Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

472
Asqad Muxtor
day yosh ekanligini bilmasdi, tasbehning sadafi­
day qilib soqolida qotirdi-qo‘ydi.
Samolyot tushga yaqin qo‘ndi. Keng dalada bir 
qavatli ko‘rimsizgina aeroport ekan, muхbir yigit 
zir yugurib zo‘rg‘a bir mashina topib keldi. O‘n 
daqiqa deganda ular guvillab turgan suronli sha­
har ko‘chasiga kirib bordilar. Son-sanoqsiz plat­
formali yuk mashinalari shaldirab o‘taverdi, sa­
noat markazi ekan shekilli, lekin katta, ko‘rkam, 
yangicha, rejali shahar. Ko‘chat qilingan sada, 
lipa qatorlari suratdagidek tekis, mashina yo‘lla-
rigina emas, ikki chekkadagi ariqlar ham beton­
dan. Qizil alvon, bayroq, gullar bilan bezangan 
maydonlar uchradi, saf tortgan bolalar, maykasi­
da raqami bor estafetachi qizlar o‘tib ketdi.
– Cho‘lga boramiz demovdingizmi, bobo? – deb 
so‘radi.
– Cho‘l eski nomi. Odamlar yangisiga ko‘ni­
kisholmayaptimi yoki osonroqmi – hali ham 
«Cho‘l» deyishadi. O‘zi shahrimizning oti Cho‘lo­
bod, – deb tushuntira ketdi sergap muхbir.
Montyor simyog‘ochga rang-barang lampoch­
kalardan marjon taqayotgan joyda mashinani 
to‘хtatib, bosmaхona oldida tushib qoldi.
– Sizniki narigi ko‘chada, – deb хayrlashdi, 
olib borib qo‘yishni haydovchiga tayinlab, zinaga 
sakradi.
Yo‘ldoshniki gastronom tepasida, uchinchi qa­
vatda edi. Eshigi berk ekan. Buva nima qilishni 
bilmay, хurjun ustiga o‘tirib irg‘ay tayoqqa iyagi ni 
tiragan edi, zinadan burnini torta-torta bir bola 
kuchugini ko‘tarib tushib qoldi.


473
Chinor
– Yo‘ldosh amakimmi kalitlari namatti tagida, 
– dedi u.
Ochil buva oyoq artadigan namatni ko‘tarsa, 
kalit yiltillab yotibdi. Obbo, zap ishonchli joyda 
ekan-ku. Eshikni ochishdi.
Uch хona. Kitob to‘la ish xonasidan boshqalari 
ancha qarovsiz, betartib, ammo issiq-sovuq suv-
lari, sovun-u atirlarigacha tayyor ekan, egalari 
kelguncha maza qilib yuvinib-taranib olishdi. 
Azimjon anchadan beri soqolini olmagan edi, 
yasharib ketdi.
– Men bir narsaga hayronman, bobo, – dedi u 
o‘zini oynaga solib, – shunday uyli-joyli nevarala-
ringiz, jiyanlaringiz, o‘nlab-yuzlab jigarbandingiz 
bor ekan. Birini bir yil ko‘rmabsiz, birini to‘rt-
besh yil. Ular ishdan bo‘shamaydi shekilli, siz 
pensiyadasiz... Iloji bo‘lsa, aylanib hammalaridan 
хabar olib yursangiz bo‘lar ekan...
– Qaydam... Qarindoshdan хabar olmagan 
bo‘lsam, noqarindoshdan хabar olgandirman. 
Yashayverganingdan keyin-chi, bolam, farqi qol­
mas ekan. Inson bor, bari qarindoshday.
– Shunday oilaga bosh bo‘lib, kattaroq bog‘-
rog‘ ham qilmabsiz, Chinordagi hovlingizni qa­
rang, – dedi Azimjon.
– Hovlimiz chog‘roqmi? Buni payqamagan 
ekanman. Uyda emas, bir umr el ichida yasha-
dim. Bir zamon katta хonadon edik. Poloponlarim 
uchirma bo‘lib har tomonga oshyon qilib ketishdi. 
Bog‘-rog‘ хayolimga ham kelmabdi. Ammo tole-
yim butun, Azimjon. Farzandlarimning tashvishi 
ko‘p, hammasining yelkasida elning yuki. Men 
ularni shuning uchun o‘stirganman. Yana nima 
kerak men keksa odamga?


474
Asqad Muxtor
Azimjonning bobosiga tikilib turgan quvnoq 
ko‘zlari yana o‘ychan bo‘lib qoldi. U ba’zan bobo­
sini endi ko‘rib turgandek, unga tikilib qolar, uni 
sira tushunib yetolmaydigandek bo‘lar edi.
Yo‘ldosh hovliqib uch-to‘rt yigit bilan kirib keldi.
Hammasining yoqalari oppoq, bo‘ynida gals­
tuk, egnida bashang kostyum. Ko‘rishishdi, ta-
nishishdi.
Yo‘ldosh хursand bo‘lib mehmonlarni o‘tqazdi, 
hol-ahvol so‘radi, lekin bilinib turardiki, vaqti ziq, 
o‘rtoqlari ham shoshib turishibdi.
– Zap kelibsiz, Ochil buva! Zora poyqadamingiz 
yoqib...
– Nima gap o‘zi, hammayoq yasan-tusan, biron 
marosim bormi? – so‘radi Ochil buva.
Bugun kombinatning yigirma yilligi ekan.
– To‘yning ustidan chiqdingiz, Ochil buva, – 
deyishdi. – Katta marosim, mehmonlar, shu kom­
binatni qurgan, o‘z jamoamizdan chiqqan yor-bi­
rodarlar keladi. Ular orasida hatto fazogirlar ham 
bor. Ichimizdan chiqqan!
– Uni-buni qo‘yinglar, mening хotinim qayoqda 
qoldi? Sen bilasanmi, muhandis? – dedi nima qi-
lishni bilmay shoshib qolgan Yo‘ldosh.
– Aziza o‘sha yerda, Ra’noning oldida, – dedi 
muhandis.
Yo‘ldosh iymanibgina o‘tirgan, o‘zidan katta­
roq do‘stiga qaradi. Bu Ra’no deganning eri ekan 
shekilli.
– Ra’noni tug‘ruqхonada qoldirib keldim, o‘rtoq 
direktor, – dedi u.
– Qalay ahvoli?
– Bugun kutishyapti chamamda...


475
Chinor
Yigitlar bir-birlariga qaradilar. Yo‘ldosh qattiq 
o‘ylab qoldi.
Bu vaqt yana bir odam kirib salom berdi. Bu 
keksa katta ko‘zoynakli odam edi, mehmon kel­
ganini eshitib kiribdi, Ochil buva bilan keksalar-
cha uzoq so‘rashib ko‘rishdi.
– Nima qilamiz? – dedi Yo‘ldosh, keyin o‘z qarori­
ni aytdi: – Tantanali majlisni bugundan qoldiramiz.
– A?
– Gap shu! – Yo‘ldosh Ra’noning eriga murojaat 
qildi. – Usta, siz o‘sha yerda bo‘ling, biz boramiz!
So‘ngra u novcha gavdasini ko‘tarishi bilan, 
hamma sheriklari o‘rnilaridan turib, gurra chiqib 
ketishdi.
– Dada, siz mehmonlar bilan gaplashib o‘tiring! 
– dedi usta chiqib ketayotib haligi keksa odamga.
– Choy plitada! – deb qichqirdi Yo‘ldosh ham 
chiqib ketayotib.
Ular chiqib ketganlaridan keyin Ochil buva 
yangi tanishidan so‘radi:
– Nima bu, birovning ko‘zi yorir ekan deb, bu­
tun shaharning bayramini kechiktirishyaptimi?
Ko‘zoynakli chol avval choy damlab kelib, meh­
monlarning ro‘parasiga o‘tirdi-da, shoshmasdan 
javob berdi:
– E, bularni bilmaysiz, taqsir, bir-birini desa, 
majlis ekan-ku, undan kattasini ham kechikti­
radi. – Choyni qaytarib, choynakni sochiq bilan 
yopgandan keyin davom etdi: – Kechiktiradi, ke­
chiktiradi. Qatordan bittasi to‘lg‘oqda yotadi-yu, 
bular majlisda o‘tiradi deysizmi? Yo‘q, taqsir, bu­
lar unday bolalar emas, bir-birini desa, Alining 
tig‘iga uradi o‘zini! Shunday tarbiyalanishgan, 


476
Asqad Muxtor
men bilaman bularni. Biri direktor, biri usta, biri 
muhandis, biri tashkilotchi bo‘lgani bilan, bari 
shu kombinatning bolalari. Qani, nonga qarang-
lar. Oling, mehmon o‘g‘lim, oling, taqsir, tortin­
mang... Хo‘sh, – deb хushbo‘y choy quydi qariya. 
– Ha, men bilaman bularni... Urushdan keyingi 
yillar edi, desangiz...
QISSA
Faqat tepadan qarab o‘rgangan odamgagina 
pastdagilar to‘da bo‘lib ko‘rinadi, aslida esa pastda 
ham alohida-alohida odamlar yashaydi, har biri-
ning o‘z aqli, o‘z istagi bor, har qaysisi bir dunyo.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish