486
Asqad Muxtor
– Arqon kerak, – dedi Said sekin. Hamma jim
bo‘ldi.
– Arqon kerak, – dedi Said yana. Ba’zilar ni
madandir shubha qilib bir-birlariga qarashdi. Le
kin Yo‘ldosh uning rejasini tushungan edi.
– Said...
– Bir yarim, ikki daqiqa chidash mumkin. O‘t
tepada.
– Said... Sen shoshma, o‘ylab ko‘raylik. Hazil
emas.
– Sen gorelkaga urma, boshni mo‘ljalla, bosh
ni. Havo yetishmayapti.
– Menga qara...
Said o‘rnidan turdi. Olib kelingan arqonni beliga
bog‘ladi. Brezentni ariqqa botirib, yana burkandi.
– Esini yebdi, bola... jinni bo‘libdi, – deb chol
teskari qaradi.
– Arqon qimir etdi – tortasanlar! –
dedi Said
qichqirib, uning tovushi endi ancha tetik edi. – Ikki
daqiqadan ortiq qolsam, qimirlatmasam ham!
U og‘ir ho‘l chodirga o‘ralgancha ayiqdek
lapang lab borib o‘tga kirdi-yu,
shu zumdayoq
chuqurga sho‘ng‘idi. Hamma o‘z postiga yugur
di. Yana guvillagan tovush, boshni aylantiradi
gan gaz hidi, yuzni yalaydigan yolqinli havo...
Arqondagilar soatdan ko‘z uzmay, yer bag‘irlab
o‘tga yaqinroq borishdi.
Ikki daqiqa bo‘lar-bo‘lmas arqon qimirladi,
shoshib torta boshlashdi. Loy,
suv oqib turgan
brezent ko‘rindi.
Bu safar Saidning ahvoli og‘irroq edi. Ustidan
paqirlab suv sepishsa ham, anchagacha hushi
ga kelolmay yotdi. Besh-olti daqiqadan keyingina
487
Chinor
ko‘zini ochib, to‘yib-to‘yib nafas olgach, atrofdagi
larga jilmayib ko‘z qisdi:
– O‘ylamanglar tag‘in... kalla ishlab turibdi.
Faqat yurak dosh berolmayapti, – dedi u yana
turib. Uning yuzi ertalabkidek tarakt emas, biroz
siniqqan, paylari bo‘shashgan edi.
O‘n daqiqachadan keyin yana tushdi. Birozdan
so‘ng chuqur ustida olovning kamaygani sezildi.
Endi
reja aniq, har kim o‘z ishini biladi, natija
ham ko‘rinib qoldi. Hamma jonlanib ketgan edi.
Lekin Saidni bu safar mutlaqo hushsiz tortib
olishdi. U ingrar edi.
Biroq hushiga kelishi bilan yana o‘tga, tran
sheyaga ko‘z tikdi...
Shu хilda uni yetti marta tushirib, yetti mar
ta tortib olishdi. Oхirgi tushishida yarim daqiqa
o‘tar-o‘tmas olovning uni o‘chdi. Hamma chuqur
tomonga yopirildi, lekin quvurlarga hamon yaqin
lashib bo‘lmas, bitum,
izolyatsiya qoldiqlari tu-
tab yotar edi. Pastda hovur chiqib turgan ko‘lmak
suvda loy brezentga o‘ralib g‘ujanak bo‘lib yotgan
Saidni yana arqon bilan tortib olishdi. U keyingi
yarim daqiqada qalqonsiz ishlaganga o‘хshaydi,
qalqon nariroqda, quvur ostida yumalab yotardi.
Nega unday qildi ekan, qosh-kiprigi kuyib ketib
di, ko‘zi omon bo‘lsa bo‘lgani.
Lekin sof havoga chiqarib yotqizishlari bilan
o‘pkasi yana temirchining damidek ishlay bosh
ladi. Uning bahodirlarcha hansirab hushsiz yo
tishiga o‘rtoqlari havas bilan tikilib turishardi.
Avariya хizmatidan kelgan keksa ishchi bilan
nazoratchi o‘z ko‘zlariga ishonmagandek dam qu
vurning u yog‘iga o‘tishardi, dam bu yog‘iga.