vaqt ichida róy beradi.
Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish bilan boǵliq favqulodda vaziyatlar sodir bólishiga quyidagilar sabab bólishi mumkin:
-xonadonlar isitish tizimlariga tabiiy gazning ulanishida me’yoriy talablarga rioya etilmasligi;
-tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi;
- nostandar va qólbola isitish vositalaridan foydalanish;
- qishki isitish qurilmalarining nazoratsiz qoldirish;
- yonǵin xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
-isitish uchun móljallangan pechkalar hamda mórilarning soz holatda emasligi, yaxshi tozalanmaganligi va boshqalar.
- nostandart va sertifikatsiz gaz isitish asboblarini xarid qilmang va ulardan foydalanmang;
- bino xonalaridan chiqish eshiklarini har xil narsalar bilan tósib qóymang va qulay ochilishini ta’minlang;
- ózboshimchalik bilan gaz maromlash punktlari (GRP) va gaz berkitgichlar (zadvishka)ga tegmang va ularga shikast etkazmang;
- er osti gaz quvurlari ótgan joylarda shahar va tuman gaz filiali ruxsatisiz noqonuniy ravishda binolar qurmang;
- bino va inshootlarni qayta qurish davrida gaz jumraklari va gaz quvurlarini devor orasida qoldirmang yoki ustini ǵisht va plastik materiallar bilan qoplamang;
Gaz asboblariga rezina shlang va shunga óxshash qólbola vositalarni ulash va ochiq olovli gaz plitalaridan xonani isitish maqsadida foydalanish qat’iyan man etiladi.
E’tiborsizlik oqibatida gazdan zaharlanish fojiali oqibatlarga olib kelishi, gaz isitish asboblaridan notóǵri foydalanish tufayli chiqqan yonǵin esa insonlar ólimi hamda jamiyatga moddiy zarar etkazishi mumkin.
Tabiiy gazlardan zaharlanish va gaz isitish asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishga nafaqat mavsum davomida, balki butun umr davomida e’tibor qaratmoǵimiz lozimdir.
YUqorida kórsatib ótilgan qoidalariga rioya qilsangiz ózingizni va oila a’zolaringizni gazdan zaharlanishdan va turli xil noxush hodisalardan saqlab qolgan bólasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |