FURQAT LIRIKASI HAQIDA
Furqat g‘azal va muxammaslarida ijtimoiy ohanglar ko‘rinarli o‘rin tutadi.
Mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zo‘ravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada e’tibor topib, donolarning, halol kishilarning xor-zor etilishidan norozilik badiiy buyoqlarda qat’iy jaranglaydi:
Charxi kajraftorning bir shevasidin dog‘men,
Ayshni nodon surub, qulfatni dono tortadur.
Sarig‘ oltun kasrati ko‘ngulni aylaydur qaro,
Chunki safro bo‘lsa g‘olib, o‘zga savdo tortadur.
Mashhur “Sayding qo‘yaver, sayyod” musaddasida esa Furqat chor bosqinchilari mustamlakasiga aylangan o‘lkadagi hukmron zo‘ravonlikka qarshi inson sharafi va g‘ururini ulug‘laydi. Butun musaddas misralari zaminida insonparvar va erksevar shoirning zulm o‘tkazuvchilarga qarshi qatiy norozilik ovozi jaranglab turadi.
Sayding qo`yaber sayyod, sayyora ekan mendek
Ol domini bo`ynidin,
bechora ekan mendek.
O` yorini tompasdan
ovora ekan mendek
Iqboli nugun baxti ham
qora ekan mendek.
Hijron o`qidin jismi ko`p
yora ekan mendek
Kuygan jigari bag`ri
sadpora ekan mendek.
“Sayding qo‘yaver,sayyod”
Furqat Naoiy va boshqa ustozlari an’analarini davom ettirgan kuchli lrik shoirdir.Uning “Bahor ayyomida”, “Surmadin ko`zlar qaro”, “Chiroylik”, “Istar ko`ngul”, “Fasli bahor”, “Hayriyat” g`azallari , Navoiy g`azallariga taxmislari hayotiy dalillarga ,tuyg`ularga boy va jarangdor .G`azal va muxammaslarida Vatan tabiati , bahor go`zalligi,insoniy sevgi, uning shodliklari tashvishlari ishonarli vat a’sirchan ifodalangan.
Furqat lirikasi markazida inson turadi. U tasvirlangan ma’shuqa vafodor va sadoqatli, yuksak fazilatlar sohibi. Furqatning g`azal va muxammaslarida o`z davri illatlarini qoralash, adolatsizlik va zo`ravonlikdan shikoyat kabi kabi ijtimoiy mavzular ham uchraydi . Buni biz “Bu nechuk savdo”, “Istab”, “Ohkim,yo`qtirmani ta`bimga loyiq ulfatim”,”Jahonni kezdimu ofoqni sar-basar ko`rdum” kabilarda ko`rishimiz mumkin.
Shoirning “Furqatnoma” nasriy memuar asarida ham ilmning inson hayotidagi o'rniga katta e'tibor bilan qaralgan. Shoir bitgan misralar nihoyatda jo‘shqin va ta’sirchan, ulardagi xitob va hayqiriq har bir o‘quvchi diliga ko‘chib, uni befarq qoldirmaydi:
Bu asarning to`liq nomi “Ho‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni” bo`lib A.Absug`ofurov uni “Furqatnoma” deb ataydi
Jahon bastu kushodi–ilm birla!
Nadur dilni murodi–ilm birla!
Ko‘ngullarni sururi–ilmdandur!
Ko‘rar ko‘zlarni nuri–ilmdandur!
Kerak har ilmdan bo‘lmak xabardor!
Bo‘lur har qaysi o‘z vaqtida darkor!
- Furqat xuddi shu yillarda yaratilgan“Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida”deb nomlangan asarida ijodkor va badiiy adabiyot muammolarini qalamga oladi.
Chunonchi, biz ellar musulmon eli,
Xususan,bir oz xalqi farg`on eli:
Borib Rusiya shaxria turmagan,
Alar rasmu tartibin ko`rmagan.
Ko`rub qolsa nogoh imkon o`lub,
Taajjub qilur ahli hayron o`lub.
Agar shoir odam tamosho qilur,
Taajjub ko`rub, nazm insho qilur
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |