14-mavzu. Insho haqida nazariy ma’lumot



Download 257,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana11.01.2022
Hajmi257,02 Kb.
#352519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
INSHO HAQIDA NAZARIY MA’LUMOT



14-MAVZU. INSHO  HAQIDA NAZARIY MA’LUMOT 

 

Reja: 


1.

 

Insho haqida nazariy ma’lumot 



2.

 

Insho turlari va ularning o‘ziga xos jihatlari 



3.

 

Insho yozish uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘llari 



 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  insho,  insho  turlari,  adabiy  mavzudagi  insho, 

ta’limiy insholar, reja, mavzu tanlash, ma’lumotnoma matni, ijodiy tavsifiy matn, 

nazoratga qaratilgan insholar, ko‘rik-tanlov insholari 

 

O‘quvchini  kasbga  yo‘naltirish,  muayyan  sohalar  haqida  tasavvur  va  bilim 

hosil  qilish  har  bir  fan  o‘qituvchisining  burchi  hisoblanadi.  Yosh  avlodni  kasbga 

tayyorlovchi  asosiy  omil  ona  tili  va  adabiyot  fanlaridagi  matnlar,  mashqlar  va 

albatta,  “Kim  bo‘lsam  ekan?”,  “Men tanlagan  kasb”  kabi  mavzulardagi  dastlabki 

insholardir. 



Insho

 

аrabcha so‘z bo‘lib,   “tashkil etish”, “yaratish”, “qurish”, “barpo 



qilish”, “ijod”, “bayon” , “tahrir”  ma’nolarini anglatadi. Insho muallifning ma’lum 

bir  mavzudagi  bilim  va  tasavvurlarini,  voqelikka  munosabatini,  mustaqil  fikrini 

bayon qilish natijasida shakllanadigan yozma ish turidir.  

Insho  muallif tomonidan  ijod etiladi, yaratiladi. Insho  yozishda    muallifdan  

fikr-mulohazalarini  faktik  material  asosida  mantiqan  izchil  va  badiiy  jihatdan 

maqsadga muvofiq tarzda,  adabiy til  me’yorlariga  amal qilgan  holda bayon  etish 

talab qilinadi.  

Insho tez fursatda  o‘rganiladigan yoki o‘zlashtiriladigan yozma ish turi emas. 

Insho yozish ko‘nikmalariga qisqa muddatda ega bo‘lish qiyin, albatta. Yaxshi, har 

tomonlama maqsadga muvofiq insho ko‘p yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon 

bo‘ladi.  Avvalo,  ko‘p  mutolaa  qilish,  imlo  lug‘atlari,  izohli  lug‘atlardan  boxabar 

bo‘lish, atroflicha bilimga ega bo‘lish talab darajasida yoziladigan  insholarga zamin 

yaratadi. 

Insho belgilangan maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ta’limiy insholar va sinov 

insholari. 

Ta’limiy  insholar

  sinfda  yoki  uyda  o‘quvchi  tomonidan  yozilib,  ijodiy  fikr 

yuritishga,  mavzuni  to‘g‘ri  bayon  qilishga  qaratiladi.  Bunday  insholarda  biror 

yozuvchi  yoki  shoir  ijodi,  asarlari  mazmuni,  mavzu  doirasi,  badiiy  ahamiyatini 

o‘zlashtirish, o‘quvchida fikrlash ko‘nikmalari, qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, 

shaxslarga, narsa-hodisaga baho berish malakasini shakllantirish maqsadi qo‘yiladi. 

Ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin bunday insholar bilimni aniqlashga emas, 

bilim berishga yo‘naltiriladi. 



Sinov  insholari

  o‘rganilgan  mavzularga  doir  bilimlarni,  insho  yozish 

ko‘nikma  va  malakalarini  sinash  hamda  baholash  uchun  muayyan  mavzular 



tugagandan  so‘ng,  choraklar  yoki  o‘quv  yili  oxirida  nazorat  ishi  sifatida,  davlat 

attestatsiyalarida,  olimpiadalarda,  ijtimoiy-gumanitar  sohalarga  doir  tanlovlarda 

o‘tkaziladi. Sinov insholari olingan bilim, ko‘nikma va malakani baholashga xizmat 

qiladi. 


Insholar mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 

1. 



Download 257,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish