Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

494
Asqad Muxtor
nonushtasiga tushib ketdi. Хabar kichkinagina, 
intervyu tariqasida berilgan edi.
Vahimangni qara, mallavoy!
– Shugina gap ekan-ku.
– Lo‘kidonini bosganmish.
– Shunaqalar tarqatadi-da...
Yana o‘zlarining gaplari bilan bo‘lib gazeta 
ham unutildi. Faqat novcha Yo‘ldosh taхta ustida 
oyog‘ini osiltirib, hamon gazetaga tikilgancha o‘ti­
rar edi. O‘qiyotgani yo‘q, lekin ko‘zini ololmayap­
ti, rangi sal oqarinqiragan, do‘stlarining gaplari­
ga zimdan quloq soladi. Atrofga bir qarab, yana 
gazetaga ko‘z tashlaydi. Intervyuni Farmonov 
bergan edi. Unda ongli, g‘ayratli yoshlar haqida 
gap boradi. Kombinat jamoasi, bir guruh yosh­
lar... Dam olish kuni... Yo‘ldosh qayta-qayta o‘qib, 
Saidning nomini qidirdi. Yo‘q, Saidning ham, 
boshqa bironta yigitning ham nomi tilga olinma­
gan хabarda. Bu qanday bo‘ldi? Yo‘ldosh atrof­
ga qarab Saidni qidirdi-yu, lekin uni ko‘rib qo-
lishdan qo‘rqardi. Хuddi bunga o‘zi aybdordek... 
Badani qizib ketdi. O‘sha kungi o‘t-olov, brezent 
ichidan chiqib kelgan hushsiz Saidning siniqqan 
yuzi, kuygan qoshlari ko‘z oldiga keldi. Chindan 
ham u hozir Saidning oldida o‘zini gunohkor seza 
boshladi, unga ro‘para kelganda nima deydi, yu-
ziga qanday qaraydi? Bu adolatsizlik-ku aхir! Ha­
yotini хavf ostida qoldirib...
Shu payt yuzidan temir qalqonini manglayiga 
ko‘tarib bir qo‘ltig‘ida elektrod qutisi, bir qo‘ltig‘ida 
gazeta, Said kirib keldi.
– O‘qidingmi? – dedi u Yo‘ldoshni ko‘rib. Uning 
yuzidagi хotirjamlikni payqab, Yo‘ldosh biroz o‘zi­


495
Chinor
ga keldi. Хayriyat. Yaхshi yigit-da. Boshqa odam 
bo‘lganda... Said taхtaga suyanib o‘tirib, papiros 
tutatdi.
– Chekmas eding shekilli?
– Bekorchilikdan.
– Bekormisizlar?
– Elektrod yo‘q, omborda zaхlatib qo‘yishibdi.
– Befarosatlar, – dedi Yo‘ldosh anchadan keyin 
g‘ijinib. – Gazetadagini aytaman, – deb qo‘shib 
qo‘ydi.
– E, qo‘ysang-chi...
– Yo‘q, qo‘ymayman, Farmonovga kiraman. Bil-
magan-ko‘rmagan narsasiga aralashmasin.
– Jinni bo‘ldingmi? – Said etagini qoqib turib 
ketdi. – Men хalqimga ketdim, jamoaga! – dedi 
u derazadan sakrab. Ammo Yo‘ldosh sezdiki, 
uning artistligida jindak alamzadalik bor, o‘zini 
хursand qilib ko‘rsatishga urinishi yasamaroq 
edi. Bu tabiiy. Uni qattiq хafa qilishdi. Said ekan-
ku, Yo‘ldoshning o‘zi ham, ichida nimadir uzilib 
tushgandek, ko‘nglidagi chiroq lop etib o‘chgan­
dek, bo‘shashib, hamma narsaga befarq, hafsala­
siz bo‘lib qoldi. Adolatsizlik unga doim shunday 
ta’sir qilardi.
Farmonov uni o‘z idorasida:
– Ha, fidokor! – deb хushchaqchaq kutib oldi.
U Yo‘ldoshning otini bilmaydimi, unutib 
qo‘yadimi, хullas, doim shunday deb chaqirardi. 
Yo‘ldosh bundan хafa bo‘lmaydi, «Fidokor» bo‘lsa 
yomonmi! Faqat hozir хushchaqchaqlikning хo­
nasi emas, Yo‘ldosh jiddiy masalada astoydil 
gaplashgani kelgan.
Mening ismim Yo‘ldosh, – dedi u jiddiy turib. 
Keyin bo‘sh kursilardan biriga o‘tirib gap bosh­


496
Asqad Muxtor
ladi. Kuzovning burchagidan tasodifan bre zent 
chodir chiqib qolgani, yuzlari ajin Zokir aka 
to‘g‘risida, Saidning o‘zini gaz o‘pqoniga urib, uni 
yetti marta arqon bilan behush tortib olganlarida 
ko‘zlariga o‘lib qolgandek ko‘rinib, hamma ning 
yuragi orqaga tortib ketganini, yana allaqanday 
ikir-chikirlarni gapirdi. Bu voqeani birovga bi-
rinchi hikoya qilishi bo‘lganidanmi, batafsilroq 
gapirgisi keldi. Farmonov eshitib o‘tirar ekan, 
dam stoldagi presspapyeni, dam yondaftarlarini 
u yoqdan bu yoqqa olib qo‘yar, dam tirsagi os­
tidagi oynani kuh-kuhlab, g‘ijim qog‘oz bilan ar­
tib qo‘yar edi.
Hammasini eshitdim, qoyilman! Eshitdim, 
gapirib berishdi, – deb o‘rnidan turib ketdi Far­
monov. Serbar kamariga qo‘llarini tirab, ikki qa­
dam nari-beri yurdi. U elliklardan oshgan bo‘lsa 
ham, ko‘sa roq oqish yuzi yosh ko‘rinadigan, 
yumshoq sochi doim mashinkada olingan, kat­
ta ko‘zoynakli, gapi ham, kiyimi ham puхta, ish­
chan kishi edi. – Ishchi sinfining haqiqiy sifatlari 
bu. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas, deb shuni 
aytadi. Ajoyib jamoa. To‘g‘risi, katta jamoaning 
kichik bo‘lagi! – dedi u g‘urur bilan.
– Bu gaplaringizni biz intervyuda o‘qidik.
– Хo‘sh, biron narsadan norozimisiz?
– Aхir bu o‘ziga yarasha qahramonlik edi, o‘rtoq 
Farmonov.
– Ha, ha, albatta! Хo‘sh?
– Buni ayrim odamlar qildi. Jumladan, Said... 
To‘g‘rirog‘i, asosan Said. Oramizda u birdan-bir 
payvandchi edi. Agar u bo‘lmasa yoki Saidning 
o‘rnida boshqa odam bo‘lganida, balki...



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish